Sodda masalalar bolada fikrlash jarayonini o`stirish omili sifatida



Yüklə 28,35 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü28,35 Kb.
#161304
Sodda masalalar


Sodda masalalar bolada fikrlash jarayonini o`stirish omili sifatida.


Sabirov S. J “B va MTM” kafedrasi katta o`qituvchisi.
Matematikada masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiritiladi. Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich maktabda qo’llash uchun qulay:
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar: yig’indini, qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar, bo’lishga doir masalalar.
2. Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi, ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar.
3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta)”ortiq”(yoki “kam”) munosabati bilan bog’liq masalalar: sonni bir necha birlik (yoki bir necha marta)orttirish (yoki kamayish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar; sonlarni ayirmali (yoki karrali)taqqoslashga doir masalalar.
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak bo’ladi:
1. Matematik masalaning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni uning sharti, berilganlari,savoli, izlanayotgan miqdori bilan; shuningdek “ortiq”, “kam”, “qancha bo’lsa shuncha”,”teng”, “orasida” va hokazo atamalar bilan tanishish;
2. Bolalarda masala savoliga javob berishi uchun bajarish kerak boladigan amallarni tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash;
3. Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash, bu bolalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi;
4. O’quvchilarni har xil tarkibli masalalarni yechishga tayyorlash;
5. Bola ongiga matematika asoslarini jylash, uning bilim doirasini kengaytirish, tafakkurni rivojlantirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash.
Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar, tabiiyki, bolalar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Yig’indi va qoldiqni topishga doir masalalar shunday masalalar jumlasiga kiradi. Bunday masalalarni yechish bilan tanishtirishni parallel olib boorish maqsadga muvofiq.
Bunday masalalarga quyidagi masalalar namuna bo’ladi:
1. Malika 2 ta qo’g’irchoq va 1 ta koptok rasmini chizdi. malika nechta o’yinchoq rasmini chizdi?
2. Shuhrat joyakdan 5 ta pomidor uzdi. Tushlikda 3 ta pomidorni yeyishdi. Nechta pomidor qoldi?
Sodda masalalarning qiyinligi bo’yicha ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir. Shu xildagi masalalar namunalari:
1. Botirda 7 ta, Salimda esa undan 3 ta ortiq kitob bor. Salimda nechta kitob bor?
2. Ozoda 5 ta kitob, Go’zal esa undan 2ta ortiq kitob o’qidi. Go’zal nechta kitob o’qigan?
Sodda masalalarning navbatdagi qiyinroq turi bu noma’lum qo’shiluvchini topishga doir masalalardir. Masalan: “Taqsimchada 6 ta nok va bir necha olma bor. Mevalarning hammasi 9 ta. Taqsimchada nechta olma bor?” Shundan keyin sonlarni ayirmali taqqoslashga doir va “Nechta ortiq?” va “Nechta kam?” savolli ikki xil masala keladi. Misol uchun ushbu masalani keltiramiz: “Olimda 5 ta, Iskandarda esa 3 ta o’yichoq bor. Olimning o’yinchoqlari Iskandarning o’yinchoqlaridan nechta ortiq?” Su shartning o’ziga ikkinchi savolni bunday ifodalash mumkin: “Iskandarning o’yinchoqlari Olining o’yinchoqlaridan nechta kam?”
Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi guruhi bu noma’lum ko’paytuvchini va bo’luvchini topishga doir masalalardan iboratdir. Bolalarga bu xil masalalar bilan bir vaqtda baho, qancha turishi va miqdori orasidagi eng sodda funksional bog’lanishlardan foydalaniladigan masalalar beriladi.Masalan: “Ikki pachka tuz uchun 14 tiyin to’lashdi. Tuzni qanday bahoda sotib olishgan?”
Shundan keyin bolalar karrali taqqoslashga doir masalalr bilan tanishadilar. Ushbu masalalar bunday masalalarga misol bo’la oladi: “Gulzor ustida 8 ta ninachi va 2 ta kapalak uchib yuribdi. Ninachilar kapalaklardan necha marta ko’p? Kapalaklar ninachilardan necha marta kam?”
Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalar bilan 3-sinfda o’quvchilar sonlarni karrali taqqoslashni o’rganganlaridan keyin tanishadilar. Ulushlarga doir eng elementar masalalar qaraladi. Shunday masalalarga misol: “Kitob 60 betli. Bola kitobning 1/3 qismini o’qidi. Bola necha bet o’qigan va “Malika she’rning yarmini yod oldi. u 18 satrni yod oldi. Butun she’r qancha satrdan iborat?”
Shundan so’ng o’quvchilar vaqtga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar: “Bola uyidan soat 8:30 da yo’lga chiqdi va 8:50 da maktabga yetib keldi. Bola yo’lga necha daqiqa sarflagan?”
Boshlang`ich sinflarda sodda masalalarni yechishga o`rgatish orqali o`quvchilar mantiqiy fikrlashga xulosa chiqarishga o`rgatiladi.


Fоydalanilgan adabiyotlar.



  1. N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, K.M.Girfanоva 2 – sinf matematikasi. “O’qituvchi” Tоshkent 2011 yil.

  2. S. Burxonov, O’. Xudoyorov, Q. Norqulova 3-sinfi uchun darslik. “Sharq” Toshkent-2012.

Yüklə 28,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə