Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə1/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“Kimyoviy texnologiya” - kafedrasi
“Asosiy texnologik jarayonlar” -
fanidan

KURS LOYIHASI
Mavzu:Nasadkali absorber hisobi.


Guruh:_11A_-_21_KT_Bajardi:_Erkinova_Mahliyo_Qabul_qildi:_Qambarov_Asadbek__Olmaliq_2023_yil_“Tasdiqlayman”'>Guruh: 11A - 21 KT
Bajardi: Erkinova Mahliyo
Qabul qildi: Qambarov Asadbek

Olmaliq 2023 yil
Tasdiqlayman”
Kimyoviy texnologiya
kafedra mudiri
________Parmanov. S. T
“____” ________ 2023 yil

KURS LOYIHASIGA TOPSHIRIQ
Fan nomi:”Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”
Guruh: 11A– 21KT Kimyoviy texnologiya
Talaba: Erkinova Mahliyo
Rahbar: Qambarov Asadbek
1. Loyiha mazmuni: Ammafos ishlab chiqarishda nasadkali absorber hisobi
2. Boshlang’ich ma’lumotlar: G=550, kg/s, af=26%, fd=25%, h=200mm.
3. Asosiy adabiyotlar:
1. Mirzakulov X.Ch,Shamshidinov I.T, Toʻrayev Z.”Murakkab oʻgʻitlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari”Oʻquv qoʻllanma Toshkent 2013-yil.
2.Yusupbekov N.R va boshqalar.“Texnologik jarayonlarni boshqarish sistenalari”Toshkent-1997 yil.
3. Kattayev N. “Kimyoviy texnologiya”O'quv qo'llanma Toshkent 2008-yil.
4. Grafik qismning tuzilishi:
Kirish,Asosiy qism,Texnologik qism,Hisob qism,Mehnat muhofazasi,Xulosa,
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
5. Loyihaning bajarish muddati




1

2

3

4

5

Tanishtiruv yozuvi

Himoya




Rejada

























amalda


























Kurs loyiha rahbari:Qambarov Asadbek

Mundarija
Kirish:
I. Asosiy qism.
1.1 Absorbsiya jarayoni va fizik xossalari.
1.2 Absorber konstruksiyalari.
1.3 Absorbsiya jarayonini olib borish usullari.
II.Texnologik qism.
2.1 Nasadkali absorberlar.
2.2 Ammafos ishlab chiqarish texnologiyasi.
III. Hisob qism.
3.1 Nasadkali absorber qurilmasi hisobi.
IV. Mexnat muxofazasi.
V. Xulosa.
VI. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

KIRISH

Kirish.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish,xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi".O’zbekistonda anorganik mahsulotlarni ishlab chiqarish.Hozirgi kunda 50000 dan ortiq individual anorganik modda ma’lum bo’lib, bulardan juda oz turi sanoat miqyosida ishlab chiqarilishiga qaramasdan,kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar hajmining juda katta qismini tashkil etadi.O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi.Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan,ko’mir,neft,gaz,yog’och chiqitlaridir.Bizda ayniqsa,gaz,ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor.Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya,Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir.Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi.Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi.1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi.Shuningdek,1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari,shampunlar,mashina matolari,naftalin,loklar,bo’yoqlar,bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.Texnologiya haqida gap ketganda, uni ma'lum bir ishlab chiqarish sanoati bilan bog'liq holda ko'rib chiqish to'g'riroq.Bu qurilish,kimyo sanoati,loyihalash va qurish,ma'lumotlarni yig'ish va saqlash,metall prokat,pul bosib chiqarish, siyosiy martaba va boshqalar bo'lishi mumkin.Ishlab chiqarish jarayonining texnologiyasi sifat xususiyatlarini bosqichma-bosqich o’zgartirishni,atrof-muhitni qayta ishlashni,uning shaklini o’z ichiga oladi,tuzilishi,materiali va iste'mol xususiyatlari.Agar«texnologiya» tushunchasini menejment doirasi va funksiyalari kontekstida ko‘rib chiqsak,keyin u kengroq ma'noga ega,chunki u boshqaruv faoliyatini turli muhitlarga ishlov berish texnikasi va usullari bilan birgalikda amalga oshirish kerak.Kimyoviy texnologiya - tabiiy xom-ashyo,sanoat chiqindilari,shuningdek,sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab,isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fandir.Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish,texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir.Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom-ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari,yoqilg’i,to’qimachilik,kon,oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi.Bundan tashqari ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy,muhim asoslari va qonuniyatlarini o’rganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud.Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom-ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash,uning holati,xossalari,shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida o’zgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi.Kimyoviy texnologiya anorganik moddalar texnologiyasi (kislota,ishqor,soda, tuz,mineral oʻgʻitlar va boshqalar...) va organik moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk,plastmassa,kimyoviy tolalar,bo’yagich moddalar,spirt,organik kislotalar va boshqa sanoati) ga boʻlinad.Kimyo sanoati — og’ir sanoat tarmoqlaridan biri,xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari:kon-kimyo xom ashyosi,asosiy kimyo mahsulotlari(ammiak,noorganik kislotalar,ishqorlar,mineral oʻgʻitlar,soda,xlor va xlorli mahsulotlar,suyultirilgan gazlar) plastmassa va sintetik smolalar,shu jumladan,kaprolaktam,sellyuloza atsetatlari,kimyoviy tola va iplar,plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-bo’yoq materiallari,sintetik bo’yoqlar,kimyoviy reaktivlar,fotokimyo mahsulotlari,maishiy kimyo tovarlari va boshqalarni ishlab chiqaradi.Kimyo sanoatining mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat to’ntarishi bilan bog’liq.Sulfat kislota ishlab chiqarish bo’yicha dastlabki zavodlar 1740 yilda Buyuk Britaniyada, 1766 yilda Fransiyada,1805 yilda Rossiyada,1810 yilda Germaniyada barpo etilgan.To’qimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi.Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 yilda,Buyuk Britaniyada 1823 yilda,Germaniyada 1843 yilda,Rossiyada 1864 yildada qurildi.XIXasr oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842),Germaniya (1867),Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi.AQShda Kimyo sanoati Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi,lekin 1913 yilga kelib kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.1958—65 yillarda Olmaliq konmetallurgiya qoshida sulfat kislota zavodi.1973-yilda Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi.Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari,ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari:Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati,Angren kimyometallurgiya zavodi,Qo’ytosh ruda kombinati,Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi,Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi.


Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə