Mavzu: Oʻrta osiyo xonliklarini rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari. Reja: kirish


Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi ekspeditsiyasi sabablari



Yüklə 83,03 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü83,03 Kb.
#142745
1   2   3   4   5   6   7
1-MAVZU. Oʻrta Osiyo xonliklarini Rosssiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga qarshi xalq harakatlari.

Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi ekspeditsiyasi sabablari.

Chunki Rossiya uchun xavf qudratli Usmonli turk davlati tomonidan kutilgan boʻlib, Turkiyaning Eron hisobiga yanada kuchayishi va Oʻrta Osiyoga kirib borishi natijasida Rossiyani mushkul ahvolga solib qoʻyishi e’tiborga olingan edi.
XVIII asrning birinchi choragida, koʻchmanchi qozoqlar Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasigacha boʻlgan ulkan hududda, Katta, Oʻrta va Kichik juzga boʻlingan holda, istiqomat qilar edilar. Qozoq sultonlari oʻrtasidagi oʻzaro urushlar ularni tobora zaiflashtirib bomoqda edi. Shu hududda yashagan qalmoqlar ham tez-tez qozoqlar ustiga yurishlar qilar, oʻzaro qonli toʻqnashuvlar boʻlib turardi. Qozoqlarga 1723 yildagi ocharchilik juda qimmatga tushdi. Ular nochor bir ahvolda tashqaridan yordam kutdilar. Kichik juz oqsoqoli Abulxayrxon 1730 yilga kelib Rossiya davlatiga murojaat qilib, oʻz juzining Rossiya panohiga olinishini soʻradi. Kichik juz va boshqa juzlardagi ayrim zodagonlarning qarshiligiga qaramay, Kichik juz 1732 yilda Rossiya imperiyasi himoyasiga oʻtdi va Abulxayrxon choʻl orqali Oʻrta Osiyoga oʻtadigan va u yerdan qaytadigan rus savdo karvonlarini talonchilik hujumlaaridan himoya qilishni oʻz zimmasiga oldi. Keyinroq – 1739-1740 yillarda Oʻrta juz, 1747 yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, Oʻrta va Katta juzning Rossiya tobeligiga oʻtishi bilan rus hukumatining Oʻrta Osiyo tomon harakat qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Rus hukumati topshirigʻiga binoan qozoq dashtlarida mustahkam oʻrnashib olish va oʻzbek xonliklarini bosib olishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida koʻplab harbiy qal’a va istehkomlar qurildi. Faqat XVIII asrda qozoq juzlari hududida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurildi va ularga harbiy qismlaar joylashtirildi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushi, Rossiya-Frantsiya munosabatlarining keskinlashuvi va Napoleonning Rossiyaga yurishi Rossiya hukmron doiralarining e’tiborini Oʻrta Osiyodan biroz chalgʻitdi. Taxtga Nikolay I (1825-1855) chiqqach, vaziyat oʻzgardi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, Oʻrta Osiyoda uch xonlik oʻrtasidagi toʻxtovsiz urushlar, kelishmovchiliklar xonliklardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tang ahvolga olib keldi, bu hududlardagi madaniy hayotni izdan chiqardi. Oʻlkadagi bunday vaziyat Rossiyadek bosqinchi davlat uchun oʻz imkoniyatlarini amalga oshirishga qulay sharoit yaratdi.
XIX asr oʻrtalarida jahonning yirik davlatlari oʻrtasida yangi mustamlakalar uchun kurash qizib ketgan davrda Rossiya imperiyasi ham bu kurashdan chetda qolmadi. Shu jihatdan XIX asr oʻrtalarida Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda toʻqnashdi. Rossiya imperiyasi siyosatchilari Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizining sharqiy tomonlarini egallab olishidan gʻoyat xavfsirayotgan edilar. Bunga asos ham yetarli edi. Chunki Angliya oʻz tasarrufidagi Hindiston va Afgʻoniston orqali oʻzbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi. Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chogʻlanayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, uchala xonlikni unga qarshi bir kuch qilib birlashtirish va Oʻrta Osiyo bozorlarini egallash edi. Shu oʻrinda, Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillarni koʻrsatib oʻtish maqsadga muvofiqdir:
1. Rossiya yengil sanoatini ta’minlab beruvchi arzon xom ashyo bazasini Oʻrta Osiyoda mavjudligi.
2. Qrim urushi (1853-1856) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qoʻldan ketishi va uning oʻrnini Oʻrta Osiyoni egallash orqali toʻldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish, Oʻrta Osiyo orqali Eron, Afgʻoniston Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta’sirini yoʻqotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatish. Turkiston bu agressiyalarda platsdarm vazifasini oʻtashi.
3. Rossiyaning Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun Oʻrta Osiyo bozorlarini egallash.
4. Rossiyada oʻtkazligan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini koʻchirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash.




  1. Yüklə 83,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə