Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə3/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

p=Ex
Yoki
X=p/E
bu yerda r — muvozanat holatidagi eritmada x konsentratsiyali yutilayetgan gazning parsial bosimi; E- Genri kontantasi.Genri konstantasi absorbtiv va absorbentlarning xossalariga, qamda temperaturaga bogʻliq boʻladi:



bu yerda q — gazning erish issiqligi, kJ/kmol; R = 8,325 kJ/(kmol-K) - universal gaz doimiysi; T- absolyut temperatura, K, S — yutayottan suyuqlik va gazlarning tabiatiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas kattalik tenglamadan koʻrinib turibdiki, temperatura ortishi bilan gazning suyuqliqda erishi kamayadi.
Dalton qonuniga binoan, gaz aralashmasidagi komponentning parsial bosimi, ushbu komponent mol ulushining umumiy bosimga koʻpaytirilganiga tengdir yaʼni:

bu yerda R — gaz aralashmasining umumiy bosimi; u — tarqalayotgan moddaning aralashmadagi konsentratsiyasi; mol ulushi:



yoki fazaviy muvozanat konstantasi E/P ni m orqali belgilab, quyidagi
ifodani olamiz:
y=m•x.
Ushbu tenglama,gaz aralashmasi va suyuqlikda tarqalayotgan moddalarning muvozanat konsentratsiyalari orasidagi bogʻliqlik toʻgʻri chiziq bilan ifodalanishini koʻrsatadi.Ushbu chiziq koordinatalar boshidan oʻtadi va uning qiyalik burchagi tangensiga teng.Qiyalik burchak tangensi temperatura va bosimga bogʻliq bosim oshishi va temperatura kamayishi bilan gazning suyuqlikda eruvchanligi ortadi.
Turli temperaturalarda t1>t2>t3gazning suyuqlikda erishi
S uyuqlik bilan gazlar aralashmasi muvozanat holatida boʻlganida,aralashma gaz komponentining har biri Genri qonuniga boʻysunadi.

Absorbsiya jarayoni nisbiy mol konsentratsiyalarda ham hisoblanishi mumkin. Bunda, gaz fazasining suyuqlikdagi kichik konsentratsiyalari x da


Genri qonuni ushbu koʻrinishda yoziladi:
Y=m•X
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, o’ta suyultirilgan eritmalar, hamda kichik bosimlarda o’z xossalari bo’yicha ideal suyukdiklarga oʻxshash eritmalar ham Genri qonuniga boʻysunadi.Yuqori konsentratsiyali eritmalar va katta bosimlarda gaz bilai suyukdikning o’zaro muvozanat holati Genri qonuniga bo’ysunmaydi,chunki fazalarning muvozanat konsentratsiyalari orasidagi bog’likdik efi chiziq bilan ifodalanadi.


1.2Absorberlar konstruksiyalari


Kimyo va neft-kimyosi sanoatlarida absorbsion qurilmalarining evolyutsiyasi texnologiyalarning umumiy rivojlanishi,ya’ni chiqindisiz yoki kam chiqindili katta quwatli sistemalar yaratilishi bilan bevosita bog‘liqdir.Qurilmalar quvvatini 410 oshirish va sanoat korxonalarini shaharga yaqin joylashgan maydonlarga yig‘ish yangi, samarali va chiqindi gazlami chuqur va toliq tozalovchi absorbsion qurilmalar yaratishni taqozo etadi.Agar 25..35 yil avval bitta texnologik liniyadan chiqayotgan gazlar miqdori, chunonchi oddiy yoki qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish korxonasiniki 30...40 ming m3/soatni tashkil etsa, hozirgi kundagi azotli,fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalaridan chiqayotgan chiqindi gazlar hajmi 150-200 ming m3/soatdan ortiqdir. Absorbsiya jarayoni fazalami ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuvda bo‘ladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak.Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruhga bo'linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi.Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to’qnashuv yuzasi kam bo’lgan uchun bir nechta qurilma ketma - ket qilib o‘matiladi.

Suyuqlik va gaz qarama - qarshi yo’nalishda harakatlantiriladi. 5.16 - rasmda gorizontal trubalardan tarkib topgan yuvilib turuvchi absorber tasvirlangan.Trubalar ichida suyuqlik oqib o’tsa, unga teskari yo’nalishda gaz harakat qiladi.Trubalar ichidagi suyuqlik sathi ostona 3 yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi.Absorbsiya jarayonida hosil bo’layotgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar taqsimlash moslamasi 2 dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi.Sovutuvchi suvni bir me’yorda taqsimlash uchun tishli taqsimlagich 1 qo’laniladi.Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi.
Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir (5.16a-rasm).Bu absorberlarda fazalaming to’qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo’ladi.Agar gaz oqimi suyuqlik yupqa qatlamini yorib,yaxlitligini buzsa,ko’pikli qatlam hosil bo’ladi va natijada massa almashinish yuzasi ortadi.Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga trubali,list-nasadkali,ko’tariladigan qatlamli absorberlar kiradi.

Trubali absorberlarda suyuqlik vertikal trubalaming tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa,gaz faza esa qarama - qarshi yo‘nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi (5.17-rasm).Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalaming harakat yo’nalishi trubali absorberlarnikiga o’xshashdir.Trubali absorberlar tuzilishiga qarab qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasiga o’xshaydi. Qurilmada hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar ichiga suv yoki boshqa sovuqlik eltkich yuboriladi.Gazning sarfi yuqori,ya’ni trubadagi tezliklar 10-15 m/s bo’lganda,qaramaqarshi yo’nalishda jarayonni davom ettirish qiyinlashadi.Bunday hollarda absorbent va gaz aralashmasining tepaga yo’nalgan harakati tashkil etiladi (5.17b-rasm).Yuqori tezlikda harakatlanayotganda o’zi bilan suyuqlik yupqa qatlamini torta boshlaydi.

Trubadan chiqayotgan gaz-suyuqlik aralashmasi tomchi qaytargich 4 ga urila boshlaydi (5.17b-rasmdagi V bo‘lak).Gaz suyuqlikdan ajralib tepaga qarab chiqib ketadi,suyuqlik esa trubali panjara 3 da yig‘iladi va pastda joylashgan keyingi bosqichga (qurilmaga) o‘tkaziladi.Ajratish darajasini oshirish uchun ko‘p bosqichli trubali absorberlami qo‘lash maqsadga muvofiq.5.18-rasmda tekis,parallel nasadkali absorber tasvirlangan.Nasadkalar vertikal listlar ko‘rinishida bo‘lib,absorber hajmini bir nechta seksiyaga bo’ladi.Absorberga suyuqlik truba orqali uzatiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi.Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib turadi.Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklaming nisbiy harakat tezligiga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilashib,tepaga ham harakatlanishi mumkin.Agar fazalar oqimining tezligi ko’paysa,massa berish koeffitsiyentining qiymati va fazalar to’qnashish yuzasi oshadi.Bunga sabab, chegaraviy qatlamning turbulizatsiyasi va unda uyurmalar hosil bo‘lishidir.



Yupqa qatlamning o’rtacha tezligi ushbu tenglamadan topilishi mumkin:

bu yerda, Lc - to‘kish moslamasi perimetrining suyuqlik bilan solishtirma purkalish zichligi, kg/(ms); suyuqlik zichligi, kg/m3; - suyuqlik dinamik qovushoqligi, Pa/s.
Yupqa qatlam yaqinidagi suyuqlikning tezligi:

Yupqa qatlamning qalinligi:

Yupqa qatlamning harakat tezligi Reynolds kriteriysidan aniqlanadi.

bu yerda, de—yupqa qatlamning ekvivalent diametri,
Yupqa qatlamning ekvivalent diametri:

bu yerda, П - suyuqlik oqib chiqayotgan to‘kish moslamasining perimetri,


Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə