Fakulteti "falsafa" fanidan mustaqil ish mavzu: islomning vujudga kelishi va tarqalishi


Allohning borligi va birligiga imon keltirish



Yüklə 156,6 Kb.
səhifə8/11
tarix23.12.2023
ölçüsü156,6 Kb.
#157030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA MUSTAQIL ISH

Allohning borligi va birligiga imon keltirish

Quyidagi sura nozil bo‘lgan:
Ixlos surasi. Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

    1. (Ey, Muhammad!) ayting: “U Alloh yagonadir.

    2. Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir.

    3. u tug‘magan va tug‘ilmagan ham.

    4. Shuningdek, Uning hech bir tengi yo‘qdir”.17

    1. Farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar nurdan yaratilgan bo‘lib, Allohning buyruqlarini so‘zsiz bajarib, amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil, Azroil kabi farishtalar nomi Qur’onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalariadan biri Allohning vahiylarini etkazish bo‘lgan. Qur’onda farishtalar haqida aytilgan, shuning uchun farishtalarga ishonish imonning shartlaridan biri.

    2. Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh taolo Muhammad payg‘ambarga

Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan.
Ilohiy kitoblar –muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga saqifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob.
Bulardan 10 sahifani Odam (as)ga,
50 sahifani Shis(as)ga,
30 sahifani Idris(as)ga,
10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.
Muso (as)ga Tovrot,
Dovud (as)ga Zabur, Iso(as)ga Injil
va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitoblar va sahifalar bir yo‘la bir da’fada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. 18
Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli
Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh taolo insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari aytilgan. Ular: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Yoqub, Yusuf, Ayyub, Shu’ayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Oliya, Zulkafl, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad payg‘ambardir.
Payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi Qur’on va xadislarda bayon qilingan. Musulmonlar barchasiga imon keltirishi shart.

Yüklə 156,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə