Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati



Yüklə 53 Kb.
səhifə2/3
tarix19.04.2023
ölçüsü53 Kb.
#106292
1   2   3
Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati

III. REZONATORLAR




Rezonatorlar yuqorigi va pastki qismlardan iborat bo’lib, ular ovoz pardalarining yuqorisi va ostida joylashadi.
Yuqorigi ovoz rezonatorlariga yutqin, ogiz va burun bo’shliqlari, pastki (ko’krak qismi) ovoz rezonatorlariga traxeya va bronx bo’shlig’i kiradi. Ovoz tembrining sifati tovush utuvchi ovoz pardalari tembranishi bilan rezonans bo’shliqlariga bog’liq. Tomoq va ovoz pardalarining harakati mushaklar va togaylar sistemasining o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Mushaklarning ayrimlari qisqarib, pardalarni taranglashtiradi, ayrimlari ulami birlashtiradi. Agar ovoz pardalari o’zining butun massasi bilan tebransa, ko’krak registridagi tovush, ovoz pardalari faqat chekkasi bilan tebransa yuqori registrdagi tovush yuzaga keladi. Honandaning ovozi tovush kuchi, tembri va balandligi bilangina emas, balki diapazoni bilan ham xarakterlidir. Ovoz diapazoni eng past tovushdan eng baland tovush oralig’idagi xajmni o’z ichiga oladi. Odam ovozining butun diapazonini registrlarga bo’lish mumkin. Registr ovoz diapazonining bir qismi bo’lib, tembr va tovush yo’nalishining bir-biri bilan moyilligiga asoslanib aniqlanadi. Odam ovozini past (ko’krakdan chiquvchi tovushlar), o’rta (aralash) va yuqori (bosh bilan bog’liq tovushlar) registrlarga bo’linishi qabul qilingan.
IV. Bolalar ovozi ko’krak aralash (mikst) va bosh (faltset) registrlardan iborat. Bolalar ovoz apparatining tuzilishi va rivojlanishi xususiyatlariga qarab har bir yosh gruppasi individual registrdagi ovoz tuzilishiga ega.
Kichiq gruppa bolalari (7 dan-10 yoshgacha) ovozining diapazoni kichiq bo’lib, yengil faltset (bosh registrdagi) sadosi bilan ajralib turadi. O’rta yoshdagi bolalar ovozlarida (11-15 yosh), ayniqsa, o’g’il bolalarda ko’krak registrdagi tovush elemenllari paydo bo’lib, diapazon kengayadi. Bu yoshdagi bolalar ovozining diapazonida uchala registr (bosh, aralash ko’krak) ajralib tursada, kuylash vaqtida asosan mikst (aralash) registri tovushlari ishlatiladi. Katta gruppa yoshidagi bolalar ovozida (14-16 yoshlarda) tembr aniqligi, voyaga yetgan ovoz elementlari paydo bo’ladi. Lekin amalda mikst (aralash) registri tovushlari saqlanadi.
Bolalar ovozi diskant (yoki soprano) va alt bo’linadi. Diskant -bolalarning yuqori ovozi bo’lib, uning kamrovi birinchi oktava «do» dan, ikkinchi oktava «fа-sol» gacha ko’tariladi. Diskant yengil, о’zgaruvchan, yumshok (bosh registrida) yangraydigan ovoz bo’lgani uchun har xil kuy va ohanglarni juda sirchan ijro eta oladi. Alt bolalarning pastki ovozi. U kuchli va birmuncha yo’g’on jarangdor tembrli bo’lish bilan birga, ba’zi xollarda mayin xarakterga ham ega bo’ladi. Alt tovushining diapazoni kichiq oktava «sol-lya» dan ikkinchi oktava «re-mi» (ba’zida-«fa») gacha bo’ladi. Shunga e’tibor qilish kerakki, alt ovozining juda ham yuqori pardalari qo’llanilsa, bolalar zo’rikib kuylaydi, shuningdek, juda past pardalar ishlatilsa, ovoz kuchsiz bo’lib chiqadi. Shuning uchun juda yuqori tessiturada yozilgan asarlar bolalar xoriga tavsiya etilmaydi. Bunday paytlarda asarni bolalar xorining diapazoniga qarab qayta moslashtirish maqsadga muvofiqdir. Alt diskantlarga nisbatan sustrok bo’ladi. Ko’p xollarda xorda bu ovozga ikkinchi tovush topshirilishiga qaramay u ba’zida asosiy kuyni ham olib boradi, unda ovozning ijrosi juda ravon va ifodali jaranglaydi.



Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə