Kesm va uning ifodalanishi



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#162208
1   2
Azimova Muyassar (2)

Bog`lanma. Kesimdan keyin kelib, kesimni grammatik jihatdan shakllantirish, uning semantikasini taraqqiy ettrishi, qikrni tgallash, shaxs-son, zamon, modalliq kabi grammmatik ma`nolarni ifodalash, kesimning ega bilan munosabatining ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi vositalar bog`lanma sanaladi. U quyidagicha ifodalaninadi:
Edi, ekan, emish kabi to`liqsiz fe`llar bilan: Usta Azim sharqcha binolar ko`rishda mashhur edi (Oybek). Bu chinorning Ochil buvaning uzoq ajdodlaridan biri o`tkazgan emish (A.Muxtor).
Predikativ-modal so`zlar bilan (kerak, zarur, shart, lozim, mumkin): men ertaga qolib bo`lsa ham, loyihani muhokamaga tayyorlashim shart (A.Muxtor). Klub ishini faqat Bashoratxon bajarishi mumkin (A.Muxtor).
Ko`makchi fe`llar bilan: Noz-ne`mat to`la dasturxon ustida suhbat boshlanib ketdi (Oybek).
Ko`makchilar bilan: baliqning tirigi suv, odamning tirikligi el bilan (maqol).
Bor, yo`q, emas so`zlari bilan: Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo`q (A.Muxtor).
Sanaladi, hisoblanadi, iborat so`zlari bilan: Korxonaning tarixi safarbarlikdan iborat (A.Muxtor).
Predikativlik affikslari bilan: Biz ham inson o`g`limiz (X.X.Niyoziy).
Bog`lamalar tuzilish jihatdan so`z bog`lama va affiks bog`lamaga va affiks bog`lamaga bo`linadi:
Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son affikslari fe`llari fe`lning ham grammatik jihatdan moslashadi: Qishloq xo`jaligi xodimlari paxtadan mo`l hosil olish uchun kurashmoqdalar.
Ega va kesim faqat mantiq jihatdan moslashadi: Barcha to`planadi.
Ega va kesimning shakliy jihatdan moslashuvi quyidagi xususiyatlar bilan harakatlanadi:
Gap kesimli fe`l bo`lganda:

  • Ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi: Men o`qidim. Siz o`qidingiz.

  • Ega III shaxsini ko`rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi, lekin ba`zan sonda moslashmasligi ham mumkin: Zulfiya o`qiydi. Talabalar sportla g`olib chiqdilar. O`quvchilar keldi.

2) Kesim ot kesim bo`lganda:
3) Tilimiz grammatik qurilishdagi mikrosistemalar to`g`ri anglash va baholashga erishish.
Gapda ega mutlaq xokim. U o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga ham, kesimga ham xokim. Kesim esa faqat o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga xokim.
Ega va kesimni bosh bo`laklar deb, to`ldiruvchi, aniqlovchi va xolni ikkinchi darajali bo`laklar deb ko`rsatilishi ularning biri xokim, ikkinchi tobeligidan emas, balki ularning o`ziga xos grammatik xususiyatlaridandir. Bu xususiyat gap bo`laklarining nutqidagi funksiyalari asosida kelib chiqadi.
Ikkinchi darajali bo`laklarsiz alohida, to`liq gap to`liq gap tashkil eta olmaydi, ular gapda bosh bo`laklarga bog`liq xolda qatnashadi: Nizomjon onasining gaplarini chin yurakdan eshitib utirardi (S.Ahmad).
Demak, ikkinchi darajali bo`laklar bir-birlarining ma`nosini bevosita izoxlab, to`ldirib, shular orqali gapdagi bosh bo`lak ma`nosini to`ldirishga ko`maklashadi.
Gapning ikkinchi darajali bo`laklarini ajratishda ularning ob`ektiv xoli tushunchalarni ifodalash asos qilib olinadi, bu tushunchalar turli grammatik shakllar orqali ifodalanadi. To`ldiruvchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib xizmat qiluvchi so`zlar tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari shaklidagi ot va otlashgan so`zlar sanaladi: egilgan boshni qilich kesmas (maqol). Yaxshiga yondosh, yomondan qoch (maqol).
Aniqlovchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib sifat, sifatdosh va boshqa so`zlar xizmat qiladi: uning ziyrak, qo`ng`ir ko`zlarida xorgilik bor edi (S.Anorboyev).
Xollar, asosan, ravish va ravishdoshlar bilan ifodalanadi: U uychan ko`zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi (S.Nazar).
Demak, bevosita bosh bo`lakka, o`rni bilan bir-birga bog`langan bo`lakni, izohlovchi, aniqlashtiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo`laklar deb yuritiladi. Ikkinchi darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi va xoldan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, 1972.

  2. Ne’matov H. Qayta qurish strategiyasi va o’zbek sinxronik tilshunosligining vazifalari. O’TA, 1987, № 3.

  3. Sossyur de F. Kurs obщey lingvistiki. Trudы po yazыkoznaniyu. M., 1977.

  4. Brendal V. Strukturnaya lingvistika. V. A. Zveginsev. Isto­riya yazыkoznaniya XIX i XX vv. v ocherkax i izvlecheniyax. M., 1960.

  5. Hozirgi zamon o’zbek tili. F. Kamol tahriri ostida. Toshkent, 1957.

  6. www.ziyonet.uz

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə