Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə7/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

«Spreypak» nasadkasi.Bu nasadka listni hajmiy qirqish yoki bir yoki bir necha simli yacheykalar o’lchami 3...4 mm li yig’lgan to‘r parda qatlamidan iborat.To‘r parda gofrirlanadi va o‘zaro birlashtirilganda romb shaklidagi yacheykalar hosil bo’ladi.Romb uchlarining orasidagi maksimal masofa 250 mm.Kolonnalarda ushbu nasadkalar seksiya ko‘rinishida montaj qilinadi.Bu turdagi nasadkalar o‘rnatilgan kolonnalarda bug‘ fazasi yuqori tezliklarda harakatlanadi va bosim yo‘qotilishi kam.Bug’ fazasi ushbu nasadkaning romb shaklidagi teshiklar orqali harakatlanganda,ular bug‘ oqimini turbulizatsiya qiladi va oqibatda massa almashinish jadallashtiradi.Bu tarelkaning afzalliklari:quyilish trubasiz ishlashi mumkin;bug‘ fazasining tezligi juda yuqori;katta hajmiy sarflarda yuqori samarali ishlaydi;
«Intalloks» egari.Ushbu nasadka yuzasi tor shaklining bir qismi ko‘rinishida (5.19i-rasm).Egarsimon nasadka gidravlik qarshiligi kichik va ajratish samaradorligi Rashiga halqasiga qaraganda ko‘proq.«Intalloks» egari va Rashig halqalarining o’lchamlari bir xil bo’lganda, egarsimonning yuzasi 25% ga va g‘ovakliligi birmuncha ortiq bo’ladi.Undan tashqari, egarsimon nasadkalar suyuqlik bilan ho’llanishi Rashig halqalarinikiga nisbatan yaxshi va o‘ta tartibsiz joylashishni ta’minlaydi.Bunday holat suyuqlik fazasi uchun keng kanallar hosil bo’lmasligiga olib keladi.
Byorl egari.Bu nasadka shakli egarsimon ko‘rinishga ega (5.19g-rasm).Byorl egari va Rashig halqalarining o’lchamlari bir xil bo’lganda,egaming yuzasi 25% ga va g‘ovakliligi birmuncha ortiq bo’ladi.Undan tashqari,egarsimon nasadka gidravlik qarshiligi kam va samaradorligi Rashig halqalarinikiga nisbatan yuqori.Ho’llanish darajasi yaxshi va o‘ta tartibsiz joylashtirish mumkin.Nasadkani bunday joylashtirish suyuqlik fazasi uchun keng kanallar hosil bo’lmasligini ta’minlaydi.Bu turdagi nasadkalar samaradorligi (Rashig halqasiga nisbatan) 30% ga ko‘proq va uzoq muddat davomida benuqson ishlaydi.
Gudloye nasadkasi.Bu nasadka gofrirlangan lentani o‘rab hosil qilinadi (5.19drasm). Gidravlik qarshiligi nisbatan yuqori va bo‘sh hajmi kam.Afzalligi:nasadkaning solishtirma yuzasi boshqa nasadkalarga qaraganda ancha yuqori.Kamchiligi: gidravlik qarshilik katta va tayyorlash texnologiyasi murakkab.

Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə