Reja: Shotlandiyaning egallanishi



Yüklə 15,42 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü15,42 Kb.
#168909
IRLANDIYA va SHOTLANDIYA masalasi


Mavzu: XVI - XIX asrlarda Irlandiya va Shotlandiya masalasi


Reja:
1. Shotlandiyaning egallanishi.
2. Irlandiyaning mustaqillikka erishish jarayoni.
3. Irlandiya va Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibida.
Armiyada levellerlarning tor-mor qilinishi Kromvelning qoʻllarini boʻshatdi va u endi Irlandiya masalasi bilan shugʻullanishi mumkin edi. Bu paytda kelib Irlandiya Angliyadan toʻliq ajralib chiqqan edi. Irlandiyaning Vitse-qiroli Markiz Ormond Karl I ning vorisi boʻlgan Karl II bayrogʻi ostida tarqoq elementlarni birlashtira oldi. "Yashil orol" royalistlar fitnasining asosiy maydoniga aylandi. Bir yoʻla ikkita lavozimga - Irlandiya hukmdori va ekspeditsion armiya Bosh qoʻmondoni lavozimlariga tayinlangan Kromvel irlandlarni tor mor qilish rejasini tuza boshladi. 1649-yil 13-avgustda yaxshi qurollangan 10 ming askari boʻlgan 132 kemadan iborat qoʻshin Angliya qirgʻoqlarini tark etdi va ikki kundan keyin Irlandiyaga yetib keldi. Bu yurish bir necha vazifani bajarish kerak edi: "yashil orol" mi Angliya mustamlakasiga aylantirish; irland yerlarini askar ofitserlarga boʻlib berish va shu bilan qoʻshindagi inqilobiy kayfiyatni bostirish.
Irlandiyaga yetib kelgan Kromvel "Xudoning xohishi bilan biz bu yerga ingliz erkinligining shon va shuhratini qoʻllash uchun kelganmiz, bu erkinlikda irland xalqi ham uning barcha imkoniyatlariga sherik boʻlishi, inglizlar bilan birgalikda erkinlik va mulkdan bab-barobar foydalanishi mumkin",- deb eʼlon qildi. Irlandiyadagi urush misli koʻrilmagan ayovsizlik bilan olib borildi. Masalan, 3000 kishilik Drogeda garnizonidan 30 ga yaqin kishi tirik qoldi, Ueksford qalʼasini olish paytida 2000 kishi oʻldiriladi. Faqat katta vaxshiyliklar evaziga Irlandiya egallandi. Mamlakat aholisining 1/3 qismi halok boʻldi. " Irlandiyaning tuzilishi haqida statut"ga binoan qoʻliga qurol olib Kromvelga qarshi kurashgan barcha inlandiyaliklarning yerlari musodara qilindi Koʻpkina ofitser va generallar , shu jumladan, Kromvel ham ulkan yer maydonining egalari boʻlib oldilar. Yerlaridan ayrilgan irland dehqonlari ochlikdan oʻlimga mahkum edilar. Aholining katta qismi oʻlib ketdi."Qashshoqlar galasi bu mamlakatning barcha qismlarida izgʻib yurishardi.... baʼzilari koʻpincha ot goʻshti va oʻt-oʻlan isteʼmol qilardilar. Boshqalari esa ochlikdan oʻlardilar... Ota onasini yoʻqotgan barcha bolalar taqdir hukmiga xavola qilinardi, ulardan baʼzilari boʻrilarga yem boʻlardi...", - deb yozishgandi oʻshanda. Minglab irlandlar oʻz vatanlarini "koʻngilli boʻlib" tark etdilar, boshqa davlatlar qoʻshiniga askar boʻlib yoʻllandilar. Amerikadagi mustamlakalarga "oq qullar" sifatida olib borilar edilar. Irland yerlarining uchdan ikki qismini bosqinchilar egallab oldi, keyin esa ularni boy zodagonlar, savdogarar, tadbirkorlar sotib oldi. Natijada qoʻshin qoʻmondonlari va boy savdogarlar ingliz lendlordlarining yangi qatlamini tashkil qildi. "Yangi tur"dagi inqilobiy armiya shu tarzda bosqinchi armiyaga aylandi. Shundan keyin Kromvelning qoʻshinlari Karl I ning oʻgʻli Karl Il ni qirol deb eʼlon qilgan Shotlandiyaga bostirib kirdi va uni bosib oldi. Shotlandiyaninh mustaqilligi tugatildi. Yangi zodagonlar va burjuaziya nazarida Kromvelning orzusi amalga oshdi. Parlament uni sovgʻalarga koʻmib tashladi.

1688-yilning kuzida Vilgelm Oranskiy ingliz portida qirgʻoqqa tushdi va oʻz armiyasi bilan Londonga yoʻl oldi. Yakov ll yashirincha Fransiyaga qochdi. Sharafli inqilob deb nima olgan bu saroy toʻntarishi parlament bilan qirollar oʻrtasidagi kurashga chek qoʻydi.


Vilgelm va Mariya taxtga parlament qoʻygan shartlar boʻyicha ega boʻlishdi. Vilgelim Oranskiy gollandiyalik edi va unga ʼʼbegona yurtda qirol boʻlishʼʼ oson emasdi. U oliyjanob va sofdil inson boʻlib, tashqi koʻrinishidan jahldor boʻlib koʻrinardi. Vilgelm Oranskiy Yevropada iqtidorli qoʻmondon sifatida shuhrat qozongandi. Lekin koʻpgina inglizlar uni begona hisoblashar va unchalik yoqtirishmasdi. 1689-yili shimoliy Shotlandiyadagi bir qism yer egalari Yakov ll ni himoya qilib Vilgelm lll ga qarshi bosh koʻtardilar. Qoʻzgʻalon shaharliklar yordamida juda tez bostirildi va Vilgelm lll Shotlandiyaning ham qiroli deb eʼlon qilindi.
1707- yili parlament Angliya va Shotlandiya oʻrtasidagi uniyani qonuniylashtiradi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb atala boshladi. Shotlandiya parlamenti tugatilib, uning deputatlari Angliya parlamenti tarkibiga qoʻshildi.

XlV-XVll asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. XVlll asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801- yil 1-yanvarda "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. XlX asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.

Birinchi jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—1921-yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921- yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya bitimiga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949-yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saqlanib qoldi. 1955—1961 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shimoliy Irlandiyadagi maʼmuriy va politsiya binolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959-yil Irlandiya Respublikasi va Shimoliy Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shimoliy Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985- yilda imzolangan bitimga binoan, Shimoliy Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993- yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vositalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster muammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (Buyuk Britaniya) 1922-yildan beri toʻrtta taʼsischi davlatni oʻz ichiga oladi: Angliya, Shotlandiya va Uels (ular birgalikda Buyuk Britaniyani tashkil qiladi), shuningdek Shimoliy Irlandiya. Birlashgan Qirollik unitar suveren davlat boʻlsa-da, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uels devolyutsiya jarayoni orqali maʼlum darajada avtonomiyaga ega boʻldi. Tarixiy jihatdan, 1801-yildan boshlab, Ittifoq hujjatlariga binoan, 1922-yilgacha butun Irlandiya oroli Buyuk Britaniya tarkibidagi davlat edi. Irlandiya 1921-yilda ikkita alohida yurisdiktsiyaga boʻlingan: Janubiy Irlandiya va Shimoliy Irlandiya. Janubiy Irlandiya Irlandiya Erkin Davlatiga aylandi va 1922-yilda Birlashgan Qirollikni va 1949-yilda Millatlar Hamdoʻstligini tark etdi va hozir Irlandiya Respublikasi yoki oddiygina Irlandiya deb nomlanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:



1. Shuhrat Ergashev Jahon tarixi
2. Wikipedia. uz.
3. arxiv.uz
Yüklə 15,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə