Odam evolutsiyasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/5
tarix17.06.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#117686
  1   2   3   4   5
Odam evolutsiyasi

Odam evolutsiyasi


Reja:




  • Odam va hayvon gavda tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar

  • Odamdagi rudiment organlar va atavizm hodisasi.

  • Odam va hayvon embrioni rivojlanishidagi o‘xshashliklar.

  • Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi farql ar.

  • Odamning boshlang‘ich ajdodlari.

  • Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – neoantroplar.





Odam va hayvon gavda tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar
Odam yuqori ong, aql-idrok egasi bo‘lishiga qaramay uning gavda tuzilishi bilan umurtqali hayvonlar gavda tuzilishida bir qancha o‘xshashliklar bor. Odam skeleti sutemizuvchilar skeletiga juda o‘xshash. Ularning har ikkisida kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi, qo‘l-oyoq skeleti bor. Odam va yuksak sutemizuvc hi hayvonlar uch xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlar, quloq suprasi o‘rta quloqda uzangi, bolg‘acha, sandon deb ataluvchi suyakchalar borligi, tananing yung bilan qoplanganligi bilan ham o‘xshashdir.
Odamdagi rudiment organlar va atavizm hodisasi. Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ulardan biri ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi — appendiksning uzunligi 2—3 sm bo‘lib, uning yallig‘lanishi og‘ir kasallik appenditsitga sababchi bo‘lgani uchun jarrohlik yo‘li bilan kesib tashlaydilar. Dag‘al oziq bilan oziqlanuvchi barcha hayvonlarda ko‘richak, uning chuvalchangsimon o‘simtasi yaxshi rivojlangan. Me’dad agi hazm bo‘lmagan oziq chuvalchangsimon o‘simtada hazm bo‘ladi (77-rasm).
Umurtqali hayvonlarning ko‘pchiligida dum bo‘ladi. U tegishli vazifani bajaradi. Katta yoshdagi odam umurtqa pog‘onasining pastki qismida to‘liq rivojlanmagan 4—5 umurtqa bor. U dum suyagining qoldig‘i sanaladi. Dum suyagi bir juft

77-rasm. Odamdagi rudiment organlar. I – uchinchi qovoq: 1 – odamniki; 2 – qushniki; II – quloq suprasi: 1 – olti oylik embrionniki; 2 – katta odamniki; 3 – maymunniki. III – ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi: 1 – odamniki; 2 – tuyoqli hayvonniki.
nerv va qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullarga ega. Odam hayotida dum hech qanday vazifani bajarmay, rudiment holatda saqlanib qolmoqda. Sutemizuvchi hayvonlarda quloq suprasi tez harakat qiladi. Chunki uni harakatlantiruvchi maxsus muskullari bor. Odamda bu muskullar va quloq suprasi rudiment holatdadir. Odam gavdasida ba’zan atavizm hodisasi ham ro‘y beradi. Ayrim tug‘ilgan bolalarda dum yoki tanani mayin yung bilan qoplanishi, qo‘shimcha sut bezlari bo‘lishi bunga yaqqol misoldir (78-rasm).

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə