Suyuq kom pleks o‘G‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari



Yüklə 27,87 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü27,87 Kb.
#137861
  1   2   3
Suyuq kom pleks o‘G‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnolo-fayllar.org


Suyuq kom pleks o‘G‘itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari

10-Ma'ruza.
SUYUQ KOM PLEKS O‘G‘ITLAR ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIK HISOBLARI

Reja:
1. Suyuq kompleks o‘g‘itlar tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari.
2. Suyuq kompleks o'g'itlar ishlab chiqarishning texnologik hisobi.
3. Ammoniy polifosfatlari eritmasini olish
4. Tayyor mahsulotni saqlash va tashish


Suyuq kompleks o‘g‘itlar (SKO’) - tarkibida azot va fosfor yoki azot, fosfor va kaliy (to‘la suyuq o‘g‘it) birikmalari, ba’zan esa ularda mikroelementlar, pestitsidlar va o‘simliklarni o'stiruvchi moddalar (stimulator) qo'shimchasi tutgan suvli eritmalar yoki suspenziyalar ko‘rinishida bo'ladi. Qattiq o’g‘itlarga nisbatan suyuq o‘g‘itlar - suvda va sitratli eritmalarda eruvchanligining yaxshiligi; tayyorlanish usullarining soddaligi; kapital va ishlatish xarajatlarining kamligi; zaharli chiqindilaming yo‘qligi; ularni yuklash, tushirish va tashishni to’la mexanizatsiyalashtirish mumkinligi; ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanishda mehnatning 2-3 marta kamligi; tuproqda bir tekisda taqsimlanishi va boshqa bir qator afzalliklarga egadir. Lekin suyuq o‘g‘itlarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - saqlash va ishlatishda qiyinchiliklar kelib chiqmasligi uchun ulardagi tuzlarning kristallanish harorati past boiishi kerak.Suyuq kompleks o‘g‘itlar uchun fosforning manbasi sifatida ekstraksion orto fosfat yoki aniqrog‘i, polifosfat kislota xizmat qiladi, uni gazsimon ammiak bilan neytrallanadi. Kerakli darajadagi N: P2O5:K2O nisbatga erishish uchun eritmaga kai'bamid, amoniy nitrat va kaliy tuzlari, ko‘pincha kaliy xlorid qo‘shiladi. Kaliy xlorid SKO‘ dagi boshqa komponentlarga nisbatan oz eriydi, shuning uchun ham suyuq o‘gitlardagi ozuqa elementlarining N+ P2O5+K2O yigindisi 30% dan oshmaydi. Kaliy xlorid o‘rniga kaliy karbonat yoki gidroksid qo'shish orqali bu kattalik miqdorini oshirish o‘git tannarxining keskin ortishiga olib keladi.
Tarkibida kondensirlangan fosfatlar bo’lmagan hamda ammoniy nitrat va kaliy xlorid qo‘shish orqali termik fosfat kislotani NH3: P2O5= 1,6 molar nisbatigacha neytrallashdan oiingan 1:1:1 markali suyuq o‘g it 0°C da kristallantirilmagani holda tarkibida 17% gacha ozuqa elementlari tutadi. Agar ammoniy nitrat o‘rniga karbamid ishlatilsa, u holda ozuqa elementlari konsentratsiyasini 28% gacha oshirish mumkin. Ozgina qo‘shimcha sovutish (taxminan 5°C ga) natijasida bu eritmalar uzoq vaqt to'yingan holatda turishi mumkin. Ammoniy nitrat asosida tayyorlangan eritmalardan, birinchi navbatda, kaliy nitrat kristallana boshlaydi, ammoniy nitrat o‘rniga karbamid almashtirilsa, eritmadan cho’kmaga dastlab kaliy xlorid ajraladi.9-9-9 markali SKO‘ -texnik fosfat kislota, karbamid, ammiakli suv va kaliy xlorid asosidagi eritmadir. Undagi har bir ozuqa elementning miqdori 9±0,5% (jami - 27% dan kam emas) ni tashkil etadi. 15-25°C haroratdagi o‘g‘it zichligi 1230-1250 kg/m' ni, pH = 6 ,5-7,5 ga tengdir.10:34:0 turidagi suyuq kompleks o‘g‘itlar ammoniy orto- va polifosfatlarning suvdagi eritmasi tarzida bo'lib, uning tarkibida 10% azot va 3 4% bo’ladi. SKO' tarkibiga kiradigan ammoniy ortofosfatlari tarkibida bir atom fosfor bo'lib, monoammoniy fosfat NH4H2PO4 va diammoniy fosfat (NH4)2H2PO4tarzida bo’ladi. Tarkibida ikki va undan ortiq fosfor tutgan ammoniy polifosfatlari SKO‘ tarkibida diammoniy pirofosfat (NH4)2H2P2O7, triammoniy pirofosfat (NH4)3HP2O7, shuningdek oz miqdorda ammoniy tripolifosfat (NH4)3H2P3O10 tarzida bo’ladi. SKO‘dagi umumiy P2O5 ning eng kamida 55% miqdori poli-shaklda boiishi kerak. Eritma zichligi 1400±30 kg/m^3kristallanish haroratining boshlanishi -18°C dan yuqori, qovushqoqligi 50 Mpa•s, pH=6.7po'latdan yasalgan idishlarda saqlanadi va tashiladi.
SKO' tarkibiga asosiy komponentlardan tashqari boshlangich xomashyolarda qo‘shimchalar boigan temir, aluminiy, magniy, kalsiy, oltingugurt, ftorning suvda eruvchan birikmalari kiradi. Ularning miqdori (oksidlar hisobida) boshlangich xomashyo tarkibiga bogiiq boiib, 1,5- 2 ,5% ni tashkil etadi. SKO’ tarkibida, shuningdek, oz miqdorda (0,3% gacha) qattiq qo’shimchalar — tarkibi (Fe,Al)NH4P2O7 boigan temir va aluminiyning ammoniyli pirofosfatlari bo'ldi, ular organik moddalar bilan mayda kristalli sekin cho’kadigan zarrachalar hosil qiladi.
SKO' eritmasidagi tuzlaming umumiy miqdori ~ 60% ni tashkil qiladi.
SKO’ sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkich P2O5 konversiya darajasi hisoblanadi.
Konversiya darajasi suyuq o‘g‘itlar tarkibida polifosfatlar tarzida bo'ladigan P2O5. Umumiy miqdoriga nisbatan qandaydir miqdorini tashkil etishini ko'rsatadi. Konversiya darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bunda: - SKO‘dagi P2O5 poli shakli massa ulushi, %;
P2O5unum SKO’dagi umumiy P2O5 massa ulushi, %,
P2O5 poli analitik aniqlash anchagina qiyin, SKO‘dagi konversiya darajasini aniqlash uchun P2O5unum va ortofosfatlar tarzidagi P2O5 massa ulushlari aniqlanadi va ular orasidagi farqdan P2O5 poli topiladi.
Bu holda konversiya darajasini (% hisobida) aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishda bo'ladi:

Konversiya darajasi kattaligi SKO'ning qator fizik-kimyoviy, xususan, suyuq o‘gitlarni ma’lum sharoitda uzoq vaqt saqlashni belgilab beradigan kristallanish harorati kabi xossalariga ta’sir ko'rsatadi. 10:34:0 tarkibli SKO‘ kristallanish haroratining konversiya darajasiga bogiiqligi keltirilgan 5.1- rasmdan ko‘rinadiki, konversiya darajasi 50% dan kam bo'lmagan eritmalarda kristallanish harorati past (18-20°C boiishi mumkin.
Quyi konversiya darajali SKO’larda tuzlarning eritmadan kristallanishi 0°C dan yuqori haroratda sodir boiadi va bunday o‘gitlarni ishlatishda qiyinchiliklar kelib chiqadi.
Issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari borishiga, texnologik tizim gidravlik parametrlariga bogiiq boigan SKO‘ning muhim fizik-kimyoviy xossalariga qovushqoqlik kiradi. Qovushqoqlik kattaligiga harorat, boshlang ich xomashyo tarkibi va konversiya darajasi katta ta’sir ko'rsatadi.
Superfosfat kislotadan (SFK) olingan SKO' qovushqoqligining harorat va konversiya darajasiga bogiiqligi 5.2- rasmda tasvirlangan. SKO’ qovushqoqligi 20°C haroratda 40-45 MPa-s ni, 60°C haroratda esa 12-15 MPa-s ni tashkil etadi. Apatitdan oiingan SFK asosidagi SKO‘ qovushqoqligi 5-10 MPa-s ga kichikdir.


SKO’ zichligi 20 °C haroratda 1,395-1,410 g/sm- ni tashkil etadi hamda u o’g'itdagi ozuqa moddalari yig‘indisiga va boshlangich xomashyo tarkibiga bog‘liq bo'ladi. Ozuqa moddalari konsentratsiyasi oshganda va boshlang’ich superfosfat kislotadagi qo‘shimchalar miqdori ko‘payganda SKO‘ zichligi ortshiga olib keladi.
SKO‘ eritmasi neytral reaksiyaga egadir. Azotning massa ulushi 10% bo'lgan SKO‘ga pH ko‘rsatkichining 6,4-6,8 qiymatlari to‘g‘ri keladi.
SKO‘ olish uchun ishlatiladigan kislota turiga bog‘liq holda bu kattalik ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin.
Vaholanki, SKO‘ tarkibida erkin ammiak bo'lmaydi, eritma ustidagi NH3 ning muvozanatdagi parsial bosimi juda kichik bo'ladi. pH = 6,4-6,8 intervalida ammialining muvozanatdagi bug‘ bosimi, Pa hisobida quyidagicha bo'ladi;
Harorat, °C
2 0 ...............................................................................................-
5 0 ............................................................................................ ..10,6
8 0 ............................................................................................ ..141,3
100 .......................................................................................... ..625,3
SKO‘ni saqlash jarayonida polifosfatlarning parchalanishi va ularning ortofosfatlarga aylanishi sodir boiadi. Konversiya darajasini kamayishiga olib keladigan bu jarayon gidroliz deb ataladi. Gidroliz tezligiga pH, harorat va konversiyaning boshlangich darajasi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Eritma pH qiymati qanchalik kichik va uning harorati yuqori bo'lsa, polifosfatlar gidrolizi shunchalik tez sodir boiadi. Lekin pH>6 va harorat 40°C dan katta boimasa, gidroliz tezligi sezilarsiz darajada boiadi (5.3- rasm). Shuning uchun 10:34:0 turidagi SKO‘ ning xossasi yomonlashmagan holda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

konversiyaning boshlangich darajasi: 1 - 77%; 2 - 64%; 3 - 50%>.
10:34:0 turidagi SKO‘ sifati quyidagi talablargajavob berishi kerak:
Massa ulushi, %
ozuqa moddalari y ig in d is i............................................... > 44
a z o t........................................................................................ > 10
P.O......................................................................................... > 3 4
erimaydigan qoldiq............................................................. < 0,3
P2O5, konversiya darajasi, % ................................................> 57
eñtma pH qiym ati........................................................
20°C haroratdagi zichligi, g/sm^........................................1,40±0.03
kristallanish harorati, ° C ......................................................< - 1 8
2Q°C haroratdagi qovushqoqligi, M Pa-s......................... ..> 50
Suyuq kompleks o‘g‘itlar ishlab
chiqarish xomashyolari
10:34:0 turidagi SKO’ olish uchun superfosfat kislota, ammiak va suv
asosiy boshlang‘ich komponentlar hisoblanadi.
Superfosfat kislota alohida individual kimyoviy birikma hisoblanmaydi. Fosfat kislotalar aralashmasi shunday mahsulot nomi bilan yuritilishi
mumkin. Uning tarkibiga ortofosfat kislota H3PO4 hamda tarkibida ikki va
undan ortiq fosfor atomlari tutgan bir qator polifosfat kislotalar kiradi. Polifosfat kislotalari pirofosfat kislota shuningdek oz miqdordagi triposfosfat kislotasi dan iborat bo‘ladi. SKO‘dagi kabi SFKda ham polifosfatlar ulushi konversiya darajasi kattaligi bilan aniqlanadi.
Asosiy komponentlardan tashqari SEK tarkibida uni olish jarayonida fosfatli xomashyodan kislotaga o‘tadigan temir, aluminiy, magniy, ftor. kalsiy kabilar bo‘ladi. Apatit konsentratidan olingan SFK tarkibida Florida
fosforitlaridan olingan SFKga nisbatan qo‘shimchalar kam bo‘ladi (5 .1-
jadval).
Superfosfat kislota qiyom ko‘rinishidagi qovushqoq suyuqlikdir.
SFKning ayrim fizik xossalari 5.2- jadvalda keltirilgan.
Fosforitlardan olingan SFKda ko‘p miqdordagi qo'shimchaiar boMishi unmg qovushqoqligini oshiradi, organik qo‘shimcha]ar esa elementar
uglerod (qurum.) hisobiga kislotaning qora rangda bo‘lishiga olib keladi.

* SFK qotish harorati deganda kislota oquvchanligi to‘la yo‘qoladigan
harorat tushuniladi.
Yuqori darajada qovushqoqligi sababli SFKni saqlash va tashish 50- 60°C haroratda amalga oshiriladi.
Kislotani tashish uchun maxsus sakkiz asosli 120 t sig‘imli temiryo’l
sistemalari ishlatiladi. Sistemalar ichki qismi butilkauchun himoyalangan
uglerodli po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi, SFK cho‘kishing oldini olish uchun sistemalar penopoliuretandan iborat issiqlik
himoyasi bilan muhofazalanadi. Har bir sistema ichki qismida bug‘ o‘tkazish aylanma quvurlari (zmevik) joylashtiriladi, ular kerak bo‘lganda kislotani qizdirish uchun xizmat qiladi.
Superfosfat kislota ishlab chiqaiish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali qayta ishlash yo‘li bilan massa
ulushi 28-40% bo‘lgan ekstraksion fosfat kislota (EFK) olish;
- vakuum-bug'latgich jihozlarida EFKdagi massa ulushi 52-54%
gacha bug‘latish, agar lozim bo‘lsa, kislotadan magniy birikmalari, shuningdek erimaydigan qo‘shimchalarni ajratish;
- P2O5. massa ulushi 68-72% gacha EFKni keyingi konsentrlash.
Konsentrlash 240-260°C haroratda vakuum-bugiatgich jihozida ham,
300-350°C haroratda kislotadan yoqilg’i gazlarini- tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali qayta ishlash yo‘li bilan massa
ulushi 28-40% bo‘lgan ekstraksion fosfat kislota (EFK) olish;
- vakuum-bug'latgich jihozlarida EFKdagi massa ulushi 52-54%
gacha bug‘latish, agar lozim bo‘lsa, kislotadan magniy birikmalari, shuningdek erimaydigan qo‘shimchalarni ajratish;
- P2O5 massa ulushi 68-72% gacha EFKni keyingi konsentrlash.
Konsentrlash 240-260°C haroratda vakuum-bugiatgich jihozida ham,
300-350°C haroratda kislotadan yoqilg'i gazlarini o‘tkazish orqali barbotaj
turidagi jihozda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda fosfat kislotadan
faqatgina erkin suvgina (erituvchigina) bug'lanib qolmasdan, kimyoviy
bog'langan suv yo‘qotiladi. Konsentrlash jarayoni bilan bir vaqtda ortofosfat kislotadan bitta yoki bir necha molekula suvning ajralish kimyoviy reaksiyasi - degidratatsiya sodir bo‘ladi va polifosfat kislota hosil qiladi;
2H3PO4 = H4P2O7+H2O
3H3PO4=H5P3O10+H2O
Bu jarayonni sxema tarzida quyidagicha ifodalanishi mumkin:


SFK olish jarayoni yetarli darajada murakkab va ko‘p energiya talab
etadi. SKO‘ ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 85% gacha ulushi
SFK xarajatlari xissasiga to‘g‘ri keladi.
Ammiak. SKO‘ ishlab chiqarishda suyuq ammiak ishlatiladi. Ishlatiladigan ammiak sifati quyidagi talablarga javob berishi kerak (B markali);
Massa ulushi, % hisobida:
ammiak..........................................................................................> 99 g
namlik............................................................................................< 0 4
Miqdori, mg/1 hisobida:
moy ................................................................................................ < 8
temir................................................................................................ < 2
SKO' olish jarayoni davomida suyuq ammiak bug‘lanadi va SFK bilan ta’sirlashishga gaz holatdagi ammiak yuboriladi. 1 kg suyuq ammiak
bug‘langanda 1300 / gaz holatidagi ammiak NH3 hosil bo'ladi.
Suyuq ammiakning bug‘lanish issiqligi 1200 kJ/kg (15°C haroratda).
Ammiakning bu xossasidan suyuq ammiakni bug‘latish uchun olinadigan
SKO' qisman sovutishni amalga oshirishdagi texnologik jarayonlarda
foydalaniladi.
Suyuq NH3 bug‘ bosimi uning harorati bo‘yicha aniqlanadi:
Bu kattalik quyidagi texnologik jarayonlarda ishlatiladi: bug‘latish jarayonida suyuq NH3 haroratining o‘zgarishi, tizimda gaz holatdagi ammiak bosim ini boshqarish.
Ammiakning zichligi va solishtirma issiqlik sig‘imi qiymatlari:


Suv tuzlar suyuqlanmasini eritish uchun ishlatiladi. Jarayonda dastlab
tarkibida 0,02 m g/1 dan ko‘p bo‘lmagan kalsiy va magniy ionlari tutgan yumshoq suv yoki suv bug‘i kondensati ishlatiladi. Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar va amaliy tajriba S KO‘ olishda quyidagi talablarga javob beradigan texnik suv ishlatilishini ham k o‘rsatadi:
Qattiqlik..............................................................................8 mg-ekv/1 gacha
Ishqoriylik...........................................................................4 mg-ekv/1 gacha
Tuz miqdori........................................................................400 mg-ekv/1 gacha
Bugungi kunda deyarli barcha SKO ‘ ishlab chiqarish korxonalarida texnik suv ishlatilmoqda.

Yüklə 27,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə