Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə5/6
tarix12.07.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#119509
1   2   3   4   5   6
yotoq yara

BEMORLAR TAGINI YUVISH
Uzoq muddat o‘rinda yotgan va har haftada gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan, shuningdek, siydik va axlat tuta olmaydigan bemorlar tagini kuniga bir necha marta yuvish zarur, chunki chov buyrmalari sohasida siydik va axlatni yig‘ilishi teri butunligini bichilishiga va yotoq yaralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bemorning tagi kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi yoki boshqa zararasizlantiradigan modda bilan yuviladi. Eritma 30 — 350 C bo‘lishi kerak. Buning uhcun ko‘za, kornsang va steril paxta sharchalar ishlatiladi. Aksariyat hollarda ayollar tagi yuviladi. Tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini kiyadi. Dumbalar ostiga sudno qo‘yiladi. Ayollar oyoqlarini tizzasini bukib va sonlarini bir oz kerib chalqancha yotishi kerak. Iliq zararsizlantiruvchi eritmali ko‘za chap qo‘lda ushlanadi va suvni tashqi jinsiy a’zolarga quyib turiladi, kornsangga qisib olingan paxta tampon esa jinsiy a’zolardan orqa chiqaruv teshigi sohasiga, qovuqqa va tashqi jinsiy a’zolarga infeksiya tushmasligi uchun xuddi shu yo‘nalishda artiladi va qo‘lqoplar yechiladi.
Erkaklar tagini yuvishda bemor chalqancha vaziyatda yotadi, oyoqlari tizzasidan bukilgan, dumbalari tagiga sudno qo‘yiladi. Qo‘llariga qo‘lqop kiygan tibbiy ijtimoiy xodim be­morning chov va oraliq burmalariga suv quyadi. Kornsangga qisib olingan paxta bilan oraliq va chov burmalari artiladi, shundan so‘ng bichilishni oldini olish uchun vazelin moyi surtiladi va qo‘lqoplar yechiladi.
BEMORLARNING OQLIKLARI VA ICHKIYIMLARINI ALMASHTIRISH

  • O‘rin ko‘rpa va ichkiyimlar muntazam gigiyenik vannadan so‘ng, haftasiga bir marta, ayrim hollarda, zarur bo‘lsa bundan ham qisqa muddatda almashtiriladi. Bemor o‘rni yetarlicha qalinlikda bo‘lib, yuza qismi tarang hamda yig‘ilmagan, yostiqlar yumshoq, ko‘rpalar yil mavsumiga mos bo‘lishi lozim. Ularning oqlik va yostiq jildlarida chok, burmalar bo‘lmasligi va ular har kuni ertalab hamda kechki uyqudan oldin qaytadan solinishi lozim (non ushoqlari qoqiladi, burmalar tekislanib, yostiq to‘g‘rilanadi).

  • Bemorga yurish ruxsat etilgan bo‘lsa, yordamchi yordamida o‘rin jildlarini o‘zi almashtirishi mumkin. Agar bemorga o‘tirish mumkin bo‘lsa, uni stulga o‘tkaziladi va tibbiy ijtimoiy xodim uni o‘rin jildlarini almashtiradi.

  • Og‘ir yotgan bemorlarning o‘rin-ko‘rpa jildlarini tibbiy- ij­timoiy xodim yordamchi bilan birgalikda almashtiradi. Agar bemorga qat’iy yotoq buyurilib, harakati cheklanganda kir choyshabni bosh va oyoq tomonidan qayirib yoki buklab, ehtiyotkorlik bilan chiqariladi. Ikki tomondan bint singari o‘ralgan toza choyshabni bemorning dumg‘azasi tomonga qo‘yiladi, so‘ngra boshi va oyoqlari tomon yoziladi. Agar bemorga yotoq tartibi buyurilib, harakati cheklanganda uni o‘rinning chetiga suriladi. Kir choyshabni uzunasiga bint kabi o‘ralib, uning o‘rniga tozasi yoziladi, so‘ng bemorni toza choyshab ustiga yotqizib, boshqa tomondan kir choyshab tortib olinadi.

  • Og‘ir bemorning ichki kiyimlarini almashtirishda tibbiy- ijtimoiy xodim qo‘lini bemorning dumg‘azasi tagidan kiritishi, ko‘ylagining etagidan tutishi va ehtiyotlik bilan uning boshi tomon yaqinlashtirishi va bemorning ikkala qo‘lini ko‘tarib, bo‘yni oldida qayirilgan ko‘ylagini uning boshidan so‘ngra qo‘lidan yechib olishi lozim. Bemorni kiyintirish uchun avval ko‘ylakning yenglari kiygizaladi, so‘ngra uning boshidan o‘tkazilib, nihoyat bemorning etagi tekislab qo‘yiladi. Og‘ir ahvoldagi (miokard infarkt) bemorlar uchun kiyish va yechish oson bo‘lgan maxsus ko‘ylaklar (raspashonka) mavjud. Agar bemorning qo‘li shikastlangan bo‘lsa, ko‘ylakni avval kasal, so‘ngra sog‘lom qo‘liga kiydiriladi.


Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə