Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan



Yüklə 9,29 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü9,29 Kb.
#163311
anatomiya mustaqil ish

Mavzu: Odam evalyutsiyasi ,dastlabki odamlar. Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln yil
mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli ikki tarmoqqa – hozirgi odamsimon maymunlar va odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan.
Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht,ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg,kalla suyagining hajmi 500–600 sm 3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi.
Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan 5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650–680 sm 3 bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh,yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu sababli ular «uquvli odam» deb atalgan.Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam – homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua
Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan.
Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm 3 bo‘lgan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan.
Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm 3 , bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan.Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar,hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar
231sanaladi. Arxantroplar o‘lgandan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini har xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar.Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi yaqinida, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal
odam deb nom berilgan. Neandertallar 250–40 ming yil avval yashaganlar.
Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155–165 sm,miyasining hajmi 1400 sm 3 bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni ko‘mganlar.
Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo bo‘lgan.
Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm 3 , iyagi bo‘rtib chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan, tanasining tuzilishi bo‘yicha kromanyonlar hozirgi odamlardan farq qilmaganlar. Kromanyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar,uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan
shug‘ullana boshlaganlar.


Yüklə 9,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə