Rivoyat va uning turlari



Yüklə 28,52 Kb.
tarix29.09.2023
ölçüsü28,52 Kb.
#125056
Rivoyat va uning turlari


Rivoyat va uning turlari
Reja;
1.Rivoyat haqida
2.O’zbek xalq rivoyatlarining janr xususiyatlari
3.ijodga sabab bo;lgan rivoyat


Rivoyat, ya’ni og’izdan — og’izga ko’chib avlodlardan-avlodlarga yetib kelgan xalq hikoyalari asosida — real shaxslar va tarixiy o’tmish voqealari to’g’risidagi xotiralar yotadi. Rivoyat har doim shohidning hikoyasi shakliga ega bo’ladi va birinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Rivoyatlarning syujetlari shaharlarga asos solinishi, monastirlar va alohida ibodatxonalar qurilishi, go’yo qazib oluvchisini kutib yotgan ko’milgan xazinalar haqida hikoya qiladi. Afsonadan farqli ravishda rivoyatda har doim hikoya qilib berilayotgan voqea qayerda va qachon bo’lib o’tgani aniq bildiriladi. Rivoyatlarda ertaklar va afsonalarga juda xos bo’lgan mo”jizaviy evrilishlar, sehrli buyumlar, qahramonlarning g’aroyibona ko’chib yurishlari deyarli uchramasligi ham tushunarli. Ularda hammasi aniq, aytish mumkinki, yaqqol namoyon bo’ladi. Qahramonlar — odatdagi, faqat katta kuchga ega bo’lgan va alohida mahorati bilan ajralib turadigan kishilar. Rivoyat rus yozuvchilari: Pushkin, Leskov, Bajovlarning e’tiborini azaldan jalb etib kelgan. Rivoyatlarda katta qiziqish uyg’otadigan ko’plab ma’lumotlar saqlanadi: yirik shaharlarga asos solingan vaziyat va tarixiy shaxslarning ularda bo’lishi kuzatiladi. Xalq yodi o’tmishning barhayot nafasini rivoyat shaklida bizga etkazgan. O’tmish haqida hikoya hilayotgan roviy uni albatta bugungi kun bilan chog’ishtirgan, shu asnoda muayyan xalqning tarixi yaratilgan. Mana shuning uchun ham rivoyat unchalik ko’p bo’lmagan “jonli” folklor janrlaridan biri bo’lib mavjud bo’lishini davom ettirmoqda. Urushlar va inqiloblarning murakkab davrida o’zidan iz qoldirgan shaxslar XX asr rivoyatlarining qahramonlariga aylandilar.
Rivoyat (arab. hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdanogʻizga oʻtish jarayonida erkin talkin qilinadi. R. asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy P. hamda toponim R.larga boʻlinadi. Tarixiy R. da biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday R.lar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va boshqa hayoti bilan bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim R.larda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida.odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izoxlanadi (Mas, "Toʻrabek xonim maqbarasi", "Anda jon qildi", "Odinajonim", "Qoʻngʻirot" va boshqalar). R.lar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiynij "Badoyeʼ ulvaqoyeʼ", Xondamirning "Makorim ulaxloq" va boshqa asarlarda R.larning qad. namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp R.lar yozib olingan va ular xalqtarixi hamda madaniyestetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir.
O’zbek folklorshunosligida rivoyat janri tabiati va uning ayrim mavzu jihatidan ilmiy jihatdan birmuncha chuqur tadqiq qilinadi. Jumladan, Komiljon Imomov o’zbek xalq rivoyatlarining janr belgilarini tadqiq qilar ekan, shu silsilasidan rivoyatlarning janr xususiyatlari, badiiyati va syujet tiplari xususida ham o’z mulohazalarini bayon etib o’tgan. Shuningdek, rivoyatlarning obrazlar tarkibi hamda rivoyatlarning tarix va din bilan munosabati, rivoyatlarning o’ziga xos epik belgilari, mifologiyaga munosabati va mavzu yo’nalishlari, tabiati va genezisi, tavsifi kabi masalalarga oid V.Ya. Propp, V.N. Putilov, V.K. Smirnova, E.V. Pomeranseva, V.P. Anikin, V.K. Sokolova, B. Sarimsoqov, O.Safarov, S. Umarov, M. Jo’rayev kabi olimlarning tadqiqotlarida muhim fikrlar ilgari surilgan. Bizning tadqiqotimizda ana shu folklorshunos olimlarning qarashlaridan kelib chiqib, mazkur tadqiqotda rivoyatlarning badiiy kompozitsiyasi, o’ziga xos xususiyatlari, ularda xayoliy uydurmaning tutgan o’rni va ko’lami, tabiati, badiiy-estetik vazifasi, yetakchi motivlarning mavzu tiplari va genezisi, obrazlar tizimi va tarkibini maxsus tadqiq qilamiz. Mazkur tadqiqotda rivoyatlarning badiiy kompozitsion xususiyatlarini, ularda voqelikning badiiy talqini qilinishiga xos jihatlarni, yetakchi motivlarning mavzu tiplari va genezisini, obrazlar tizimi va tarkibi kabi masalalarni maxsus tadqiq etish zarur ilmiy muammolardan biri ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Rivoyatlarning og’zaki nasr namunalari sifatida badiiy tafakkur taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Rivoyatlarning kelib chiqishiga afsonalardagi kabi mifologik tasavvur-tushunchalar yetarli ta’sir ko’rsatgan. O’zbek xalq rivoyatlarida qadimgi ajdodlarimizning badiiy mahorati, dunyoqarashi u yoki bu muayyan darajada namoyon bo’ladi. Rivoyatlar o’ziga xos janriy xususiyatlari, mavzusi, an’anaviy epik motivlari, obrazlar tarkibi, ifoda ulsubi bilan alohida e’tiborni tortadi. 46 « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 7-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi O’zbek xalq rivoyatlari o’ziga xos obrazlilik va badiiylikka ega bo’lib, bu holatni yuzaga chiqaruvchi muayyan poetik ifoda vositalari, belgilari, kompozitsion unsurlari mavjud. Rivoyat – muayyan fakt bilan bog’liq, tarixan ishonchli voqealarni bayon etuvchi alohida janr. Uning epik voqealari mukammal va tugallangan, ammo o’zgarmas qat’iy kompozitsitya, stilistik formulalarga ega bo’lgan hodisa bo’lib, real voqea va hodisalarning kelib chiqish sababi haqida hikoya qiladi. Tarixiylik xossalari rivoyatning janriy belgilarini aniqlash imkonini beradi. Bu xossalar, jumladan, rivoyat janrida tasvirlangan haqiqat, uning ifodalanishi va baholanishi, voqelikka munosabat va yondashish prinsipi kabi har bir turning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Roviy – rivoyat so’zidan olingan bo’lib, shaxsan eshitgan voqealarni takror aytuvchi ma’nosini anglatadi. Ayrim faktlar roviylarning qadimda mavjud bo’lganligidan xabar beradi. Abu Rayhon Beruniy musulmon olamida professional roviylar bo’lganligi haqida shunday deb yozadi: “ Ash Sha’biy musulmon roviylar naql qiluvchi roviylar”. Roviylar asosan tarixiy rivoyatlarni xafizasida saqlab, aytib yurgan kishilardan. Qadimda roviylar bo’lgan, keyinchalik yo’q bo’lib ketgan. Rivoyatni xohlagan vaqtda xohlar kishi aytishi mumkin. Rivoyatda professional ertakchi yoki dostonchi bo’lishi shart emas, balki eshitgan, bilgan shaxs, xohlagan vaqt va formada hiloya qiladi. Dastlab roviylar ko’proq tarixiy emas, tarixiy voqealar bilan bog’liq rivoyatlarni hikoya qilgan. Ularning repertuarini ko’proq rivoyat, afsona, tarixiy voqealar bilan bog’liq hikoyalar tashkil etgan. Rivoyat tarixiy voqealarni aniqlashda qo’shimcha manba vazifasini o’taydi. Bu xususiyat rivoyat janrini afsonaga tenglashtiradi. Biroq u har ikkisining mustaqil janrlar ekanini inkor etmaydi. Janrning farqli jihati xayoliy emas, hayotiy uydurmalarga asoslanishidadir. Har ikkisi ham ma’rifiy ahamiyatga ega. Odatda tarixiy haqiqat asosida qurilgan rivoyatlarda ijtimoiy hayot, mashhur shaxslar faoliyati, aql, idroki, taniqli sarkardalarning odil harakati, ulug’ tabiblar, ajoyib muolaja, tarixiy janr va hodisalar, allomalarning odob-axloqi, shahar, qo’rg’onlarning nomlanishi, buzilish sabablarini hikoya qiladi. Joy, makon nomlarining paydo bo’lishida sababiyat bilan bog’liq muayyan voqealar mazkur 47 « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 7-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi janr asosini tashkil etgan. Rivoyat real narsani bilvosita aks ettiradi. Fakt va tarixiy haqiqat omil hodisa mazmunini ifoda etadi. Bu narsa mazkur janrning nafaqat ma’nosi, balki shakliy tuzilishi, qurilmasining ham yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Janr epik voqealarga hayotda yuz bergan haqiqat deb munosabatda bo’ladi, u tinglovchida ishonch uyg’otadi, hikoya qilingan xodisalarning haqiqiyligiga ishonadi. Taniqli o’zbek folklorshunos olimi B. Sarimsoqov rivoyatlarni mazmuniga ko’ra tasnif qilar ekan, uni asosan uch guruhga bo’ladi: a) toponimik, gidronimik rivoyatlar; b) etionimik rivoyatlar; d) tarixiy rivoyatlat. Rivoyat olim tomonidan to’g’ri tasnif etilgan. Cho’li Malik degan joy bor. Nega shunday deyiladi? Bilmasangiz, mana eshiting. Qadim zamonlarda shahri a’zim Buxoroning xoni vaqti-vaqti bilan qishloqlarimda nima gap ekan, bir bilay, deb o’ziga qarashli qishloqlarni kezar ekan. U qishloqdan bu qishloqqa o’tib, yomonlarning jazosini berar ekan, yaxshilarni esa mukofotlarkan. Kunlardan bir kuni bir qancha qishloqlarni, bekliklarni aylanib juda charchabdi. Bir joyga kelganda, shu joyga chodir tikinglar, dam olamiz, charchadim, debdi. Chodirlar tikilibdi. Amirga xos chodirga xonning o’zi qo’nibdi. Amaldor-u ulamolarga ham chodirlar tikilib, hamma joylashib, dam ola boshlabdi. Xonning bir shotiri, ya’ni jilovdori bor ekan. Uning oti Malik ekan. U xon uxlaganda yonida, yurganda otning jilovida bo’larkan. Xon yangi tikilgan chodirda dam olib o’tirib, uyquga ketibdi. Malik bo’lsa yonida chivin qo’rib o’tiribdi. Bir payt Malik xonning chivinini qo’rib o’tirsa, bir chivin uning burnidan chiqibdi-da, asal to’la kosa ketidan aylanib-aylanib bir teshikka kirib ketibdi. Malikvoy qiziqsinab, “Yana nima bo’lakin?” deb diqqat bilan qarab turaveribdi. Bir pastdan keyin boyagi chivin yana xonning burnidan chiqib, asal to’la kosa qirg’og’ida yurib-yurib, haligi teshikning og’ziga borib, unga kirib ketibdi. Malikvoy bu voqeani ko’rib yana hayron bo’libdi. Birozdan so’ng chivin haligi qilig’ini yana takrorlabdi, ya’ni amirning burnidan chiqib, asal to’la kosaning qirg’og’idan yurib-yurib, teshikka kirib chiqibdi-da, yana o’sha asal to’la kosa ustidan yurib xonning burniga kirib ketibdi. Malikvoy “Bu nima sir bo’ldi?” – deb beshbattar hayron bo’libdi. Chivinni o’ldiray desa, hadeb xonning burnidan chiqib teshikka 48 « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 7-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi kirib, teshikdan chiqib burniga kiraveribdi. Malikvoy nima qilishini bilmay, boshi qotib turgan ekan, xon uyg’onib qolibdi... Ovqat ustida xon tush ko’rganini aytibdi. - Tushimda, - debdi xon, - saltanatimni tashlab, uzoq cho’lga chiqib ketibman. Cho’lda yura-yura bir daryoyi a’zimga yetibman. Daryoga uzundan uzun ko’prik solingan emish. Shu ko’prikdan o’tibmanda, bir g’orga kiribman. G’orning ichida ikki xum tilla bor emish. Tillolarni olay desam, atrofimni ilon-u chayonlar o’rab olganmish, tillolarni olishga qo’ymasmish. Shunday qilib tillolarni olmay g’ordan chiqdimda, cho’lda yura-yura shaharga yetib keldim. Xon so’zini tugatgach, o’tirganlardan “Tushimning ta’birini qanday tushuntirasiz?” deb so’rabdi. Xon odamlaridan birovi bunday debdi, boshqasi unday debdi-yu, anig’ini aytolmabdi. Malikvoy chivin bilan bo’lgan voqeani eslab: “Bunda bir sir bor” – debdi-yu, yana hech nima demabdi. O’zini kasalga solibdi. Xon: - Bo’masa sen shu chodirda qol-da, tuzalgach, bizga yetib olarsan, - debdi. Hamma kelgan tomoniga jo’nab ketibdi. Malikvoy darrov qo’liga ketmon olib, chivin kirib-chiqqan teshikni kovlay boshlabdi. Haqiqatdan ham teshikning tagida ikki xum tilla bor ekan. Ilon, chayonlarni haydab yuborib tillolarni olibdi. Hamma yoqqa jar soldirib, eng yaxshi ustalarni oldirib kelib, shu yerda shahar qurdiribdi. Suvlar chiqarib, cho’lni bo’ston qilibdi. Shu-shu cho’lni “Cho’li Malik” deb ataydigan bo’lishibdi. Shu cho’l hozir ham bor. Bu rivoyat Cho’li Malik geografik nomini sharhlash maqsadida yaratilgan rivoyatdir. Demak, toponimik rivoyatlar ishonchli voqealar asosida qurulgan bo’lib, joy nomining paydo bo’lish tarixidan xabar berish vazifasini ado etadi. Andijon va O’sh shaharlari haqidagi rivoyatlarni ham toponimik rivoyatlar sirasiga kiritish mumkin. Adabiyotlar: 1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar, 2 jild, 1968. 2. Asotirlar va rivoyatlar. T., 1990. 3. Bobolardan qolgan naqllar. T., 1998. 4. Farobiy haqida rivoyatlar. “Darakchi” , 2015, 2-iyul. 5. Xasanov X. O’rta Osiyo joylari tarixidan. T.,1965.
O.Sharafiddinovning ma'lumotiga ko`ra, “Dahshat”(A.Qahhor) hikoyasining yozilishiga xalq o`rtasida ancha kеng tarqalgan bir rivoyat turtki bo`lgan” ekan. Rivoyatda kеlishicha, bir yigit “o`zining dovyurakligini isbot qilish uchun kеchasi go`ristonga borib, tobutga pichoq sanchib kеlmoqchi bo`ladi. Biroq u o`rnidan turib qaytayotganda arvoh uning etagidan tortqilab, kеtishiga yo`l qo`ymaydi. Yigit qo`rqib kеtib, jon taslim qiladi”1. Shu rivoyat bilan «Dahshat» qiyoslab ko`rilsa, ijodiy tasavvurning nеchog`li muhimligi yaqqol ko`riladi. Zеro, rivoyat A.Qahhorga o`zini o`rtagan dardlarni ifodalash uchun oddiygina qolip, «sxеma» bo`lib xizmat qildi, xolos; hikoyadagi tasvirlangan hayotiy holatlar, Unsin, Nodirmohbеgim singari bеtakror obrazlar esa san'atkorning tasavvur qudrati bilan dunyoga kеldi.


1 Шарафиддинов О. Абдулла Қаҳҳор.-Т.,1988.- 235-бет

Yüklə 28,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə