Oila tushunchasi va oiladagi ijtimoiy munosabatlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#139999
1   2   3   4   5   6
oila-tushunchasi-va-oiladagi-ijtimoiy-munosabatlar-tizimi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№2 2022 
137 
* dini, urf odatlari,tili, bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar 
masalan; oʻzbek-tojik, oʻzbek-qozoq, oʻzbek-turkman, rus-ukrain va h.k. 
* dini, urf odatlari, tili bir guruhga mansub boʻlmagan millat vakillarining 
oʻrtasidagi nikohlar, masalan; oʻzbek-rus, oʻzbek-ukrain, oʻzbek-estoniya, oʻzbek-
nemis va h.k. 
12) Yuridik rasmiylashtirilganligiga koʻra: sinovdagi oila (birga yashashadi 
ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir birlarini norasmiy nikohda deb 
bilishyapti), rasmiylashtirish arsfasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi 
anniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga koʻra rasmiylashtirish kuchaytirilyapti), 
nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi 
yuridik jihatdan norasmiy oilasi) kabidir. 
Oilaning turlari 

Monogam oila- bola manfaatlariga yoʻnalgan oiladir. XIX asrning oxiri 
XX asrning boshlarida paydo boʻlgan hodisadir. Bu turdagi oilalar koʻproq bolani 
kelajakda kim boʻlishi, u egallashi lozim boʻlgan martabalar, uning istiqboli xususida 
qaygʻuradigan, shu bois oilaning budjeti uni taminlash, unga zarur taʼlim tarbiyani 
berish, gʻamxoʻrlik qilishga sarflanadi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki, 
baʼzan ona faqat bolani oʻylash, unga eʼtibor qilishni afzal bilgandan eridan ham voz 
kechishi holatlari ham kuzatilgan. 

Avtoritar oila- bola soni 1 yoki 2 ta, ota onaning cheksiz gʻamxoʻrligi, 
ular obroʻsi bilan parallel tashkil etiladi. Masalan: kohinlar amaldorlarning oilasi 
shunday. Ota ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga yetadigan, shuning 
uchun bola ham xuddi otasi yoki onasi kabi yetishish motivatsiyasi kuchli boʻladi. 

Ambivalent detotsentrik oila- bola koʻproq ota onaning hissiy emotsional 
gʻamxoʻrligi taʼsirida boʻladi. Masalan: agar qiz bola boʻlsa, u faqat otasi yoki onasi, 
yoki ikkisining doimiy erkalashlari ogʻushida katta boʻlib, oxir oqibat shunday 
holatga koʻnikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday boʻlsa kerak, degan fikr 
baʼzan oʻzi mustaqil oila qurganda uning yangi xonadonga koʻnikishga jiddiy xalaqit 
beradi. 

Kvaziavtonom detotsentrik oila- bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli 
tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, oʻz 
holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berlgan boʻladi. Buning albatta ijobiy, ham 
salbiy jihatlari bor. 

Monogam boʻlmagan oila- toifasi chin maʼnoda nikoh munosabatlariga 
tayanamaydi. Bundan oilaning 3 xil koʻrinishi mavjud; 

ajrimlar tufayli paydo boʻlgan notoʻliq oila- XX asr oxirida koʻpayib ketgan 
notoʻliq oila turi Golodning ma'lumotiga koʻra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu qadar 
koʻpaydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi toʻgʻri keldi. Buning sabablari: ota 
onalik roʻllarning bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan chetlashishi, chunki 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə