Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati



Yüklə 53 Kb.
səhifə3/3
tarix19.04.2023
ölçüsü53 Kb.
#106292
1   2   3
Tovush apparatining tuzilishi va ahamiyati

V. OVOZ GIGIYENASI


Honanda ovozi tabiatning qimmatbaho in’omi bo’lib, undan ijrochi extiyotkorlik va aql bilan foydalanishni talab qiladi. Qatliq nutq, bakirib kuylash, noqo’lay (past va yuqori) tessiturani xaddan tashqari ishlatish, ovoz apparatining kasalligida kuylash - bularning hammasi ovoz pardalarini charchashiga va kasalga chalinishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan, ashulachilar o’z ovozlarini asrashlari, uni har xil kasalliklardan saqlashlari zarur. Mashg’ulotni dam olish bilan okilona almashtirib turish honandalik rejimining asosiy qoidasidir. Shuningdek, sovuk xavoda kuylash, sovuk ichimlik ichish esa, ovoz apparatiga salbiy ta’sir qilishini esdan chiqarmaslik kerak.


Vaqti-vaqti bilan vrach-foniatr ko’rigidan o’tib turish ovoz apparati kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bolalar xor kollektivlarining raxbarlari bolalarning mutatsiya vaqtidagi vokal partiyasi xususiyatlarini bilishlari lozim.


VI. MUTATSIYA


Mutatsiya latincha - «mutati» - o’zgarish (rasta bo’lish) demakdir. Bolalar xori bilan ishlaganda, ularning yoshiga qarab, fiziologik va psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. O’g’il va qiz bolalarning organizmida 12-14 yoshda, ba’zida undan ham kechroq katta o’zgarishlar bula boshlaydi. Yurak kengaya boshlaydi, musqullar mustahkamlasha boradi, ovoz tonida o’zgarishlar bo’ladi va xokazo. Bunday davrda bolalar ovozi ortikcha «kuylashga kuchi yetmaydi va diqqat hamda extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.» O’g’il bolalarda xalqum tez o’sadi, ovoz pardalari uzunlashadi, ovoz pasayib kichiq oktava tovushlariga uta boshlaydi.
Ba’zi vaqtda mutatsiya davri og’ir va har xil holatda o’tishi sababli
machg’ulotlarni vaqtincha tuxtatish zarur bo’lib qoladi. Qiz bolalarda mutatsiya osoyishta, asoratsiz o’tadi. Lekin shunga qaramay, qizlarning ovozini ham extiyot qilish zarur. Honandalik rejimiga rioya qilinsa, mutatsiya davri bir qancha yengil o’tishiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR:

1. I.Akbarov .«Musiqa lug’ati»
2. Apraqsina O. «Методика музыкального воспитания в школе»
M. 1983
3. D.Omonullayev. «Umumiy ta’lim maktablarida musiqa dasturlari»T.1992
4. Gudkova Ye.A., Vasileva A.B. «Ashula dars metodikasi»
Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə