Buxoroning mudofaa inshootlari



Yüklə 117,29 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü117,29 Kb.
#181939
1   2   3   4   5
1-Мустакил иш - копия (13)

6.2.Mag‘oki Attori masjidi. Shohrux kanali yaqinida, shahar shahristonida g‘oyat antiqa obida – Mag‘oki Attori masjidi joylashgan. Arablar istilosigacha uning o‘rnida Moh (oy) bozori bo‘lgan, bu yerda but, dorivor va ziravorlar bilan savdo qilingan, otashparastlar ibodatxonasi ham shu yerda edi. Narshaxiy asarining oxirgi tahririda ibodatxona o‘rnida qurilgan masjid «Mag‘og‘», ya’ni «chuqurlikda» deb nomlangan. Chunki jadal o‘sayotgan madaniy qatlamlar uni o‘sha paytdayoq yarmigacha ko‘mib yuborgan edi. 937-yilgi yong‘in shimoliy darvozadan Moh masjidgacha keldi, masjid yonib ketdi va butunlay kulga aylandi, deb yozadi Narshaxiy .
Moh yoki Mag‘oki Attoriy mahalla masjidi Buxoroda XII–XVI asrlarda qurilgan. U Markaziy Osiyodagi eng ko‘hna masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid dastlab X asrda qurilgan, ungacha uning o‘rnida majusiylar – otashparastlarning ibodat qiladigan binosi bo‘lgan. Yer sathidan 4,5 metr pastda joylashgan, o‘yma naqshlari e’tiborni tortadi. Masjid arablar istilosidan oldin butlar, dorivorlar va ziravorlar sotiladigan bozor ichida joylashgan edi, shuning uchun u ba’zan “Attorlar masjidi” deb atalgan.
Uning yaqinida Oy ibodatxonasi bo‘lgan, shuning uchun ikkinchi nomi Moh (forscha ماه ) masjididir. Masjid yana “mag‘oq”, ya’ni “chuqurda” ham deb ataladi, chunki o‘sha paytdayoq u tez o‘sib borayotgan madaniy qatlamlar ortida qolib ketgan edi.
Yüklə 117,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə