Fan va inovatsiyalar vazirligi



Yüklə 81,15 Kb.
səhifə1/3
tarix20.09.2023
ölçüsü81,15 Kb.
#122698
  1   2   3
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti. B.Xomidov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Resurslarning bozor taqsimoti

Bajardi: B.Xomidov




Toshkent – 2023
Reja:


1. Resurs taksonomiyasi
2. Resurslarning bozor taqsimoti
3. Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash



  1. Resurs taksonomiyasi

Mamlakatimizda geologiya sohasidagi olimlar va soha mutaxassislarining intilishlari hamda hukumatning qo‘llabquvvatlashi natijasida mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti taraqqiyotining negiziga aylangan o‘ziga xos mineral xom ashyo bazasi yaratildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda taxminan 1000 ta istiqbolli qazilma boyliklari joylari, 118 turdagi mineral xom ashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi o‘zlashtirilmoqda. 1500 dan ortiq kon o‘zlashtirildi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat; 48 ta asl metall, 43 ta rangli, noyob va radioaktiv metall; 5 ta qora metall; 3 ta ko‘mir; 37 ta tog‘-kon, 22 ta tog‘-kimyo va 30 ta rangli tosh xom ashyosi; 525 ta turli maqsaddagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yerosti suvlari manbalari mavjud. O‘zlashtirilgan konlarning 40 foizidan ortig‘i qayta ishlanadi. Respublikada 400 dan ortiq manbalarning topilganligi, shaxta, karyer va neft-gaz sanoati hamda boshqa tarmoqdagi korxonalar, taxminan 450 ta suv chiqarish korxonasi, shifoxona va kasalxona, shifobaxsh va shifobaxsh-iste’mol suvlarini quyish sexi va zavodlar faoliyat yuritadi. Asl, rangli metallar, uran va noyob elementlar rudalarini qazib olish bo‘yicha respublikadagi yetakchi korxonalar – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari sanaladi. Ishlab chiqarishga tayyorlangan mineral xom ashyo zahiralari, hatto ish quvvatlari oshirilgan taqdirda ham mavjud komplekslarni uzoq kelajakda ish bilan ta’minlash imkonini beradi. O‘zlashtirilgan manbalarning aksariyat qismi rudalarni boyitishning nisbatan oson texnologiyasini qo‘llagan holda ochiq usulda ishlanishi va jahon bozorida yuksak talabga ega foydali komponentlari ko‘p darajada ajratib olinishi mumkin. Asl, rangli va boshqa metallar rudalarida qo‘shimcha komponentlar sifatida konlar qimmatini ancha oshiradigan noyob va kam uchraydigan unsurlar katta zahiralari jamlangan. Oltinning tasdiqlangan zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda ilg‘or beshlikka kiradi, qazib olish darajasi bo‘yicha esa to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Uchta tog‘li iqtisodiy tuman – Qizilqum (Muruntog‘, Mutenboy, Triada, Basapantog‘, Amaytaytog‘, Kokpatas, Dougiztog‘ va h.k.), Nurota (Zarmiton, Gujumsoy, Sarmish, Biran, Marjonbuloq va h.k.) va Toshkent bo‘yi (Kochbuloq, Qarag‘och, Qizilolmasoy, Kauldi, Pirmirab, Guzaksoy va h.k.)da joylashgan tub konlar asosiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston istiqbollari o‘zlashtirilgan konlar bilan cheklanmaydi – respublikaning prognoz qilingan zahiralari o‘zlashtirilgan zahiralardan ikki baravar ko‘proqdir. Tarmoqning oltin izlashga qaratilgan geologiya-tadqiqot ishlari hajmining (60 foizdan ko‘proq) oshishi uning zahiralarini bir maromda saqlash imkonini berdi. 2000-yildan boshlab ular o‘sib bordi va hozir qazish darajasiga yetkazildi. 2015-yildan oltin zahiralari o‘sishini ta’minlaydigan 40 ta yangi istiqbolli maydonlarni o‘rganish hisobiga O‘zbekistonda prognozlash va geologiya-tadqiqot ishlarini kengaytirish mo‘ljallangan. Butun dunyoga mashhur Muruntog‘ shtokverk oltin-kvars koni Yevroosiyo materiksidagi eng yirik kon hisoblanadi. Muruntog‘ karyeri ulkan obyekt bo‘lib, unda O‘zbekiston oltinining qariyb 80 foizi olinadi. Karyer ishlagan yillar davomida bu yerda 300 mln. tonnadan ortiq tarkibida me’yorda oltin bo‘lgan minerallashgan massa tashkil qilinib, u so‘nggi 10 yil davomida zich ishqorli yuvish orqali qayta ishlanadi. Xuddi shunday yana bir kompleks Markaziy Qizilqumdagi Kokpataskoni negizida amal qilmoqda, bu yerda 40 tonnadan ortiq oltin ishlab chiqildi. Markaziy Qizilqumdagi Daug‘iz tog‘ va Amantay tog‘ oltin-sulfid konlarining tasdiqlangan zahirasi 300 tonna oltinga yetadi. “Amantay-tog‘ Goldfilds” QK har yili 4 tonnagacha oltin qazib, qayta ishlab chiqaradi. Shuningdek, Navoiy viloyatida Ajibugut nurash qatlamida noan’anaviy turdagi oltin ruda koni ochildi va o‘zlashtirildi. Sanoat tarmoqlarida oltin koni 20 metrdan 75 m gacha chuqurlikda oksidlash hududida joylashgan. Obyekt zahiralari o‘nlab tonna oltinni o‘z ichiga olgan. Charmiton, Gujumsoy va yangi obyekt – xuddi o‘sha ruda maydoni oltin-kvars konlari, shuningdek, Qizilolmasoy va Kochbuloq oltin-sulfid-kvars konlari istiqbollari ko‘paymoqda. So‘nggi yillarda Qizilqumda zahiralari o‘nlab tonnani tashkil qiladigan Bulutkon, Balpantog‘, Aristantog‘, Turboy konlari aniqlandi va o‘rganilmoqda. Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to‘la qiymati tovar shaklini olgan yalpi mahsulotga o‘tadi. Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi. Asosiy xom ashyo tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumidir. Tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi yoki asosiy xom ashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi. Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda qatnashishiga qarab ular ham xom ashyo (asosiy xom ashyo), ham yordamchi material bo‘lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg‘i sifatida yordamchi material bo‘lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xom ashyodir. Xom ashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat. U quyidagi talablarga javob berishi kerak: – miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi; – qazib olish arzon va oson bo‘lishi; – texnologik jarayonlar oson borishi kerak. Har bir xom ashyo mehnat buyumidir, lekin har bir mehnat buyumi xom ashyo bo‘la olmaydi. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada o‘zgargandan keyingina xom ashyoga aylanadi. Yerostidagi foydali qazilma, yovvoyi hayvon, daraxt va hokazolar xom ashyo bo‘lmay, balki potensial tabiiy boyliklardir. Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvon, qazib olingan ma’dan, kesilgan daraxt va hokazolar xom ashyo hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta ishlangan bo‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa, u yarimmahsulot, ya’ni yarimfabrikat deb ataladi. Xom ashyo resurslarini xom ashyodan farqlash lozim. Xom ashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o‘rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina xom ashyoga aylanishi mumkin. Xom ashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarida xom ashyo va yoqilg‘i xarajatlari ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar hajmida eng katta salmoqqa egadir. Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xom ashyo va yoqilg‘i xarajatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Xom ashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: – sanoat xom ashyosi; – qishloq xo‘jaligi xom ashyosi.
Sanoat xom ashyosi turli belgilariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: – kelib chiqishiga ko‘ra: tabiiy va sun’iy; – agregat holatiga ko‘ra: qattiq, suyuq hamda gazsimon; – kimyoviy tarkibiga ko‘ra: organik va anorganik; – ishlatilishiga ko‘ra: ozuqabop va texnik. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ikki turga bo‘linadi: o‘simliklardan olinadigan xom ashyo va hayvonlardan olinadigan xom ashyolar. Yerostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xom ashyolar deyiladi. Ular uch turga bo‘linadi: a) rudali; b) rudasiz; d) yonuvchi mineral xom ashyolar. Bu minerallarning ko‘pi qattiq holda bo‘ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi. Rudali mineral xom ashyolar foydali jinslar bo‘lib, metallar olish uchun asosiy manbadir. Rudasiz mineral xom ashyolar ham tog‘ jinslaridir. Ular metall olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xom ashyolar kimyoviy qayta ishlanmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq xo‘jaligida yoki metallsiz ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: – qurilish materiallari – to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki fizik-kimyoviy qayta ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xom ashyo; – industriya xom ashyolari – kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xom ashyo; – kimyoviy mineral xom ashyolar – kimyoviy qayta ishlash uchun ishlatiladigan minerallar; – qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki mexanik qayta ishlangandan so‘ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar. Yonuvchi mineral xom ashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali qazilma boyliklardir. Bularga toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. Yonuvchi gazlar, neft va ko‘mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo‘lmay, balki kimyo sanoatida qimmatbaho xom ashyo hamdir. O‘simlik va hayvonot xom ashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop, yog‘lar, o‘simlik moylari, hayvon terilari va shunga o‘xshashlar kiradi. Bular xalq xo‘jaligida ishlatilishiga ko‘ra, ozuqabop va texnik xom ashyolarga bo‘linadi. Ozuqabop xom ashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar – o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kiradi. O‘simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xom ashyolarga yuqorida ko‘rsatilgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Ularni mexanik va kimyoviy qayta ishlab, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida ishlatiladigan xom ashyolar olinadi. Bunday xom ashyo turlarini kimyoviy qayta ishlab, turli mahsulotlar olish mumkin. Manbalari ko‘pligi, amaliy jihatdan bitmas-tuganmas zahiraga egaligi ular asosida ko‘pgina yangi kimyoviy korxonalar tashkil etishga imkon beradi. Umuman, ilm-fan, texnika va texnologiyaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan yangi materiallarni, shuningdek, yangi xom ashyo materiallarini qidirib topish masalasini dolzarblashtirmoqda. Bu masala, asosan, olti yo‘l bilan amalga oshiriladi: – iloji boricha arzon xom ashyolarni qidirib topish va ishlatish; – xom ashyodan kompleks foydalanish; – konsentrlangan xom ashyo va mahsulotlar ishlatish; – juda toza mahsulotlar ishlatish; – texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xom ashyolarni noozuqabop xom ashyo bilan almashtirish; iloji boricha mahalliy xom ashyolardan foydalanish.
Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiya yutuqlari muhim texnika-xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xom ashyolardan olishga imkon beradi. Bunday xom ashyolar sifatida toshko‘mir, torf, slanets, neft, tabiiy gaz, yog‘och, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolyatorlar, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, to‘qimachilik, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashish, betonlarni suv o‘tkazmaydigan qilish, metallarni silliqlash va qirqishda sovutkichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop moylar ishlatiladi. Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladigan etil spirti ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Un, kraxmal, sut kabi mahsulotlardan texnik maqsadlar uchun foydalaniladi. Masalan, kazein-oqsil modda sutda bo‘ladi, kazein yelim ishlab chiqarish, qog‘oz va charm sanoati, bo‘yoqchilik hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi. Kraxmal to‘qimachilik sanoati, rezina va kimyo sanoati, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qo‘llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal poliakrilamid hamda sellulozaning suvda eruvchan efirlari – karboksilmetil selluloza (KMK) bilan muvaffaqiyatli almashtirilgan. Shu bilan birga, KMK ko‘p miqdorda kraxmal o‘rnida to‘qimachilik, qog‘oz va gugurt sanoatlarida esa ozuqabop un o‘rnida ishlatilmoqda. Hozir etilen va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati jihatidan ozuqabop xom ashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va ancha arzon hisoblanadi. Shuning uchun xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p ishlatilmoqda. Shuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlaridan sirka kislota, glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu yo‘l bilan ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xom ashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi birmuncha arzonlashadi.

Yüklə 81,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə