Fakulteti "falsafa" fanidan mustaqil ish mavzu: islomning vujudga kelishi va tarqalishi


Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi



Yüklə 156,6 Kb.
səhifə5/11
tarix23.12.2023
ölçüsü156,6 Kb.
#157030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA MUSTAQIL ISH

Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
Islom tarixiga ko‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad payg‘ambarga parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning birinchi bayoni «Laylatur qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Islom dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi bo‘lgan ana shu tun diniy an’ana bo‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanib, Qur’onni vahy qilinishning boshlanishi to‘g‘risida 97-«Qadr» surasida ifodalangan. «Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir?!» (97,1-3).
Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda yolg‘iz qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga birinchi bor Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga etkazar edilar. Ular ham o‘z navbatida shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda mutlaqo ko‘pchilik, shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham o‘qish, yozishni bilmaganliklari uchun yodlab olish u davrning birdan bir usuli bo‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22 yil, hijriy esa 23 yil davom etgan. Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron hukmning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. O‘sha paytda oz sonli kishilargina o‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar yozish imkoni bo‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib borganlar.
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan so‘ng Qur’oni karim suralarini to‘plash va mushaf qilish xalifalar Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob, Usmon, ibn Affon davrlarida amaga oshirilgan. Dastlabki jamlangan Qur’onni (Suhufni) xalifa Usmon (r.a.) barcha mushaflarni to‘plab, taqqoslab chiqish va ularga bo‘lajak Qur’onning yagona nusxasini tayyorlashga amir bergan va bu ishga bosh bo‘lgan.
Usmon (r.a.) amrini bajarish uchun to‘rt kishilik guruh belgilangan. Unga Zayd rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan sahobalardan az-Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona nushani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nushalarning barchasi yo‘qotilgan. Yangiddan ko‘chirilgan yagona nusha tarixda «Mushafi Usmoniy» deb nom olgan.
Mushaf qo‘lyozmasi tayyor bo‘lgandan keyin (651 yil) tez orada Usmon (r.a.) buyrug‘i bilan undan yana 3 ta (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ettita nusxa) qo‘lyozma kufiy alifbosida ko‘chirilgan va o‘qishda hamda ibodatda barcha erlarda Qur’onning yagona matnidan foydalanishni amalga kiritish maqsadida, bu nusxalar Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bo‘lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olingan. Ikkinchi nusxa Ka’bada, uchunchi nusxa Qoxiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. To‘rtinchisi Toshkentda O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan.
Yendi Qur’onning ichki tuzilishi masalasiga e’tibor qilamiz. Qur’onda 114 ta sura, 6226 ta oyat borligi e’tirof etilgan. Ammo Qur’on matnlarini taqsimlanishiga asosan oyatlar soni 6204, 6232, hatto 6666 gacha belgilangan va uni kitob shakliga keltirishda muayyan usul qo‘llangan.
Suralar Qur’onda o‘z mazmuniy izchilligiga yoki o‘qilgan vaqtiga qarab joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmiga ega bo‘lgan 2-«Baqara» surasida 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Uzun suralar kitobining boshidan, qisqa suralar uning oxiridan o‘rin olishi, tadqiqotlarda aniqlanishicha, qadimiy arablarning va umuman old Osiyodagi somiy xalqlarning an’anasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xilma-xil yozuvlar, rivoyatlar yoki adabiy asarlar to‘planib kitob qilganda, katta hajmdagi asarlar birinchi o‘rinda, kichiklari keyin joylashtirilar ekan. Zayd Ibn Sobit ham Suhufni to‘plab dasxat qilishda ana shu an’anaga amal qilgan bo‘lishi mumkin.
Qur’oni Karim tuzilishi haqidagi gapni davom ettirsak, undagi har bir sura, oyatlar yig‘indisidan iborat. «Oyat» so‘zi faqat Qur’onning o‘ziga xos iborasi bo‘lib, «mo‘jiza», «hikmat», «ilohiy», «alomat, belgi», ma’nolarini anglatadi.
Oyatlarning hajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2,255-Oyat-al-Kursiy) iborat bo‘lgan holda, ayrim oyatlar faqat ikki so‘zdan (gapning bir qismidan)gina iborat. Masalan:

  1. Osmon yorilganida,

  2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida,

  3. dengizlar qo‘shilib to‘siqlar ochilganida,

  4. qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bo‘lganida),

  5. (har bir) jon o‘zi (dunyoda) qilib o‘tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarni) bilur! (82:1-5).

Qur’on-muqaddas kitob, uning mazmunini Alloh so‘zlaridan iborat deb hisoblash ham Qur’onning o‘zidagi ko‘rsatmalariga asoslangan: «U (Alloh) bundan ilgari yuborilgan (kitoblar)ning to‘g‘riligini tasdiqlab, senga haqiqat kitobini yubordi», «Biz Nuhga, Yaqubga va uning avlodlariga, Isoga, Ayyubga, Yunusga, Xorunga, Sulaymonga qanday vahy qilgan bo‘lsak hamda Dovudga Zoburni qanday yuborgan bo‘lsak, senga ham o‘shanday vahy yubordik», «Sening Qur’onni odamlarga parcha-parcha qilib o‘qib berishing uchun biz uni bo‘laklarga bo‘lib senga yubordik».
Biz keltirgan va bundan boshqa ko‘p oyatlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Qur’on o‘zidan ilgarigi diniy yozuvlarni inkor etmaydi, balki ularni tasdiqlash va o‘sha yozuvlardagi diniy yo‘llanmalarni oxiriga etkazish uchun yuborilgan muqaddas kitob deyiladi. Islom ham o‘zidan ilgarigi diniy e’tiqodlarning vorisi, Muhammad (s.a.v.) esa o‘zlaridan ilgari o‘tgan barcha payg‘ambarlarning ishini yakunlovchi va oxirigi etgazuvchi rasul-yelchi deb taniladilar.
Qur’oni karim islomda muqaddas kitob, barcha bilimlar manbai, qonunlar to‘plami, mazmuni osmondan Xudo vahy qilgan deb e’tiqod qilinadi. Qur’ondagi har bir suraning nomi bor, bu nom sura boshlanishida sarlavha qilib berilgan.
Olimlarning fikricha, suralarning nomlari dastlabki vaqtda bir necha so‘zdan tuzilgan jumlalardan iborat bo‘lgan, keyinchalik qisqara borib, o‘sha jumladan bironta so‘z saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. shuning uchun 2sura Baqara (Sigir), 16-sura Nahl (Asalarilar), 27-sura Naml (Chumolilar) deb nomlangan bo‘lsa, bunga hech ham ajablanish kerak emas. O‘sha suralarda tegishli rivoyatlar keltirilgan. Dastlabki shaklida «Ana shunday rivoyatlar haqida sura» tipidagi uzunroq nom bo‘lgan va keyinchalik qisqargan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarli xoldir.
Qur’ondagi 29 ta suraning boshlanishida bir yoki bir necha alohida harflar bor. Ilohiyot kitoblarida va tafsirlarida bu harflar «al-huruf almuqatta» (alohida, bir-biridan uzuq harflar) deb ataladi. Masalan, 3, 29, 30,
31, 32-suralarning boshlanishida-«alif», «lom», «mim», 10, 11, 12, 13, 14,
15-suralar boshida «alif», «lom», «ro», 19-surada-«Kaf», «Ho» (hoy havvaz), «Yo», «Ayn», «Sod» va hokazo. Diniy adabiyotda asosan «bu harflarning mazmuni sir, uni faqat Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) o‘zlari bilganlar», ularga «Qur’onning siri» degan fikr aytilgan. Faqat yirik mufassirlarning bu harflardan ba’zilarini Allohning sifatlari deb ta’riflagan hollari uchraydi.
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha
«pora») larga bo‘lingan. Shuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan iborat bo‘lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda, oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi.
Qur’on yirik tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida axloq, insof, vijdon, halollik kabi sohalaridagi umumbashariy ahamiyatga molik yo‘l-yo‘riqlar, qoidalari hozirda ham g‘oyat zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

Yüklə 156,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə