Fakulteti "falsafa" fanidan mustaqil ish mavzu: islomning vujudga kelishi va tarqalishi



Yüklə 156,6 Kb.
səhifə3/11
tarix23.12.2023
ölçüsü156,6 Kb.
#157030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA MUSTAQIL ISH

Aqso masjidi. (arab.-uzoqdagi masjid)-Quddus (Ierusalim) shahridagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 yili Makadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan.
Shu tariqa Madinada vahiy orqali islom teokratiyasining Muqaddas qonuni shariat tushirildi. Shariat diniy, ijtimoiy va yuridik ta’limotlarning asosiy tamoyillari, chunonchi: Umma, adliya, qullarni ozod qilish, yashash huquqi, nikoh, azon, qibla, bag‘rikenglik va boshqalar ta’riflab berildi. Ushbu tamoyillarga musulmonlar hozirgacha rioya qilib keladilar.6
Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona Allohga e’tiqod birlashtiradi.
Adliya. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi boshqa jamoa vakilini o‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish huquqiga ega bo‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna o‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.)
Undan tashqari Qur’oni karim bir mo‘min boshqa mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir degan.
Qullarni ozod qilish. Musulmonlarga islomni qabul qilgan qullarni ozod qilishni buyuradi. Abu Hurayra (RA) rivoyat qiladi: “Har qanday kishi bir musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh taolo o‘shal qulning (ozod bo‘lgan) har bir a’zosi badaliga uning bir a’zosini jahannam o‘tidan xalos qilur dedilar.
Yashash huquqi. Islomgacha johiliyat davrida Arabistonda qiz tug‘ilishini xoxlamagan arablar ularni tug‘ilgan zahoti triklayin ko‘mib tashlardi. Qur’on bunday odamkushlikni ta’qiqladi: “Ey, insonlar, bolalaringizni qashshoqlikdan qo‘rqib o‘ldirmangiz ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o‘ldirish shubhasiz katta gunohdir”. (“Al-isro” surasi 31-oyat).
Nikoh. Nikohda ayol o‘z sepiga egalik qiladigan, erining mol mulkini meros qilib oladigan, shaxsiy mulkka ega bo‘ladigan, moliyaviy masalalarni hal qilishda ishtirok etadigan bo‘ldi. Etimlar va bevalarni ximoya qilish uchun ko‘p xotinlikka ijozat berildi. Ko‘p xotinli erga o‘zining barcha xotinlariga nisbatan adolatli bo‘lish talab etiladi.
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul Bilol bo‘lgan. Qibla musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon.
Dastlab Muhammad Payg‘ambar musulmonlarni Quddus (Ierusalim)ga qarab namoz o‘qishga buyurgan. Lekin Madinada nozil bo‘lgan Qur’on oyati bilan Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) muslmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Ka’badagi Muqaddas masjid islomning bosh ziyoratgohiga aylandi.
Bag‘rikenglik. Qur’onda yahudiylar va xristianlarga nisbatan bag‘rikenglikni buyuradi. Ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilni muqaddas deb e’lon qilingan, ammo yahudiylar va xristianlar to‘g‘ri yo‘ldan ozishda ayblanganlar.
Islom dinida zo‘rlash yo‘q.

Yüklə 156,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə