Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü53 Kb.
#106292
  1   2   3
Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati


Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati


Reja:
1.O’pka va nafas yo’llari
2.Hiqildoq
3.Rezonatorlar
4.Bolalar ovozi va ularning xarakteristika
5.Ovoz gigiycnasi
6.Mutatsiya

Akademik I. Pavlovning «Oliy nerv sistemalari va shartli reflekslar» dashu aniqlanadiki odam tanasidagi hamma organlar ovoz hosil qilishda hamda markaziy nerv sistemalari ishtirok etadi. Shunday qilib, ashula kuylash eng murakkab psixologik va fiziologik jarayondir.


Insonning ovoz apparati o’ziga xos murakkab «musiqa asbobi» bo’lib, u o’zining rang-barang tembr boyligi, nixoyatda nozik musiqa ifodalash xususiyatlariga egaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki kishi ovozi kuy va so’zni organiq payvandlash natijasida musiqiy nutqning asl ma’nosini ochib beradi. Bu borada inson ovoziga teng keladigan birorta ham musiqa asbobi yuk. Shuning uchun ham inson ovozi ko’pincha «gapiruvchi musiqa asbobi» deb ham yuritiladi. Har bir bo’lg’usi musiqa o’qituvchisi ovoz apparatlarini to’g’ri kuya bilishi va rivojlantirishi shart. Tovush hosil bo’lishi ovoz apparatining harakati natijasida sodir bo’ladi. Bu apparat uch qismdan iborat:

1.Nafas organlari


2.Hiqildoq (ovoz pardalari joylashgan qism)
3.Rezonatorlar (yutkin,ogiz va burun)


  1. O’PKA VA NAFAS YO’LLARI


Insonning o’pkasi ko’krak nafasining ko’p qismini egallagan bo’lib, 2 ta surgichsifat va konus shaklidagi million o’pka sharchalaridan tashkil topgan - alveol, odam organizmini keraqli kislorod bilan ta’minlaydi. Bu alveollar mayda kanallar bilan boshlangan bo’lib sekin rivojlanib bronx sistemasini tashkil qiladi. O’pkaning ichki tuzilishi tursimon kon arteriyalardan tashkil topgan. O’pkaning ishlash jarayoni uch qismdan iborat:


1.Nafas olish
2.Nafas chiqarish
3.Nafas olishdan oldin dam olish(pao`za)
II. Hiqildoq - ovoz paydo qilish apparati vazifasini bajaradi. Hiqildoq uzluksimon, qalqonsimon va ikkita shoxsimon (uchburchak) togaylardan iborat bo’ladi. Ular muayyan musqullar yordamida oldinga va orqaga harakat qiladi. Kalkonsimon togayning pastki, uzluksimon togayning xalqa qismi ustidagi pardalar elastik tolalardan tuzilgan. Tomoqning xalqum devorlari tomonidan nafas (burundan keyingi) yo’li boshlanadi, ovoz ravogiga takaladi. Ovoz ravogining har ikkala chetida juda nozik tola to’qimalardan iborat ovoz pardalari joylashgan. Odam ovozi juft va tok hiqildoq togaylari pardalarining musqullari yordamida bir-biri bilan birikishidan hosil bo’ladi. Nafas orqali chiqayotgan xavo hiqildoqdagi togaylar orasida tortilgan ovoz pardalariga urilib tebratadi va ovoz chiqaradi.
Tovushning baland-pastligi, yo’g’on-ingichkaligi hiqildoq bushligining katta-kichiqligiga, pardalarning tarangligiga, ularning uzunligi va qalinligiga, til, xalqum-hiqildoq musqullarining qisqarishiga bog’liqdir.Ovoz pardalari latincha «lig vocale» deyiladi. Bu pardalar yuqori va pastda joylashgan bo’lib, yuqoridagisi soxta, pastdagisi esa chin ovoz pardasi deyiladi. Ayollarning xikildogi erkaqlarnikiga qaraganda yuqoriroqda, bolalarniki esa undan ham yuqoriroqda joylashgan bo’ladi.
Keksalarning xiqildogi esa o’rta yoshli kishilarga qaraganda pastroqda joylashgan. Shuning uchun ham ovozlar past-baland bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, kishi erkin nafas olib, nafas chiqarayotganda ovoz chiqmaydi, chunki bunday vaqtda ovoz ravogi erkin xolda bo’lib, ovoz pardalari taranglashmagan, deyarli harakatda bo’lmaydi. Ovoz ravogining toraya boshlashi bilan tovush boshlaydi.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə