Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Ammoniy fosfatlarning xossalari



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə9/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

Ammoniy fosfatlarning xossalari.Ammoniy fosfatlari,odatda,fosfat kislota tuzlari - ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniy fosfat [MAF] NH4H2P04,ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NH2).HPO4,va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NH4)3PO4 nomlari bilan yuritiladi.Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi,uni 100-110°C gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi.Diammoniyfosfat 70°C haroratdayoq ammiak yo‘qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi:
(NH4)2HPO4 — NH4H2PO4 + NH3
triammoniyfosfat esa havoda 30-40°C da parchalanadi,shuning uchun sanoatda ishlab chiqarilmaydi.Ammofos ishlab chiqarishda qo'shimchalar bilan ifloslangan ekstraksion fosfat kislota ishlati 1 ganligi uchun,uning ammiak bilan pH>3 gacha neytrallash jarayonida RPO4-2H2O turidagi temir va aluminiyning o‘rta fasfatlari va temiraluminiyammoniyfosfatlari-NH4(Fe,Al)(HPO4)2-0,5H2O,dikalsiyfosfat CaHPO4 2H2O gips,ftoridli va ftorsilikatli tuzlar,magniyammoniyfosfat NH,MgPO4 H2O ajralib chiqadi,suyuq fazada esa ammoniy sulfat paydo bo’ladi.Ammofos ishlab chiqarish.O’g’itlar sifatida ishlatiladigan ammofos ishlab chiqarishda quyidagi turli ko'rinishdagi texnologik sxemalar qo’llaniladi:
1.Buglatilmagan(20-30%P2O5)ekstraksion fosfat kislotani neytrallash va (changlatgichli,barabanli yoki qaynovchi qatlamli)quritgichda suvsizlantirishga asoslangan sxemalar;
2.Bug‘latilmagan (20-30% P2O5)fosfat kislotani neytrallash,so‘ngra ammofos suspenziyasini bug'latish hamda donadorlash va quritishni barabanli donadorlash quritgichlari (BDQ) da amalga oshirishga asoslangan sxemalar;
3.Bug‘latish orqali konsentrlangan (48-54%P2O5)ekstraksion fosfat kislotani neytrallashga asoslangan sxemalar qo‘llaniladi.Bu holda neytrallanish ikki bosqichda: dastlab reaktorlarda-atmosfera bosimida,so‘ngra barabanli ammoniylashtirgich-donadorlagich (AD) da yoki yuqori bosimli bir bosqichda suspenziyani quritishni minorada changlatish yoki BDQ jihozlarida amalga oshirish orqali o’tkaziladi.
Changlatgichli quritgichlar ishlatilishi orqali ammofos ishlab chiqarish sxemasining bir varianti 3.6- rasmda ko‘rsatilgan.Ekstraksion fosfat kislotasi (22-28% P2,O5) 80-115°C haroratda birin-ketin joylashgan bir necha reaktor (saturator) lar 1 da uzluksiz suratda NH,:H3PO4 nisbatini 1,1 dan oshirmagan holda (pH 5) ammiak bilan neytrallanadi.Bunda harakatchan suspenziya hosil bo'ladi.100-105°C haroratli uning bir qismi (70-80% miqdori) oxirgi reaktordan changlatgichli quritgich (5) ga tushadi,shuningdek gazsimon yoki suyuq yoqilgini yondirilishidan olingan o'txona gazlari beriladi.Quritgichdan chiquvchi mokrili gaz harorati 100-115°C bo ladi va changdan tozalanishi uchun siklon (6) dan o’tadi.
Quritilgan (1% namlikkacha) kukunsimon ammofos uzluksiz ravishda valli shnekli aralashtirgich (13) ga kelib tushadi, u yerga shu bilan bir vaqtda tayyor mahsulotning mayda fraksiyasi va suspenziyaning qogan (20-30%) qismi beriladi.Nam ammofos (10-12%H2O) donachalari,aralashtirgichdan donachalami dumaloqlovchi baraban (14) ga va so‘ngra quritish barabani (15) ga yuboriladi. Quritish mo’rili gazlar bilan (350°C da) amalga oshiriladi.

3.6- rasm. Changlatgichli quritgichda ammofos ishlab chiqarish sxemasi:
1 - reaktor-saturator; 2 - suspenziyani yig‘gich; 3 - markazdan qochma nasos; 4 - suspenziya me’yorlashtirgichi; 5 - changlatgichli quritgich; 6 - siklon; 7 - ventilator; 8 - absorber; 9 - shnek; 10 - maydalagich; 11 - elevator; 12 - bunker; 13 - ikki valli aralashtirgich; 14 - dumaloqlovchi baraban; 15 - barabanli quritgich: 16 - ikki xil teshikli elak; 17 - sovitkich: 18 - transportyor.
Quritilgan donachalar ajratiladi.3,2 mm dan yirik donachalar fraksiyasi maydalanadi va yana ajratishga beriladi yoki fosfat kislotada eritiladi va jarayonga (ammoniylashtirishga) qaytariladi.1 mm dan mayda fraksiyaiar donadorlashga yuboriladi,1-3,2 mm donachali fraksiya esa tayyor mahsulot sifatida chiqariladi.Apatit va fosforitlar asosidagi mahsulot tarkibida muvofiq ravishda: 52 va 47% P20 5umum, 51 va 46% P2 O5 50 va 41% P2O. 12 va 11% N. 1% H2O,O va 4% MgO,3,5 va 3 % F bo’ladi.


Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə