9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati



Yüklə 33,78 Kb.
səhifə1/11
tarix18.09.2023
ölçüsü33,78 Kb.
#122321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
enkonometrika


1- odamning bilish qobiliyati 2- haqiqat tushunchasi, uning turlari va mezonlari 3- bilish metodologiyasi. Tayanch tushunchalar

9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari
Reja:
1- Odamning bilish qobiliyati
2- Haqiqat tushunchasi, uning turlari va mezonlari
3- Bilish metodologiyasi.
Tayanch tushunchalar
Dunyoni anglash, ong, in’ikos, bilish, gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish obyekti, bilish subyekti, bilish metodlari, xaqiqat, o‘z-o‘zini anglash, axborot.


1-§. Odamning bilish qobiliyatlari
Har bir odamning olamni bilishda o‘ziga xos bo‘lgan shart-sharoitlar natijasida biron bir qobiliyati shakllangan bo‘ladi. Bunda bilish qobiliyati deb, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarini ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlariga aytiladi. Hozirgi falsafada, odatda odam bilishining uchta asosiy qobiliyatini qayd qilingan: hissiy bilish, ratsional bilish va irratsional bilish (intuitiv). Ularni batafsil qarab chiqamiz.

1. Hissiy bilish. Hissiy bilish bu bilishning bir turi bulib, odamning fiziologik sezgi organlari orqali kechadi. Bunday organlar odamda beshta – ko‘rish, eshitish, teri, hid va ta’m sezgisi. Sezgi orqali bilish uchta asosiy shaklda amalga oshiriladi. Ular sezish , idrok va tasavvur deb ataladi.
Sezish - bu sezgi orqali bilishning yagona akti bo‘lib, u sezish, ko‘rish, eshitish, teri, hid, va ta’m orqali bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, sezgi – bu odam organizmiga ta’sir etib turgan narsa yoki hodisalarning ayrim sifat va xossalarini miyasida aks etishidir.
Idrok - bir nechta sezgilarning birgalikda ishlashi orqali kishi tevarak-atrofidagi narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishidir. Idrok odatda murakkab yaxlitlik xarakteriga ega bo‘lib, unda tashqi olamdagi buyumlarning hamma tomonlari va xususiyatlari aks ettiriladi. Aniqrog‘i,idrok tashqi olamning katta murakkab tasvirining bir qismini aks ettiradi deyish mumkin. Masalan, qachon odam o‘rmondan besh kilometr uzoqlikda tursa, u uni faqat ko‘rishi mumkin. Bu erda sezgi orqali bilish ko‘rish sezgisi vositasida kechadi. Qachon odam o‘rmonga kirsa, bir vaqtning o‘zida har xil sezgi organlari orqali uni bilishi mumkin – daraxtlarni ko‘radi, o‘rmon ovozini eshitadi va uning hidini sezadi. Bu sezgi idrok deyiladi.

Yüklə 33,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə