Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish


Rus qoʻshinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi



Yüklə 83,03 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü83,03 Kb.
#142745
1   2   3   4   5   6   7
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.

Rus qoʻshinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi.

Turkiston va Chimkentning bosib olinishi natijasida rus harbiy qoʻshin bosqinchilik harakatlari yanada kengayib, endilikda mintaqaning eng katta va boy shaharlaridan boʻlmish Toshkentni bosib olishga keng yoʻl ochildi. 1864 yilning 1 oktyabrida general Chernyaev katta harbiy qoʻshinlari bilan birga Toshkentning sharqidagi Darvishak Qopqa degan joyga yetib keladi. 2 oktyabrda dastlabki hujum boshlandi. Ammo Toshkentliklar shu darajada qarshilik koʻrsatdilarki, general Chernyaev magʻlubiyatga uchrab Chimkentga qaytib ketishga majbur boʻldi. Magʻlubiyat oʻchini olish hissida general Chernyaev 1865-yil 28-aprelda Niyozbek qal’asini olishga buyruq berdi. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkent mudofaasini tayyorlashda Alimqul sarkardaning xizmatlari katta boʻldi. U 8-may kuni oʻzining katta qoʻshini bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keldi, 1865-yil 9-may kuni har ikki tomon kuchlari toʻqnashdi.


Alimqulining jangda halok boʻlishi bilan Toshkentliklar orasida sarosima boshlandi. 1865-yil 17-iyunda esa koʻplab qon toʻkilishini oldini olish maqsadida muzokaralar boshlandi. Chernyaev shaharning Hakimxoʻja qozikalon, Abdurahmon eshon, domla Solihbek Oxun singari nufuzli kishilari bilan muzokara oʻtkazib, «Toshkent shahar aholisi oʻz ixtiyori bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshildi», degan soxta ahdnomani toʻldirishga majbur qildi. Ular bunga koʻnmagach, jazolanib, soxta ahdnomani toʻldirishni Abdusattor Qoraboshi oʻgʻliga topshiradi. Soʻngra shahar "kattalarining barchasiga majburiy ravishda qoʻl qoʻydirib, muhr bostiriladi. Bu ahdnoma tufayli bosqinchilik siyosati oqibatida Angliyadek kuchli davlat bilan urushga majbur boʻlib qolishdan choʻchigan Rossiya imperiyasi hukumati xalqaro jamoatchilik koʻz oʻngida oʻz hatti-harakatlarini oqlashga urindi. Ahdnomadan nusxalar koʻchirilib, 1865-yilda Rossiyaning Turkistondagi elchisi qilib tayinlangan N.Ignatev orqali Istambulga joʻnatilib, shahar koʻchalariga yopishtirib chiqildi. Xulosa qilib aytganda, Toshkent bosib olingach, bu shahar Rossiya imperiyasining Turkiston masalasiga daxldor barcha siyosiy masalalarni hal qiladigan, rus qarorgohi xizmatini bajaruvchi makonga aylanib bordi.
Toshkent uchun boʻlgan janglardan soʻng 1865 yili bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tashkil qilindi. Istilochilar Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-1866 va 1868 yillarda oʻtkazdilar.
1866-yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida xonlikning Oʻratepa, Jizzax, Yangiqoʻrgʻon singari hududlari Rossiya tarkibiga kiritildi.
1866-yili Aleksandr II ning Toshkentning Rossiya tasarrufiga olinganligi e’lon qilindi. Rossiya imperiyasiga bundan tashqari oʻz manfaatlarini amalga oshirish uchun mustahkam ma’muriy tuzum zarur edi. Bu masalani hal etish uchun harbiy vazir Milyutin boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Mazkur komissiyaga Orenburg general-gubernatori Krijanovskiyning Toshkentni Orenburgga boʻysundirish haqidagi taklifi kiritilgan edi. Lekin, bu mustamlaka manfaatlari bilan toʻgʻri kelmas, Toshkentni markaz sifatida qoldirish va u orqali xonliklarni doimiy nazorat ostida olib turishlarini edi. Shu sababli Krijanovskiy taklifi rad etilib, 1867-yil iyul oyida Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi. Markazi Toshkent boʻlgan Sirdaryo viloyati, markazi Verniy boʻlgan Yettisuv viloyatlari general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.


  1. Yüklə 83,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə