Odam evolutsiyasi


Odam va hayvon embrioni rivojlanishidagi o‘xshashliklar



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə2/5
tarix17.06.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#117686
1   2   3   4   5
Odam evolutsiyasi

Odam va hayvon embrioni rivojlanishidagi o‘xshashliklar. Odam va boshqa ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojla- nishini bitta urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan boshlaydi.
Odam embrional rivojlanishda ko‘p hujayrali hayvonlarda uchrovchi murtak varaqlari, ulardan organlarning hosil bo‘lishi o‘xshashdir. Bu jarayonda boshqa umurtqali hayvonlarning ko‘p belgilari qisqacha takrorlanadi.
Embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlarida jabra yoriqlari, dumning bo‘lishi yoki 5–6 oylik homila tanasining mayin yung bilan qoplanishi shular jumlasidandir.
Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar. Odamsimon maymunlar bilan odam skeleti va ichki organlar tuzilishida o‘xshashliklar nihoyatda

78-rasm. Odamdagi atavizm hodisasi.
1 – sherbashara odam; 2 – ko‘p emchakli bola; 3 – dumli bola.
ko‘p. Ularning har ikkisida 12–13 juft qovurg‘alar, 5–6 ta dumg‘aza umurtqasi bor. Qoziq, jag‘ tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi. Ular orqa oyoqlarida yuradilar. Odamdagi quloq, ko‘z, terining tuzi- lishi odamsimon maymunlarning ana shu organlari tuzil ishiga yaqin. Odam uchun xos to‘rtta qon guruhi gorilla, shimpanze, orangutanglarda ham uchraydi. Xromosomalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha o‘xshashlik ham aniqlandi. Xromosomalarni maxsus usul bilan bo‘yash orqali odam va shimpanze xromosomalarin ing nihoyatda nozik ko‘ndalang chiziqlari ham o‘xs hashligi ma’lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta xromosoma bor. May munlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.
Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va kasalliklar (gripp, chechak, vabo, qorin tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odamsimon maymunlarda tuyg‘uning ifodalanishi, chunonchi xursandlik, mehribonlik, xafa bo‘lish, g‘azablanish odamnikiga o‘xshash. Odamsimon maymunlarda muayyan qobiliyat ham ma’lum darajada rivojlangan.
Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi farql ar. Odam bosh miyasining hajmi 1400–1650 sm3 ga yaqin bo‘lib, odamsimon maymunlarniki 600 sm3 dir (79-rasm). Odam bosh miyasi katta yarim sharlari po‘stlog‘ining sathi o‘rtacha 1250 sm3 ga teng. Odamsimon maymunlarniki esa undan taxminan 3,5 marta kichikdir. Miya hajmi, yarim sharlar po‘stlog‘i, uning peshona, chakka bo‘limlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli umumlashtirib, predmetlardan ajralgan holda fikrlashga qodir

miya – odamniki shimpanzeniki orangutangniki
79-rasm. Odam va odamsimon maymunlarning miyasi.
7—Biologiya
emas. Odamsimon maymunlarning har bir turi ba’zi belgilari bilan odamga yaqinlashsa, boshqa belgilari bilan undan uzoq- lashadi. Masalan, gorilla tanasining umumiy mu tanosibligi, panja tuzilishi bilan, shimpanze kalla suyagining tuzilishi, qo‘loyoqlarining katta-kichikligi, orangutang 12 juft qovurg‘asi, gibbon ko‘krak qafasining yassiligi bilan odamga o‘xshab ketsa-da, boshqa belgilari bilan undan keskin farq qiladi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə