Mavzu: Insonni tushinishiga dualizmva monism nuqtai nazaridan yondashuv. Reja: Insonni tushunishda dualizm va monizm. Dualizm



Yüklə 7,83 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü7,83 Kb.
#155431
11-mavzu


2- kurs MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALAR YO‘NALISHI
Mavzu:Insonni tushinishiga dualizmva monism nuqtai nazaridan yondashuv

Mavzu:Insonni tushinishiga dualizmva monism nuqtai nazaridan yondashuv .

REJA: 1. Insonni tushunishda dualizm va monizm. 2. Dualizm.

3. Monizm.


Insonni tushunishda dualizm va monizm. Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy ananasiga ham xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
SHunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) – bir-biri b-n birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi taʼlimot. D. plyuralizm koʻrinishlaridan biri. D. terminini nemis faylasufi X. Volf (1679— 1754) kiritgan. D. quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: gʻoyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obyekt va subʼyekt, bilim va eʼtiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat saltanati va b. D. falsafiy, diniy, antropologik, etik shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Qad. davrda diniy-etik D. Avestoda uchraydi. Unda dunyo taraqqiyoti jarayoni bir tomondan yaxshilik, haqiqat, yorugʻlik, ikkinchi tomondan, yomonlik, jaholat, qorongʻulik oʻrtasida abadiy kurash sifatida tasavvur qilinadi.
D. falsafada dunyoning negizida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki mustaqil narsa – ruh va materiya mavjud deb bilishida koʻrinadi. Bu ayniqsa R. Dekart va I. Kant qarashlarida koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Gegel D.ni idealistik monizm asosida, yaʼni mutlaq gʻoya va borliq oʻrtasidagi qarama-qarshilikni dialektik sintez asosida bartaraf qilishga urinadi. Monizmning boshqa shakllari ham shu yoʻldan boradi. D. keyingi vaqgda psixologiyadagi psixofizik parallelizm na-zariyasiga asos boʻldi.
Monizm (qadimgi yunoncha: μόνος — monas — yakka, yagona) — dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan taʼlimot. M. dualizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tarixida materialistik va idealistik M. mavjud boʻlgan. Materialistik M. tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni (Anaksimandr), havoni (Anaksimen), gomeomeriya (zarra)ni (Anaksagor), atomni (Demokrit, Epikur), olovni (Geraklit) dunyoning yagona moddiy asosi deb hisoblaganlar. Idealistik M.ning yirik vakili Gegel dunyo va uning hodisalari asosiga dunyoviy gʻoyani qoʻygan. Falsafada M. butun borliqni — tabiat, jamiyat, inson maʼnaviy dunyosini bir deb bilish, ular yagona asosdan kelib chiqqan, bir-birlaridan mutlaqo ajralmas deb hisoblashdir.
Tabiatshunoslikda Monizm jonsiz (noorganik) va jonli (organik) tabiat bosqichlari — oʻsimlik dunyosi, hayvonot dunyosi, insoniyat dunyosini bir asosdan uzoq rivojlanish jarayonini bosib oʻtib, bir-biridan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimotdir.
Lotin alifbosida maqola: MONIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.

НАШИ КОНТАКТЫ

proverka@example.com


Yüklə 7,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə