Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish reja: Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish


Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#157404
1   2   3   4
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH

2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish .
Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‗ligini kafolatlash yo‗nalishida jaxon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi.
modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xarakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‗nalishlardan biri sifatida belgilandi.
O‗tgan davr mobaynida O‗zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo‗lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‗lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‗lgan va ko‗lami bo‗yicha aholining barcha qatlamlarini xar tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta‘minlamoqda.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‗naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‗paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur‘atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‗lgan talabini qondirish ta‘minlanmoqda.

Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ij-timoiy kafolatlarni ta‘minlash, aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‗rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratilmoqda.


Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Xarakatlar strategiyasida to‗la o‗z aksini topdi.
Dasturda keksa yoshdagi aholi ijtimoiy faolligini oshirish va ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish maqsadida 2017 yil davomida «Nuroniy» jamg‗armasi, «Maxalla» jamg‗armasi, Xotin-qizlar qo‗mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‗zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari ishtirokida keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va maxallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta‘minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‗p asrlik an‘analarini xurmat qilish ruxida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga erishish nazarda tutildi. Mazkur tadbirlar uchun ijrochilar mablag‗lari xisobidan 200 million so‗m mablag‗ yo‗naltirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur yo‗nalishda keksa avlodni qo‗llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas‘uliyatini oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, bunda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillariga ma‘naviy va moddiy qo‗llab-quvvatlash maqsadida 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxsga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‗la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaxo sovg‗alar bilan taqdirlash, 14 ming nafar xodimga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaxo sovg’alar topshirish, 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish ko‗zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun ish beruvchilar mablag‗lari xisobidan 7 milliard, Kasaba uyushmalari mablag‗lari xisobidan 1 milliard so‗m mablag’ yo’naltirilmoqda. Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‗rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilda mamlakatimiz xududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‗yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda davlat byudjeti mablag‗lari xisobidan jami 49 milliard 312 million so‗m mablag‗ yo‗naltiriladi.
Bundan tashqari, bu boradagi ishlar ko‗lamini yanada kengaytirish. aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini, maxallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg‗iz qariyalar, nogironlar, kam ta‘minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash bo‗yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 632 million dollar mablag‗ yo‗naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Aholining himoyaga muxtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‗ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‗rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, xududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyixalarning amalga oshirilishi etiborga loyiqdir.
Fuqarolarning dam olish, sog‗ligini qayta tiklash, sport bilan shug‗ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jixozlash uchun 2017-2018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‗m mablag‗ yo‗naltirilib, mamlakatimiz bo‗yicha sanatoriylar, yoshlar markazlari, suzish xavzasi, o‗yingoxlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‗naltirilmoqda.
Bolalar sog‗lomlashtirish oromgoxlarini o‗rnatilgan tartibda qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‗lari xisobidan 18 milliard 540,7 million so‗m mablag‗ yo‗naltirilib, Surxondaryo viloyatida 200 o‗rinli «Amudaryo soxili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; Andijon viloyatidagi «Bog‗ishamol» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgoxida suzish xavzasini qurish ishlarining amalga oshirilishi, xech shubxasiz, yosh avlodni sog‗lom va barkamol etib tarbiyalashga xukumat e‘tiborining amaldagi ifodasidir.
Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila a‘zolarini sog‗lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi «Oqtosh» sanatoriysida, «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini qurish; Surxondaryo viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta‘mirlash va rekonstruktsiya qilish; Namangan viloyati ―Chodak‖ qishloq fuqarolar yig‗inida dam olish uyini qurish ishlarini amalga oshirish uchun yil davomida Kasaba uyushmalari mablag‗lari xisobidan 17 milliard 810 million so‗m yo‗naltirilmoqda. Bunda asosiy e‘tibor, ayollar va bolalarni sog‗lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga qaratiladi.



Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə