Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə8/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

Fasonli nasadkalar.Ushbu nasadkalar xilma-xil bo‘Iib,solishtirma yuzasining miqdori bilan farqlanadi (5.19k-rasm).Odatda bu nasadkalar kolonnali qurilmalarga tartibsiz ravishda yuklanad.

Fasonli nasadkalr keramika, plastmassa, shisha, uglerodli va legirlangan, hamda rangli metallardan tayyorlanadi.Kolonnali qurilmalarda ishlatiladigan nasadkalar katta solishtirma yuza va katta erkin bo‘shliqqa ega bo’lishi kerak.Undan tashqari,nasadka qatlamining gaz oqimiga qarshiligi iloji boricha kichik bo’lishi,suyuqlikni yaxshi taqsimlashi va tegishli muhitlarga korrozion bardoshligi yuqori bo’lishi kerak.Qurilma devori va nasadka qatlamini ko‘tarib turgan moslamalarga tushayotgan yuklamasini kamaytirish maqsadida uning hajmiy og’rligi imkon doirasida kichik bo’lishi darkor.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qurilmaning birlik hajmida nasadka yuzasi katta bo‘lgani uchun,nisbatan kichik hajmda juda katta massa o‘tkazish yuzalarini barpo qilish mumkin. Istalgan turdagi nasadkani qo‘llashdan maqsad issiqlik va massa almashinish jarayonlarni intensivlashdir.Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan suyuqlik gazning kichik tezliklarida,nasadka ustida yupqa qatlam ko‘rinishida oqadi.Nasadkaning ho‘llangan yuzasi fazalarga to‘qnashish yuza vazifasini bajaradi.Shuning uchun, nasadkali absorberlami yupqa qatlamli qurilmalar deb qarash mumkin.Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yig’lib qolmasligi uchun nasadka bir necha seksiyaga yuklanadi.Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun seksiyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari o‘rnatiladi.Nasadkali kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama - qarshi harakat qiladi.

2.2Ammafos ishlab chiqarish texnologiyasi.
Ammofos (2H3PO4 + 3NH3 = NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4) — tarkibida azot bilan fosfor boʻlgan konsentrlangan mineral oʻgʻit.U asosan monoammoniyfosfat va qisman diammoniy-fosfat aralashmasidan iborat.Donador ammafos tarkibida ka-mida 10% azot,koʻpi bilan 45% fosfor angidrid bor.Ammafosda ballast komponentlar boʻlmaydi.Suvda eriydi,fizik xususi-yatlari yaxshi.Ammafosni har xil tuproqlarda qoʻllash mumkin.Gʻoʻzaga ekishdan oldin (shudgorlashda,bahorgi haydashda,ekish oldidan,ekish vaqtida),gullash oldidan yoki gullagan vaqtida solinganida ham samarali.Oʻzbekistonning paxtakor xoʻjaliklarida fosforli oʻgʻitlar yillik normasining 80% ni Ammafos tashkil etadi,chunki u boshqa murakkab konsentrlangan azotli-fosforli oʻgʻitlarga qaraganda samaraliroq.„Ammofos“ ishlab chiqarish birlashmasi(Olmaliq kimyo zavodi) va Samarqand kimyo zavodida ishlab chiqariladi.

Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə