Islom karimov nomidagi toshkent davlat



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə6/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

Vatarli nasadka.Ushbu nasadka qovurg‘asiga qo‘yilgan qalinligi 10-13 mm li va balandligi 100-150 mm li yog‘och taxta 1 lardan iborat bo‘lib,o‘zaro temir chiviq 2 lar yordamida mahkamlangan va panjara ko‘rinishiga ega (5.19k-rasm).Taxtalar orasidagi masofa 10-15 mm.Panjaralar bir-birining ustiga 90° burib taxlanadi.Bunday konstruksiya nasadkaning hamma elementlarida suyuqlikning bir tekisda yupqa qatlamli harakati ta’minlanadi.Shunday qilib,vatarli nasadka o‘matilgan absorberlami yupqa qatlamli boshqariladigan absorberlar qatoriga qo‘shsa bo‘ladi.Vatarli nasadkalar grafit,plastmassa,metall va ko‘pincha maxsus eritma shimdirilgan yog‘ochdan tayyorlanadi.Pastki panjaraga ortiqcha yuklama tushmasligi uchun panjaralar 15-20 dona qilib taxlanadi.Pastki qator nasadkalarga katta og‘irlik tushmasligi uchun har bir seksiya alohida o‘zining tayanch moslamasiga o‘matiladi.Vatarli nasadka juda qulay bo‘lgani sababli, issiq gazlarni sovitish yoki tozalash uchun juda ko‘p ishlatiladi.Nasadkaning asosiy afzalligi bu konstruksiyasining soddaligidir. Kamchiliklari: solishtirma yuzasi va bo‘sh hajmi kam.
Blokli nasadka plastmassa yoki keramikadan tayyorlanadi va ularni qator-qator qilib qo‘yiladi (5.19i-rasm)

Suyuqlikni taqsimlash uchun maxsus moslama yo‘qligi,suyuqlikning bir tekisda taqsimlanishini ta’minlamaydi va samaradorligini pasaytiradi.Ushbu turdagi nasadkalar gaz oqimining tezligi juda yuqori bo’lganda va gaz aralashmasini tozalashga talablar yuqori bo’lmagan hollarda ishlatiladi.Absorberlar samaradorligini oshirish uchun qo’laniladigan nasadkalar solishtirma yuzasi (m2/m3) katta bo’lishi kerak.Solishtirma yuza miqdorini ancha oshirsa bo’ladi,agar nasadkalaming kichik o’lchamligi qo’llanilsa.Lekin bunda gidravlik qarshilik gaz oqimi bo‘yicha ko‘payib ketadi va gazni uzatish uchun energiya sarfi ortib ketadi.Shuning uchun,kichik gidravlik qarshilik va yuqori samaradorlikka ega nasadkalar yaratish shu kunda ham dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.Ushbu nasadkalar qatoriga simdan yasalgan spirallar (masalan,sim diametri 3 mm,spiral diametri 30 mm va spirallar orasidagi masofa 5 mm li),Teller rozetkasi (5.19j-rasm) va metal to‘r pardalar kiradi.


Pal halqasi.Ushbu turdagi nasadka metall,keramika,polipropilen yoki boshqa plastmassalardan yasalishi mumkin (5.19e-rasm).Ulaming gidravlik qarshiligi nisbatan kichik, gaz fazasi bo‘yicha yuqori o’tkazuvchanlik xossasiga ega va perforatsiya qilingan konstruksiyasini yaxshi ho’llanishi hisobiga va gazlarni yuqori darajada ajratish qobiliyati bor.Gaz fazasining tezligi yuqori bo’lgani uchun massa almashinish jarayoni samarali kechadi.Pal halqalari hozirgi kunda etilen ajratish kolonnalari,H2S va CO2 larni ajratish absorberlari,«suyuqlik-suyuqlik» sistemalari ekstraktorlari,SO2ning konvektorlari, dimetiltereftalatni haydash kolonnalari,texnik ammiak olish kolonnalari va neft-kimyosi va meditsina sanoatidagi qurilmalarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda.

Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə