Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali pediatriya fakulteti 202b-guruh talabasi ibodullayeva dinoraning gistalogiya fanidan tayyorlagan slaydi



Yüklə 5,82 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,82 Kb.
#165076
NURALIYEVA SEVINCH 1-MAVZU

Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali pediatriya fakulteti 203 A-guruh talabasi NurAliyeva sevinch gistalogiya fanidan tayyorlagan slaydi mavzu:nafas olish tizimi azolarining qiyosiy gistologik tavsifi


Nafas olish a’zolarining tuzilishi va vazifalari nafas a’zolari tizimi burun yo‘llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkani o‘z ichiga oladi. O‘pka tashqi tomondan yupqa elastik biriktiruvchi to‘qima – plevra pardasi bilan qoplangan. O‘ng o‘pka uch: ustki, pastki, o‘rta; chap o‘pka esa ikki: ustki va pastki bo‘lakdan tashkil topgan. O‘pka ko‘krak qafasida joylashgan. O‘ng va chap o‘pka o‘rtasida kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O‘pkaning pastki yuzasi ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq– diafragmaga tegib turadi. Havo burun yo‘llari orqali traxeyaga o‘tadi, traxeya o‘ng va chap bronxlardan iborat bo‘lib, ular o‘pkaning tegishli bo‘laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo‘linib ketgan, ular bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo‘shliqlar – alveolalar bilan tugallanadi. Alveolalar juda mayda qon tomirlari – kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarda gazlar almashinuvi ro‘y beradi. Bu yerga kirgan havodan alveolalarni o‘rab turgan kapillarlarga kislorod o‘tadi.
Burun — odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining boshlangʻich qismi va hid bilish aʼzosi. Ovoz chiqarish va soʻzlashda rezonator vazifasini oʻtaydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi); tashqi burun, burun boʻshligʻi va burunning yondosh boʻshliqlariga boʻlinib, yondosh boʻshliqlar B. boʻshligʻiga tor teshiklar orqali ochiladi. Tashqi burun suyaktogʻay skeletidan tuzilgan. Togʻay toʻqima borligi tufayli tashqi burun egiluvchan. Burun terisi bagʻrida yogʻ bezlari bor. Burun boʻshligʻi (Cavitas nasi) yupqa toʻsiq orqali ikki boʻlakka ajralgan boʻlib, kataklar orqali tashki muhit bilan, xoana orqali esa burun-halqum bilan tutashadi. Burun boʻshligʻining tubi qattiq tanglay suyagi hisoblanib, yuqori devori gʻalvirsimon yupqa suyak plastinkadan iborat, hidlov nervining tolalari shu plastinka teshiklaridan oʻtib, burun boʻshligʻiga kiradi. Burun boʻshligʻi devorini hilpillovchi epiteliyli shilliq parda qoplab olgan. Uning tuklari bir maromda tebranib turadi.
Oʻpka havo bilan nafas oluvchi hayvonlar (toʻrt oyoqlilar, baʼzi baliq va shilliqqurtlar)ning nafas olish organidir. Sutemizuvchilarda oʻpka ikkita boʻlib, koʻkrak qafasida, yurak atrofida joylashgan boʻladi. Oʻpkaning asosiy vazifasi havodan kislorod olib, qonga singdirish va qondan karbonat angidridni ajratib, tashqariga chiqarishdir. Bundan tashqari, oʻpka boshqa vazifalarni (masalan, yurakni zarbadan himoyalash, angiotenzin almashtirish va hk) ham bajaradi
  • Fiziologik nafas va hujayra nafasi bir xil emas. Baʼzan “nafas olish” atamasi uglevodlar energiyaga aylantiriladigan hujayra nafasiga nisbatan qoʻllanadi. Bu ikkala jarayon bir-biriga aloqador, ammo ular boshqa-boshqa tushunchalar.

  • Biz faqatgina kislorodni yutmaymiz yoki faqatgina uglerod dioksidni ajratib chiqarmaymiz. Baʼzida “kislorod” va “havo” atamalari bir-birining oʻrnida qoʻllanadi. Shunisi maʼlumki, biz nafas oladigan havodagi kislorod biz chiqaradigan havodagi kisloroddan koʻproq boʻladi, karbonat angidridda teskarisi: nafas bilan chiqarilgan havoda uning miqdori olingan havodagidan koʻproq. Biroq biz nafas oladigan havoda kislorod aniqlangan gazlardan bittasi, xolos. (Aslida havoda kisloroddan koʻra azot koʻproq!)

  • Nafas olish tizimi kislorodning tana boʻylab tashilishida yolgʻiz oʻzi faoliyat yuritmaydi. Nafas olish tizimi tanani kislorod bilan taʼminlashda qon aylanish tizimi bilan bevosita bogʻliqlikda ishlaydi. Nafas tizimidan olingan kislorod kislorodga boy qontomirlarda toʻqima va hujayralarga yetkaziladi.

Etioboringiz uchun rahmat


Yüklə 5,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə