Ovoz buzilishlari: ovoz buzilishlarini turlari va kelib chiqish sabablari



Yüklə 43,5 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#145411
Ovoz buzilishlari to\'g\'risida ilmiy maqola


OVOZ BUZILISHLARI:OVOZ BUZILISHLARINI TURLARI VA KELIB CHIQISH SABABLARI.

Sarimsoqova Maftuna Namdu


logopediya yo'nalishi 2- bosqich talabasi
Ilmiy rahbari Namdu pedagogika
psixologiya logopediya katta
o'qituchisi Nizamova M.


Annotansiya:Ushbu maqolada ovoz buzilishlarini kelib chiqish sabablari,ularning turlari,bolalar va kattalarda ovoz o'zgarishlari,Ferron olib borgan nazariya-fonatsiya,mioelastik nazariyalar,ovoz buzilishini oldini olish,ovoz bo'yicha olib boriladigon psixologik-pedagogik korreksion ishlar ochib berilgan.


Kalit so'zlar:bola, ovoz,funksional, organik, buzilish, logoped, markaziy, perifirik, fonatsiya, melioelastik, disfoniya, fonostoniya


Ключвые словаж ребенок голос функциональй органический деструктивньй логопед цетралньй перефич еский фонасия мелиеластическая дисфония фоностония,


KEY WORDS;child voice funkcional organic destroying speech therapist central perifirect fational melioelastic dysphonia phonostinia

Ma'lumki davlatimiz kelajagi bugungi kun yoshlaridadir.Ayniqsa,yurtimiz mustaqilikka erishgandan so'ng barcha e'tibor yoshlarga qaratilmoqda.Hozirgi kunga kelib esa yordamga muhtoj insonlarga yordam berish,nuqsonli bo'lgan bolalarni esa nuqsonini bartaraf etishga intilmoqdalar va bu borada turli yo'nalishdagi ishlarni ham olib bormoqdalar.Shu bilan birgalikda azob chekayotgan bolalar bilan,ularning muammolarini tuzatish va tarbiyaviy ishlarga katta e'tibor bermoqdalar.Shuningdek bu muammolardan biriga ovoz buzilishlari kiradi.Ovoz buzilishi bu jiddiy buzilishlardan biridir.Shuning uchun ham ovoz buzlishi dolzarb hisoblanadi.


Ovoz-bu insonning ovoz apparati hosil qiluvchi turli tovushlar yig'indisidir.Ovoz nutqning ishlab chiqarilishining muhim tarkibiy qismidir,chunki u nutqning eshituvchanligini ta'minlaydi.
Ovoz buzilishlari ko'pincha ovozdan notog'ri foydalanish natijasida va ko'p hollarda ko'p ovoz yuklamasi bilan bog'liq kasb kishilarida hamda qo'shiq aytuvchilarda uchraydi.Shuning uchun ovozdan doimiy foydalanuvchilarda ovozdan foydalanishda oddiy ko'nikmalarni egallagan bo'lishlari lozim.Ovoz buzilishlari nafaqat bolalarda hatto kattalarda ham uchraydi.Bolaning ovozi kattalarnikidan barcha asosiy xususiyatlar bilan,ya'ni kuchi,balandligi va tembrida farq qiladi.[3]
Ovoz hosil bo'lish mexanizmi juda murakkab bo'lganligi sababli juda kam o'rganilgan.Lekin XIX asr o'rtalariga kelib,fiziologik va akustik o'rganish metodlari yuzaga kelgach,ovoz hosil bo'lish mexanizmini ilmiy jihatdan tushuntirishga imkon tug'ildi.Bu davrga kelib fonatsiya va miolelastik nazariyalar vujudga keldi,uning asoschisi Ferron hisoblanadi.Meoelastik nazariyaga ko'ra ovoz hosil bo'lishining asosiy sababi traxeya va kekirdakning ichki muskullariga havoni ko'rsatadigon bosimidir.Fonatsiyada esa ovoz boylamlari havo bosimiga to'la bog'liq bo'lmaydi,aksincha,markaziy nerv tizimi boshqaruvi ostida nafas organlarining muskullari tonusini faol boshqarib turadi.Bu jarayon murakkab reflektor usuli orqali eshitish analizatori ishtiroki boshqariladi.[1]
Shuningdek ovoz buzilishlarini ko'p olimlar o'rganib chiqishgan.Ulardan biri L.Van der Hovel ovoz buzilishlari va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi o'rtasidagi bog'liqlikni birinchi bo'lib o'rgangan.Bu kasallik bilan og'rigan nutqiy kasb egalarida ovozning tez charchashi,kuchsizlanishi ,xirillash yuqori tovushlarning yo'qolishi natijasida ovoz diapozonlarining pasayishi kuzatilgan.Ma'lumki ovoz hosil bo'lishida qovurg'alar,ko'krak qafasining pastki kengayuvchi qismi hamda diafragma katta ro'l o'ynaydi.Ovozning normal ishlashi nafas olish va chiqarish muskullarining o'zaro moslikda ishlashiga bog'liqdir.
Ovoz buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra markaziy va perifirik qismlarga bo'linadi.Ular ikkalasi ham organik va funksional bo'ladi.Organik ovoz buzilishlari asosan ovoz apparatida anatomik o'zgarishlar yoki surunkali shamollash natijasida paydo bo'ladi.Periferik xarakterdagi organik ovoz buzilishlari asosida ovoz apparati kasalliklari un paychalardagi tugunchalar bo'g'iz va un paychalarining papilomotozlari,bo'g'iz stenozi,jarohatlanishlar,kuyishlar yotadi.Bular perifirik harakterdagi organik ovoz buzilishlarini keltirib chiqaradi.Organik ovoz buzilishlariga ko'pincha o'smalar va ularni olib tashlangandan keyingi holatlar sabab bo'lishi mumkin.Organik ovoz buzilishlariga surunkali laringit,kasbiy traxeit,alergik laringit kabilar kiradi.
Surunkali laringit bilan og'rigan bemorlarda ovoz diapozonining qisqarganligi,monoton intonatsiya,ovoz kuchi kamligi kuzatiladi.Ular hiqildoqning nohush sezgilaridan shikoyat qiladilar.Laringitning og'ir turlarida xirillash doimiy bo'ladi ba'zan afoniya vujudga keladi.
Kasbiy traxeitlar nutqiy kasb egalarida,kuylashda ovoz boylam osti bosimining o'zgarishi natijasida yuzaga keladi.Bemorlar asosan ovozning tez charchashi,traxeyadagi noqulaylik,namlik yoki quruqlik,yo'taldan shikoyat qiladilar.Agar hiqildoq ostida shishlar bo'lsa,bunda hiqildoqda noqulay sezgilar vujudga keladi,ovoz boylamlarida shish bo'lsa,fonatsiyaning buzilishi ko'rsatiladi.
Alergik laringit-bu odamning ekzogen va endogen ta'sorlovchilarga nisbatan sezgilarning ortishidir.Alergik larengitda hiqildoqning nasliy o'tkir shishlariga moyillik ham aniqlangan.[1]
Ovoz buzilishlari qonunga ko'ra nutq tizimi shakllanishiga ta'sir ko'rsatmaydi.Faqatgina ilk davr patalogiyasigina nutq rivojlanishiga qadar kasallikka chalingan bolalarda kuzatilishi mumkin.Ko'plab o'tkazilgan operatsiyalar ovoz yo'qligida tabiiy yo'llar orqali nafas olishning buzilishi bolaning somatik zaifligini keltirib chiqaradi,hamda psixik va nutqiy rivojlanish sustlashishi,his-hayajonli iroda doirasidan nuqsonlarga sabab bo'lish mumkin.Bolalar o'zlarining nuqsonlarini sezib muloqotga tez kirisha olmaydigon qaysar,o'zini tuta olmaydigon bo'lib qoladilar.Ular to'g'ri tovush talaffuzini qiyinchiliklar bilan o'zlashtiradilar.Ovoz buzilishlarining nisbatan yengil holatlarida bolalar o'z kamchiliklariga xotirjam munosabatda bo'ladilar.Ba'zilari esa o'z kamchiliklariga tanqidiy munosabatda bo'ladilar,hamda uni bartaraf etishga intiladilar.Shu paytlarda ota-onalar ham bolalariga yordam berishlari ayniqsa,hatti harakatlariga katta e'tibor berishlari lozim.
Funksional ovoz buzilishlari,nisbatan keng tarqalgan va turli tumandir.Ular hiqildoq yallig'lanishi u yoki bu anatomik o'zgarishlar bilan kechmaydi.Pedagogik adabiyotlarda mutahasislar uchun organik buzilishlar etiologiyasini va patogenizining murakkabligi bilan bog'liq ravishda ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarganligi sababli funksional buzilishlarni bartaraf etish nisbatan yengil ekanligi haqidagi fikrlar o'rinli hisoblanadi.Funksional ovoz buzilishlarining sabablari turlicha bo'lishi mumkin:ovozning charchashi,ovozni yomon qo'yilishi,infeksion kasalliklar hamda psixik omillarning ta'siri.Funksional ovoz buzilishlariga fonosteniya,gipertonus va gepotonus disfoniya kabilar kiradi.
Fonosteniya-bu ovozning funksional buzilishi bo'lib,nafas fonatsiya,artikulyatsiya o'rtasidagi koordinatsiyaning buzilishi bilan xarakterlanadi.Nafas yo'llarining o'tkir shamollashi,ovozga katta yuklama berish,bosh miya po'stlog'ida tormozlanish fonosteniyani paydo bo'lishiga sabab bo'ladi va ovoz apparati mushagining harakat funksiyasi buzilishi kuzatiladi.Bunda bemorlarning shikoyatlari turlicha bo'ladi:tez jahl chiqish,sahnaga chiqishdan oldin qo'rquv,uyquning buzilishi,ovozning tez charchashi.
L.D.Rabotnov fikriga ko'ra,fonosteniyaning rivojlanishi uchun ta'sir qiladigon faktorlar quyidagilar:turli xil somatik kasalliklar,organizmdagi gormonal tenglikning o'zgarishi,himoya kuchining pasayishi,psixik o'zgarishlar,ovoz apparatining zo'riqishi deb hisoblagan.A.Mitrinovich-Modjeevka esa hiqildoqning anatomik tuzilishida kamchiligi bo'lgan bemorlarda fonosteniyaning rivojlanishini kuzatgan.
Gipotonus disfoniya-ovoz boylamlari muskullari tonusining pasayishi natijasida ovozning buzilishidir.Sabablari:kasallik paytida ovozga yuklama tushishi,o'tkir respirator-infeksion kasalliklar,organizmda vitamin yetishmovchiligi.Bemorlar ovozning tezda charchashidan,xirilllashidan shikoyat qiladilar.Ovoz boylamlari harakatchan,tonusi pasaygan holatda bo'ladi
Gipertonus disfoniya-bu ovoz boylamlarining muskul tonusining oshishi bilan ovozning buzilishidir.Bu ko'proq shovlinli joyda ovozga zo'r berib gapirganda,baqirib gapirganda kelib chiqadi.Bemorlar bo'yin hiqildoqdagi og'riq noqulaylikni his qilish ovozning tez charchashi xirillashidan shikoyat qiladilar.[4]
Funksional ovoz buzilishini ko'pincha to'liq bartaraf etish mumkin.Biroq,bu masalada ovoz buzilishidan aziyat chekadigon odamning o'ziga xos xususiyatlari,maqsadga erishishda o'zining uyushqoqligi va qat'iyatliligi muhim ro'l o'ynaydi.Bu ovoz buzilishlarni tiklashda ovozning oldini olish va gigeyena alohida o'rin tutadi.Ovoz buzilishlarining shaxsiy profilaktikasi muayyan hayot sharoitlarini,oilani,dam olishni va bolaning hayot tarzini yaratishdan iboratdir.Ovoz buzilishlari ba'zan turli kasalliklarning simptoni sifatida ham namoyon no'lishi mumkin.Shu sababli ovoz buzilishidan shikoyat qilgan bemorlarga har tomonlama tekshjrish va reabilitatsiya ishlarini o'z vaqtida o'tkazish lozim.Yana bir jihati ovozning shakllanishi uchun eshitish yahshi rivojlangan bo'lishi kerak.
Bolalik yoshidan ovozning xirillashi,asosan,ovozning haddan tashqari zo'riqishidan kelib chiqadi.Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalarning ko'pchiligida ovozning xirillashi kuzatiladi.Buning sababi esa nutqda va ashula aytishda ovozdan noto'g'ri foydalanishdir.Qo'shiq aytish estetik his-tuyg'u va jamoa aloqalarini rivojlantiradi.Qo'shiq aytish salomatlik uchun ham foydalidir:chunki qo'shiq aytish vaqtida nafas olush intensiv bo'ladi,nafas muskulaturasi mustahkamlanadi,yurak faoliyati va moddalar almashinuvi yahshilanadi.Agar qo'shiq aytish bola uchun jismoniy jihatidan qiyin bo'lsa uni o'z vaqtida shifokorga ko'rsatish lozim.Chunki bu turli kasalliklarning natijasi bo'lishi mumkin.Shuning uchun ham bolaning ovoziga e'tiborli bo'lish lozim.Ayniqsa mutatsiya davrida ota-onalar va o'qituvchilarni bolalarga to'g'ri munosabatda bo'lishlarini talab qilinadi.Ya'na bir muhim jihati ovoz buzilishiga noto'g'ri nafas olish ham sabab bo'ladi.[2]
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,yosh avlodning salomatligi,asosan atrof muhit bilan bog'liq bo'lgan holatlarga,uning immun,asab va endokrin tizimlari ta'siriga bog'liq.Har bir ovoz buzilishining oldini olish uchun ovozni erta bolalikdan himoya qilish va tarbiyalash juda muhimdir.Har bir o'qituvchi ovozning rivojlanishini kuchsizligini va ovozni majburlash tuzatib bo'lmaydigon zarar yetkazish mumkinligini bilishi kerak.Bolalar yoshligidan yumshoq va ohangdor ovozlarni aniq va ifodali intonatsiyalar bilan eshitishlari kerak.Katta taqlidga ega bo'lsa,ular intonatsiyani va atrofdagi kattalarning ovozlariga taqdimot usulini osongina o'zlashtiradilar.
Shunday qilib,birinchi qoida -baqrmaslik!
Boladan har bir narsani talab qilib cheklov bilan gapirishni o'rgatish,tashqarida sovuqda gaplashmaslik,shovqinli joyda esa hech qachon baqirishga urinmaslik lozim.
Ovozga ziravorlar,juda ko'p tuz va sirka o'z ichiga olgan tirnash xususiyatini beruvchi oziq-ovqat ham ta'sir qiladi.Ovozni himoya qilish uchun ovozli nutq kasb egalari chekish,spirtli ichimliklarni iste'mol qilish issiq va qattiq sovutilgan ovqatlarni suiste'mol qilish mumkin emasligini unutmasliklari kerak,chunki bu tomoq va halqum shilliq qavatini bezovta qiladi.
Shuningdek ovozi buzilgan bemorlarni tekshirish har tomonlama tibbiy-pedagogik xususiyatga ega.Bunda otoringolog,nevropatolog,logoped va psixolog ishtirok etish shart.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1:M.Y.Ayupova.Logopediya Toshkent 2007
2:E.S.Almazova.Logopedik ish bolalarda ovozni tiklash.2005
3:V.V.Shelenkova,I.B.Korelina.Bolalar o'smirlar va kattalardagi nutq va ovozning buzilishi 2005.
4:K.P.Bekker,M.Sovak.Logopediya.1981.
Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə