Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi



Yüklə 93,87 Kb.
səhifə1/14
tarix19.12.2023
ölçüsü93,87 Kb.
#152220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar-fayllar.org


Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi




26-27-mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar 
psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Reja:
1. Zoopsixologiya fan sifatida tarkib topishi.
2. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‗rganishdagi yondashuvlari. Bixeviorizm,
etologiya.
3. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o‗rganilishi (V.A.Vanger,
N.N.Ladigina-Kots va boshqalar).
4. Tabiiy shart-sharoitlarni kuzatishda aniq ilmiy metodlarning turlicha ekanligi
5.Zoopsixologiyada psixikani paydo bo‗lishi. Filogenezning bosqichlarida xatta-
harakatlarning paydo bo‗lishi.
6. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‗rganish bosqichi. J.O.Lamettri, J.L. Byuffonning
qarashlari.
7. Evolyutsion bilimlar nuqtai nazarida instinktlarni o‗rganish. (J.B.Lamark,
K.F.Rule, Ch.Darvin).
8. Instinktlarga zamonaviy yondashuv. Instinktiv xatti-harakatlar.
9. Instinktiv xatti-harakatlarning ichki omillari.
10. Instinktiv xatti-harakatlarning tashqi omili. Instinktiv xatti-harakatlarning
psixik komponenti.
11. O‗rgatish. O‗rgatishning umumiy xarakteristikasi.
Tayanch iboralar: etologiya, zoobiologiya, zoologiya, videomateriallarni
solishtirish, matematik modellashtirish, tekshirish usullari, Bixeviorizmб
hayvonlarni fe‘l – atvori, afferent sintez, fikran qaror qabul, natijalar aktseptori,
efferent sintez, shartsiz reflekslar, instinkt, noassotsiativ o‗rganishlar, assotiativ
o‗rganishlar, kognitiv o‗rganishlar
Hayvonlar organizmi tashqi muhit bilan munosabatda bo‗lish orqali o‗zini
biologik
motivatsiyalarini
qondirishga
qaratilgan
xatti-harakatlarini
zoopsixologiya, ekologiya fani o‗rganadi. Fanning asosiy tekshirish usullari:
kuzatish, eksperiment, mini guruhlar, egizaklar, populyatsiyalarni o‗rganish.
Fanning priedmetini hayvonlarni fe‘l – atvori tashkil etadi.



Geraklit Efess, Demokrit, Lukretsiy Kar, Plutarx asrlar, miloddan burun


hayvonlarni joni odamni jonidan farq qilmaydi deb, Sukrot, Aflotun jon tanadan
ilgari paydo bo‗lgan deb hisoblashganlar Arastu jonni ikkiga bo‗lgan : aql joni va
sezgi joni . Aql joni miyada , sezgi joni tanada joylashgan. Hayvonni aqli uni
qo‗lga o‗rganish tezligidir. Foma Akvinskiy, Dekart hayvonlar bilan odam
o‗rtasidagi farq odamni harakati uni tuzilishi va fuktsiyasiga bog‘liq bo‗lib,
hayvonlarni harakati uni tuzilishi va funktsiyasiga bog‘liq bo‗lib, hayvonlarni
harakati esa avtomatlashgan ongsiz harakatdir deb hisoblashgan. Reomyuro (1732)
dastlabki etologik tekshiruvlarni hashoratlarda o‗tkazgan va yozib qoldirgan.
Kyuve (1842) hayvon xatti-harakatlari turga bog‘liq belgi deb hisoblagan. Ingliz
filosifi Mil etologiya so‗zini birnchi bo‗lib qo‗llagan bo‗lib, u ETOS (grekcha)
odat, xulq ma‘nosini bildiradi. 1850 yili Rule zoobiologiya, 1857 yili esa zoologiya
fanini maqsad va vazifalarini aniqlab ushbu so‗zni fanda ishlatadi. Darvin 1869
yili o‗zini yozgan mashhur ―Tabiiy tanlanish yo‗l bilan turlarni paydo bo‗lishi‖
degan kitobida instinkt terminini ishlatdi. 1866 yili esa Gekkel fanda ekologiya
so‗zini birinchi bo‗lib kiritgan. Zoopsixologiya (etologiya) fani ko‗p fanlarni
birganlikdagi harakati tufayli rivojlangan.
Zoolog-etologlar Xaynrot (1911), Uitmen (1918), Lorens (1957), Tinbergen
(1969), Tembrok (1975) hozirgi paytda hayvonlardagi fazo va vaqt o‗rtasida ro‗y
beradigan hayvonlarni xatti-harakatini, ularni sababiyligini uni hayvon va uni
kelajagi uchun qay darajada zarurligini o‗rganishni asosiy vazifalaridan biri deb
hisoblamoqda.
Fiziolog - etologlar Sechenov (1861), Pavlov (1903) Sherington (1902),
Lobashev, Ponugaeva, Sheglova, Slonim (1985-1980), Vlikjanin (1990) hayvonlar
xulq - atvorini fiziologiya nuqtai nazaridan o‗rganigan va bu sohada ilmiy ishlar
qilinmoqda Vlikjaninni laboratoriyasi (Rossiyya), Garkaviy laboratoriyasi
(Latviya), Rossiya chorvachilik institutida ( Safronov, Galpern va boshqa
Belorusiya veterinariya ilmiy-tekshirish instituda va boshqa joylar). Psixolog-
etologlar: Veber, Vagner, Uitmen, Fabri va boshqalar hayvonlar fe‘l-atvorini
psixologik usullar orqali tekshirishga harakat qilishgan.



Yangi tekshirish usullari: videomateriallarni solishtirish. Matematik


modellashtirish, radio va teleapparatlarni hayvonlarga o‗rnatib to‗xtovsiz asbob-
uskunalar yordamida yozib olish.



Yüklə 93,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə