Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə5/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

TEXNOLOGIK QISM

II.Texnologik qisim


2.1 Nasadkali absorber
Nasadkali absorberlar.Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal silindrsimon kolonnalaminng tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bo‘lgani uchun sanoatda ko‘p ishlatiladi.Odatda,nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi.Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o‘tib,qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi (5.18arasm).

Suyuqlik faza absorbeming yuqori qismidan taqsimlash moslamasi 1 yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan o‘zaro ta’sir etadi.Qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur.Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir me’yorda taqsimlashga salmoqli hissa qo‘shadi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlagich 1 yordamida suyuqlik bir me’yorda qurilma ko‘ndalang kesimi bo‘yicha purkaladi.Lekin bu turdagi kolonnalaming eng asosiy kamchiligi shundaki,qurilma ko‘ndalang kesimi bo‘ylab yupqa qatlamli suyuqlik bir tekis oqib tushmaydi. Bunga sabab devor oldi effektidir.Pastga oqib tushishi bilan ushbu kamchilik yanada ortib boradi.Suyuqlik sarfi kichik bo’lgani uchun kolonna o’qida absorbeming samaradorligi yomonlashadi.Qurilma ko’ndalang kesimi bo’ylab suyuqlik oqimi notekisligini bartaraf qilish uchun nasadka seksiyalari orasiga qayta taqsimlash moslamasi o’rnatiladi.Ushbu moslama suyuqlikni o’rtaga yig’ib,nasadkaga bir tekisda taqsimlab,suyuqlik bilan yaxshi yuvilishini ta’minlaydi.
Nasadkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:katta solishtirma yuzaga ega bo’lishi; gaz oqimiga ko‘rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi ho’lanilishi;absorber ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi;ikkala faza ta’siri ostida yemirilmaydigan bo’lishi;yengil va arzon bo’lishi kerak.

Sanoatda qo’llaniladigan nasadkalaming ba’zi bir turlari va ularni qurilmada joylash usullari 5.19-rasmda keltirilgan.Bu nasadkalaming ichida eng keng tarqalgan nasadka Rashig halqalaridir.Undan tashqari,keramik jism,koks,maydalangan kvars,polimer halqa, metall to‘r va panjara,shar,propeller va parrak,egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi.
Rashig halqalari 15x15x2,5; 25x25x3; 50x50x5 mm o’lchamli qilib yasaladi.Shar va silindrga qaraganda 30% ko‘proq yuzaga ega. Nasadkalaming geometrik xarakteristikasi bo’lib ekvivalent diametr hisoblanadi:

bu yerda, - bo‘sh hajm, m3/m3; a - solishtirma yuza, m2/m3
Rashig halqalarining o’lchamlari kattalashishi bilan solishtirma yuzasi 300;


Rashig halqalari: 204; 87,5 m2/m3 va bo‘sh hajmi 0,7; 0,74; 0,785 m3/m3 miqdorlarga teng bo‘ladi.Ularni uglerodli va legirlangan po‘lat hamda rangli metal trubalardan tayyorlash mumkin.Truba devorining qalinligi 0,4-1,5mm.Hozirgi kunda farfor,shamot,keramika,shisha,polietilen,polipropilen va boshqalardan Rashig halqalari tayyorlanmoqda.Rashig halqalarining gidravlik qarshiligi kichik va gazlaming yuqori tezliklarda harakatini ta’minlaydi.



Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə