Kesm va uning ifodalanishi



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#162208
  1   2
Azimova Muyassar (2)


Azimova Muyassar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Abdirimova Intizor Kamilovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d (PhD)
e-mail: intizorabdirimova@gmail.com
tел: +998907386573


KESM VA UNING IFODALANISHI
Annotatsiya. Ushbu maqolada “ Kesim va uning ifodalanishi” mavzusi haqida fikr yuritilib, ba’zi mulohazalar tahlil qilingan.
Kalitlar sozlar:Kesim, ega, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh,
Kesim bosh bo’laklarning ikkinchisi bo’lib, egadan anglashilgan predmetning belgisini ifoda qiluvchi bo’lakdir.
Kesim belgi anglatish jihatidan aniqlovchiga o’xshaydi. Lekin aniqlovchi belgini predmet bilan bo`lanib, atributiv yul bilan ifoda qilsa, kesim belgini egadan anglashilgan predmetda mavjud yoki emasligi nuqtai nazardan ifoda etadi.
Kesim gap tuzishda asosiy bo’lak hisoblanadi. Gapning asosiy belgisi bo’lmish predikativlik, asosan, kesim orqali ifodalanadi: Saida o’zida yuq xursand edi (A.Qaxxor).
Kesim predmetning aktiv (ishqharakat) yoki (sifat, holat) belgisini ifodalaydi: Kishilar ishchi qizlarni maqtashdi (Oybek). Istiqbolimiz naqadar porloq va quvonchli! («Xalq so’zi»). Birinchi gapda kesim aktiv belgini, ikkinchisida passiv belgini ifodalangan.
Kesim nima qildi? Nima qilmoqda? qanday? qancha? Kimdir? Nimadir? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Kesim uchun tipik so’z turkumi fe`ldir. Tuslangan fe`llar gapda doimo kesim vazifasida keladi. Boshqa so’z turkumlari ham gapda kesim vazifasida kelishi mumkin. Lekin bu vaqtda bog’lama, predikativlik affikslari, tartib va intonaciya kabilarning roli katta bo’ladi.
Kesim va uning ifodalanishi. Kesimlar ifodanishiga ko’ra: fe`l kesim va ot bo’linadi.
Fe`l kesim. Fe`llarning tuslangan shakllari hamda ravishdosh shakllari bilan ifodalangan kesimlar fe`l kesim deyiladi.
Fe`lning barcha mayllari, sifatdosh shakllari tuslanib, fe`l kesim bo’lib keladi: Chindan ham poyonsiz cho’lda hayot tantana qilardi («O’zbekiston ovozi»). Tepada azim qayrag’och savlat to’kib turardi. (Oybek).
Ot kesim. Fe`ldan boshqa so’z turkumlari hamda fe`lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesimlar ot kesim deyiladi. Ot kesimlar quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Bizning xotinlarga xayo fazilat, vafo xunaridir, mehnat-odati (G’.G’ulom).
Sifat bilan: Po’lat yagrinlarini ko’targan erlar ko’m-ko’k (X.Olimjon).
Son bilan: Berishda sanog’i-to’qqiz, olishda sanog’i o’ttiz (Maqol).
Olmosh bilan: Biz tinchlikni istaymiz: yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu («Xalq so’zi»).
Ravish bilan: Ish ko’p, kun qikqa… (A.Qahhor).
Harakat nomi bilan: Yashamoq -- kurashmaoq. Kurashmoq -- o’rnak bo’lib yashamoq (I.Raxim).
Undov bilan: Orqada qolganlarning hayotiga voy! (Uyg’un).
Taqlidiy so’z bilan: Mana xat bilan ishlar gumdir (X.X.Niyoziy).
Modal so’z bilan: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi? (Oybek). Cho’lni obod qilish uchun ko’p kuch kerak («Sharq yulduzi»).
Kesimning ma`no turlari. Kesimni ma`nosiga ko’ra tubandagi guruxlarga ajratish mumkin:

        1. harakat-holat bildiruvchi kesimlar: G’ulomjon qishloqda bo’lgan voqealarni oqizmay-tomizmay so’lab berdi (M.Ismoiliy). Ko’kni qoplab olgan sanoqsiz yulduz yiltirab turibdi (I.Raxim).

        2. belgi bildiruvchi kesimlar kesimlar: Sensan har narsadan mo’`tabar, aziz (Uyg’un).

        3. Miqdor bildiruvchi kesimlar: Mening bolam bitta, uniki ikkita (S.Zunnunova).

        4. Shaxs bildiruvchi kesimlar: G’afur G’ulom xalq shoiri («Sharq yulduzi»).. menikidir maktab, ijod, fan (X.Po’lat).

        5. Predmet bildiruvchi kesimlar: Bu xovlining teng yarmi mevazor (P.Tursun).

        6. O’rin-joy bildiruvchi kesimlar: Respublikaning eng obod joyi – Mirzacho’l (X.Nazir.

Kesimning tuzilish turlari. Kesim tuzilishi jihatidan sodda, sostavli va murakkab bo’ladi.
Sodda kesim. Sintaktik shakldagi so’z bilan ifodalanib, eganing belgisining anglatadigan kesim sodda kesim deyiladi. U ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda ot kesim va sodda fe`l kesim.
Sodda ot kesim predmetning doimiy belgisini hozirgi zamon nuqtai nazaridan ko’rsatish uchun xizmat qiladi va u quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:

  • Ot bilan: Xakimzodani faqat ulug’ shoirgina deyish kifoya emas! U – bastakor, u – dramaturg, u – muallim, u – murabbiy, u – rejisser, u – publicist, u – redaktor, u – jamoat arbobi, u – notiq, u – jangchi, u – masalnavis, u – teatrshunos (M.Shayxzoda).

  • Sifat bilan: Shirkatning bag’ri keng, mehnati serbaraka (Oybek).

  • Son bilan: Haydar cho’kki bobongiz ham saksonda (G’.G’ulom).

  • Olmosh bilan: Yaxshi niyatli kishilarning ahdi – shu («O’zbekiston ovozi»). O’zim har joydaman, ko’nglim sendadir (Muqimiy).

  • Ravish bilan: Quloqlaringga tugib olinglarki, dalada ish ko’p, vaqt oz (Oybek).

  • Harakat nomi bilan: Hammadan og’ir narsa sog’inish (Oybek).

  • Bor, yuq so’zlari kesim vazifasida keladi: Qurilish uchun etarli yog’och bor (Oybek). Hozir raisimiz yuq, tuyga taklif qilingan («Sharq yulduzi»).

Sostavli kesim. Analitik shakldagi qurilmalar bilan ifodalangan kesimlar sostavli kesim deyiladi. Buning tarkibi etakchi va ko’makchi elementlardan iboratbo’ladi: Tog’ oralig’i asta-sekin torayib boraverdi (S.Nazar). Yo’lchi o’z do’sti Qoratoy bilan hangomalashib o’tirar edi (Oybek). Men o’qituvchi bo’laman (P.Tursun).
Sosotavli kesimli ifodalanishiga ko’ra: sostavli fe`l kesim va sostavli ot kesimlarga bo’linadi
Sostavli fe`l kesimlar ikki yoki undan ortiq negizdan tashkil topgan fe`llar bilan ifodalanadi. Bunda fe`llarning biri o’zining leksik ma`nosini saqlab, etakchi fe`l hisoblanadi. Qolganlari etakchi fe`ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan turli qo’shimcha ma`nolarni ifoda etib, ko’makchi fe`l hisoblanadi.
Sostavli fe`l kesimlarning etakchi qismi ko’pincha ko’pincha ravishdosh shaklida bo’ladi: erta bahor quyoshi kecha yog’ib o’tgan yomg’irning namini erdan sug’urib olayotir (Oybek).
Sostavli fe`l kesim ba`zan juft fe`llar bilan ifodalanishi ham mumkin: Gapning naq onasini aytdingiz-quydingiz (P.Tursun).
Sostavli ot kesimlar keng ma`nodagi ot bog’lama yoki to’liqsiz fe`l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi. Bunda asosiy ma`no otdan anglashilib kesimning ega bilan moslashuvini ta`minlaydi: Gulnora, mana bu manzara juda chiroyli ekanmi? Gulning to’ni qirq yamoq, barglari yirtiq bo’lsa ham, husni toza emasmi?! (Oybek). Kelgan ikki kishi professor ekan (Oybek).
Sostavli ot kesim harakat nomiQkerak (zarur, lozim, darkor) tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: el moliga uzatilgan qo’llarini kesish kerak (Oybek). Har ishni yaxshi bajarish uchun unga ko’ngil berib kurashmaoq kerak («Sharq yulduzi»). Ishning mana shu ikki tomonini o’rganishiz, juda yaxshi bilishimiz zarur (A.Qahhor).
Sostavli ot kesim ba`zan chiqish kelishigi shaklidagi so’zQiborat tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: Vazifamiz yig’im-terimni muvaffaqiyatli yakunlashdan iborat («Xalq so’zi»).
Sostavli ot kesim bor, yuq so’zlari va to’liqsiz fe`l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi: Maktab xovlisida ta`til bo’lgani uchun xech kim yo’q edi (Oybek). Jamongizda ko’pgina tashabbuskor yoshlar bor ekan (Sh.Xolmirzayev).
Murakkab kesim. Ikki va undan ortiq so’zlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topib, bir butan xolda kesim sifatida shakllangan xodisalar murakkab kesim sanaladi. Murakkab kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
Turg’un birikmalar bilan: Bizning Vatanimiz O’zbekiston Respublikasidir («Xalq so’zi»).
Frazeologik birikmalar bilan: Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan (Oybek). U tegirmonga tushsa butun chiqadi (Oybek).
Izofa xarakteridagi, ko’chma ma`noli ko’rsatkichli birikmalar bilan: Otalar so’zi – aqlning ko’zi. (Maqol).

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə