Fan va inovatsiyalar vazirligi


Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash



Yüklə 81,15 Kb.
səhifə3/3
tarix20.09.2023
ölçüsü81,15 Kb.
#122698
1   2   3
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti. B.Xomidov

3. Qayta tiklanadigan resurslarni samarali taqsimlash
Sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining butun jarayonini belgilab beradigan xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri kon qazib olish kompleksi hisoblanadi. Valyuta to‘planishi manbayi bo‘lgan sanoat uchun xom ashyo – qora, noyob, rangli va asl metallarga ehtiyoj muntazam oshib bormoqda. Mamlakat suvereniteti mustahkamlangani sari bu tamoyil saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi hududi xalq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral xom ashyoning har xil turlarini o‘z ichiga olgan turli foydali qazilmalarga boy. Hozirgi paytga kelib, asl, rangli, noyob, radioaktiv va qorametallar, yonilg‘i-energetika, kon-ruda, kimyo va rangdor toshlar xom ashyosi, qurilish materiallari, chuchuk, mineral va termal yerosti suvlarining 2500 dan ortiq manbayi aniqlangan. O‘zbekiston oltin, kumush, plavikli shpat, mis zahiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘nlikka kiradi. MDHda O‘zbekiston oltin zahirasi va qazib olinishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan 900 ta kon ochilgan, ularda mineral xom ashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi, shundan 60 turdan ortig‘i sanoatda o‘zlashtirilgan va ishlatilmoqda. Neft, gaz, kondensatning 142 ta, ko‘mirning 6 ta, asl metallning 34 ta, qora metallning 7 ta, rangli va noyob metallning 54 ta, kon-rudaning 49 ta, tosh-rangdor toshning 19 ta, kimyo xom ashyosining 37 ta, qurilish materiallarining 372 ta va yerosti suvlarining 172 ta manbayi mavjud. Neft, gaz va kondensat, ko‘mir, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, plavikli shpat, grafit, yong‘inga chidamli materiallar, tabiiy tuzlar, sement va g‘isht xom ashyosi va boshqa qurilish materiallari, yerosti suvlarining ochilgan zahiralari negizida 500 dan ortiq gaz-neft sanoati, shaxta, kon, karyer va razrez, taxminan 300 ta mineral suv quyish bo‘yicha zavod va sex uchun suv zabori faoliyat yuritadi. Ular orasida Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Angren ko‘mir razrezi va Sharg‘un shaxta boshqarmasi, Gazli va Sho‘rtan gaz sanoati, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Ohangaron va Navoiy sement zavodlari, G‘azalkent va Olmaliq tosh qazib olish kombinatlari va hokazolar mavjud. Respublikada ochilgan mineral xom ashyo resurslarining xalq xo‘jaligi uchun umumiy bahosi 300 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholanadi. Har yillik o‘sish 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Foydali qazilmalarni qazib olish 4,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholanadi. Kon qazib olish kompleksi mineral xom ashyo bazasining zamonaviy holati uzoq istiqbolga uning barqaror ishlashini ta’minlabgina qolmay, quvvatlarini oshirish va yangi tarmoqlar yaratish uchun haqqoniy asoslar beradi. Noruda foydali qazilmalar, shu jumladan, qurilish materiallari mineral xom ashyo bazasi mamlakatda keskin rivojlandi. Sement xom ashyosining 2 ta manbayi (ohaktosh komponenti – 824 mln. t, gil komponenti – 520 mln. t) beshta faoliyat yuritayotgan (Ohangaron, Navoiy, Quvasoy, Bekobod, Angren) va uchta loyihalashtirilayotgan (Beruniy, Sherobod va Jizzax) sement zavodlari uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi. Qoplash toshi konlari (72847 ming m3 li 31 ta kon) faoliyat yuritayotgan toshni qayta ishlash korxonalarini 100 yildan ortiq davrga ta’minlashi mumkin. Shu bilan birga, mamlakatda yuqori bezash xususiyatiga ega qoplash toshlari yetishmayapti.
Keramzit xom ashyosi 10 ta ochilgan konda, asosan, Janubiy O‘zbekiston, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda jamlangan (122,4 mln. m3). G‘isht xom ashyosining 160 dan ortiq (zahirasi 412308 ming m3), qum-shag‘al materiallarining 66 ta (830888 ming m3), ohaktosh ishlab chiqarish uchun ohaktoshning 21 ta (209442 ming t), qurilish toshining 36 ta (367402 ming m3), beton va silikat buyumlari uchun qumning 20 ta (186676 ming m3) va boshqalarning konlari qurilish materiallarini ishlab chiqarishning nisbatan yuqori darajasini ta’minlaydi. Biroq ularni ishlab chiqarish xalq xo‘jaligining oshib borayotgan ehtiyojlaridan hali ortda qolmoqda. Qator yillar davomida qazilma manbalarini kompleks o‘rganish muhim iqtisodiy natijalarga olib keldi. Aniqlanishicha, qator konlardagi qo‘shimcha komponentlar, qazilma jinslari, qoldiqli boyitish, konditsiyasiz rudalar qoldiqlarini ham ishlatish, ulardan olingan mahsulotlar konlarini o‘zlashtirish rentabelligini ancha oshiradi. Mineral xom ashyo bazasi tizimli ravishda qayta tiklanishni, aniqlashgan va o‘zlashtirilgan zahiralarning sifatini oshirish, ularni joylashtirish tuzilmalarini yaxshilashni talab qiladi. Suverenitet va bozor munosabatlari sharoitida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlashning yuqori darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qator obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash geografiyasi notekis tarqalgan, bu uning katta hajmlarda va uzoq masofalarga tashish zaruratini keltirib chiqaradi. Respublikadagi ko‘plab korxonalar muayyan sabablarga ko‘ra import qilinadigan qimmatli xom ashyo bilan ishlaydi.
Yüklə 81,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə