Buxoroning mudofaa inshootlari


Buxoro dastlabki etti darvozasi



Yüklə 117,29 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü117,29 Kb.
#181939
1   2   3   4   5
1-Мустакил иш - копия (13)

5.2. Buxoro dastlabki etti darvozasi.
Darvoza-shahar, qal’a, saroy, qo‘rg‘onning kirish joyiga o‘rnatiladigan katta eshik, qopqa. Qadimda O‘rta Osiyo shaharlarining atrofi qal’aband mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, bir nechtadan darvozalari bo`lgan. Masalan Buxoroning qadimda 7 ta darvozalari bo‘lgan.
Darvozalar odatda archa, qayrag‘och daraxtlari yog‘ochidan yasalib, usti temir hoshiya bilan qoplangan, turli zulfinlari badiiy naqshlar bilan bezatilgan. Darvozalarning yuqori qismi ko‘pincha panjarali bo‘lgan.
Buxoro o‘rta asr shahar qurilishi an’analari asosida bunyod etilgan bo‘lib, 3 qism: Ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Buxoro Arkida 2 darvoza bor edi. G‘arbiy darvoza-Registon, Alaffurushon yoki Somonfurushon, Sharqiy darvoza-Go‘riyon deb yuritilgan. Shahristonda esa 7 darvoza bo‘lib, ular shaharning 4 tomonida joylashgan.
Shahriston shimolida Haq (RohXufra), janubida Attoron (Bob ul Madina) va Ohaniyon (Temirchilar), sharqida Nav (Nur), g‘arbida esa Ko‘handiz, Muhra (Bani Asad) va Bani Sa’d darvozalari bo‘lgan. Atgorondan Xurosonga, Haq Rohdan Samarqandga, Nur (Nav) orqali esa Nasaf (Qarshi) tomonga yo‘llar ketgan. Qolgan 4 ta darvoza orqali podshoh qarorgohi Arkka borilgan.
Rabod atrofida dastlab ichki devor, 849—850 yillarda tashqi devor bino qilinib, uning 11 darvozasi bor edi. Ichki devorning darvozalari shimolida Bobul Hadid, Samarqand va Mug‘on, janubida Puli Suvayk, Abduhoshim Kanoniy, Ruhba, Moh, g‘arbida Darvozacha, Forjak, sharqida Puli Abdulhasan va Moh darvozalari joylashgan. Rabod tashqi devori bitganidan so‘ng uning shimolida Navbahor, Samarqand va Riv, sharqida Mardikushon, Kalobod hamda g‘arbida Romitan, Forjak, Qo‘shanj nomli darvozalari bo‘lgan.
Qadimiy Buxoro shahri VIII-XVI asrlar mobaynida atrofi baland devorlar bilan o‘ralgan bir qal’a shaklida bo‘lgani va qal’aga etti darvoza orqali kirilgani tarixdan ma’lum. Bu darvozalar:
1.Temir darvoza.
2. Qo‘handiz darvozasi.
3. Binni Asad darvozasi.
4. Binni Sad darvozasi.
5. Attorlar darvozasi.
6. Nur (Nav) darvozasi.
7. Hakroh darvozasi.
Qadim darvozalarning qurilishi, nomlanishi ham o‘ziga xos tarixga ega. Mazkur inshootlarning asrlar sinovidan eson-omon o‘ta olishi uchun dastlab qurilish materiallariga, texnologiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi, qurilishda ishlatilgan birgina loyni tayyorlash uchun ko‘mir kukuni, qamish kuli, ohak-ganch, qum va suvdan iborat qorishma o‘n ikki soat qaynatilgan. Tayyor qorishma darvoza devori mustahkamligini ta’minlash bilan birga o‘zidan nam o‘tkazmagan va shu orqali yemirilish oldini olgan. Shuningdek, asos (fundament) bo‘yra yoki qamish bilan yopilib, uning ustidan ikki qator 25x25 sm. o‘lchamdagi g‘ishtlar terilgan. So‘ng ikkita guldasta yasalib, arka, timpan, kitoba, dandonalar qal’a devori balandligiga tenglashtirib yasalgan. Lekin har bir darvozaning tashqi ko‘rinishi, me’moriy yechimi bir-biridan farq qilgan.

Yüklə 117,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə