Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi


QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə4/6
tarix12.07.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#119509
1   2   3   4   5   6
yotoq yara

QULOQLAR VA BURUNNI PARVARISH QILISH
Yuradigan bemorlar har kuni ertalab quloqlarini mustaqil yuvadilar, o‘rinda uzoq muddat yotadigan bemorlar qulog‘ini tibbiy-ijtimoiy xodim (quloq kiri yig‘ilib qolmasligi uchun) vaqti - vaqti bilan tozalaydi, aks holda eshitish qobiliyati pasayib ketishi mumkin. Muolajadan oldin bemorga muolaja mohiyatini tushuntirib uni roziligini oladi. Quloq kiri quyidagicha chiqariladi, qo‘llar yuvilib, qo‘lqoplar kiyiladi. Bemorga yarim o‘tirgan holat beriladi. Salfetkani sovunli eritmada ho‘llab, quloq supralari artiladi. Ustidan quruq salfetkada artiladi. Doka trundani pinset yordamida olib, bir necha tomchi 3% li vodorod peroksid eritmasida ho‘llab, o‘ng qo‘lda ushlab quloq suprasini yuqoriga va orqaga tortib tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib olinadi. Trundani aylanma harakatlar bilan 1 sm chuqurlikkacha tashqi eshituv yo‘liga 2 — 3 daqiqaga tiqiladi, so‘ngra yig‘ilib qolgan kir aylanma harakat yordamida chiqariladi. Kir ko‘p yig‘ilib qolganda quloqni katta shprits (sig‘imi 150 ml gacha bo‘lgan Jane shprits) yoki rezina nokcha bilan shprinsovka qilinadi. Yorug‘lik manbayi quloqni yaxshi yoritib turishi uchun bemorni ro‘paraga boshini yon tomonga qiyshaytirib o‘tkazib qo‘yadi. Bemorning qo‘liga lotok berilib va uni bo‘yniga, quloq suprasi ostiga bosib turadi. Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘li bilan quloq suprasini orqaga va yuqoriga tortib turadi, eritma oqimida uning yuqori orqa devor bo‘ylab bosim bilan yo‘naltiriladi.
Agar bemor burun yo‘llarini o‘zi tozalay olmasa, tibbiy-ijtimoiy xodim tozalab qo‘yishi lozim, buning uchun - tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini tozalab yuvadi. Bemorning boshini orqa­ga egib, burun yo‘llariga vazelin moyi, glitserin yoki istalgan moyli eritmaga ho‘llangan paxta pilik kiritiladi va 2 — 3 daqiqadan so‘ng aylanma harakatlar bilan qatqaloqlar chiqariladi. Bu muolaja nihoyatda oddiy, biroq e’tibor va sabr - toqatli bo‘lishni talab etadi.
TIRNOQLARNI OLISH
Bemor tirnoqlarini har haftada olib turish va parvarish qilish lozim. Buning uchun suyuq sovun, oyoq va qo‘l uchun malham, qaychi, maxsus egovcha, yumshoq cho‘tka, lotok va so­chiq bo‘lishi lozim. Avval tog‘orachadagi suyuq sovun qo‘shil- gan iliq suvga barmoqlar 2 — 3 daqiqaga solib turiladi. Beshinchi barmoqni suvdan chiqarib artib, tirnoqni asta-sekinlik bilan 1 — 2 mm qoldirib olinadi. Ketma-ket barcha barmoqlar suvdan chiqarilib va artilib, tirnoqlar olinadi. Suvda bitta barmoq qolganda ikkinchi qo‘l barmoqlari suvga solinadi. Tirnoqlarga maxsus egovcha, so‘ng yumshoq cho‘tkacha bilan ishlov beriladi. Qo‘l tirnoqlariga ishlov berilgach oyoq barmoqlari tovon bilan birga boshqa tog‘orachadagi iliq sovunli suvga 3 — 5 daqiqaga solib qo‘yiladi. Oyoq barmoqlari suvdan chiqarib artiladi va sochiq ustiga qo‘yiladi. Maxsus keskichlar yordamida tirnoqlar sekinlik bilan olinadi. Tirnoqlarga maxsus egovcha va cho‘tkacha bilan ishlov beriladi. Yuqoridagi tartibda ikkinchi oyoq tirnoqlari olinadi.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə