Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə1/6
tarix12.07.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#119509
  1   2   3   4   5   6
yotoq yara


Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi.
Yotoq yara — terining uzoq vaqt bosilib qolishi, mahalliy qon aylanishining buzilishi va yumshoq to‘qimalarning o‘lishidir. Yotoq yaralarning paydo bo‘lishiga 3 asosiy omil sabab bo‘ladi:

  1. Bosim.

  2. Kesuvchi kuch.

  3. Ishqalanish.

Yotoq yaralar eng ko‘p paydo bo‘ladigan soha dumg‘azadir. Kamroq hollarda ular kurak, tovon, ensa, tirsak, quymuch do‘mboqlari va suyak bilan to‘shak orasida yumshoq to‘qimalar uzoq vaqt bosilib turadigan sohalarda paydo bo‘ladi. Terining shu sohalariga bosim tushishi, qon aylanishining kamayishiga va to‘qimalarning qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaslikka olib keladi.
Yotoq yaralar asta-sekin, ko‘pincha bemorning o‘zi ham sezmaydigan holda avj oladi. Ular quruq va infeksiya tushishi natijasida yiringli yoki irigan bo‘ladi. Avvaliga teri qizarib so‘ngra yiring bilan to‘lgan pufakchalar yuzaga keladi. Ular davolansa, yoriladi, bunda terining so‘rg‘ichli qavati ochilib qolib, rangi asta-sekin xiralashadi va jonsizlanish vaqtiga kelib, deyarli qorayadi. O‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushadi va yotoq yaraning ichkarisida aksariyat suyak ko‘rinib qoladi. Darmonsiz bemorlarda yotoq yaralarning tez avj olishi umuman qon zararlanishiga va ba’zan o‘limga sabab bo‘ladi. To‘qimalarga tushadigan bosimni bartaraf qilish, terini yaxshi parvarishlash va yotoq yaralarni to‘g‘ri davolash samarali natija berishi mumkin. Biroq shunga qaramay, yotoq yarani davolashdan ko‘ra uning oldini olish osondir. Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorga va uni yaqinlariga yotoq yaralar xavfi va ularni oldini olish haqida axborotni yetkazishi kerak.
Yotoq yaralarining yuzaga kelishiga ko‘pincha bemorlami yaxshi parvarish qilmaslik: notekis, qattiq o‘rin, uning tez-tez to‘g‘rilanib turilmasligi, almashtirilmasligi va shu sabab choyshabda mayda ushoqlar, burmalar bo‘lishi, choyshab va ko‘ylakdagi choklar, bemor ichkiyimini kam almashtirish, siydik va axlat tegib bulg‘angan badan terisini vaqti-vaqtida yuvib turmaslik sabab bo‘ladi.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə