Er-xotin o`rtasidagi nizolar



Yüklə 108,34 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü108,34 Kb.
#163630
1362927090 41961


www.arxiv.uz




  1. Er-xotin o`rtasidagi nizolar

  2. Ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi nizolar

  3. Qaynona-kelin o`rtasidagi nizolar

  4. Qaynona-kuyov orasidagi kelishmovchiliklar

  5. Ajralish va uning oqibatlari

  6. Mavzuga oid aforizmlar

  7. Mavzuga oid aforizmlar

  8. Mavzuga oid rivoyatlar

Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o`rtasidagi nizolardir. Xo`sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o`zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro`y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo`ladimi? Bu kabi savollarni yana ko`p davom ettirish mumkin. Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo`lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo`lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to`xtalib o`tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko`plab ertaklar eshitib, keyinchalik o`zlari ham ularni turli kitoblardan o`qib o`sgan yoshlar o`zlarining bo`lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo`lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to`y berib, murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi.


Bunga sizlar ham ko`p martalab guvoh bo`lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o`z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo`lgan o`zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o`zlarining bo`lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so`ng o`g`il bolalar xuddi o`z otasidek va qizlarimiz o`z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo`lishni orzu qiladilar. Chunki ular o`z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo`luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni
ko`rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo`lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko`rsatish an`analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo`ladi.
Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og`ushida oila qurgan yoshlar, o`zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o`zlari kutganlaridek bo`lmayotganligi, turmush o`rtog`ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to`ydan oldingi) holatiga nisbatan ma`lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o`zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o`zaro munosabatlari rivojlanishining o`ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o`zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelinva kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog`liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar bo`lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o`z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir. Xo`sh bu jarayonlar, ya`ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o`zaro munosabatlariga qay darajada ta`sir etadi? O`tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u me`yorda bo`lsa ishtahani ochadi, me`yoridan ortib ketsa, og`iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo`lishidan qat`i nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo`la olmaydi.
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo`lmaydi. Bu nizolar ma`lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o`taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko`ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo`qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma`lumotlari (ko`rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo`lsa. Bunda hamma narsa subyektning o`ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo`yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog`liq bo`ladi.
Ma`lumki, bir-birlariga aynan o`xshash, mos ikki odamning bo`lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir.
Bir oila uchun me`yorida bo`lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo`lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a`zolarining o`zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo. Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo`lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o`lcham yoki xarakteristika bilan ko`rsatib berish masalasi ham mantiqqa to`g`ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalar ni o`rganish, ular a`zolarining o`zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o`zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim bo`ladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo`lishligini (ekanligini) da`vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.
Oilaviy nizolar turlari
1. Er-xotin o`rtasidagi.
2. Qynona-kelin o`rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o`rtasidagi.
4. Ovsinlar o`rtasidagi.
5. Ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo`lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o`rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko`ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:
oe er-xotin o`rtasidagi nizolar;
oe qaynona-kelin o`rtasidagi nizolar;
oe qaynona-kuyov o`rtasidagi nizolar;
oe ovsinlar o`rtasidagi nizolar;
oe ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi nizolar.
Albatta, bu ro`yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro`y berish ehtimoli nisbatan yuqori bo`lgan nizolarning eng asosiysi bo`lmish er-xotin o`rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Umuman oilada er-xotin o`rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo`lishi mumkin.
Sxemadan ko`rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotinning o`zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko`ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro`y beradigan nizolarni ko`rib chiqaylik. Sxemada ko`rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi.
Ular, o`zlarining yuzaga kelishiga asos bo`lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko`ra bir-birlaridan farqlanadi.
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo`lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo`ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o`z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi
Nizodan keyingi vaziyat tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo`la oladi. Ular asosan er-xotin o`rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o`zlarigina hisoblanadilar. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o`rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta`minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «er-xotinnnig urushi — doka ro`molning qurishi » kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro`molning qurishi» er-xotin o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo`lgan muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo`ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko`pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni shaxsan o`zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli, o`zbek oilasi uchun xarakterli bo`lgan nizolardan bo`lmish er yoki xotinning qarindosh-urug`lari bilan bo`ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya`ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko`pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozilik, e`tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita er-xotinlarning o`zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bog`liq bo`ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba`zan er-xotindan tashqari uchinchi odam bo`lishi mumkin, ularning hal etilishi ham erxotinlarning o`zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bog`liq bo`ladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan» nizolar bo`lib, o`z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko`ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi.
Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a`zolari:
qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi.
Ijtimoiy psixologiyada gap, so`z, nizo haqidagi ma`lumot bir og`izdan chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko`lami ma`lumot manbayidan uzoqlashib, undan xabardor bo`lgan va unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi.
Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan s o`ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo`lsa, imkon qadar shu nizoda o`zini aybsiz, haq qilib ko`rsatishga, shu uchinchi odamni uning manfaatlarini himoya qilishiga og`dirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda subyekt foydalanadigan gap-so`zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg`u va boshqalar deyarli barcha verbal va noverbal vositalar ro`y berib o`tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo`rttiribroq idrok etilishini ta`minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko`p odamga gapirib beraverilgan sayin, u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda fojiali natijalarga ham olib kelishi mumkin
Shunday ekan, oilaviy hayotda ro`y berishi mumkin bo`lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro`y beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor bo`lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning o`zaro munosabatlarining rivojlanishini ta`minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya`ni «biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o`rganishlari lozim. Albatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan » nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo`lishlari ham maqsadga muvofiq.
Sxemada ko`rinib turganidek er-xotinning o`zaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat hollarda er-xotin o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qarama- qarshiliklarning hal etilishi, ularning o`rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er-xotin munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi.
Ajratuvchi nizolarda yuqorida aytib o`tganimizdek, bir nizoning hal etilishi (ya`ni er-xotinlardan birining manfaatining qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos yaratar ekan, o`z navbatida bunday «men» xarakteridagi, «chegaralanmagan » nizolar tufayli er-xotin munosabatlarida nizolar «eskolatsiyasi » shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun «uzluksiz jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ularning asabi, sog`lig`i, ijtimoiy holatigagina emas, balki shu oilalarda dunyoga kelib shunday muhitda tarbiyalanayotgan farzandlarning ruhiy olamiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday oilalarda hukm surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatsizlik, o`z asoratini faqat shu oilalarning o`zidagina qoldirmay, balki shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi avlod oilalariga ham o`z asoratini olib o`tishi mumkin.
Er-xotin munosabatlarida nizolarning rivojlanish yo`li tasviri berilgan sxemadan ko`rinib turibdiki, yangi yuzaga kelgan oilalarda er-xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivojlanishi oqibatida shartli ravishda to`rt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: o`zaro munosabatlari mustahkamlangan oilalar;
munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizolar yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va nihoyat munosabatlar uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan oilalar.
Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa oilalar. Yoshlarimizning har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari lozim. 2-toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda bo`lib o`tgan nizolardan so`ng er-xotinlar o`z vaqtida bo`lib o`tgan nizolar, ziddiyatlardan to`g`ri xulosa chiqarishib, o`z xatolarini vaqtida anglab yetib, bir-birlarini tushunishga harakat qilsalar, ularda ham o`zaro hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Agarda qulay shart-sharoitlar yuzaga kelmasa, er-xotinlar o`z xatolarini tushunib yetish va ularni tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega bo`lmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni xohlamasalar, shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-urug`lari, yaqinlari o`zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy yo`l-yo`riqlar, maslahatlar bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga noo`rin aralashgudek bo`lsalar (afsuski bunday holatlar o`zbek oilalarida tez-tez uchrab turadi), bunday hollarda vaqtinchalik erishilgan zo`riqishlarning pasayishi keyinchalik yana yangi nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin.
Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko`ra: «nizolar qisman hal qilinadigan _ zo`riqishlarning kuchayishi _ yangi nizoning yuzaga kelishi _ ular yana qisman hal qilinishi» zanjiridagi oilalar bu to`rt tur oilalar ichida eng xarakterlisi va jiddiy e`tibor talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, nizolar chuqurlashuvi, zo`riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hollarda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Albatta, ajralish hodisasi bu nikoh oila munosabatlari uchun ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo`lsa, ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so`ng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar o`z xatolarini tuzatishi, balkim keyinchalik «o`z tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham mumkindir.
Biroq 3-toifa oilalarning o`zbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati shuki, o`zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg`iz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga boshqa, yevropa xalqlarida bo`lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda bo`lish an`analari kuchli. Ya`ni ajralish jamoatchilik fikriga ko`ra qoralanadi. Buning ustiga o`zbek oilalarida qarindoshurug` chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qaraganda ko`proq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa, ya`ni ular nizojanjalli, bir-birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tushmaydigan, psixologik qovusha olmaydigan bo`lsalar ham «oila buzilmasin», «qarindosh-urug`chilik uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib bo`lmasin oilalarni saqlab qolishga harakat qilinadi.
Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalar, har xil asab buzilishlar kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o`z joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator ko`ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to`g`ri keladi. Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog`liq bo`lgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida tegishli ma`lumotlarga ega bo`lishlari maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» turlaridan ogoh bo`lishi, o`z hayotlarida shu toifa nizolarning
yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida zarur bo`lgan bilim va ma`lumotlarga ega bo`lishlari lozim.

OTA-ONALAR VA FARZANDLAR O`RTASIDAGI NIZOLAR


Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo`lib quyidagilar xizmat qiladi.


1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo`sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do`stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo`ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba`zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo`yishi yoki or-nomusni yig`ishtirib qo`yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba`zi bolalarni mehnat qilishga o`rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o`rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo`yishi va hokazo.
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo`qoladi, o`rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo`l ko`taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxshparastlar borligiga nima deysiz?
Ba`zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13—14 yoshlarda muqarrar ravishda bo`lib o`tadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qo`shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bo`lgan munosabatlarida ko`zga tashlanadi. Buni sezmagan ba`zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo`lib qoldi», deb o`ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o`zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.

QAYNONA-KELIN O`RTASIDAGI NIZOLAR


Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko`pchiligi yuzaga keladigan ba`zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko`ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro`zg`or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo`ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni «qizim» deb bag`rilariga oladilar, bilmaganini o`rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo`l-yo`riq ko`rsatadilar. Ularga uyro`zg`or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko`makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to`qnashuvlar ham sodir bo`lib turadi. Gap qaynona-kelin o`rtasida borar ekan, shuni aytib o`tishimiz lozimki, bu masala azalazaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyandalarining diqqat e`tiborida bo`lib kelgan muammolardan biridir.


Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o`zining «Navodir ul-vaqoe» ( Nodir voqealar) nomli kitobda qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo`lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo`ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayotganliklarini o`zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urishadilar». Demak bu o`rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko`rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz.
1. Ba`zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo`ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy
qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib,
tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o`z tasavvuridagi qaynonaga xos o`lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara
boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo`g`ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo`lgan emas, bo`lmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham bo`lishi mumkin emas. Kelinlar o`zlari tushgan yangi oila a`zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og`irbosiq, sabr-toqatli bo`lishlari, iloji boricha o`zlari tushgan xonadon a`zolarining yaxshi tomonlarini ko`rishga intilishlari, eri shu xonadon a`zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda
bu oila tinch-totuv bo`ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a`zo bo`lib kelganligini unutmasligi kerak.
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro`zg`or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo`ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o`rtasida tafovut bo`lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko`p jihatdan bir-birining aksi bo`ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig`ishtirib qo`yib, har birlari o`z gaplarini o`tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni
kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa masalalarda ularni o`z holiga qo`yishlari lozim. Yoshlar ham o`z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, ularni g`ashiga tegadigan noo`rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «hoyuhavaslardan » o`zlarini tiyishlari kerak.
3. Ba`zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo`lmaydilar.
Shunday kelinlar bo`ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo`lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranmjon sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila budjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan asrabavaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro`zg`or ishlarini o`rgatishga alohida e`tibor berishlari zarur. Chunki el orasida «qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor» degan hikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak. Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni o`z farzandiday ko`rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o`rgatib borishi lozim. Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. Yaxshi so`z ham, yomon so`z ham bir og`izdan chiqadi. Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan ko`nikma va malakalarning o`z o`g`li uchun va kelajakda o`z nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.
4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobobuvilar yoki ota-onalar tomonidan me`yoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada, ota-onalar bilan bobo-buvilar o`rtasida «bolaga kim tarbiya berishi kerak» degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular ham, bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bo`lib yetishishini istaydilar, tanlagan yo`llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olishmasa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun ular boladan hali joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Ana shunda bobo-buvilar ham, ota-onalar ham
ahillik bilan bola tarbiyasi borasida o`zaro mos chora-tarbirlarni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muhit va shart-sharoitda, davrda o`sayotganini, mijozi turini hisobga olish zarur.
5. Ba`zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo`lida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Oilada ikki va undan ortiq kelin bo`lsa, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba`zisi uzoqroq bo`ladi. Ayollar o`ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada «o`gay» kelin bilan qaynona o`rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o`z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo`lishi (ammo bu yerda har bir kelinnnig muomalasi, munosabatini, qaynonaga bo`lgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon yaratib qo`yishdan ehtiyot bo`lishlari kerak. Bu o`rinda shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi.
6. Ba`zi hollarda qaynona-kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki o`qishini hisobga olmaydi. Qaynonalar orasida umr bo`yi uy bekasi bo`lganlari ham bor. Ular ishlash bilan uy-ro`zg`or ishlarini barovar olib borishni o`z boshidan o`tkazmagan. Ana shunday qaynonalar yoshligida o`zlarini risoladagiday kelin bo`lganman deb biladilar, Qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini «ularning soyalariga ko`rpacha solganlarini» (rostmi-yolg`onmi, baribir) tez-tez eslashni yaxshi ko`radilar va kelinlarining ham «o`zlariday » bo`lishini istaydilar. Ba`zan esa uni o`g`li orqali ochiqdan ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining imkoni bormi, yo`qmi, o`ylab ham ko`rmaydilar. Bunday qaynonalar «ehtiyojini » qondirish imkoniyatiga ega bo`lmagan kelinlar ularning g`azabiga uchraydilar. Kelini haqida bo`lar-bo`lmas gaplarni o`g`illarining qulog`iga quyadilar. «O`g`limga aytib seni qo`ydirib yubormasam, yurgan ekanman», deya do`q-po`pisa qiladilar. Ba`zi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday qaynonalar o`g`illari, nabiralari baxtidan ko`ra o`z huzur-halovatlarini ko`proq o`ylaydilar. Buning oldini olish uchun o`g`ildan g`oyat tadbirkorlik talab qilinadi.
7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo`ladi, oqibatda, qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Har bir oilaning o`ziga xos muhiti, qonun-qoidalari, an`analari, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho mezonlari, hatto faqat shu xonadon a`zolari tushunadigan, shartli ravishda qabul qilingan so`z, iboralari bo`ladi. Yangi tushgan kelin o`zi bilan o`z tug`ilib o`sgan uyining muhitini, odat-ko`nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi.
Ota-onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut ham aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarni keskinlashuviga ta`sir qilishi mumkin.
Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mo`l-ko`lchilikni ko`rmasdan, o`z turmushidan sovishi mumkin. Shuning uchun ham donolar «Qiz bersang o`zingdan bir pog`ona balandga ber, sening xonadoningda ko`rmaganini yangi xonadonida ko`rib, yangi xonadonga ko`nikishi oson kechadi.
Qiz olsang o`zingdan bir pog`ona pastdan ol. Shunda kelin o`z uyida ko`rmagan mo`l-ko`lchilikni sening xonadoningda ko`rib, bu muhitga tez ko`nikadi» deganlar. Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma`lumotli, madaniyatli oiladan bo`lib, kelin aksincha dehhon, ishchi yoki savdogar oiladan bo`lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bo`lsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham er-xotin o`rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelinkuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida ham, iqtisodiy ta`minlanganlikda ham bir-biriga mushtarak bo`lishlari maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu kelin boshqa millatga mansub bo`lsa, uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin bo`ladi. Masalan, o`zbek xalqida kekirish to`yganlik — shukronalik belgisi hisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat o`ta odobsizlik hisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha kechavermaydi. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda «begona »dek tuyuladi. Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham bog`liq. Masalan, ko`proq xolerik mijozga mansub bo`lganlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelinlarni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi.
Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda uni osongina o`zlashtirishga tayyor bo`lganlar sangvinik mijozdir. Flegmatik mijoz esa vazmin, og`ir karvon bo`lgani uchun yangi oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olganidan keyin esa uni o`zgartirishni sira-sira istamaydi, uncha-muncha gap-so`zga parvo qilmaydi. Melanxolik mijozlar ham shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruhi tushib ketadi, bo`lar-bo`lmasga xafa bo`laveradi. Ruhiy jihatdan esa nihoyatda sezgir bo`lishadi. Har bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli
xarakteristikasini, ularning o`ziga xos xususiyatlarini bilib olgan qaynona-kelinlarning til topishib ketishlari oson ko`chadi. Ba`zi qaynonalar o`g`lini kelinidan qizg`anadi va oqibatda kelini bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolg`iz o`g`il otasiz oilada o`sgan taqdirda ko`proq uchraydi.

QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI KELISHMOVCHILIKLAR


Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham bo`ladi. Ichkuyov ba`zi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram bo`ladi (hech bo`lmaganda uy-joy masalasida). Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali bo`lavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba`zan qaynonalar kuyovga noo`rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday qo`pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham og`ir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi o`rtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham bo`lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga o`tadi. Har ikkala holda ham oila barbod bo`lishi mumkin. Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamroq aralashmog`i kerak. Ba`zi qaynonalar qizini (ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha o`g`lini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo bo`ladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg`iz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan bo`lsa, ular orasiga kuyov kiradi.


Qizning butun diqqat-e`tibori kuyovga — eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xattiharakatini kuzatadi. Ba`zi hollarda qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini o`zlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor — rashk, faqat qizini qizg`anishdir. Qizining oldida uning obro`sini tushirmoqchi bo`ladi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona o`g`lini kelinidan qizg`anadi. Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan so`ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bo`lsa, undan o`z diqqat-e`tiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darig` tutmasligi,
yolg`izlatib qo`ymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, o`z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o`g`lining xotiniga mehr-muhabbati, e`tibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o`z eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obro`yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bo`ladi.

AJRALISH VA UNING OQIBATLARI


Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, shubhasiz, jiddiy muhokama qilinadigan masalalar qatorida nikoh-oila munosabatlarining buzilishi, er-xotinlarning ajralish muammosi


turadi. Nima uchun oilalar buziladi? Ajralish o`zi nima? Ajralish bu yaxshimi yoki yomonmi? Oilalarning ajralishiga yo`l qo`yish kerakmi?
Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, O`zbekistonda ham ajralish muammosini o`rganishga keng ilmiy jamoatchilik e`tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o`rganmoqdalar. Ularning e`tibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o`rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko`p zarar ko`radi. Ajralishlar ko`plab noxush hodisalar: noto`liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o`smirlar o`rtasida qonunbuzarlikning ko`payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg`izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o`zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi mumkin.
Bu o`rinda, haqli ravishda, agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo`lsa, uni rasmiy ravishda taqiqlab qo`ysa bo`lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta`minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni taqiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o`z navbatida nikoh yoshining o`sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog`lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila
munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta, bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o`rinda muhimi ajralishni taqiqlash va unga rasmiy ravishda xalaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bo`lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o`zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo`lsa, ularda o`zaro tushunish, o`zaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo`lmasa, oila o`z vazifalarini bajarmayotgan bo`lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma`qul deb hisoblaydilar.
Ajralishlarning o`ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo`ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o`zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori ko`proq erkaklar bo`ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo`lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko`proq ayollar bo`ladi.
Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulohazalarimizni bildirishdan oldin o`zbek oilalarida ajralishlarning o`ziga xos xarakteri, ya`ni boshqa (ayniqsa, chet mamlakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to`xtalib o`tishni lozim topdik. Bu quyidagi obyektiv omillarga bog`liq bo`lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko`proq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgandan so`ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o`zbek millatidagi o`ziga xos urf-odatlar o`zbek ayolining uy-joylarni eriga qoldirib, o`z ota-onasinikiga (uning akaukalari o`z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo`ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so`ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu obyektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o`zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi
munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko`nikib yashayveradilar. Ba`zi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan bo`lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o`ch olish» maqsadida, uning boshqaga uylanishiga yo`l qo`ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko`nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan birmuncha imtiyozli vaziyatda bo`ladilar: ular ajralishgandan so`ng o`z yaqinlari tomonidan ko`proq qo`llab-quvvatlanadi. Bolasi yo`q bo`lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug`dirmaydi.
Bundan tashqari u ajralishdan so`ng oldingi sharoitda — o`z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo`ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari ko`proq erkaklar bo`ladilar.
Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo`lsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko`ra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo`lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo`lishi mumkin. Ayollar uchun: Ajralish = ozodlik + bola + aliment _ uy + yolg`iz onalarga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi. Erkaklar uchun: Ajralish = ozodlik _ bola __aliment _ uy + yangi oila qurishimkoniyati.
Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko`rsatadigan asosiy ta`sirlarini sanaydigan bo`lsak, ular quyidagicha bo`ladi: Jamiyat uchun — noto`liq oilalar soni ko`payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo`ladi, fohishabozlik ortadi, teritanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi.
Erkak uchun — yolg`izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. Ayollar uchun — yolg`izlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, o`z joniga qasd qilish. Yuqoridagilar bilan birga, o`zbek oilalar ajralishganda o`zgacha xususiyatlar ham kuzatiladi. Psixolog olim Faxriddin
Ro`ziqulov ajralishning asoratlari mavzusida o`tkazgan maxsus tadqiqot natijalariga ko`ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol bo`ladi. Ya`ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi
oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila budjetiga, ayolning salomatligiga, o`z ota-onasi bilan bo`lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini — qayta oila qurish va yolgizlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy xulq jihatdan birmuncha erkin bo`lganlari hamda o`z kasb faoliyatlari bilan faol shug`ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolg`izlikdan kamroq jabr ko`radilar. Noto`liq oiladagi bolalar tarbiyasi. Noto`liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, noto`liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto`liq
bo`lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia, avvalo, bu fojia hech kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha`niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi.
Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto`liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik » jamoatchilik o`rtasida, ayniqsa, bolalar jamoalarida (bog`chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisabatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o`rtog`I sha`niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo`yoqlar beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko`proq bildiriladi. Bular, albatta, bu toifa noto`liq oilalardagi o`zaro munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta`sir ko`rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish natijasida otasiz o`sayotgan qiz
bolaning his-tuyg`ulariga, otasiga bo`lgan mehriga, qiz bolada shakllanadigan ota obraziga va otasiz o`sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy ta`sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida balki kelgusida o`zi mustaqil oila qurganda ham o`z asoratini ifodalashi mumkin. Ko`p tadqiqot natijalarining ko`rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha hamda F.Ro`ziqulov tadqiqotlarida ilmiy jihatdan o`z tasdig`ini topganligi asosida o`z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o`rtog`iga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi.
Mazkur tadqiqot natijalariga ko`ra ajralishgan oiladagi va otasiz o`sayotgan o`g`il bolaning o`qishiga va tarbiyasiga salbiy ta`sir etishi kuchli bo`lar ekan. Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga,qarindoshlar va jamoa orasidagi obro`si va oila budjetiga salbiy ta`sir qiladi. O`ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko`pgina mezonlar bo`yicha kelin tomon, ya`ni kelinning ota-onalari ruhan ko`proq jabrlanar ekan.
Ma`lumki, o`zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to`g`ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o`zbek oilalarida 2—2,5 martaga ko`p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ni quyi saviyada ekanligi va o`ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o`zbek oilalarida ko`proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko`ra ajralishlarning salbiy asoratlari o`zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda o`rganish masalalariga alohida e`tibor berilmoqda. Bu o`rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o`tkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi bo`lgan oilani buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo`l qo`yilmoqda.

AJRALISHLARGA SABAB BO`LUVCHI OMILLAR


Ko`pincha ajrashayotganlardan ajralish sababini so`ralsa, ular qandaydir hamma uchun standart bo`lib qolgan sabablarni ko`rsatishga harakat qilishadi. Masalan, «xarakterimiz mos tushmadi», «o`zga shaxsning aralashuvi», «qo`pollik», «moddiy qiyinchilik», «ichkilikbozlikka berilish», «yashash sharoitining noqulayligi», «ota-onalarning noo`rin aralashuvi» va h. k. Agar tahlil qilib ko`radigan bo`lsak, vaziyatga qarab, bunday ko`rsatkichlar ba`zilarda sabab, ba`zilar uchun esa bahona vazifasini o`taydi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, oiladagi ma`naviyruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birini qanchalik yaxshi tushunsalar bu «sabablar» (bahonalar) oilaning inqiroziga asosiy sabab bo`la olmaydi. Yoshlar (er-xotin) o`rtasidagi munosabat qanchalik noxush bo`lsa bu bahonalar shunchalik kuchli va salbiy ta`sir ko`rsatadi va bu holatlar ajralishlarning sababi bo`lib qolishi mumkin. O`zbek oilalarida: «turmush o`rtog`ining qo`polligi», «turmush o`rtog`iga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lish», «turmush o`rtog`ining ota-onasi va boshqa qarindoshlarining aralashuvi», «turmush o`rtoqlardan birining oilani umumiy masalalariga befarq qarashi» kabilar ko`proq sabab bo`lsa, Yevropa xalqlari oilalari uchun esa ajralish sabablari sifatida aksariyat hollarda, ichkilikbozlikka berilish, er-xotin xiyonati, xarakterlarning mos kelmasligi kabilar qayd etiladi.


Ajralishlarning sabablarini aniqlash maqsadida o`tkazilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, o`zbek oilalarida ajralishlarning motivlari sifatida ko`rsatilgan ta`sirlardan asosiylari, yuqorida qayd etilganidek, «turmush o`rtog`ining qo`polligi», «ota-onalar va boshqa qarindoshlarning aralashuvi», «bir-biriga nisbatan befarqlik», «er-xotindan birining oilaviy masalalarga nisbatan
befarqligi» kabilar ajralish sabablari sifatida ko`rsatilgan. Shunday qilib, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda.
Oilalarni ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda ham keng jamoatchilik diqqatini o`ziga qaratib, bu muammoning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko`rishga da`vat etmoqda. Chunki yuqorida qayd etilganidek, ajralishlar natijasida millionlab odamlar — eng avvalo, farzandlar, ayollar, qolaversa erkaklar va hatto ajralishganlarning yaqinlari ham «ma`naviy jarohat» oladilar.
Bularning barchasi o`zbek oilasida ajralish masalasiga jiddiyroq e`tibor berish lozimligini va uning oldini olish, salbiy asoratlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish zarurligini ko`rsatadi. Yuqoridagilardan qanday xulosa chiqarmog`imiz va shaxsiy hayotimizda nimalarga amal qilmog`imiz, nimalarga e`tibor bermog`imiz lozim?
1. Turmush o`rtoq tanlashda shoshilmang va adashmang. «Nikoh oldi omillari» va o`zga mavzulardan tegishli xulosa chiqarib ish ko`ring.
2. Hayot taqozosi bilan va tajribali kishilar maslahatlariga ko`ra ajralishingiz muqarrar bo`lsa, vaqtni cho`zib o`tirmang va farzand ko`rishdan saqlaning.
3. Ajralish, Sizga, turmush o`rtog`ingizga, ota-onalaringizga, (agar bo`lsa) farzandlaringizga imkoni boricha salbiy ta`sir qilmasligi choralarini ko`ring.
Sizning ajralishingiz qarindoshlar orasiga sovuqchilik tushurmasligi, ular orasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelmasligi zarur.
4. Ajralishgan turmush o`rtog`ingiz bilan ijobiy munosabatni saqlab qolinishini ta`minlang. Bu avvalo Sizning farzandlaringiz, ota-onangiz, qolaversa shaxsan o`zingizning manfaatingiz ekanligini unutmang.
Er-xotin ajralishi bolalari otasiz yoki onasiz o`sishiga, ota va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak.
5. Ajralib ketgan eringiz yoki xotiningiz haqida farzandlaringizga salbiy ma`lumotlar berib, u haqda salbiy tasavvur shakllantirishdan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakllanishi bolangizning kelgusi hayotiga, shaxsiy oila munosabatlariga, qaynona-kelin munosabatlariga va farzand — ota-ona munosabatlariga salbiy ta`sir qiladi.
6. Ajralish eng so`nggi chora! U faqat Sizning emas, balki yaqinlaringiz taqdiriga ham salbiy ta`sir ko`rsatishini unutmang. Shu sababli bu yuzasidan asossiz yengil qarorlar chiqarishdan
saqlaning. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo`lgan yaxshi kishilar bilan maslahatlashing.
Imkoniyatingizdan kelib chiqib shu soha mutaxassisi bo`lgan psixolog bilan maslahatlashing.
Kim bilan maslahatlashishdan qat`i nazar qarorni har tomonlama o`ylagan holda o`zingiz chiqaring va qaror mas`liyatini o`z bo`yningizga oling.

Mavzuga oid aforizmlar


Nikoh uzugi bu oila zanjirining birinchi halqasidir.


Jarko Petan
Nikoh shunday bir romanki, uning bosh qahramoni birinchi bobdayoq o`ladi.
Lorens Piter
Ayollarning portlashiga ishonmasangiz, bittasini tashlab ko`ring.
Djerald Liberman
Rashk kasallik kabi kechga borganda kuchayadi.
Pol Lotan
Sevgi-muhabbatga kuch qolmaganda ham rashk qilish uchun kuch topiladi.
Mariya Dombrovskaya
Er-xotin mehmonlarni yaxshi ko`rishardi, chunki mehmon bo`lmagan kuni uyda janjal bo`lardi.
Tibbiyot fani kuzatuvlariga ko`ra: bo`ydoqlarning aksariyati aqldan ozib o`ladilar. Uylanganlarning aksariyati esa bu yoshga yetishga ulgurmaydilar.
A. Chexov
Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi.
Ular orasidagi farq ana shunda, xolos.
Leonard Djevetskiy
Beladonna: Italiyada bu go`zal ayoldir, Angliyada esa kuchli zahardir. Ikki til asosidagi bu o`xshashlik kishini hayratga soladi.
Ambroz Birs
Dunyoda ayol kishini mendan ko`p biladigan erkakning o`zi yo`q, men esa hech narsa bilmayman.
Seymur Xiks
Uylanishga qaror qilish erkak kishining hayotida so`nggi mustaqil qabul qilgan qaroridir.
Vanda Blonskaya
Erkak kishini uydan haydash yaxshi emas, u qaytib kelmasligi ham mumkin.

Mavzuga oid latifalar


— Xotinimni sanatoriyaga yuborish uchun olgan putyovka menga juda qimmatga tushdi, biroq u o`zini to`la qopladi.


— Xotining davolanib, tuzalib ketdimi?
— Yo`q, u uyga qaytmadi.
* * *
Er xotiniga murojaat qilayapti:
— Luiza, agar men sendan oldin o`lsam, sen faqat Karelga turmushga chiq.
— Nima uchun aynan Karelga?
— Faqat Karelga, boshqa hech kimga emas! Boshqa hech kim menga hayotda unchalik yomonlik qilmagan.
* * *
— Ikki xotinlik nima bilan jazolanadi?
— Ikkita qaynona bilan!
* * *
— Xudoyim-ey! Basharangga nima qildi?
— Unga uchar tarelka tegdi.
— Uchar tarelka?! U qayoqdan kelib qoldi?
— Tasavvur qila olmayman, xotinim ularni qayoqdan xarid qilar ekan...
* * *
Er xotini bilan uzoq vaqt tortishib oxiri, noiloj bo`lganidan:
— Xo`p!... mayli, hammasi sen aytgandek bo`la qolsin...
— Endi kech bo`ldi! Men u fikrimdan allaqachon qaytdim!
Boshqasini o`yladim!

Mavzuga oid rivoyatlar


1. O`rta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o`rta yoshlardagi bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu zotning axloqi, go`zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko`rar edi.


Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat`iy, ilm-irfon sohibi edi.
Avvaliga yosh xonim xojasining fe`l-atvorini juda yaxshi ko`rar, unga qo`lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko`rsatar, xojasiga nisbatan o`z vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichida barcha qo`shnilari bilan tanishdi, qo`shnilar uni, u esa qo`shnilarni hurmat qilardi. Ammo o`sha mahallada yomon fe`lli, hasadgo`y bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga nisbatan hurmati bo`lgani va shirin turmushlari ul xotinining rashkini keltirardi. Yosh xonim bilan qo`shni bo`lganlaridan beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi:
— Qizim, sen juda yoshsan, go`zalsan, shunday katta yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o`zing kabi chiroylik erga turmushga chiqmabsan, — deb juvonning boshini aylantirardi. Yosh xonim, «men xojamdan juda mamnunman, fe`li, axloqini sevaman» desa ham, yomon ayoldan qutula olmaydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar ta`siridanmi, «erimdan ajralishaman» deydi. Yomon fe`lli, hasadgo`y ayol:
— Qo`lingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang, xojangga yomon ko`rinasan, uning sendan ko`ngli soviydi, — deb ko`nglini buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota boshlaydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli falon narsani, ertasiga — bugun bunday qimmatli narsani sotdim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chiroyli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi bo`lgan ul zot xotiniga: «joning sog` bo`lsin yangisini olarmiz», — der edi. Xonim uyida sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni foydalaniladigan o`ttiz yillik obdastani toshga urib sindirdi.
Kechqurun eri kelganida ul xonim:
— Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parchaparcha qilib tashladim, — dedi.
— Ana xolos! Bu nimasi! — deb xojaning ko`zlariga yosh keldi.
— Men sizga hayronman, — dedi xonim. — Uydagi shuncha qimmatli narsalarni yo`qotganimda jahlingiz chiqmay, «o`zing sog` bo`lsang bas» degan edingiz. Endi hojatxonadagi oddiy ko`za singanida, ko`zingizdan yosh to`kdingiz, nega?
— Xonim, ul ko`za o`ttiz yildir-ki mening eng mahram yerlarimni ko`radi. Hozir yangi bir ko`za olib, unga mahram yerlarimni qanday ko`rsataman? — deb javob berdi xoja yosh ayoliga.
— Yosh xotin bir onda g`aflatdan uyg`ondi va kechirim so`rab erining qo`llarini o`pdi, oyog`iga yiqildi. «Meni afv eting, sizning amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan ozgina bo`lsada, itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi.
Vazifa: Psixologik tahlil qilinsin.
2. Aqlli xotinlar erlar baxti
Bir odam juda aqlli, odobli va yaxshi tarbiya olgan qizga uylandi. Ul odam xonimidan juda mamnun, uylarida g`alvag` avg`o yo`q. Bu yigit bir kun do`stlarining huzuriga bordi. U axloqsiz odamlarning xotinlarini «unday urdim, bunday urdim», deb maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan so`radi:
— Nega xotinlaringizni urasiz? Hech gunohi yo`q xotinni qanday urib bo`ladi?
Do`stlari:
— Dunyoda bundan oson ish yo`q. Uyga bir qadoq qiyma go`sht olib kelasan. Qiymali suyuq ovqat tayyorlab kelsa, «boshqa ovqat yeyishni xohlayman», deysan, deb aql o`rgatishibdi.
Yigit ertasiga kechqurun uyiga kelib, dasturxon oldiga o`tirdi. Xotini qiyma solib tayyorlangan sho`rva olib keldi. Ul xotiniga jerkib:
— Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman,— dedi.
— Qiyma ham bor, — dedi xonimi.
— Men tok bargiga o`ralgan qiyma xohlardim.
— U ham bor.
Xojasining odatlarini juda yaxshi bilgan odobli xotin eri xush ko`radigan barcha narsani qo`lidan kelguncha harakat qilib, tayyorlagan va uning ko`nglini olgan.
Yigit ertasiga yana do`stlari oldiga chiqdi. Ular darhol qiziqib so`radilar:
— Nima bo`ldi? Xotiningni kaltakladingmi?
Yigit bo`lgan voqeani aytgan ekan, do`stlari:
— Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan,-debdilar.
3. Mahkamada xotinining yuzini ochishni istamagan odam Bir vaqtlar uylangan bir odam, oylar o`tdi, yillar o`tdi, xotinining mahrini bermadi, shu burchini ado eta olmadi.
Bir kuni xotini bilan kelisha olmay qoldilar. Xotini o`sha zamon mahkamasiga shikoyat qilib, qozining huzuriga bordi va eridan mahrini talab qildi. Ayol yuzida chimmat (parda) bor edi.
Qozi ul ayolga:
— Ikki shohid lozim, — dedi. Ayol:
— Shohidlarim bor, ular shu yerdalar, — dedi. Qozi:
— Juda yaxshi, yuzingizni oching, so`ng hukm chiqazaman, — dedi.
Shu yerda bo`lgan eri darhol o`rnidan turib:
— Bunga (ya`ni yuzini ochishga) hojat yo`q. Men zavjam (xotinim)ning mahrini berishga so`z beraman, oz-ozdan bo`lsa ham beraman, — dedi.
Qozi:
— Yaxshi, lekin shu kungacha nega bermagan eding, — deb hayron bo`ldi.
Ul odam:
— Bilmadim, qozi janoblari, lekin siz hozir ayolimning yuzini ochishni buyurganingizda aqlimni yig`ib oldim. Shu paytgacha xotinim — bekamning yuzini mendan boshqa hech kimsa ko`rmagan. Endi ham ko`rmaydi, — dedi.
Ayol erining bu muomalasidan juda mamnun bo`ldi va:
— Ey Qozi janoblari, shohidlar oldida Sizga ushbuni aytmoqchimanki, men ham erimdan mahr haqqimdan voz kechdim. Uni tasdiqlashingizni so`rayman, — dedi.
Yüklə 108,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə