Odam evolutsiyasi


Odamning boshlang‘ich ajdodlari



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə3/5
tarix17.06.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#117686
1   2   3   4   5
Odam evolutsiyasi

Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Maymunlar ikki toifa: keng burunli va tor burunli maymunlarga bo‘linadilar. Olim- larning aniqlashicha ular 31–35 mln yil muqaddam yer yuzida paydo bo‘lganlar. 23 mln yil oldin esa tor burunli maymunlar it boshli, odamsimon maymunlar deb nomlanuvchi ikki tarmoqqa ajralgan. Yashash sharoitining o‘zgarishi, ya’ni o‘rmonlarning kamayishi sababli tor burunli maymunlar irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ikki tarmoqqa martishkasimonlar va odamga o‘xshash yuksak maymun ajdodlariga ajralganlar. Eng qadimgi odamga o‘xshash maymunlar – pliopitek, driopiteklar Osiyoda 12 mln yil ilgari yashaganlar. Keyingi paleontologik qazilmalarning ko‘rsatishicha odamlar bilan odamsimon maymunlarning ajralishi bundan taxminan 8–4,5 mln yil davomida ro‘y bergan. Bir tarmoq vakillari, ya’ni driopiteklar ko‘proq daraxtlarda hayot kechirishga moslashgan. Ularning kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze, oran- gutanglar kelib chiqqan. Ikkinchi tarmoqdan tik yuruvchi maymunlar kelib chiqqan. O‘sha davrlarda ochiq yerlarda yirik yirtqich hayvonlar – arslon, qoplon, darranda tishli yo‘lbars ko‘p bo‘lgan. Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zi xillari ikki oyoqlab yura boshlaganlar.
Odamsimon maymunlarning odamga aylanishi jarayonining boshlanishini isbotlovchi dalil tik yuruvchi maymunlar avstralopiteklardir. Afrika o‘rmonlarining shimolga surilishi va cho‘l savannalarining paydo bo‘lishi bilan odamsimon maymunlar- ning ba’zi xillari o‘rmondan ochiq yerlarda yashashga o‘tganlar. Oqibatda janubiy «maymunlar» avstralopiteklar paydo bo‘lgan (lotincha avstralis – janubiy, pitiekos – maymun). Avstra- lopiteklarning shakllanishi 8–5 million yil ilgari ro‘y bergan. 3–2,5 mln yil ilgari avstralopiteklar bir necha tarmoqqa ajralgan. Afar avstralopitekdan afrika avstralopitek va bahaybat avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Keyinchalik bahaybat avstralo- piteklar qirilib ketgan.
Avstralopiteklar o‘rmon – dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg, kalla suyagining hajmi 500–600 sm3 bo‘lgan. Avstralopiteklar tos suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Ular tayyor tosh, yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni o‘ldirganlar, o‘simliklarni tuproq ostidagi piyozlari, tugunaklari, ildizlarini kovlaganlar (80-rasm).
Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam homo habilisni hosil qilgan. 1960–1970-yillarda Sharqiy Afrikaning 3–2 mln yoshdagi yer qatlamlarida homo habilis skeletlari, kalla, jag‘ suyaklari bilan toshdan yasalgan qurollar topilgan. Shu sababli ular «Uquvli odam» deb atalgan. Uning bosh miyasining hajmi 650–680 sm3 bo‘lgan. U avstralopitek miyasidan 150 sm3 ortiq. Bo‘yi ularga qaraganda birmuncha baland 135–150 sm dir. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasaganlar (81-rasm).
Odamning tarixiy taraqqiyoti asosan uch bosqichdan: eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar va hozirgi zamon qiyo fasidagi odamlardan iborat.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə