Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Absorbsiya jarayonini olib borish usullari



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə4/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

1.3Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsipial sxemalar qo’llaniladi:
- parallel yo‘nalishli;
- qarama - qarshi yo’nalishli;
- bir pog’onali, qisman resirkulatsiyali;
- ko’p pog’onali, qisman resirkulatsiyali.
Parallel yo‘nalishli sxema 5.15a-rasmda ko‘rsatilgan.Bunda gaz oqim va absorbent parallel (bir xil) yo’nalishda harakatlanadi.Absorberga kirishda,absorbtiv konsentratsiyasi katta bo’lgan gaz faza,absorbtiv konsentratsiyasi past bo’lgan suyuq faza bilan to‘qnashuvda bo’lsa,qurilmadan chiqishda esa - absorbtiv konsentratsiyasi kichik bo’lgan gaz faza,absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bo’lgan suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo’ladi.
Qarama - qarshi yo‘nalishli sxema 5.15b-rasmda ko‘rsatilgan.Ushbu sxemali absorberlaming bir uchida absorbtiv konsentratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to‘qnashuvda bo’lsa,ikkinchi uchida esa - konsentratsiyalari past fazalar o’zaro ta’sirda bo’ladi.Qarama-qarshi yo’nalishli sxemalarda parallel yo‘nalishliga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo’ladi.Lekin jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo‘nalishliga nisbatan kam bo’lgani uchun,qarama-qarshi yo’nalishli absorbeming gabarit o’lchamlari katta bo’ladi.
Absorbent yoki gaz fazaning resirkulatsiyali sxemalari (5.15d,e-rasm).Bunday sxemalarda absorbent ko‘p marta o‘tadi.5.15d- rasmda absorbent bo‘yicha resirkulatsiyali sxema keltirilgan.Bunda,gaz faza absorbeming tepa qismidan kirib,past qismidan chiqib ketsa,suyuq faza esa qurilmadan bir necha marta qaytrib o’tkaziladi.
Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.Yangi konsentratsiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan aralashishi natijasida uning konsentratsiyasi xs ga ko‘tariladi.Jarayonning ishchi chizig‘i y-x diagrammada AB to‘g‘ri chizig‘i bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keyingi konsentratsiyasi xs ni moddiy balans tenglamasidan topish mumkin.

Agar absorberga kirishdagi absorbent miqdorini yangi absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilasak,moddiy balans tenglamasi ushbu ko‘rinishda yoziladi;

bundan

Gaz fazasi resirkulatsiyali absorbsiya sxemasi 5.15g-rasmda keltirilgan.Ishchi chiziq holati Ac ( xox) va В (yox, ) nuqtalari bilan belgilanadi.yc konsentratsiya moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:

Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffitsiyenti ko’payadi,bu esa o‘z navbatida massa o‘tkazish koeffitsiyentini o’sishiga olib keladi.Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni resirkulatsiya qilish usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.Agar absorbtiv resirkulatsiya qilsa,gaz fazasida massa berish koeffitsiyenti ko’payadi.Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi.



Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə