Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‟ziga xos xususiyatlari Reja



Yüklə 30,72 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü30,72 Kb.
#147455
  1   2
Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar-fayllar.org


Mavzu. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‟ziga xos xususiyatlari Reja
      1. MAVZU.Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o‟ziga xos xususiyatlari Reja

  1. Aqli zaif o‟quvchilarda og‟zaki va yozma nutq kamchiliklarining sabablari



  1. Aqli zaif o‟quvchilarda nutqning fonetik fonetik buzilishi, bartaraf yetish yo‟llari



  1. Aqli zaif o‟quvchilarda nutqning leksik-grammatik tomonidan buzilishi



  1. O’quvchilarida uchraydigan yozma nutq buzilishlarini o‟ziga xos xususiyatlari va uni bartaraf yetish yo‟llari




Tayanch iboralar: Oligorfreniya,nutqning predikativ shakli, akli zaiflik, tugma nukson, orttirilgan nukson, , Daun kasalligi, yordamchi maktab
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni me‘yorga kel-tirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan o‘ziga xosligi, xatti-xarakatini suz orkali nazorat kilishni izdan chiqishi xissiy-irodaviy soxani tulakonli yemasligi kuzatiladi.. Debil darajasidagi Aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli ortada qolish nutqgacha bo‘lgan davrdayoq kuzatiladi. Agar go‘daklarda chug‘urlash 4 oyligidan 8 oyligigacha me‘yorida paydo bo‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12-24 oylikgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi (I.V.Karlin. M.Strazulla.) Kassel, Shlezinger, M.Zeyemanlar fikricha, aqli zaif bo‘lgan bolalarda birinchi so‘zlar 3 yoshdan paydo bo‘ladi. I.V.Karlin va M.Strazullaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday bolalarda birinchi so‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lar yekan. (Bolalarda birinchi so‘zlarning paydo bo‘lish me‘yori 10oy dan 18 oyligigacha). Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunda birinchi so‘zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutkining rivojlanishni o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar tomonidan psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, I.Karlin, M.Strazulla, S.Borel, Mezonni, Shlezinger, M.Zeyeman va boshqalar). Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi logopediya doirasida
M.Xvatsev, R.Ye.Levina, G.A.Kashe D.I.Orlova, M.A.Savchenko Ye.F.Sobottovich, R.I.Lalayeva, K.K.Karlep tomonidan urganilgan. Bu tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yordamchi maktabning boshlangich sinflarida anik nuqsonlar 40-60% bolalarda kuzatilar yekan. Yordamchi maktabning birinchi sinflarida M.Ye.Xvatsev, G.A.Kashe ma‘lumotlariga ko‘ra, yordamchi maktabning birinchi sinflarida nutq kamchiliklariga yega bolalarning soni birmuncha yukori. S.YA.Rubinshteynning fikricha, aqli zaif bolalarda nutq rivojlanmasligining sababi «miya po‘stlog‘i faoliyatining zaifligi, barcha analizatorlarda yangi differensial aloqalarning sekinlik bilan ishlab chiqilishidadir». Nutqiy yeshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan so‘zlarini aniq anglamaydi. Motorikannng, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikki tomonlama nazorat orqali ta‘minlanadi. Yeshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq bo‘lib rivojlanadi. Aqli zaif bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida 1.Rubingiteyin S.YA. Psixologiya umstvenno ostalogo shkolnika.- M.1970-S106. V.G.Petrova ularning nutq buzilishlari sabablari hisoblangan ko‘pgina faktorlar yig‘indisini,ajratib, aqli zaif bolalar nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining rivojlanmaganligidir, deb ye‘tirof yetadi. Analitik – sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul qilishning buzilishida namoyon bo‘ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning semantik tomondan o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo‘lgan so‘zlarni (mavhum, umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, yergash gapli qo‘shma gaplar) qiyinchilik bilan yegallaydilar. Analitik-sintetik faoliyatning umumiy ravishda rivojlanmay qolishi sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining o‘zlashtirilishi me‘yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o‘laroq, qiyinchilik bilan kechadi. Atrofdagi olam haqidagi tasavvurning cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi, qiziqishning yetilmaganligi, nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pasayishi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Bular bilan bir katorda ularda nutk buzilishlariga olib keluvchi boshka faktorlar xam sabab buladi yani nutk apparati tuzilishdagi kamchiliklar natijasida rinolamiya mexanik dislaliya; bosh miya pustlok osti kismining ba‘zi bulimlarini zararlanishi oqibatida yuz beradigan organik duduklanish va dizartriya. Nutq buzilishining umumiy tavsifi Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli (sistemali) xarakterga yega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog‘liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo‘ladi-ki, bular mativasiyaning zaifligi, nutqiy muno-sabatga bo‘lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatining programmalashtirishning qo‘pol buzilishi, nutqiy xarakatlarning ichki programmasi nutkiy programmani kullanishi nutk ustidan nazorat oldindan faoliyat sabab bilan bog‘lash kabilardir. Aqli zaif bolalar nutqiy bayon qilish turli darajada bu-ziladi (mazmunan, til jihatidan, sensomotor darajada). Yeng ri-vojlanmaganlari murakkab darajalar (mazmun, tilga oid) hisoblanadi. Ular yuqori darajada shakllangan tahlil harakat-lari, sintez, umumlashmalikni talab yetadi. Bunday bolalarda nutqning sensomotor darajasi turlicha kechadi. YUqori sinflarga borib ko‘pchilik o‘quvchilarda nutqning fonetik nuqsonlari, motor darajalarining buzilishlarining yo‘qolishi ro‘y beradi. Shu bilan bir vaqtda bu bolalarda til va semantik darajalarning rivojlanishi me‘yorga (normaga) yetmay qoladi. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi turli ko‘rinishlarda bo‘ladi va ularni tahlil yetishda differensial yondoshishni talab yetiladi. Simtomatika (kasallik belgilarining yig‘indisi) va nutq buzilishining mexanizmi faqatgina miya sistemasining umumiy rivojlanmay qolishidagina yemas, balki, nutqqa bevosita aloqador bo‘lgan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli zaif bolalarda nutq buzilishlari ko‘rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli oligofreniyaning ikki guruhi ajratib ko‘rsatiladi (G.Ye.Suxaryova, R.I.Belova-David): 1)nutq rivojlanmagan oligofreniya; 2)nutq kamchiliklari bilan murakkablashgan, atipik oligofreniya. Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha shakllari uchraydi (dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, disleksiya, disgrafiya, duduqlanish, afaziya va boshqalar). Nutq buzilishi tizimining strukturasida semantik nuqson (defekt) asosiy o‘rinni yegallaydi. Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi o‘zining uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi va yordamchi maktablarning yuqori sinflargacha bo‘lgan davr oralig‘ida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi. Aqli zaif o‟quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi va ularni bartaraf yetish yuzasidan logopedik ishlar Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o‘rta maktablarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Ular asosida bir yemas, balki, qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining
rivojlanmay qolishi, nutq-yeshitish differensiasiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulyasion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir. Me‘yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab bo‘lgan tovushlarda buzilishlar ko‘proq uchraydi L va R kabi titroq va portlovchi-sirg‘aluvchi tovushlar. Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari ko‘proq uchraydi (M.A.Aleksandrovskaya ma‘lumotiga ko‘ra). Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga ko‘ra, sirg‘aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og‘zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq yeshitish, analiz va sintezining to‘la rivojlanmasligi sirg‘aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bir qatorda tovushlarni almashtirib qo‘llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan, 2,5 martaga ziyodroq bo‘ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni almashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o‘ziga xosligi, mustaqil nutqdagi o‘xshash bo‘lgan, aniq, ravshan artikulyator qurilmalarning foydalanishida namoyon bo‘ladi. D.I.Orlovaning ma‘lumotlariga ko‘ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to‘g‘ri foydalana bilmaslik ko‘proq tarqalgan. Birinchi o‘quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi. (1-sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulyator qurilmalarini to‘g‘ri shakllantirish uchun) bir o‘quv yilining o‘zi ham kifoya qilar yekan. 2-sinf o‘quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni noto‘g‘ri qo‘llash va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to‘g‘ri qo‘llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bo‘ladi. Ularni bartaraf yetish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi o‘rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqga qo‘llash ularga xosdir. Quyi sinflarning aqli zaif o‘quvchilarida tovush talaffuz qilishining keskin o‘zgarishlari seziladi. Yordamchi sinflarning 1-2- sinflarida tovushlarning bir necha guruhidagi o‘zgarishlar birgina guruhdagi tovush o‘zgarishlariga qaraganda 2 marta ko‘proq kuzatiladi. Ikki va uch guruhga oid tovush buzilishlari (sirg‘aluvchi, shovqinli, r va l) yuqori darajada bo‘ladi. To‘rtinchi va beshinchi – guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi ko‘proq yoyilgan bo‘ladi. YUqori sinflarning ko‘pchilik o‘quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh tovushlardagina kuzatiladi. Tovushlarni ko‘plab almashtirib qo‘llash nafaqat nozik motorik differensiasiya qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni yeshitish differensiasiyasining buzilishi, tovushlarni to‘g‘ri tanlash operasiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o‘ziga xos tomoni bu buzilishlar variativ, ya‘ni turli ko‘rinishda bo‘ladi. Birgina o‘sha tovushni bola ba‘zi vaqtda to‘g‘ri talaffuz qiladi, ba‘zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu so‘z hosil qilgan tovush-bo‘g‘in tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning so‘zdagi o‘rni bilan belgilanadi. Sodda so‘zlar boshida bola tovushni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, aksincha, murakkab so‘zlarda ketmaket kelgan undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin. Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan ko‘ra ko‘proq aqli zaif bolalar yozuvida aks yetadi. Bu ko‘rinish avvalo, tovush almashtirish holatlariga taalluqlidir. Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polimorf hisoblanadi. Masalan, bir bolaning o‘zida ham, nutq motorikasining rivojlanmay qolishi, ham yeshitish differenisasiyasi va artikulyasion apparatning tuzilishidagi buzilishlar ro‘y beradi. Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan xarakterlanadi. So‘zlarda tovush-bo‘g‘in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda ko‘p uchramasada, yordamchi maktablarning 1-2 sinflarida har holda uchraydi va o‘ziga xoslik bilan xarakterlanadi. Tovush- bo‘g‘in strukturasining buzilishi, bo‘g‘inlar strukturasining ketma-ketligida ham, alohida bo‘ginda ham ro‘y berishi mumkin. Biror bir bo‘g‘in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok yetgan bo‘g‘inga nisbatan bo‘g‘inlari ko‘p bo‘lgan sodda so‘zlar ko‘proq o‘zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish, ular ketma-ket kelgan so‘zlarda, so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida bo‘lishidan qat‘iy nazar ko‘proq tarqalgan. Aqli zaif bo‘lgan bolalar ko‘proq ketma-ket kelgan undoshlarni fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda, so‘zdagi undoshlar ketma-ket kelganda, birinchi turgan tovushni almashtirish ro‘y beradi, ayniqsa, bu so‘z artikulyasiyasiga ko‘ra murakkab so‘z bo‘lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist,
kostyum-koxtyum). Tovush almashtirish ko‘proq akustik yoki artikulyator-akustik o‘xshashliklarning belgilariga qarab oshiriladi (sh-x, t-s, k-p, k-t, r-l). Tovush almashtirishning ozgina qismigina artikulyator o‘xshashliklar tufayli ro‘y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishning sababi bo‘lib, so‘zdagi undoshlarni noaniq yeshitib farqlay bilish hisoblanadi. So‘zlardagi bo‘g‘in strukturasining buzilishi hatto butun bir bo‘g‘in tushirib qoldirishda ham namoyon bo‘ladi (televizor – tvizor, qo‘lbola- bala). Bo‘g‘in tushirib qoldirish asosan so‘z boshida va o‘rtasida yuz beradi (kitob-tob, qo‘zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha). Bo‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so‘zlardan boshlab, ko‘proq yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bo‘lgan va tez-tez foydalanib turiladigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi. Aqli zaif bolalarning nutqi ko‘p hollarda ma‘nosiz, tushunarsiz va yemosional bo‘yoqsiz bo‘ladi. Ba‘zilarida nutq sekinlashgan, ba‘zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, ba‘zilarining ovozi chinqiroq bo‘ladi. Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og‘rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutq tezligi past bo‘lishi, o‘ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfoniya – ovoz o‘zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bo‘g‘iq; nafas olish, ovoz, artikulyator apparatining koordinasiyasi buzilgan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to‘g‘rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom yetadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bo‘lishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom yetishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning o‘ta buzilishi, yeski-oddiy aloqalardan yangilariga o‘tishdagi bir xillikni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi. YAngi tovushni nutqqa kiritish, ya‘ni avtomatizasiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba‘zida bir tovushni me‘yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg‘ulotning o‘zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizasiyalash bir, 1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining o‘ziga xos tomonlari, o‘z nutqi va to‘g‘ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo‘qligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni G.A.Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko‘pchilik bolalarda tovushni to‘g‘ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o‘quv yili davomida amalga oshirilar yekan. 96 tovushdan 72 tasi o‘quv yili oxiriga borib to‘g‘rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi nutqda to‘g‘ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish nuqsonlarini to‘g‘rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘lash, qiyoslashning, analiz va sintizning harakatlari bilan bog‘lash lozim. Yordamchi maktabda to‘g‘ri talaffuz qilish buzilishlarini to‘g‘rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qo‘llaniladi. Masalan, tovushni to‘g‘rilash bosqichida to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizasiya bosqichida shu tovushning o‘zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlar bilan qiyoslanadi. Korreksiya (to‘g‘rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so‘zlarning tovush tuzilishi qiyoslanadi. Asosiy diqqat – ye‘tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, yeshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya‘ni aqli zaif bo‘lgan bolalardagi talaffuz qilish buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi. Talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasini nutqiy rivojlanish bilan, nutqning fonetik rivojlanishi, lug‘at, tilning grammatik qurilishi bilan bog‘laydilar. CHunki, bolalarda talaffuz qilishdagi nuqsonlar nutq rivojlanmay qolishining umumiy qiyofasida ko‘rinadi. Talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasida diqqat-ye‘tibor so‘zning tovush tarkibi haqidagi aniq tasavvurga yega bo‘lishga, so‘zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning ma‘no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi. Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga o‘rgatish o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqa amalga oshiriladi. Tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni o‘zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni o‘rganish esa tovushni nutqqa mustahkamlash uchun grafik tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Bola harfni o‘rganishdan avval, tovushni to‘g‘ri talaffuz qila bilishi, uni nutqta ajrata olishi kerak. Aqli zaif o‘quvchilarda talaffuz qilishdagi buzilishlarni to‘g‘rilash davrida ulardagi psixik jarayon kechishining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-ye‘tiborni bir joyga yig‘a olmaslik va boshqalar). Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf yetish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri ishni yakka tartiblashtirish hisoblanadi. O‘ziga xoslik rejalashtirishda ham o‘z aksini topadi. Frontal mashg‘ulotlarning mavzulari asta-sekin qiyinlashtirishni hisobga olgan holda tor bo‘lishi kerak. Normal bola uchun qiyinchilik tug‘dirmaydigan har qanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha
oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu o‘ziga xoslikni talaffuz qilishni to‘g‘rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor. Yordamchi maktablarda talaffuz qilishdagi buzilishlarni bartaraf yetishning dastlabki bosqichi uzoq davom yetadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb yetishi bilan xarakterlanadi. Umumiy nutqiy motorikani rivojlantirish, yeshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi. Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular o‘yin ko‘rinishidagi mashqlarda o‘tkaziladi. Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida, ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulyator mashqlar kiritiladi. Aqli zaif bolalarda artikulyator motorikani rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib boriladi: harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulyator harakatning kinestetik asoslarini rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish ko‘zgusiz olib boriladi, o‘quvchilar lablar holatini takrorlaydi, logopedning nutq yo‘riqnomasi asosida til holatini passiv o‘zgartirishini qaytaradi. Bolalarni yeshitib nutqiy birliklarni ajratishga o‘rgatiladi. («qani kim qichqirayapti?», «top-chi ovoz qayerdan kelayapti?») kabi o‘yinlar. Shuningdek, o‘quvchilarni so‘zlar tartibini yeslab qolishni, bo‘g‘inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga o‘rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining yelementar shakllarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib ko‘rsatishni o‘rganadilar. Aqli zaif bolalarda tovushni yo‘lga qo‘yish aralash usullarda amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovush-larini avtomatizasiyalashtirish uzoq davom yetadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda so‘zdagi tovushni ajratib ko‘rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan uning o‘rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish olib boriladi. Aqli zaif bolalar so‘zdagi tovush o‘rnini yaxshi beliglay olmaydilar, shuning uchun o‘z vaqtida artikulyator a‘zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar. Ayniqsa, bu hol tovush so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi. Tovushlarni avtomatizasiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida ishlash tavsiya yetiladi. Bo‘g‘indagi urg‘u ustida, so‘z urg‘usi ustida bog‘lanishli nutqda intonasiya ustida ishlash lozim bo‘ladi. Bu bosqichning o‘ziga xos tomoni darslarni rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi. Mashg‘ulotlar aniq rejalash-tiriladi, bu rejada nutqiy materialni topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish maqsad qilib qo‘yiladi. Masalan, bo‘g‘inlardagi S tovushni avtomatizasiyalashtirishda mashg‘ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf): ochiq bo‘g‘inlarda (tovush so‘z boshida); teskari bo‘g‘inlarda as, os, us, is; yopiq bo‘g‘inlarda (tovush bo‘g‘in boshda) sol, sot, sak; yopiq bo‘g‘inda (tovush bo‘g‘in oxirida): los, kos, kas; undoshlar yonma-yon kelganda: ska, ost, osk. Tovushlar differensiasiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. O‘rta maktablarda bu ishlar faqat og‘zaki nutqda tovushlar o‘rni almashgandagina olib boriladi. Yordamchi maktablarda esa bu qadar og‘zaki nutqda tovush buzib talaffuz yetilganda ham olib borilishi zarur. Bu yozma nutqda ko‘plab harflar o‘rnini almashtirishga olib keluvchi nutq tovushlarini nutqiy-yeshitish differensiasiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi. Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yo‘nalishda olib boriladi: 1) tovushlarni talaffuz qilish differensiasiya-sini aniqlash; 2) nutq tovushlarini yeshitish differensiasiyasini rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bo‘lgan tovushlar ustida ishlash. Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi. Aqli zaif bolalar so‘z boyligining o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar diqqat-ye‘tiborini o‘ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar passiv va aktiv lug‘atlarning shakllanishida o‘z izini qoldiradi, deb ye‘tirof yetganlar. Aqli zaif bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligi, so‘zlardan noto‘g‘ri foydalanish, passiv lug‘atning aktiv lug‘atdan ustun bo‘lishi va so‘zlarni mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda so‘z boyligi kambag‘alligining muhim sabablari bo‘lib, ularning aqliy rivojlanishining pastligi, atrofdagi olam haqida bilim va tasavvurlarining cheklanganligi, verbal xotiraning zaifligi, ijtimoiy va nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pastligi, qiziqishlarning shaklanmaganligi xisoblanadi. V.G.Petrovning ma‘lumotlariga ko‘ra, 1 sinfning aqli zaif o‘quvchilari ularni o‘rab turgan ko‘pgina predmetlarning (soat, piyola), ayniqsa, predmetlarning alohida bo‘laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa). Bolalar lug‘atida aniq ma‘noli otlar ustunlik qiladi,umumlashma xarakterdagi so‘zlar ishtirok yetmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim). Aqli zaif bolalarning faol lug‘atida hayvonlar harakatini anglatuvchi ko‘plab fe‘llar ishtirok yetmaydi (sakraydi, yemaklaydi,uchadi). 1-2-sinfning o‘quvchilari
«qurbaqa kelyapti» «ilon kelyapti», «qushcha kelyapti» -kelyapti deb gapiradilar. Aqli zaif bolalar soni jihatdan ko‘p bo‘lmagan predmet belgisini bildirgan so‘zlardan: rang- (qizil, ko‘k, yashil), maza- ta‘m (shirin, achchiq) foydanadilar. Belgi jihatdan qarama-qarshi ma‘noli bo‘lgan so‘zlardan esa juda kam foydalanadilar (uzun-qisqa). N.V.Tarasenkoning ma‘lumotlariga ko‘ra quyi sinflarning aqli zaif
o‘quvchilari insonlarning ichki fazilatlariga oid sifatlarni ham istemol qiladilar. Quyi sinf aqli zaif o‘quvchilarining lug‘atida ravish so‘z turkumiga oid so‘zlar juda ham cheklangan. So‘z va iboralarni noto‘g‘ri qo‘llash tez-tez uchraydi. Semantik o‘xshashligiga ko‘ra so‘zlarni almashtirish ustunlik qiladi. Tarqoq, ma‘nosi kengaygan so‘zlarni almashtirish xodisasi xarakterlidir (sakrayapti, o‘rmalayapti
«kelyapti»). Bir turdagi, ko‘rinishdagi so‘zlarni almashtirish kuzatiladi. Masalan, botinka so‘zi bilan bolalar (yetik, tufli, kalish so‘zlarini qo‘llaydi); ko‘ylak so‘zi bilan kofta, kurtka so‘zlari qo‘llanadi. Aqli zaif bolalarda so‘zlarni qo‘llashdagi noaniqliklarning sabablari bo‘lib differensiasiyaning predmetlarni ajratishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Aqli zaif o‘quvchilarning differensial tormoz jarayoni zaifligi oqibatida predmetlar orasidagi farqlarga qaraganda, ularning o‘xshashliklarini osonroq qabul qiladilar, shuning uchun ular o‘xshash predmetlarning umumiy va aniq belgilarini o‘zlashtiradilar. Shunday umumiy va aniq belgilar bo‘lib, predmetlar bajaradigan vazifa bo‘lishi mumkin (qoshiq, sanchqi). Predmetlar orasidagi farq o‘zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi. Aqli zaif bolalarning passiv lug‘ati faol lug‘atga qaraganda ko‘proq, lekin shunda ham biror so‘zni qaytarish, talaffuz yetish uchun yo‘naltiruvchi savol talab yetiladi. Qiyinchiliklar bir tomondan, aqli zaif bolalarning bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanishdan, boshqa tomondan, semantik maydonlar shakllanishidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqadi. A.R.Luriya va O.S.Vinogradovalar semantik maydonlar yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot ularni to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatdi. Normada so‘zni tanlash, ularning ma‘nosidan kelib chiqqan holda, ya‘ni mazmuniy o‘xshashliklarga qarab amalga oshiriladi (baland-past, olma-nok). Aqli zaif bolalarda esa so‘zlarni tanlash ko‘proq taxminiy, ba‘zan, tovush o‘xshashliklariga asoslanib amalga oshiriladi-ki, bu yana bir bor lug‘aviy sistemalikning to‘liq shakllanmaganligidan dalolat beradi. Ko‘pgina so‘zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi.

Yüklə 30,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə