Navodir al-vaqoe'



Yüklə 58,83 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü58,83 Kb.
#107191
1   2   3   4
ah donish

Kurs ishining tuzulishi. Mavzuda Kirish, ikkita Bob va harbir bobda ikkitadan reja , Xulosa foydalanilgan adabiyotlar



  1. BOB XIX ASRDA BUXORO AMIRLIGIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY

AHVOL

  1. Buxoro amirligida siyosiy hayot

XIX asrning boshlaridan boshlab Buxorodagi ma'rifatparvar, musulmon ruhoniylari va ziyolilarida madrasa va maktablarni isloh qilish fikri paydo bo'la boshladi. Bunday islohot tarafdorlari jadidlar ya'ni yangilik tarafdorlari deb atalishar edi. Bunday yangilik tarafdorlarining yorqin namoyondasi sifatida Abu
Nasr al-Kursaviy, tarixchi Olim Marjoniy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy, Sadriddin Ayniy, Ahmad Donish, Fitrat Fayzulla Xo'jaev nomlarini keltirish mumkin.
Jadidchilik harakati vakillaridan biri bo'lgan Abdurauf Fitrat - o’zining “Bayonoti sayyohi hindi”, “Amir Olimxonning hukmronlik davri” asarlarida Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, jadidchilik harakati mohiyati, hukmdorlarining olib borgan siyosatlari haqida fikr yuritadi. U mamlakat taraqqiyotida ilm-fanning o'rnini e'tirof etib shunday deydi: “Agar biz o'zimizning bilimimiz va iqtidorimizdan foydalanmasak, nimaiki e'tiborli, ustun, balki eng yomon va past maxluqlardan ham pastroq va yomonroq bo'lib qilishimiz aniqdir” \
Jadidchilik harakati mohiyati haqida F.Xo'jaev o'z maqola va 1926 yilda chop etilgan “Buxoro inqilobi tarixiga doir” asarida fikr yuritib, O'rta Osiyoda milliy inqilobiy harakatga boshchilik qila oladigan kadrlarni tayyorlashda jadidchilik asosiy negiz bo'lganligini ta’kidlagan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda ro'y bergan ijtimoiy-siyosiy tuzum, madaniy-ma'rifiy hayot, mang’it amirligining olib borgan siyosatlari, rus bosqini haqida mufassal ma'lumot beruvchi ma'rifatparvar shaxs Ahmad Donish hisoblanadi. Buxoro amirligi o’zbek xonliklari orasida o’zining hududiy o’rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqeiga ega edi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni tashkil etardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi yerlar Buxoro amirligiga qarar edi.
Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng nufuzli shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoroi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz,
Kitob, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjo’y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida, Jizzax, O’ratepa va Xo’jand shaharlari uchun Buxoro a mirligi bilan Qo’qon xonligi o’rtasida tez-tez urushlar bo’lib, bu shaharlar qo’ldan-qo’lga o’tib turardi.
Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud bo’lib, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelgan, aholiga solinadigan o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.
Buxoro amirligi monarxiya tipidagi davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Buxoro amirligini XIX asr oxirlarida mang’itlardan bo’lgan amirlar boshqarardi. Bu davrga kelib ya’ni, 1860 yilda Buxoro taxtiga Amir Muzaffar o’tiradi. Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan bu amirning otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik qilgan edi. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Muzaffar Buxoro taxtiga o‘tiradi. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlaydi. 1863-1865 yillarda Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va Qo‘qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengadi. Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga 1861 yilda harbiy yordam beradi. Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davriga to‘g‘ri keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxo‘ja boshliq elchilarni 1865-yil iyulida Peterburgga jo‘natadi. Biroq, ko‘zlangan maqsadga erishilmay, ikki o‘rtada harbiy harakatlar boshlandi.
XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ulami to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi.
Amir Muzaffardan so’ng ko’p o’tmay taxtga amir Abdulahad keladi. U mamlakatni to 1910 yilgacha boshqardi. So’ng taxtga amir Olimxon keldi. U ham mangdtlardan bodgan Buxoro amiri edi. 1893-1896 yillar davomida Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta'lim oladi. 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bodgan. Otasi vafotidan so‘ng 1910 -yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga odirgan. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, yosh buxoroliklar qattiq ta'qib qilindi. Birinchi jahon urushi davrida, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 1915-yil dekabrda Rossiya imperatori Nikolay II uni general - leytinant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va o‘zining general - ad'yutanti qilib tayinlagan. Chunki u Rossiyaga katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi, xususan, Kolesov voqeasi (1918-yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl ettirgan.
1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Sentabr oyining o‘rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvaffaqiyatlashtirishga intilgan. Olimxon Kodob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bodgan. 1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming yigit ham Sharqiy Buxoroga yetib keladi. 1921 -yil 8-yanvarda Olimxon qo‘shining miqdori 25 ming kishiga yetgan. Hisordan Kodob viloyatiga kel gan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon (o‘rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda - Davlatmanbek va G‘arbiy Buxoroda - mulla Abdulqahhor) qilib tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda magdubiyatga uchragach, Olimxon 1921-yil 4-martda Amudaryoning Chubek kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketgan. Olimxonni Kobulga Afg‘oniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal'aiy Fotuda maxsus qarorgoh ajratib beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, qo‘rboshlar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko‘zi ojizlanib qoladi, og‘ir dardga ch alinadi uzoq davom etgan hastaliklardan so‘ng u Qal'aiy Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi “Shahidoni islom” (islom shahidlari) qabristonida dafn etilgan.
O’z navbatida, XIX asr oxirida Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga kengroq nazar tashlaydigan bo’lsak, birinchi navbatda shu davrda yashab faoliyat yuritgan kishilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari alohida ahamiyatga egadir. Bu davr tarixini tushunishda Ahmad Donishning asarlari juda qo’l keladi. Ahmad Donishning XX asr 50-yillari o’rtalarida amir Nasrulloh saroyida bosh hattot va rassom sifatida ish boshlagan. 1870-yilda adolatli davlat haqidagi mos kelmaydigan xizmatini ixtiyoriy tark etadi1.
Ahmad Donish 30 yoshligidayoq ya’ni 1857 yilda u ilk marta Rossiyaga safar qilib Buxoro amirligi taraqqiyot sohasida Yevropa mamlakatlaridan naqadar orqaga qolib ketganidan iztirob chekdi. Shundan keyin 1869, 1873 yillarda qilgan takroriy safarlari natijasida rus hukmdorlari saroyidagi hayot, davlatni boshqarish usullari bilan chuqur tanishdi, bir vaqtlar inson sivilizatsiyasining makonlaridan biri bo’lgan Buxoroi Sharifni qoloqlik botqog’idan chiqarish yo’llarini izladi.
Shunday izlanishlar jarayonida u “Nodir voqealar” va “Buxoro amirlarining tarjimai hollari” asarlarini yaratib, ularda chinakam adolatparvar hukmdor kim bo’lishi mumkinligi va u mamlakatni qay tarzda boshqarganda iqtisodiyot va madaniyat gullab-yashnashi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, agar podshoh hamma sohada odil siyosat yurgizsa, hunarmandchilikni rivojlantirib,
savdo-sotiqqa keng yo’l ochib bersa, xalqning hayoti farovon bo’ladi. Bunday siyosat yurgizish uchun esa hukmdor birinchi navbatda aqlli bo’lishi lozim.1
Ahmad Donish XIX asming 70-yillaridan to amir Muzaffar vafotiga qadar, uzoq G’uzor va Norpay viloyatlarida qozi bo’lib ishlaydi. U “Navodir al vaqoe” (Nodir voqealar) asarida mavjud tuzumga o’z munosabatini bildiradi va Buxoro xonligida davlat boshqaruvi islohotini taklif etadi. Xususan, uning “Risola” nomi bilan tanish bo’lgan “Risolai tarixi amiron mang’it” (Mang’it amirlari tarixi haqida risola) nomli mashhur asarida mamlakatning yorqin tasviri berilgan bo’lib, boshqaruv tizimi bayoni, xalqlarning ahvoli, Rossiya bilan urush masalalari yoritilgan. Ahmad Donish amir Doniyoldan to Abdulahadgacha bo’lgan (amir Shohmuroddan tashqari) barcha Buxoro amirlarini davlat va uning fuqarolari farovonligi yo’lida emas, balki faqat o’z shaxsiy manfaati yo’lida qayg’urgan qobiliyatsiz hukmdorlar sifatida tavsiflaydi. “Ular - deb yozadi u, - nima topishsa, o’shani olib qo’yishar, beva-bechoralar shamchirog’idagi olovdan tortib, vaqf omboridagi g’allagacha o’g’irlashar, qorin g’ami va quvonchu xursandchiliklariga xizmat qilsa bo’ldi edi. Hech kim qarshilik ko’rsatishga jur’at etmasdi. Amirlar va hokimlar orasida qimorbozlik, mayxo’rlik va buzuqchilik avj oldi, dehqon va hunarmandlarda esa shafqatsizlik, ezish, soliqlar va aminona, vakilona kabi yig’imlar serobligidan na turish, na yurishga hol qoldi”. Mana shunday hayotdan misollar keltirib, yozadi: “Agar biror beva bozorga bir to’p ip olib kelsa, uni 3 fulusga (mahalliy tanga) sotsa, shundan ikki fulusini amin olib qo’yadi, agar biror kishi bir bog’lam o’tinni uch dirhamga sotsa, shundan ikki qismi amin ulushi bo’ladi”.
Ahmad Donishning ma’lumoticha Buxoroda o’g’rilik avj olgan edi, ya’ni bozorga mol olib kelgan dehqonning mahsulotlari taroziga tortilishi bahonasida o’g’irlanar edi. Bunday vaziyat barcha sohalarda uchrardi. Sug’orish sohasida ham shunday vaziyat kuchli edi. Shaharga suv kelishidan ancha oldin miroblar haq ola boshlar, u hatto ariq tozalaganlardan ham olinardi. Dehqonlardan odam turmaydigan yerlar uchun ham soliq olinar to’lamaganlarni qamoqxona kutardi.
Mirshablar haqida gap ketganda, Ahmad Donish so’zicha, ular davlatdan maosh olmagan. Ularga nohaq aholi to’lovlari hisobidan maosh berilgan, tabiiyki, shu bois ular fuqaro manfaatlarini muhofaza qilish o’rniga, hatto, bosqinchilar bilan kelishib, qaroqchilik ham qilardi. Albatta, bu chirik tizimning eng quyi qatori edi. Oliy qator esa saroyda bo’lib, davlat lavozimi ga tayinlash pora shaklida, ulkan tuhfa yoki davogar lavozimiga go’zal yoshgina qiz tortig’i bilan tayinlangan.
Somiyning fikricha, amir Nasrulloh (1826-1860 yillar) davrida kuchaygan davlat inqirozi va xalq qashshoqligi, hukmron tizimining buzg’unchilik kuchi amir Abdulahad (1885-1910 yillar) davrida Buxoroni juda og’ir ahvolga olib keladi. Somiyning fikricha, “ba’zi tajribali oqsoqollar Buxoro davlati inqirozi sanasini ushbu amir Nasrulloh taxtga o’tirgan paytdan sanay boshladilar va ular o’ylagandek bo’lib chiqdi.
Amir Bahodirxon o’ttiz besh yil podsholik qildi va 1277 (1860) yili dorilfanodan dorilbaqoga rixlat etdi. Uning o’rniga taxtga o’tirgan amir Muzaffar Somiyning yozishicha . .ezish va adolatsizlikda otasidan ham o’tib ketdi... Sekin asta ish shariat qoidalari buzilishiga qadar borib taqaldi”. Muallif Rossiya bilan urushdagi mag’lubiyatda Muzaffarxonni aybladi, chunki u o’z manfaatlaridan boshqasini o’ylamay, ruslar Toshkentni qamal qilganidan foydalanib, Qo’qonga hujum uyushtiradi. Tarixchi quyidagi qiziqarli dalilni keltiradi: “Avliyo otani kuch bilan olgan nosaro qo’shinlari (polkovnik Chernyayev qo’mondonligi ostida) Toshkentga u yerdan hujum qildi va Shoshni o’rab oldi. Amirlar va Toshkentning barcha aholisi qarshilik ko’rsatishga bel bog’ladi va kurashishga qaror qildi.
Ular amir Muzaffarga yordam va butun Buxoro xalqini oyoqqa ko’tarish iltimos qilingan maktubni yo’llaydi... Ayni paytda nasoro qo’shinlari qal’ani xuddi uzukdek o’radi, hammayoqni larzaga keltiruvchi zambarak to’plaridan qizg’in o’qqa tutdi, Toshkent aholisi kuchli to’p zarblaridan qarshilik ko’rsata olmadi va ojizona yordam so’rab faryod qila boshladi. Biroq ular qanchalik amir Muzaffardan maktub va so’z xabari yuborib ojizona yordam so’rashmasin, hammasi befoyda bo’lib chiqdi, amir qo’shinga hujumga o’tish haqida buyruq bermadi. Toshkent aholisi buxoroliklar yordamidan umid uzib, qal’a mudofaasida qat’iylik va mardlik ko’rsatib, o’limga tik turishga qaror qildi. Xo’janddan chiqib, amir katta qo’shin va zambaraklar bilan Qo’qonga otlandi. Qo’qon qo’shini esa Toshkentni himoya qilishga otlangan edi. Lekin, Qo’qon mudofaasiga qaytishga majbur bo’ldi. Rus qo’shini shu tufayli shaharni to’rt tarafdan qamal etishga erishdi. Ko’pgina odamlar qilichdan o’tkazilgach, shahar taslim bo’ldi”. Bu paytda muallif yozganidek, “amir Muzaffar esa jangsiz va qarshiliksiz Qo’qonga kirdi va ko’ngildagi niyatiga yetishdi”.1
Ko’rinadiki, u qarshilik ko’rsatish tashkilotchisi bo’lishdan uzoq bo’lib, Rossiya qo’shinlariga shundoqqina kelib qolgan bo’lsa ham, urushga tayyorlanmagandi. Faqat Buxoro ruhoniyatining bosh ko’tarishiga uni muqaddas urush-jihod e’lon qilishga majbur qildi, natijasi mag’lubiyat va vassal davlatga aylanish bilan tugadi. Qo’shin mag’lubiyati sabablarini Somiy va Ahmad Donish amirda qo’shin tuzilishiga oid biror bir o’ylangan qoida yo’qligida deb hisoblashadi. Harbiy qo’mondonlik vazifalariga harbiy ishdan mutlaqo bexabar odamlar tayinlangan edi. Lashkarlarga maosh to’lash tartibsizligi, halok bo’lgan lashkarlar oilasi ta’minlanmaganligi, qo’shinning raqib haqida ma’lumotsizligi yaqqol ko’rinib turardi. Biroq Somiydan farqli o’laroq, Donish ruhoniylarning raqib haqida aniq tasavvurga ega bo’lmagan, ulkan olomonni yig’ib, qo’liga kaltak berib, jihod yurishiga majbur qilgan va bu bilan aniq o’limga yuborgan. Abdulazim Somiy va Ahmad Donish feodal hukmdorlari haqida ham keskin fikr bildirib, xalqning og’ir ahvolini yorqin bo’yoqlarda tasvirlashgan. Ular amir Abdulahad haqida tanqidiy mulohazalar bildiradilar. Somiyning fikricha, uning hukmronlik davrida “temuriy o’zbek xonligi ajdodlaridan asar ham qolmadi”, Ahmad Donishning qayd etishicha esa, yangi amir davrida hech narsa o’zgarmadi va xalqning ahvoli yaxshilanmadi.
Buxoroning bu davrlari (XIX asr oxirlari) haqida ma’lumotlarni Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahim asarlarida ham uchratish mumkin. Uning hayoti va faoliyati haqida quyidagilar ma’lum. Jumladan, 1850-1851 yili Buxoroda tug’ilgan. 1871 yili Narpay va Ziyovuddin hokimiga kotib bo’lib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning amri bilan Toshkentga kuzatuvchi (rus ma’murlarning xatti-harakati va ayniqsa, Buxoro xususida tutgan siyosatini kuzatib borish) qilib yuborildi. Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush qiyofasida keldi va bu yerda 12 yil istiqomat qildi. 1880-1883 yillari u amir huzurida, 1884-1885 yillari Turkiston general-gubematori huzurida Buxoro vakili bo’lib turdi. 188 5 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor qilib tayinlanadi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib boradi. 1888-1893 yillari Buxoro shahrining mirshabi, 1893-1920 yillari Nurota, Boysun, Sherabod, Shahrisabz, Chorjo’y viloyatlarining hokimi va bosh zakotchi vazifasida turdi. Inqilobdan keyin (1920) u ba’zi sovet tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan “Anjumani tarix” (Tarixshunoslar jamiyati)da xizmat qildi. Mirza Salimbekning vafot etgan yili ma’lum emas.Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asarlar muallifi. “Kashkuli Salimiy” (Salimiyning kashkuli), “Jomi ul Gulzor” (Gulzorlar majmui), “Ka’b al-Axbor hikoyalari”, “Hikoyat Abdulla ibn al Muborak”, “Tarixi Salimiy” (Salimiyning tarixi) shular jumlasidandir.
Tarixchilar uchun eng muhimi uning so’nggi asari - “Tarixi Salimiydir”dir. Asarda 1860-1920 yillar voqealarini o’z ichiga olgan katta qismi original bo’lib, muallif bu voqealarning jonli guvohi bo’lgan.1U amir Olimxon hukmronligi davriga (1910-1920) baho berib, Buxoro iqtisodiyotida tobora o’sib borayotgan inqiroz haqida yozadi. Mirza Salimbek Rossiyaning Buxorodagi mustamlakachilik siyosatini juda salbiy baholaydi. Uning qayd etishicha, amir Olimxon davrida o’sha-o’sha ma’muriy boshqaruv apparati, fuqarolar ustidan amirning cheklanmagan hokimiyati, Buxoro jamiyati hukmron doiralarining tekinxo’rlarcha turmush tarzi, demakki, oddiy xalqning og’ir hayoti saqlanib qoldi. Biroq Olimxon, ajdodlaridan farqli ravishda, irodasi sust, uning hatti-harakatlari ko’p jihatdan atrofidagi mansabdorlarga, kim undan yuqori kelsa, o’shalarga bog’liq bo’lgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida amirlikdagi siyosiy voqealar va ijtimoiy hayot ham markaziy ham mahalliy boshqaruvdagi kamchiliklar borligini qayd etish mumkin.Mazkur holat amirlikning chor hukumati tomonidan protektoratga aylanishida o’z ifodasini topganlidan ko’rishimiz mumkin.



    1. Ahmad Donish va uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda ro'y bergan ijtimoiy-siyosiy tuzum, madaniy-ma'rifiy ishlar, mang’it amirligining olib borgan siyosatlari, rus bosqini haqida mufassal ma'lumot beruvchi ma'rifatparvar shaxslar jumlasida Ahmad Donishning o’rni katta bo’lgan. Mazkur davrda Ahmad Donish nafaqat tarixnavis - balki o'z davrining buyuk faylasufi, shoiri, astronomi, me'mori, matematigi bo’lgan. Ahmad Donishning to'liq ismi- Ahmad Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanifiy as Siddiqiy al-Buxoriy bo'lgan. Ko'pgina manbalarda 1827-yilda tavallud topganliklari qayd etiladi.
Sadriddin Ayniy o’z "Esdaliklar" ida Ahmad Donishni : "1826-yilda Buxoro shahrida Mulla Mir Nosir xonadonida tavallud topdi" deb ta’kidlaydi1. Ahmad Donishning otasi Mulla Mir Nosir Buxorodagi kichik madrasalardan birida dars berardi. Ahmad Donish va u bilan bog’liq ma’lumotlar Sadriddin Ayniy "Esdaliklar" kitobining "Ajoyib odam" qismi alohida o’rin egallagan.
Shunday bo'lsa ham Ayniy Donishni ko'rish va kuzatishdan, ayniqsa, Donishning Homidbek, Fayzibek, Qori Ne'mat va boshqa doimiy suhbatdoshlarining jonli hikoyalaridan olgan jonli taassurotlari, xususan ustozi asarlarini o'qish natijasida ko'p narsa o'rgangan va ma'naviy oziqlangan2.
O'z zamonasining yirik ma'rifatparvarlari bo'lgan bu shaxs zamonasining chuqur ilmli me'mori-arxitektori ham bo’lgan. Ahmad Donishni hali madrasada tahsil ko‘rayotgan davrlaridayoq otasi Mulla Nosir buxorolik taniqli muhandis Bobome’mor huzuriga shogirdlikka olib boradi. Ahmad Donishning xotirlashicha, Bobome’mor vafot etgach, amir Nasrulloxon uni saroy bosh me’mori vazifasiga tayinlab, “Maxdum” unvonini beradi va 1000 dirhamlik oylik maosh belgilaydi. Shundan keyin Mirzo Ahmad Donish saroy qurilishida ishtirok etgan barcha muhandis va ustalar faoliyatiga rahbarlik qiladi. So‘ngra amir elchilari tarkibida Sankt-Peterburgga safarga otlanadi.
Ahmad Donish Buxoroda birinchilardan bo‘lib rangli suvoqdan
foydalanishni joriy qiladi. Bunda oppoq ganch ustiga giyohlardan tayyorlangan bo‘yoqlar bilan ikkinchi qatlam suvoqni amalga oshirib, ko‘p mehnatni talab qilmaydigan rang-baranglikka erishilar edi. Xususan, shu usulda oppoq ganch devor ustiga qora, qizil, ko‘k yoxud yashil rangdagi yulduzlar tasviri solinar va buning natijasida ajoyib manzaralar vujudga kelar edi.
Keyinchalik Ahmad Donish voyaga yetgan o‘g‘li Karomatjonni ham ganchkorlik va naqqoshlik san’atiga o‘rgatadi. Oradan yillar o‘tib, Karomatjon mahoratda tengi yo‘q me’mor va naqqosh darajasiga yetib, Sitorai Mohi Xossa saroyining saqlanib qolmagan inshootlariga sayqal bergan.1
Ahmad Donish Amir Muzaffar saroyida davlat arbobi darajasiga
ko'tarilgach, tez-tez Shofirkon, Vobkent, G’ijduvonga safarlar qilgan. U bu safarlar chog’ida yurtning suvsizlikdan qiynalayotganini ko'rib, Buxoro ekinzorlarining sathining Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarining suv oqimi bo'yicha tahliliy o'lchovlarni amalga oshirgan va Amudaryo suvini kanal qurish yo'li bilan Karmana va Kelib orqali Buxoro ekinzorlariga keltirish loyihasini ishlab chiqqan. Bu loyiha Amir Muzaffar tomonidan rad etilgan2. Bu loyiha Donishning o'sha davrdayoq uzoqni ko'ra olgani va hozirgi Amu-Buxoro kanali loyihasining ilk asoschisi ekanligini ko'rsatadi.
Ahmad Donish 1857, 1869, 1874-yillar mobaynida Buxoro amiri elchilarining mirzasi sifatida Rossiyaning S.Peterburg shahriga borgan.
Ahmad Donish Peterburgda birinchi marta 1957-yilning 9-noyabrida 1858- yilning 12-yanvarigacha bo’ldi. Bunda Buxoro amiriligining delegatsiyasi Nikolay I vafoti munosabati bilan Buxoro amirining ta'ziyanomasini bildirishi hamda Aleksandr II ning taxtga o’tirishi munosabati bilan tabriknomasini topshirishi lozim edi. Shuningdek, delegatsiya zimmasiga Rossiya va Buxoro o’rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish borasida muzokaralar olib borish ham yuklatilgan edi.
Ahmad Donish bu delegatsiyada kotiblik vazifasini ham ijro etishi lozim edi. Bundan tashqari Buxoro amiri Ahmad Donishga Rossiyadagi hayot va davlat tuzumi masalalarini o’rganishni ham topshirgan edi. Keyinchalik Ahmad Donish yozgan edi: “Menga shunday topshiriq berilgan edi: U mamlakatning ichki tartiblarini o’rgan, davlat qurilishiga e'tibor ber va amir janob oliylariga hisobot ber. Chunki biz qo’shni davlatlardagi ishlar haqida faqat savdogarlar va sayohatchilardan eshitamiz”1.
Peterburgda Ahmad Donish Rossiya ministrlari va davlatining yuqori mansabdorlari bilan rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar olib bordi. Ahmad Donish delegatsiyaning boshqa a'zolari bilan Peterburgning diqqatga sazovor tarixiy joylarini borib ko’rdi, shuningdek, Peterburgdagi texnologiya institutida Imperator Aleksandr manufakturasida, Isakov soborida, Imperator Fanlar Akademiyasining muzeyida, Pulkovodagi astronomik observatoriya (rasadxona) da, Imperatorning botanika bog’ida, Monetniy dvorda, Tsarskoe Selo va boshqa bir qator joylarda bo’ldi. Rus podshosi ma'murlarining bundan ko’zlagan maqsadlari Rossiya davlatining qudratini namoyish etishdan iborat edi.
Buxoroga qaytib kelgach, Ahmad Donish Rossiyada ko’rgan-bilganlarini batafsil hisobot tariqasida bayon qilib, Rossiya davlati boshqaruv tuzilishi, mamlakatni idora qilish tizimi, uning ijobiy va ibratli tomonlari haqida chuqur tahliliy ma'lumot berdi. Ahmad Donish shu narsani aniq his qildiki, davlatni boshqarishda Rossiya tajribasini bayon qilish orqali Buxoro amiriga katta taasurot qoldirolmadi, chunki amir mamlakatni boshqarishda Yevropaning ilg’or tajribasidan foydalanishni xayoliga ham keltira olmas edi. Ammo ma'rifatparvar Donish nafaqat amir, balki uning ma'muriyati va saroy ahlini mamlakatni boshqarishda Yevropaning ilg’or davlatlari bilan qo’shni bo’lgan Rossiyaga yuz tutish lozimligini targ’ib qilish, uqtirishni to’xtatmadi. Ahmad Donishning Peterburgga ikkinchi safari Rossiya istilochilik harakatlari boshlangandan besh yil keyingi davrga to’gri keladi. Donish 1869 yilning 2-3 noyabridan 10 dekabrigacha Rossiyada bo’ldi. Bu safar Buxoro Rossiyaning protektorati sifatida o’z elchilik delegatsiyasini jo’natgan edi.



  1. BOB BOB. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba, Ahmad Donish asarlarida Buxoro amirligi tarixi masalalari

  1. Ahmad Donishning tarixiy asarlari.

Bugungi kunda O'rta Osiyo va xususan, Buxoro amirligining Chor hukumati tomonidan mustamlakaga aylantirilishi tarixini o'zida aks ettirgan mahalliy muarrixlar tomonidan yozilgan bir qator asarlar mavjud. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning "Mang’it hukmdorlari tarixi", Mirza Salimbekning "Tarixi Salimiy", S.M.Olimiyning "Buxoro - Turkiston beshigi", Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa bir qator asar mavjud.
Mazkur manbalar ichida eng yirigi Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoi" (Nodir voqealar) asaridir. Ushbu asarda muallif o'zidan oldin o'tgan faylasuflarning, birinchi navbatda Bedilning ba'zi falsafiy qarashlarini tahlil qilgan. O'z zamonasining qo'ygan masalalarini hal qilishga intilgan1. Ushbu asar ahamiyati jihatidan XI asrda yozilib saljuqiylar sulolasi tarixiga bag’ishlangan Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asariga qiyoslash mumkin.
Asarning asosiy mazmunini - xalqni ma'rifatli bo'lishga chaqirish, insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish kabi g’oyalar tashkil etadi. "Navodir ul- vaqoe"ni o'z davrining entsiklopediyasi deb atasak mubolag ’a bo'lmaydi1 2.
Asar Ahmad Donish Peterbugga qilgan ikkinchi safaridan keyin 1868-1873 yillar oralig’ida yozilgan. Ammo Buxoroda bosmaxona mavjud bo'lmagani uchun chop etilmagan3. Kitob yozilishi davomida tartibga solinmay uning ayrim sahifalarini yaqinlariga o'qishga bergan.
Bu haqida o'zi shunday deydi: "Zamona ahlining qilgan ishlari, ularning harakatlari menga yoqmas edi. Juda ko'nglim olinib, yuragim torayib ketganda qayg’u alamlarimni chiqarish uchun do'stlarim yoniga qalam olib borib, qog’oz yuzini qoralash bilan shug’ullanardim. Mening mijozimni bilganlar shu yozilgan tarqoq varaqlarni tartibga keltirishgan, hikoyalarni ko'rib: o'z yozganlaringni boshqalarning so'zlaridan ajratib, bir to'plam kitob holiga keltirgin"1, deganlarini bayon etadi.
Asar o'zi yozilgan davrdan ancha kechroq tarix ilmi ommasiga ma'lum bo'lgan. Unga qadar esa asar haqidagi ma'lumotni biror manbada uchratmaymiz. Hattoki, Ahmad Donishning eng yaqin shogirdi Sadriddin Ayniy ham ushbu asar haqida ma'lumot bermagan. Faqatgina 1936-yilda u E.E.Bertels birinchilardan bo'lib, Ahmad Donishning noma'lum asarining qo'lyozmasini aniqlaganligini ma'lum qilib, uni "Risola" deb nomlaydi. 1946-yilda S.U.Ulug’zoda asaming qisqacha mazmunini xalqqa ma'lum qildi.
Ushbu asaming boshqa qo'lyozma nusxalari ham mavjud. 1959-yilda Xodizoda tomonidan tayyorlangan tojik tilidagi birinchi nusxasi chop etildi. Ushbu asar qisqartmalar bilan berilgan. 1960-yilda A.M.Mirzoev tomonidan asarning 5 ta qo'lyozma nusxasi asosida tanqidiy matni nashrdan chiqdi. Ikkinchi nashr birinchi nashridan hajm jihatidan ancha farq qiladi. Tanqidiy matnda bir qator yangi qiziqarli ma'lumotlar ham mavjud. Masalan, kirish qismi Ahmad Donishning tarixchi sifatidagi faoliyatini o'rganishga ko'mak beradi.
Qolaversa, ushbu tanqidiy matnda XIX asrning ikkinchi yarmida Qo'qondagi Xitoy qipchoqlaming qo'zg’oloni haqidagi yangi ma'lumotlar ham berilgan. 1960-yilda M.N.Usmonov ushbu asarni birinchi marta ruschaga "Tarixiy traktad" nomi bilan tarjima qildi.
Ahmad Donish ijodini o'rganish bo'yicha yirik mutaxassis Z.Rajabov quyidagi fikrlarni bildiradi: "Ahmad Donish tojik xalqining ko'zga ko'ringan namoyondasidir. Uning ijodi har tomonlama chuqur o'rganishga munosib. Bu vazifani faqatgina bitta muallif hal qila olmaydi". Asar keyinchalik Xodizoda tomonidan "Tarixiy va tanqidiy traktat" nomi berildi.
1960-yilda o'zi yaratgan tanqidiy matnning kirish qismida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Mavjud 5 ta qo'lyozma nusxasining birortasi muallif o'zi nom bermagan. Sarlavhalar faqat hattotlar tomonidan kiritilgan. Hattotlardan biri uni "Kichik tarix", boshqasi esa "Saxovatli Buxoro amirlarining hayot yo'li" deb nomlaydi". Bularning barini o'rganib chiqqan A.M.Mirzaev "Risola yoki Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi" nomiga to'xtaydi. Asar muallif umrining oxirida 1895 - 1897 yilda yozilgan.
Asarning ikkinchi qismida Amir Muzaffar va Amir Abdulahad hukmronligi masalalari bilan birga Chor Rossiyasi bosqini haqida ham ma'lumotlar mavjud.
Ahmad Donish o'zi qayd etgan ma'lumotlarga tanqidiy yondashganini ko'rishimiz mumkin. Zotan, u aytgan fikrlar boshqa mualliflarning asarlari bilan mutanosib kelmaydi. Xususan, Amir Abdulahad hukmronligi haqida shunday deyiladi: "otasi Amir Muzaffar vafotidan keyin echki burji payti Venera sayyorasi chiqqan paytda taxtga o'tirdi. Bunday yulduzlar joylashuvi davrida taxtga o'tirgan hukmdor uzoq va mustahkam o'tirishini munajjimlar bashorat qildi. Hukmronligining birinchi, ikkinchi yilida Venera va Quyosh sayyoralari o'rtasida do'stlik aloqalari bo'lganligi tufayli bu yerda shariat va din qonunlari tarqalishini ta'minladi".
Muallif tomonidan bu kabi fikrlar aytilishi, uning o'z davrining buyuk astronomi va astrologi ekanligini isbotlaydi. Abdulahad hukmronligiga ta’rif berib: "Otasi hukmronligiga qaraganda uning davrida sozandalik, maishatbozlik avj oldi. Davlat ishlarini olib borishda o'sha davr aql egalari bilan emas, maishatparast amaldorlar bilan kengashdi. Ilmiy ishlarni qozi kalonga topshirib qo'ydi. Harbiy sarkarda va amaldorlarni saylashni Durbiy qushbegiga topshirdi. Butun Buxoroda vazirlik vazifani g’araz niyatli sobiq quli Shoh Mirzo ismli shaxsga topshiradi. Bunday vaziyatdan foydalangan rus amaldorlari esa o'z maqsadlari yo'lida davlat ishlariga aralasha boshladilar. Bunga qarshilik ko'rsatadigan hech qanday kuch yo'q edi.
Xuddi shu davr voqealar "Kashkuli Salimiy" asarida shunday baholanadi. "Otasi vafotidan keyin Karmana viloyatidan kelib Buxoro taxtiga ega bo'ldi. Butun ulamoyu-umaro (amaldor)lardan fuqarolarni osuda va xotirjam qildilar. Amir Abdulahad saltanati ayomida viloyatlar osoyishta va xotirjam edilar. Hech tarafdan lashkarlarning tozi-bozi yo'q edi"1.
Bu ikki muallif bir davr voqeasida ikki xil yondashgan. Ahmad Donish bu voqealarni tanqidiy izohlasa, Mirzo Salimbek Amir Abdulahad hukmdorligini ijobiy baholashga intiladi. Ammo, o'sha davr shart-sharoiti nuqtai nazaridan yondashadigan bo'lsak, Buxoroda rus bosqini arafasidagi vaziyat ijobiy bo'lmagan va Ahmad Donish real baholagan deyish mumkin.
Asarda Rossiyaga elchilik safarlari haqida ham aytib o'tilgan. Qushbegi Ostonaqul boshchiligidagi elchilar Rossiyada bo'lishadi va ular o'zlari bilan birga rus podshosiga amir tomonidan yozilgan iltimosnomani ham olib borishadi. Bu voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan muallif iltimosnoma mantnini asarida ko'rsatadi.
"Oq podsho - Sizdan iltimosimiz shuki, men taxtga yaqinda o'tirganman. Mamlakat ishlarini yaxshiroq tushunib o'rganish uchun sharoit yaratib bering. Buxoroda suv tanqisligi bois dehqonlar ahvoli og’ir, Amudaryo va Sirdaryodan suv olib kelish kerak. Buning uchun yetarlicha zamonaviy texnologiyalar va harbiy sohada qo'shin askarlarning jang mahorati pastligi bois harbiylar kelib o'rgatib ketsin" kabi fikrlar bildirilgan edi2. Tabiiyki, bu iltimosnoma shaklidagi xat rus hukmron doiralari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi.
Qolaversa, rus bosqinchilari tomonidan Toshkent, Buxoro istehkomi, Samarqand, Jizzaxning ishg’ol etilishi haqida yozilgan. Bu kurashda amir hech qanday bilimga ega bo'lmagan kishilarga tayanganini ko'rish mumkin.
"Amir g’ulomlaridan biri bo'lgan Yoqub Qo'shbegini, garchi u umri davomida miltiq ovozini eshitmagan va jang maydonini ko'rmagan bo'lsada, lashkarboshi etib tayinlashdi"3.



  1. Ahmad Donishning ilmiy merosida davlat boshqaruvi masalalari.

Milliy davlatchilik tushunchasi va uning tarixi o’lkamiz xalqlari singari qadimiydir. Vatanimizning davlat arboblari, siyosatshunos, jamiyatshunos olimlari, faylasuf - huquqshunoslari va tarixchilar davlatchilik tamoyillarini nazariy - ilmiy jihatdan yaratib, boyitib kelganlar, uning amaliyoti to’g’risida juda qimmatli bo’lgan davlatchilik ustunlari sifatidagi tavsiyalarni yaratganlar.
Adolatli, hukmdor, xalq manfaatlari himoyachisi bo’lishning jahonda eng namunaviy timsollarini yaratganlar. Bular A.Forobiyning "Fozil shahar odamlari", Nizomulmulkning "Siyosatnoma", Amir Temurning "Tuzuklari"da, Alisher Navoiyning odil shohlar to’g’risidagi orzulari bayon etilgan, o’lmas asarlarida o’z aksini topgan. O'zbekiston tarixi shundan guvohlik beradiki, davlatchilik tushunchasi va nazariyasini yaratish, boyitish, uni eng yuksak darajaga ko’tarish tamoyili hamma zamonlarda izchil davom etgan. Davlatchilikning nazariy asoslarini barcha davrlarda o’z zamonasiga mos holda rivojlanib borgan.
Ahmad Donish ham Farobiy va Nizomulmulkdek, Amir Temur va A.Navoiy singari odil shoh va adolatparvar hukmdor qanday bo’lishi kerakligini o’z asarlarida ta'kidlab o’tgan bo’lsa-da, uning "Madaniyat va o’zaro ko’maklashish tartibi haqidagi risola"si davlatchilik va uning tamoyillariga, oliy hukmdorning qanday xislatlar egasi bo’lishi haqida yozilgan maxsus asardir.
Podshohni Ahmad Donish aholining xizmatkori deb hisoblaydi: "Darhaqiqat, podshoh aholining mardikori va xizmatkoridir, chunonchi agar o’g’rilar va yovuzlar ko’payib, ularning xavfi kuchaysa, qishloq aholisi biron shaxsni qorovullik va posbonlik xizmatiga yollaydi, uning kechalari jonbozlik qilib, tun bo’yi uxlamay, dushman xavfini daf etgani uchun unga oziq-ovqat beradi, xuddi shunga o’xshash aholi, "bizga qarashgin, suvimizni yetkaz, yo’llarimizni qaroqchilardan tozala, toki biz farog’atda bo’laylik, agar sen beg’am o’tirsang, bizga farog’at bo’lmaydi", deb podshohga o’lpon, xiroj, zakot beradi.1
Mazkur davrda Buxoroda davlat rahbari amir bo’lib, u cheklanmagan hokimiyat va huquqlarga ega edi. Rus tarixchisi A.A.Semyonov u haqda amirning hokimiyatning to’liq egasi ekanligi va cheklanmagan huquqlarga ega ekanligi, mamlakatda ma'muriyat va qozilardan jabr ko’rganlarga beriladigan jazoning yakkayu yagona hokimi ekanligi, hamda xalq boshiga keladigan barcha jabru jafolarning asosiy manbasi ekanligi to’g’risida yozgan. Amir, shuningdek, o’z mamlakatining ma'naviy hukmdori ham bo’lib, bu to’g’rida D.N.Logofet: "o’z davlatining ma'naviy boshlig’i, mahalliy musulmon qonunshunoslari e'tirof etgan Muhammad Payg’ambarning ishini davom ettiruvchi, musulmonlik sofligini himoya qiluvchi xalifa", - deb yozadi1. Shu bilan birgalikda, Buxoro amiri o’z qo’li ostidagi barchaning ham mulkiy, ham jismoniy, ham ma'naviy xo’jasi edi. Tarixchining yozishicha, amir, cho’pon o’z boquvidagi xohlagan qo’yni olib so’yishi mumkin bo’lganidek, amir aholining o’zi xohlagan a'zosi taqdirini hal qilishi mumkin edi.
Ahmad Donish jamiyat taraqqiyotida muhim sanalgan 5 asosni sanab o'tadi. "Birinchidan, kuchli hamda odil podshoh bo'lishi kerak. Ikkinchidan, amaldorlar va hokimlar insofli bo'lishlari lozim. Uchinchidan, shaharda etarli hoziq va tabiblar bo'lishi kerak. To'rtinchidan, shahar xalqi musofirparvar va g’aribsevar bo'lishi kerak. Beshinchidan, dunyodan chiqqan katta kichik ariqlardan oqqan suvlar mamlakat dehqonchiligi uchun yetarli darajada mo'l bo'lishi kerak"2.
Ahmad Donishning hukmdorlik odobi va rahbarlik mas'uliyati haqidagi qarashlari yuqorida ta'kidlaganimiz "Risolai tamaddun dar nazmi tamaddun va taovun" nomli risolasida bayon etilgan. Bunda Ahmad Donish "hukmdor bo’lish - dunyoda eng faxrli ishlardan biri. Hukmdor o’zining barcha vazifalarini ilm va tajribaga tayangan holdagina uddalay olishi mumkin", - deya ta'kidlaydi. Shu bilan birga, alloma adolatli podshoh bo’lish uchun quyidagi o’n shart asosida ish olib borish kerakligini aytib o’tgan3 .
Davlatning ma'muriy apparatini vazir boshqarar edi. Unga amirlikning farmoyish beruvchi va ijro etuvchi hokimiyati buysunar edi. Amirlik ma'muriyatining eng katta nufuzli va kuchli mansab egalari quyidagilardan iborat edi: devonbegi moliya - xazina ishlari, xarajatlar taqsimotchisi va soliqlarni yig’ish ustidan nazorat qiluvchi; zakotchi kalon - mulk va chorva mollaridan soliq yig’uvchi; qozi - kalon - (oliy sud) sud tizimi ishini boshqaruvchi; To’pchiboshi - Buxoro qo’shinlarining bosh qo’mondoni va to’plarni boshqaruvchi; mirshab - tungi shahar soqchilari boshlig’i, zindon (qamoqxona) qoloqxona boshlig’i.
Buxoro amirligi bekliklarga bo’lingan va uning boshida beklar va tumanlar boshida amlokdorlar turishgan, bu mansabdorlar vazirning tavsiyasiga ko’ra oliy hukmdor tomonidan tayinlangan. Mansablar taqsimlanayotgan paytda nomzodning oliy hukmdor va yirik markaziy - ma'muriy mansabdorlarga nisbatan urug’ - aymoqchilik munosabatlari yoki bergan porasining miqdori inobatga olingan. Mansabdorlarga ish haqi davlat xazinasidan emas, balki egallab turgan mansabini suistemol qilib, aholidan yig’ib olinadigan to’lovlar hamda soliqlar hisobidan, o’rta asrchilikning jirkanch holati aholini talash yo’li bilan undirilgan daromad bo’lgan. Amirlikda esa bunday mansabdorlar ellik mingga yaqin bo’lgan1 .
Amirlik ijtimoiy - siyosiy hayotining huquqiy asosi shariat bo’lib, bunda alohida ishlab chiqilgani demokratik asoslardagi qonunlar bo’lmagan. Albatta, Buxoroning ijtimoiy - siyosiy hayotida islom dini ustivor asosga ega bo’lgan. Hurfikrlilik va islomiy mafkuraga bo’ysunmaslik qattiq jazoga mahkum etilgan. Shariat qonunlari asosan aholini itoatda tutish va davlat apparati barqarorligini ta'minlash uchun xizmat qilgan. Shubxasiz, amirlikda mullalar, eshonlar va shayxlar mavqei Buxoroning ijtimoiy - siyosiy hayotida alohida ahamiyat kasb etgan, Buxoro amirlari esa ular bilan hisoblashishga majbur bo’lgan. Buxoro ruhoniylari sud ishlarini, axloqiy va diniy hayot qonun qoidalarining bajarilishini nazorat qilganlar hamda shariat qonunlari asosidagi fatvolar to’g’risidagi talqinlarni ishlab chiqanlar.
Ahmad Donish avvalo davlatdagi feodal tuzumni tanqid ostiga oladi. Uning fikricha feodal tuzumni tubdan uchgartirish bu ijtimoiy taraqqiyot sari qilingan harakat sanaladi. Mazkur davr iqtisodiy hayotida mulkiy munosabatlar, xususan, yer egaligi, uning o’ziga xos xususiyatlari hattoki shariat qonunlari va huquqshunosligi ham shunga moslashtirilgan edi. Shuning uchun bo’lsa kerak Ahmad Donishning ijtimoiy - siyosiy qarashlarida ishlab chiqarishning ana shu munosabatlari bilan bog’liqlik alomatlari seziladi, ijtimoiy - siyosiy hayotni o’zgartirishning ma'rifatparvarlik va islohotlar o’tkazish yo’li bilan o’nglanib, rivojlanib ketishiga ishonch uchqunlari porlab turadi.


XULOSA
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi O’rta Osiyo mintaqasi ijtimoiy-siyosiy tarixi mamlakatimiz tarixining siyosiy voqealarga boy davr hisoblanadi. Mazkur davrda mintaqamiz jahon geosiyosiy maydonida muhim strategik xomashyo baza vazifasini bajardi. Hududda mayjud bo’lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi kabi davlatlar ham tashqi ham ichki siyosatda mustamlaka ma’murlarning nazoratida bo’lishi, aholining ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi yakka hukmdor tomonidan boshqariladigan davlat edi. Amir Muzaffar va Amir Abdulahad hukmronligi davrida davlat chor hukumatining protektoratlik siyosati ostida bo’lganligi qayd etilgan. Bu davrda amirlikning ijtimoiy-siyosiy hayotini o’zgartirish yoki mazkur yo’nalishlarda islohotlarni amalga oshirishga amir va uning sodiq amaldorlari qarshilik qilishgan.Ahmad Donish va uning odil hukmdor xususidagi qarashlar ham o’z davrida siyosiy qarshilik va ta’qiblarga uchraganligi buning yorqin misolidir.
O’z davrining olimi, faylasufi, astronomi va qolaversa jamoat arbobi bo’lgan Ahmad Donish va uning faoliyatini tadqiq etish natijasida XIX asrning ikkinchi yartmida amirlikda hukm surgan bosh boshdoqlik, siyosiy va iqtisodiy qoloqlik sababalari va ularni keltirib chiqargan omillar nimalardan iborat ekanligini bitiruv malakaviy ish doirasida ko’rib chiqishga harakat qildik. Ahmad Donishning amir elchilari safida mirzolik qilib Rossiya shaharlari bo’lib qaytishi, uning jamiyat va davlat boshqaruvi iqtisodi va xo’jalik hayotini o’zgartishish kerak ekanligi xususida tegishli xulosalar chiqarganligini ko’ramiz. Anashu safarlarning mahsuli sifatida tarixiy, falsafiy va ijtimoiy ahamiyatga molik “Navodir-ul-vaqoe”, “Mang’it amirlarning tarixi”(Tarjimaiy ahvoli amironi Mang’itiya) kabi asarlari dunyoga keldi.
Olimning “Navodir-ul-vaqoe” asari amirlikning o’sha davrdagi iqtisodiy,madaniy va ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bag’ishlangandir. . Garchi bu manba bilan bog’liq fikrlar o’z vaqtida nashr yuzini ko’rmagan bo’lsada zamondoshlari tomonidan o’rganilini qayd etish joiz. “Navo dir ul-vaqoe” asarining qimmatli tomoni shundaki, unda “Qobusnoma”, “Siyosatnoma” kabi asarlarning mazmuniga hamohangligidir. Buning misoli sifatida davlat boshqaruvi masalalari, hukumdorlarga xos xususiyatlar va siyosatshunoslikka oid fikrlarning mavjudligidadir. Bu asarda Ahmad Donish o’z yurtining jahondagi boshqa mamlkatlardan ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan o’ta qoloqligini anglab, davlatda mazkur yo’nalishda islohotlar olib borish kerakligini qayd etadi.
Ushbu asarda Ahmad Donish tomonidan siyosiy go’ya va qarashlar asosida puxta ishlab chiqilgan tavsiyanomalar ham taklif etgan. Asarda odil hukmdor uning vazifa va xislatlari jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib asosli tarzda bayon etilgan. Jumladan, uning fikricha, agar hukmdor barcha jabhalarda odilona va oqilona siyosat olib borsa, tashqi subyet va xalqlar bilan savdo-sotiq munosabatlarni o’rnatib yaqin siyosat olib borasa mamlakat obod xalq esa o’z navbatda farovon bo’ladi.
Ahmad Donish mamlakatning siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi lozim bo’lgan Davlat Kengashi tashkil etish masalasiga ham alohida qayd etganligini ko’rish mumkin. Bu kengashda aholining barcha tabaqalaridan vakillar kiritib, davlat ahamiyatiga molik barcha ishlarning mazkur kengash orqali amalga amalga oshirilishi yaxshi natijalar berishi mumkinligini ham qayd etgan. Bu kabi qarashlar amirlik boshqaruv davrida muhim siyosiy siljish uchun xizmat qilgan.Ammo bu fikrlar olim kabi siyosiy ta’qiblarga uchragan.
Buxoro amirligining hukmdorlari va ular yuritgan boshqaruv siyosati xususida Ahmad Donish o’zining “Mang’it amirlarning tarixi” (Tarjimaiy ahvoli amironi Mang’itiya) asarida o’z ifodasini topgan. Asar Buxoroda hukmdor bo’lgan Muhammad Rahimxon davridan Amir Abdulahadga qadar bo’lgan amirlar tarixiga bag’ishlangan. Asar Ahmad Donish amirlarning hukmdorlik salohiyati va ular tomonidan amalga oshirilgan ichki va tashqi siyosat masalalarni tahlil etib bayon qilgan.Bu kabi yondashuv asosida yozilgan asar o’z navbatida bugungi kunga kelib XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarixini tadqiq etuvchi tarixchi olimlari uchun muhim manba vazifasini bajaradi.
Ahmad Donishning ilmiy me’rosi nafaqat amirlik tarixini o’rganishda, balki XIX asr ikkinchi yarmida Buxorodgi ilm-fan rivoji, amirlik aholisining ijtimoiy holatini o’rganuvchi jamiyatshunos va siyosatshunoslar uchun ham muhim manba vazifasini bajaradi.
Kurs ishda o’rganilgan masalalar yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalarni tadqim etish maqsadga muvofiq:

  • Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe” va Nizomimulkning "Siyosatnoma"asaridagi davlat boshqaruvi masalalari xususidagi qarashlarni alohida bitiruv malakaviy tadqiqot sifatida o’rganish;

  • Ahmad Donishning ilmiy merosini o’rgangan olimlar va ularning tadqiq yo’nalishlar asosida katalog tuzish;

  • Ahmad Donishning ilmiy merosidagi ma’lumotlar asosida ko’rgazmali taqdimot va elektron manbalar yaratish.




Yüklə 58,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə