Odam evolutsiyasi


Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – neoantroplar



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə5/5
tarix17.06.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#117686
1   2   3   4   5
Odam evolutsiyasi

Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – neoantroplar. Dastlab hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – kromanyonlar ning skeletlari, kalla suyaklari, qurollari Fransiyaning janubidagi Kromanyon degan joydan, keyinchalik uning qoldiqlari Yevropa, Osiyo, Avstraliyadan ham topilgan. Ular taxminan 250–150 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Kromanyon odamlar ning bo‘yi 180 sm, kalla qutisining hajmi 1600 sm3 atrofida, peshonasi keng bo‘lgan. Iyagining bo‘rtib chiqqanligi ma’noli nutq yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Ular g‘orlarda yashab, uning devorlariga turli bo‘yoqlar bilan ov epizodlari, raqslar, hayvonlar, odamlar tasvirini ishlaganlar. Ular shox, suyak, chaqmoq toshdan yasagan qurollar nihoyatda xilma-xil, nisbatan nafis bo‘lgan. Kromanyonlar tosh tarashlashni, nayza, o‘q-yoy yasashni bilganlar. O‘zlari uchun turli joy qurganlar, kulollik bilan shug‘ullanganlar. Yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatganlar, ibtidoiy dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar (82-rasm).
Shunday qilib hozirgi ko‘rinishdagi odamlar maymunlardan

82-rasm. Kromanyon.
tarqamagan, balki eng qadimgi odamlar Homo erectusning keyingi rivojlanishi oqibatida paydo bo‘lganlar.
Tirik tabiatning rivojlanishida odamning paydo bo‘lishi muhim voqea hisoblanadi. Odam tarixiy taraqqiyotida barcha tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan qonunlar asosida rivojlangan. Shu sababli, u barcha organizmlar singari oziqqa, kislorodga muhtoj bo‘ladi, rivojlanadi, qariydi va o‘ladi. Barcha o‘simliklar, hayvonlar singari odam tanasi biologik fanlar uchun tekshirish obyekti hisoblanadi. Lekin odam bo‘lish uchun odam tanasining o‘zigina yetarli emas. Odamlardan ajralib yashagan bola so‘zlash va fikrlashni bilmaydi. Odam bo‘lish uchun bola kishilar orasida, jamiyatda yashashi kerak.
Nima sababdan hozirgi odamsimon maymunlardan odam paydo bo‘lmaydi?
Modomiki eng qadimgi odamlar tarixiy taraqqiyotda odamsimon maymunlardan kelib chiqqan ekan, u holda nima sababdan hozirgi odamsimon maymunlar vaqt o‘tishi bilan odamlarga aylanmaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Bu haqida mulohaza yuritilar ekan, birinchidan, hozirgi odamsimon maymunlar hech qachon bizning ajdodlarimiz bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tish lozim. Hozirgi odamsimon maymunlar va qadimgi odamlar odamsimon maymunlarning har xil hayot sharoitda yashashga o‘tgan ikki tarmog‘i hisoblanadi. Odamsimon maymunlarning ajdodlari ko‘proq o‘rmonlardagi daraxtlarda yashaganlar. Odamlarning ajdodlari esa ochiq yerlarda ikki oyoqda yurishga o‘tganlar. Ikkinchidan, Darvinning evolyutsion nazariyasiga binoan turlar qanchalik keng hududda tarqalgan bo‘lsa, ularning tarixiy jarayonda o‘zgarishi shunchalik jadal suratlar bilan o‘tadi, chunki keng hududda sharoit turli-tuman bo‘lganligi uchun turlarda ham irsiy o‘zgarishlar xilma-xil bo‘ladi. Hozirgi odamsimon maymunlardan shimpanze Markaziy Afrikaning sernam tropik o‘rmonlarida, gorilla Sharqiy va Markaziy Afrikaning o‘rmonlarida, orangutang esa Sumatraning botqoq o‘rmonlarida tarqalgan. Binobarin, ularni ochiq yerlarda ikki oyoqda yurishga o‘tish imkoniyati cheklangan. Uchinchidan, yangi turlarning hosil bo‘lishi uchun ularga kiruvchi individlar soni ko‘p bo‘lishi kerak. Vaholanki, shimpanzening 2 turi, gorilla, orangutangning hozir bittadan turi mavjud. Har bir turga kiruvchi individlar soni ham unchalik ko‘p emas. To‘rtinchidan, hozirgi vaqtda yashayotgan odamlar maymunlardan emas, balki eng qadimgi odamlar—arxantrop lardan kelib chiqqan va bu jarayon 40–50 ming yil mobaynida emas, balki 1,5 mln yillar davomida ro‘y bergan. Yuqorida qayd etilgan sabablarga ko‘ra hozirgi odamsimon maymunlarn ing odamga aylanishi mumkin emas.

Adabiyotlar


1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə