Mavzu: radioaktiv moddalar bilan ishlaganda sanitariya qoidalari bajardi: jo’raboyeva d. Jovliyeva iroda reja



Yüklə 1,07 Mb.
tarix07.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#104596
RADIOBIOLOGIYA

MAVZU:RADIOAKTIV MODDALAR BILAN ISHLAGANDA SANITARIYA QOIDALARI

BAJARDI:JO’RABOYEVA D. JOVLIYEVA IRODA

reja

  • 1.UMUMIY TUSHUNCHA
  • 2.HUQUQIY ASOS
  • 3.LABARATORIYA QOIDALARI
  • 4.AVARIYADA QILINISHI KERAK BO’LGAN ISHLAR

umumiy tushuncha

  • Radiatsion himoya, radiatsion xavfsizlik — radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xavfsizlikni taʼminlovchi tadbirlar majmui. Radiobiologiya, yadro fizikasi, kosmik biologiya, kosmik tibbiyot va boshqa fanlar yutuqlariga asoslanadi. Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi — biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, odam va hayvonlar organizmini zararli nurlanishlardan asrash va h.k. Zararli nurlanishlarning organizmga biologik taʼsiri haqidagi maʼlumotlar Radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik meʼyorlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi . Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni taʼminlash, avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai (yadro reaktorlari, gammadefektoskoplar, radioizotop termoelektr generator va boshqalar) taʼsiridan ishonchli himoya qilishdan iborat.

Himoya uchun chora tadbirlar

  • Qurilmalarni ekranlash (qo’rg’oshin va og’ir metal tuzlari bilan to’sish)
  • Ish xonasiga kirish uchun labirint yo’llar hosil qilish
  • Moddalar bilan ishlaganda vaqtni cheklab qo’yish
  • Radioaktiv chiqindilarni o’z vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish
  • Individual himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar(rezina qo’lqop,maxsus kiyim,protivogaz va boshqalar)
  • Masofa bilan himoyalanish
  • Miqdor bilan himoyalash

xuquqiy asosi

  • Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi “Radiyatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi’’ qonuni qabul qilindi.
  • https://lex.uz/docs/-26166?ONDATE=15.09.2017

Radiatsiya xavfi sodir bo’lishidan oldin ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:

  • Gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilish;
  • Dokali paxta niqobni tayyorlash va ishlatish usullarini bilish;
  • Zararlangan(zaharlangan)larga birinchi yordam ko’rsatish usullarini o’rganish;
  • Tibbiy yordam ko’rsatish qutichasini tayyorlab qo’yish va unda albatta yodli preparat bo’lishini ta’minlash;
  • Oila a’zolari muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalar qayerdaligini bilish;
  • Elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o’chirishni bilish;
  • Xonadon(kvartira)ga tashqaridan havo kirishini to’xtatish choralarini ko’rish; deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab qo’yish;
  • Mustaqil ravishda radioaktiv muhitni va oziq-ovqat mahsulotlarining zaralangan(zaharlangan)lik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr asbobi bo’lishini ta’minlash;
  • Ekstremal holatlarda tezkor evakuatsiyaga tayyorlanishni bilish, radiatsiyadan nurlanish darajasi g’ishtli binolarda 5-10 marta, temir-beton uylarda undan ko’p va yerto’lalarda 300-400 marotaba kamayishini bilish kerak.

Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:

  • Hamma oila a’zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va zarurati bo’lganda darhol uni taqib olish;
  • Yakka muhofaza vositalari bo’lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlash va zarurat bo’lganda darhol taqib olish;
  • Xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rish;
  • Televideniya, radio orqali olingan ma’lumotlar va ko’rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va yashayotgan xonadondan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalarga yashirinish;
  • Panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalardan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, uyda deraza va eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish va ularni qalin mato bilan yopish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə