Ahmad yassaviyning pedagogik g‘oyalari sotvoldiyev Umidjon Shuxratjon o’g’li



Yüklə 28,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü28,14 Kb.
#153902
Sotvoldiyev Umidjon Shuxratjon o’g’li1



AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI 
 
Sotvoldiyev Umidjon Shuxratjon o’g’li 
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2- bosqich talabasi 
 
Annontatsiya :
Mazkur maqolada tasavvufning mashhur namoyandalaridan 
biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri Ahmad Yassaviyning pedadgogik qarashlari va 
uning qalamiga mansub hikmatlaridagi insonni tar
biyalashga qaratilgan, to‘g‘ri 
yo‘lni topish, komillikka erishish uchun nimalar qilish kerakligi haqidagi nasihatlarini
yangicha yo'lda yoritishga o'rin olgan.Hikmatlaridagi g‘oyalar tahlil qilingangan va 
ularning hayotimizdagi ahamiyati ham yoritib o'tilgan.
Kalit so‘zlar:
AhmadYassaviy, pedagogika, komil inson, tasavvuf, komillik, 
pandnoma, ilm, tariqat, faqirlik, hikmat.
Pedagogika fani tarbiya, taʼlim haqida maʼlumot berishning nazariy va amaliy 
jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi hisoblanib, shaxsning ham aqliy ham 
ma'naviy tarbiyalashga va rivojlantirishga, insonni komillik sari harakatlanishiga 
undovchi fan hisoblanadi. Fan tarbiyaning barcha yo'nalishlarini ya'ni aqliy, 
axloqiy, estetik, huquqiy, ekologik, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ijtimoiy, oila va 
jinsiy tarbiyani o'z ichiga jamlaydi va o'sib borayotgan yosh avlodni mukammallik 
sari kamol topishiga yordam beradi. Ammo fanning bu maqsadi hozirgi kungacha 
hech qanday kamchiliklarsiz biror insonda kuzatilmagan va insoniyat paydo 
bo‘lganidan beri bu g'oya mavjud va hozirgacha dolzarb bo'lib kelyapti . Tarixdan 
barchamizga ma'lumki, bir necha tasavvuf ilmining olimlari ham o'z asarlarida bu 
fikrlarni ilgari surgan. Mutafakkirlarimizning asarlariga nazar solsak, ular o'z
as
arlarida insonni tarbiyalash, nafsni yengish, komillikka erishish kabi g‘oyalarni 
ilgari surganlarini va bu yo‘lda turli maslahatlar berganligiga guvoh bo'lishimiz ham 
mumkin. 
Tasavvuf ilmining olimlaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy ham bu mavzuga o'z 
fikr va g'oyalarini bergan. U XI asrning 2-yarmida Yassi yaqinidagi Sayram 
shahrida tavallud topgan. Oila a'zolaridan otasi Shayx Ibrohim ham javonmardlik
tariqatiga mansub bo‘lgan.Onasi Qorasoch xotun esa Yassaviy tug‘ilgandan ko‘p 
o‘tmay vafot etgan .Ammo, otasi ham 7 yoshligida olamdan o‘tgan. Yassaviy yetim 
qolgach uning tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz shug‘ullanadi. Biroz muddat 
o‘tib ular Yassi shahriga ko‘chib borishadi. Shu vaqt oralig'ida Yassaviy 
Arslonbobga shogird tushib undan botin 
ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirishni 
boshlaydi.Arslonbobning ko‘rsatmasi bilan Buxoroga borib Yusuf Hamadoniyga 
shogirdlikka tushadi.U yerda arab va fors tillarini o‘rganib, forsiy tilda yozilgan 
tasavvufiy asarlar bilan tanishib chiqadi. Yassaviy chi
gʻatoy tilida ijod qilgan. 
Keyinchalik ‘’Yassaviya’’ tariqatiga ( tariqat-yo‘l,usul degani. Tasavvufga xos 
tushuncha) asos soladi.Ahmad Yassaviyning “Hikmat” asarida 240 ga yaqin 
she’rlar jamlangan bo‘lib, asar xalq orasida “Devoni hikmat” nomi bilan mashhur 


bo‘lgan. Hikmatlarga “Qul Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Ahmad ibn 
Ibrohim”, “Sulton Xoja Ahmad Yassaviy”, “Yassaviy miskin Ahmad”, “Miskin 
Yassaviy”, “Xoja Ahmad”, “Ahmad”, “Ahmadiy”, “Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi 
taxalluslar qo‘yilgan .Ahmad Yassaviy hayoti davomida va asarlarida insoniyatda 
mavjud bo'lgan yomon illatlardan, nafs balosida voz kechishga va komil inson 
bo'lishga yetaklaydi.Bunday tasavvufiy qarashlar bevosita pedagogika bilvosita 
falsafa fanlari bilan ham chambarchas bo'g'liqligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 
Chunki bu sohalar ham insonni tarbiyalashga ham ularga to'g'ri yo'l ko'rsatishga 
qaratilgan. 
Ahmad Yassaviy haqida ham bir nechta mutafakkirlarimiz o'z fikrlarini 
qoldirgan. Shuningdek, Alisher Navoiy boshqa tasavvuf olimlari bilan bir qatorda 
Ahmad Yassaviy haqida ham o‘zining qimmatli fikrlarini bildirgan.Alisher Navoiy 
hazratlari tomonidan «shayx ul-mashoyix» deya ulug‘langan. Chunki tasavvuf 
ta’limotida ko‘ngil tarbiyasiga, uni poklash va yuksaltirishga katta e’tibor 
qaratildigan.Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan 
qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida 
tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi. Shu o'rinda 
Yassaviyning asarlarini sodda xalq adabiyoti uslubida yozilganligini ham nafs-u 
dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar ham o‘z aksini topganligi haqida o'z 
fikrlarlarini qoldirgan. Taniqli olim Hamidulla Karamatovning ‘’Qur ‘on va o‘zbek 
adabiyoti’’ deb nomlangan risolasida Ahmad Yassaviyning hikmatlari tahlil qilinib, 
Ollohga yetkazuvchi ‘’muhabbatning jomin ichmay, axli ayol, xonumondin tugal 
kechmay. Shayton g‘olib, jon berarda shoshdim mano’’ kabi satrlari sharxlanadi 
va inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana 
shundagina inson axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, 
degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof 
etiladi. Qolaversa, yangi pedagogik tafakkurda faqirlik maq
omi muhim o‘rin 
egallaydi. Buni biz Yassaviyning ‘’Faqirnoma’’asarida bayon etilganini yaqqol 
misoldir. Faqirlikda qanoat, sabr-
toqat qilmoq kerak’’ degan g‘oyalar ilgari surilgan. 
Ahmad Yassaviyning hikmatlari necha yillar oldin yozilganiga qaramay hozirgi 
kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Uning ‘’Devoni hikmat’’ asaridagi 
hikmatlarida komil inson, kamtar, hokisor , muloyim bo‘lish g‘oyalari ilgari suriladi. 
Ta’lim tarbiya olishda g‘ayrat qilish, hech qanday qiyinchiliklardan qochmaslik 
kerakligini ham aytadi. Bugungi kunda insonlar faqat boylik orttirish, turli 
hashamatlarga berilib ichki dunyoni ham ilm olish bilan boyitish kerakligi haqida 
unutib qo‘ymoqda. Ular nafs yo'lida qator qabihliklarga yo'l qo'yib oxiratlari haqida 
qayg'urmay qo'yishgan. Jamiyatimizdagi faqirlar, muhtojlar, yetimlarga yordam 
qo‘lini cho‘zish kabi insoniy g‘oyalar ham kundan kunga unitilib borayotgandek. 
Tasavvuf nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs-
ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, 
xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy 
shiori sanaladi. Oliy ruhiy olam sirlariga yetishgani uchun u nafsidan, kibr-u 
havodan kechgan edi. Quyidagi baytlarda buni yaqqol ko‘rish mumkin: 


Jondan kechgan chin oshiqlar dunyo demas, 
Nafsi o‘luk, obu taom g‘amin yemas. 
Bu dunyoda sudu ziyon bo‘lsa bilmas, 
Dunyo kelib, jilva qilsa boqg‘oni yo‘q. 
Bundan tashqari Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, 
diyonatsizlik, ota-
ona va ustozlarga hurmatsizlik, yovuzlik, takabburlik, ma’naviy 
qashshoqlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekani, nodonlik, razolat hukm 
surgan joyda, ma’rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini 
alohida qayd etib o‘tadi. Ahmad Yassaviy – mutasavvuf shoirdir. Tasavvufdagi to‘rt 
asosiy bosqich: shariat, 
tariqat, ma’rifat, haqiqat mohiyatini she’riy misralariga 
singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo‘nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. 
Adib tasavvufni inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. 
Bundan maqsad insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga da’vat etishdir. To‘g‘ri yo‘l haqiqatni 
anglashga olib kelmoq kerak. Haqiqatni anglash o‘zlikni anglashdir. Bunga 
erishmoq uchun kishining hidoyat yo‘liga kirmog‘i, butun kuch va vujudini shu 
yo‘lga qaratmog‘i kerakdir. 
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, tasavvufda haqiqiy sevgi - Olloh sevgisi 
yangi pedagogik tafakkurning asosiy tarkibidir. Ahmad Yassaviy insonlarni 
mukammallikka , komil inson darajasiga erishishi uchun nimalarga rioya qilib, 
nimalardan tiyilishlari kerakligi haqida o‘zining qimmatli maslahatlarini berib 
o‘tgan. Shunday ekan inson o`ziga tanqidiy nazar bilan qarab, o`ziga qat’iy ta’nayu 
dashnomlar berib turmog`i shartdir. Bugungi kunda ham bu g'oya va qarashlarga 
asoslangan holda hozir va kelajak yoshlarini pedagogik tomonda rivojlantirish 
mumkin. 

Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə