Oila tushunchasi va oiladagi ijtimoiy munosabatlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#139999
  1   2   3   4   5   6
oila-tushunchasi-va-oiladagi-ijtimoiy-munosabatlar-tizimi



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№2 2022 
135 
OILA TUSHUNCHASI VA OILADAGI IJTIMOIY MUNOSABATLAR 
TIZIMI 
Xolmurodov Gʻulom 
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 
Ijtimoiy ish kafedrasi oʻqituvchisi 
Sirojiddinova Guloyim Azmiddin qizi 
Oʻzbekiston Milly Universiteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7239018
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada oila tushunchasi, asosiy xususiyatlari, oilaning 
turlari, mazmun va mohiyati, oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilalarni o‘rganishda 
yaxlit bir tizim sifatidagi qarashlar o‘rganilib, tahlil qilingan.
 
Kalit soʻzlar: 
Oila kodekisi, oila tushunchasi, oilaning funksional xususiyatlari, 
oila turlari, oila energetikasi, oila tizmi, oilaning chegarasi va hududi.
 
 
Mashhur faylasuf V.Gyugo aytganidek, “oila jamiyatning duru gavharidir”. 
Shuningdek, “Oila tabiatning shox asarlaridan biridir”. Xuddi shox asar hisoblangan 
oilani o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq etib borish bugungi kunning ham eng dolzarb 
masalalaridan bo‘lib, hozirgi davrda mustaqil O‘zbekistonda bu borada juda katta 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda. “Oila” haqida gapirar ekanmiz, avvalom 
bor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, 
muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak avlodlar qanday 
inson bo‘lib yetishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini deb 
bilamiz. Har bir oilaning kelajagi va istiqboli, uning mustahkamligiga, sog‘lom 
turmush tarziga bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida xalqning, jamiyatning istiqbolini 
belgilaydi. Shu tufayli oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari mamlakat, jamiyat 
manfaati yo‘lida amalga oshiriladigan eng muhim masalalardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat muxofazasida 
bo‘lish huquqiga ega”, deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-
moddasida[1]. 1998 yila “Oila yili”da “Oila kodeksining” qabul qilingan va bu hujjat 
“Oila” so‘zining “Nikoh” so‘ziga nisbatan kengroq ma’no anglatishi hisobga olinib, 
amalda qo‘llanib kelingan “Oila va nikoh” kodeksi yangilanngan va to‘ldirilingan. 
“Oila” kodeksi 238-moddadan tarkib topgan sakkiz bo‘limdan iborat[2]. “Umumiy 
qoidalar” deb ataluvchi bo‘limning sakkiz moddasi “oilaviy munosabatlarda mahalliy 
urf-odat va an’analarining qo‘llanishi” haqida bo‘lib, jumladan, bu masala shunday 
ifodalangan: “Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə