Fakulteti "falsafa" fanidan mustaqil ish mavzu: islomning vujudga kelishi va tarqalishi



Yüklə 156,6 Kb.
səhifə1/11
tarix23.12.2023
ölçüsü156,6 Kb.
#157030
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA MUSTAQIL ISH





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT”
FAKULTETI “FALSAFA” FANIDAN
MUSTAQIL ISH


MAVZU: ISLOMNING VUJUDGA KELISHI VA TARQALISHI.
BAJARDI: 2- KURS TALABASI
ORZIQULOV FARRUX
TEKSHIRDI: _____________
TOSHKENT-2023
Reja:

  1. Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit, Islom dinining vujudga kelishi

  2. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.

  3. Hadislar – Qur’ondan keyingi mo‘tabar manba.

  4. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari, Islom ta’limoti

  5. Tasavvuf (sufizm ta’limoti) va tariqatlari

Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadilar 1.


Islom shakllanishidagi tarixiy sharoit. Johiliya davridagi ko‘pxudolik.
Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudoAllohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu so‘z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.
Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez tez bo‘lib turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’baga sanamlar to‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (ko‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini etakchi bo‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yo‘q bo‘lib ketdi, ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab kelmoqda. 7 asr boshigacha ko‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda ko‘pxudochilik saqlangan bo‘lsa. O‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bo‘ladigan katta bozorlarga savdosotiq uchun na faqat ko‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka o‘tishga ma’lum ma’noda tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida o‘rin olishi uchun hayotini shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi.

Yüklə 156,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə