Davlat iqtisodiy faoliyatining nazariy asoslari



Yüklə 51,74 Kb.
səhifə1/2
tarix08.08.2023
ölçüsü51,74 Kb.
#120433
  1   2
DAVLAT IQTISODIY FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI


DAVLAT IQTISODIY FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI

Reja:


1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslubi
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining tahlil uslubi
Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne`matlarni iste`mol qilishimiz zarur. Shuning uchun ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste`mol qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va qaror qabul qilish bilan bog`liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni obektiv zaruratga aylantiradi.
Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko`p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni har taraflama chuqur o`rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o`rganadi. Lekin ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o`zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi.
Iqtisodiy muammolarni bilish, o`rganish o`z faoliyatida qo`llash nafaqat iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o`rgatadi.
Mazkur kitobning birinchi bo`limi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslarini o`rganishni maqsad qilib, birinchi bob fanning predmeti va metodlariga bag`ishlangan.
Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi. Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne`matlari ishlab chiqarishni ob`ektiv zarur qilib qo`yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne`matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog`liq holda yuz beradi.
«Iqtisodiyot» so`zi odatda ikki va hatto uch ma`noda ishlatiladi. B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu xo`jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne`matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta`minlash va yaxshilash tizimi. I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a`zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo`jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan, xo`jalik yuritish jarayonida odamlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui.
«Iqtisodiyot» so`zining o`zagini «iqtisod» so`zi tashkil etadi. Iqtisod so`zining o`zbek tilidagi lug`aviy ma`nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir.
Mashhur ma`rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta`rif beradi.
«Iqtisod deb pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas».
Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to`laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o`zi ham tirikchilik o`tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo`ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo`lsa, tirikchilik kechirish uchun ne`matlar shuncha ko`p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e`tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne`matlarni ko`paytirish yo`llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar o`z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo`llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko`plarining nomi tarixda qolgan.
O`z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo`lyozmalarda aks etgan. Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta`limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi.
Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e`tibor qaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o`ynagan.
Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, ma`lum tizimga solinadi.
Qadimgi yunon mutafakkirlari Ksenifont (miloddan avvalgi 430—355 yy.), Platon (Aflotun) miloddan avvalgi 427—347 yy.), Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384—322 yillar)ni haqli ravishda dastlabki iqtisodchi olimlar deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot — «ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida ishlatilgan bo`lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo`jalik, «nomos» — qonun degan ma`noni anglatib, uy xo`jaligini yuritish qonuni, san`ati tarzida qo`llanilgan. O`sha paytda uy xo`jaligi natural xo`jalik bo`lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo`lgan.
Ksenofont o`zining «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo`jalik haqida ta`limot) nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo`ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo`jaligi, hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o`rtasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi.
U iqtisodiyotga xo`jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko`paytirishini ko`rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig`indisi bo`lib, u natural xo`jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo`jalik bu — ideal — kam-ko`stsiz xo`jalik. Ularning boy-kambag`allik darajasi er va unga ishlov beruvchi qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog`liq deb ko`rsatgan.
Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e`tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo`jalik muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular orasida Varron (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar.
Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta`limot rivojida din muhim rol o`ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o`zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni qoralashda ko`rinadi.
Iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» va, ayniqsa, «Qur`on» katta ahamiyatga ega. Ana shu davrda O`rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy va boshqalarning nomi bilan bog`liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy qarashlar bir butun holda berilgan bo`lsa-da, ular alohida diqqat-e`tiborga loyiq. Forobiy (870—950) bilan Ibn Sino (980—1037) dunyoqarashlarida inson ehtiyojlari asosiy o`rin olgan. Forobiyning fikricha, jamiyat shakllanishining birinchi sababi insonlarning moddiy ehtiyojlaridir.
Eng avvalo, o`zining tibbiyot sohasidagi asarlari bilan dunyoga mashhur Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, iqtisodiy masalalar ham uning nazaridan chetda qolmagan. Ayniqsa, uning daromadlar va xarajatlar balansi (nafaqat oila miqyosida, balki, shahar va davlat miqyosida) alohida diqqatga sazovor. U daromadlar bilan xarajatlar muvozanatini ta`minlashda turli falokat, urushlar xavfini hisobga olib, rezerv (zaxira) saqlashni unutmaslik kerakligini ta`kidlaydi.
Yana bir buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048) o`z asarlarida insonni o`rab turgan dunyo bilan chambarchas bog`liqligini ko`rsatib, uning uchun mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlagan. U Forobiy va Ibn Sino fikrlarini davom ettirishi bilan birga, O`rta Osiyoda birinchi marta pulni tadqiq qildi. Pul almashuvning rivojlanishi natijasida kelib chiqqanini ko`rsatdi.
Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Yusuf Xos Hojib o`ziga xos o`rin tutadi. U o`zining «Qutadg`u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne`matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko`rsatadi.
Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davri ham o`ziga xos o`rin tutadi. Buyuk o`zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o`zining qator asarlarida, chunonchi «Munshaot» da o`z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzilishi haqida o`z fikrini bildiradi. U davlat boyligining manbai soliq ekanligini, soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Bedil, Mahtumqulilar ham o`z iqtisodiy qarashlari bilan tarixda iz qoldirishgan. Sharqda o`zining iqtisodiy qarashlari bilan ajralib turgan arab mutafakkiri Ibn Xaldun iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida alohida o`rin tutadi. U birinchi bo`lib tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning printsiplari haqida fikr yuritdi. Qamiyatda insonlarning birgalikda ishlab chiqarish faoliyatiga, mehnat va uning roli, tovar qiymatining shakllanishi, iste`mol qiymati, qiymat, ayirboshlashga alohida ahamiyat berdi. Iqtisodiy nazariya fan sifatida iqtisodiy bilimlarning, qarashlarning tartibga solingan tizimi sifatida XVI—XVII asrlarda paydo bo`lgan. Bu davr tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi, manufakturaning paydo bo`lishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ichki va tashqi bozorning kengayishi, pul muomalasining kuchayish davri bo`ldi.
Ana shu davrning zarurati, in`ikosi sifatida iqtisodiy qarashlar tizimi tarzida merkantilizm vujudga keldi.
Merkantilizm italyancha «mercante» so`zidan olingan bo`lib, savdogar ma`nosini bildiradi. Merkantilizm tarafdorlari boylikning kelib chiqish manbai savdoda, mamlakatning boyligi to`plangan pul bilan o`lchanadi degan fikrni ilgari suradilar.
Merkantilizmni ikki oqimga: dastlabki va so`nggi merkantilizmga ajratiladi. Dastlabki merkantilizm vakillari davlatning kuch-qudrati pulda, shunga qarab aholining turmush tarzi shakllanadi deb ko`rsatishadi. Demak, pulni qonuniy yo`l bilan ko`paytirish kerak. Davlat esa qimmatbaho metallarni chetga chiqarmaslikka, importni cheklashga harakat qilishi, chetdan pul kirib kelishini rag`batlantirishi kerak degan g`oyani ilgari suradilar. So`nggi merkantilistlar esa aktiv savdo balansiga erishish, ya`ni ko`proq sotib, kamroq sotib olishni targ`ib etadilar.
G`oyaviy jihatdan olib qarasak, hozirgi protektsionizm siyosatining ildizlari merkantilizmga borib taqaladi. Bu oqimning mashhur namoyandalari Vil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Qon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalarning nomlari tarixda qolgan. Shu paytdan boshlab iqtisodiy nazariya fan sifatida shakllandi va Antuan Monkretenning xizmati tufayli «Siyosiy iqtisod» nomini oldi. Uning 1615 yilda chop etilgan «Siyosiy iqtisod traktati» deb atalgan ilmiy asari tufayli iqtisodiy nazariya 300 yildan ortiq vaqt davomida siyosiy iqtisod sifatida rivojlandi:
«Siyosiy iqtisod» (Politekonomiya) atamasining birinchi qismi yunoncha «politeya» so`zidan olingan bo`lib, «davlat qurilishi», «davlat miqyosida xo`jalik yuritish qonunlari» degan ma`nolarni bildiradi.
Merkantilizm ilgari surgan g`oyalar asosida qator ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. Ayrimlari hozirgi kunda ham qo`llanadi. Lekin ularning g`oyalariga asoslangan siyosat davlatlar o`rtasida olib boriladigan savdo-sotiq cheklanishining kuchayishiga, ichki bozorga mo`ljallangan ishlab chiqarishning inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xo`jaligi, mahalliy ehtiyojlarni qondirishga yo`naltirilgan hunarmandchilikda ahvol og`irlashdi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun yangi g`oya ob`ektiv zaruratga aylandi. Shu zarurat tufayli tarix sahnasiga fiziokratlar chiqishdi. Fiziokratizm (tabiat hukmronligi) atamasini ilmiy muomalaga Adam Smit kiritgan. Fiziokratlar ta`limotining asoschisi Fransua Kene (1694—1774) hisoblanadi. Ularning fikricha, boylik bu pul emas, balki erdan olingan mahsulotlardir.
Savdo va sanoat emas, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishigina jamiyatning boylik manbai bo`ladi. Bu Xudo tomonidan belgilangan «tabiiy» qonun.
Fiziokratlar g`oyasini real hayotda amalga oshirishdan ko`ra uning klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishiga asos bo`lishi ko`proq e`tiborga loyiq.
Klassik (haqiqiy) siyosiy iqtisod iqtisodiy ta`limot tarixida alohida o`rin tutadi. Klassik siyosiy iqtisodning vujudga kelishida muhim rol o`ynagan U. Petti (1623—1686) merkantilizmdan klassik siyosiy iqtisodga o`tishda go`yoki ko`prik rolini o`tagan. Uning «Soliq va yig`imlar to`g`risida traktat» (1662), «Donishmandlarga so`z» (1665), «Siyosiy arifmetika» (1676), «Pul haqida ba`zi bir narsalar» (1676) asarlari buning dalilidir. U. Pettining eng buyuk xizmati boylikning manbai er va mehnat ekanini e`tirof etishidir. «Boylikning onasi er, otasi mehnat» degan mashhur ibora U. Pettiga tegishlidir.
Iqtisodiy tafakkur tarixiga klassik siyosiy iqtisodning asoschisi bo`lib kirgan A. Smit buyuk iqtisodchilar ro`yxatining boshida turadi. Asosiy asari «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida tadqiqot» 1776 yili nashr etilgan. Uning ta`limotidagi asosiy g`oya liberalizm bo`lib, iqtisodiyotga davlat aralashuvini eng kam darajaga keltirish, talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o`zini o`zi tartibga solishi, ya`ni «ko`zga ko`rinmas qo`l» tartibga solishi g`oyasini ilgari suradi. U qiymat yaratuvchi mehnatni unumli mehnat deb ko`klarga ko`tardi. Mehnat taqsimoti rolini hamda mehnat unumdorligini oshirish yo`llarini ko`rsatdi. Daromadlar to`g`risida ta`limot yaratib, soliqqa tortish printsiplarini ta`riflab berdi.
Klassik siyosiy iqtisodning yana bir atoqli vakili D. Rikar- do A. Smit g`oyalarining davomchisi hisoblanadi. U o`zining «Siyosiy iqtisod ibtidosi va soliq olish» nomli asarida qiymatning yagona manbai ishchining mehnati ekanligi, u turli sinflar daromadining asosi, foydasi esa ishchining haq to`lanmagan mehnati ekanligini ko`rsatdi. Ish haqi bilan foyda o`rtasida teskari proportsional bog`lanish qonuni amal qilishini asoslab, foyda normasining pasayish tendentsiyasi mavjudligini ko`rsatdi, differentsial renta mexanizmini ochib berdi. U foyda normasini kapitalistik rivojlanishning rag`batlantiruvchi kuchi deb hisobladi.
Uning ta`limoti utopik sotsializmga asos bo`lib xizmat qildi. Qahon iqtisodiy ta`limoti tarixida shveytsariyalik iqtisodchi va tarixchi Qan Sharl Leonard Simon de Sismondi ham muhim o`rin tutadi. Uning bosh asari «Siyosiy iqtisodning yangicha boshlanishi» (1819) bo`lib, unda kapitalistik jamiyatning iqtisodiy mexanizmi tanqid qilinadi. U o`zining iqtisodiy ta`limotida asosiy diqqat-e`tiborni taqsimotga qaratadi. Uning fikricha, taqsimotga qarab iste`mol va ishlab chiqarish tarkib topadi. U insonlarning baxt-saodati uchun siyosiy iqtisod sotsial mexanizmni takomillashtirish to`g`risidagi fan bo`lishi kerak deb ko`rsatadi.
Kelajakda qanday jamiyat qurish kerakligi haqida har bir iqtisodchi o`z tushunchasiga muvofiq ravishda fikrlarini bildirgan. A. Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouenlar tarixda sotsial-utopistlar nomi bilan qolishdi. Ular kapitalizmni tanqid qilib, uni o`tkinchi tizim hisoblaganlar.
Sotsial-utopistlar (utopiya — xayoliy) xususiy mulkchilikni yo`q qilish, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o`rtasida qarama-qarshiliklarni tugatish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste`molni qayta tashkil etish, adolatli tuzum o`rnatish talabi bilan chiqishgan. Kelajakda quriladigan yangi jamiyatni Sen-Simon — industrial jamiyat, Fure — garmonik jamiyat, Ouen — kommunizm deb atashgan.
Klassik iqtisodiy maktabning mashhur namoyondalaridan biri Q. S. Mill hisoblanadi. Asosiy asari besh kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1848 yil) bo`lib, unda shu paytga qadar ilgari surilgan juda ko`p kontseptsiyalarni o`rganib, umumlashtirdi va rivojlantirdi. Baho o`zgarishining talab miqdori ta`siri(talab elastikligi), bozor muvozanatini o`rnatish mexanizmi, bozor iqtisodiyotida davlatning roli va boshqa qator fikrlari uning ilmiy xizmatlaridan hisoblanadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta`limotda yangi oqim vujudga keldi. Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari — Karl Minger, Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk hamda Uilyam Stenli Qevons hisoblanadi. Marjinalizm (marginal — frantsuzcha me`yoriy degan so`zdan olingan) iqtisodiy jarayonlarni, qonunlarni me`yoriy-iqtisodiy ko`rsatkichlar orqali tushuntirishga harakat qiladi. Marjinalizmda iqtisodiyot xo`jalik munosabatlarida qatnashayotgan alohida sub`ekt psixologiyasi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Ular fikricha, tovarning qiymati ishlab chiqarishda emas, balki ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Tovarning bahosi xaridor sotib olgan narx bilan belgilanadi. Shunday qilib, tovar bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan ham emas, ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari bilan ham emas, balki xaridorning tovarni baholashdagi sub`aktiv psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Individual tarzda har bir xaridor uchun tovarning bahosi uni sotib olayotgan kishiga keltiradigan nafga bog`liq. Tovarning naf-liligi esa iste`molchida tovarning bor-yo`qligi, zaxirasiga bog`liq. Inson doimo, birinchi navbatda, eng zarur narsani sotib oladi. Ikkinchi tomondan, har bir sotib olingan bir turdagi tovar avvalgisidan kam naf keltiradi.
Me`yoriy naflilikning kamayib borish qonuni marjinalizmning asosiy printsipi hisoblanadi. Shunday qilib, narx xarajatlarga bog`liq bo`lmay, me`yoriy naflilikka qarab belgilanadi.
Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo`shgan hissasi iste`molchilar ruhiyatini o`rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub`ektning o`zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo`yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish printsiplari bo`lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo`llaniladi. XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o`rtasida kurash kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo`lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi navbatdagi, iqtisodiy ta`limot tarixiga neoklassik maktab bo`lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu yo`nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo`lgan Marshall avval klassik maktab tarafdori bo`lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics) nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni nazarda tutgan.
Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko`rsatdi. Erkin raqobatli bozorni ulug`lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g`oyasini ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi.
Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo`yicha ko`plab darsliklar aynan ana shu nom bilan nashrdan chiqmoqda. Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog`lanishda emas, balki funktsional bog`lanishda bo`ladi. Narxning sabab-oqibatli bog`lanishda qanday qilib shakllanishi to`g`risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida emas, balki uning qanday o`zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo`llarini o`rganish bo`lmay, real amal qilayotgan bozor xo`jaligi mexanizmini o`rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan iborat bo`lishi kerak.
A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki sotuvchining hukmron mavqega ega bo`lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya`ni monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko`rsatadi.
XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o`sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa qo`shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o`zining nomukammal raqobat sharoitida foydani maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur iqtisodchi ayolga aylandi.
XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko`rsatdi.
Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g`oya zarur edi. Ana shunday g`oya bilan iqtisodiy nazariyaga K. M. Keyns kirib keldi. U o`z nazariyasi tarafdorlari bilan keynschilik maktabiga asos soldi. U rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslab berdi. Bunday tartiblash, eng avvalo yalpi talabga ta`sir etish orqali inflyatsiyaga, ish bilan bandlikka ta`sir ko`rsatish mumkinligini ko`rsatadi.
Davlat iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish orqali iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Keyns yo`nalishi iqtisodiy nazariyada hukmron nazariyaga aylandi. Ko`pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda uning takliflaridan foydalanildi. Lekin davlatning aralashuvi iqtisodiyotda qator salbiy holatlarga — byudjet taqchilligiga, davlat qarzining ko`payishi, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Xo`jalik hayoti byurokratlashib, iqtisodiy o`sish sur`ati pasaya bordi.
XX asrning 50—60- yillaridan boshlab neoklassik yo`nalishda qator yangi maktab va oqimlar vujudga keldi.
Bular neoliberalizm, monetarizm, instituttsionalizm va boshqalar.
Neoliberalizm oqimi va uning mashhur vakillari F. Xayek,
I. Shumpeter, L. Erxard asosiy e`tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada bo`lishiga, xususiy tadbirkorlikni o`sishiga qaratish lozimligini uqtiradilar. Monetar oqim vakillari va yangi monetaristik maktabning asoschisi M. Fridman iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqaligina amalga oshirish mumkinligini asoslab berdilar.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning institutsional oqimi (lotincha institut so`zidan olingan bo`lib, tuzilish, muassasa ma`nosini bildiradi) tarafdorlari hamda ko`zga ko`ringan vakillariT. Veblen, Q. Gelbreyt va boshqalar fikriga ko`ra, iqtisodiyot — bu tizim. Xo`jalik yurituvchilar o`rtasida munosabatlar iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta`siri ostida vujudga keladi. Demak, jamiyat taraqqiyotiga erishishda faqat iqtisodiy omillargagina emas, balki noiqtisodiy, xususan ruhiy, ma`naviy, huquqiy va boshqa omillarga ham e`tibor berish lozim. Iqtisodiy ta`limotning rivojlanishida respublikamiz iqtisodchi olimlari faoliyati ham o`ziga xos o`rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida», «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kabi asarlarida yoritilgan masalalar jahon miqyosida e`tirof etilmoqda.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy nazariya vujudga kelib hozirgi darajaga etgunga qadar fanning predmetiga turlicha ta`rif berilgan. Iqtisodiy nazariyaning birinchi maktabi dastlabki kapital jamg`arilishi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash rivojlanishi davrida vujudga kelgan merkantilistlar ilmiy-tadqiqot predmetini boylik, boylikning manbai — savdo sifatida qarashgan.
Klassik iqtisod vakillari fanning predmeti sifatida moddiy ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste`molni nazarda tutib, tadqiqot doirasini kengaytirishdi. Har bir maktab fanning predmetini turlicha talqin etadi.
Mashhur iqtisodchi P. Samuelson o`zining «Ekonomika» kitobida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to`g`risidagi fikr-larni o`rganib, ulardan ba`zilari quyidagilar deydi:
1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash va pullik bitimlar bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan.
2. Iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlar (bug`doy, mol go`shti, palto, kontsertlar, yo`llar, yaxtalar) ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan kamyob yoki cheklangan unumli resurslar (er, mehnat, ishlab chiqarishda ishlatishga mo`ljallangan tovarlar, masalan, mashinalar va texnikaviy bilimlar)dan foydalanish va ularni jamiyat a`zolari tomonidan iste`mol qilish maqsadida taqsimlash to`g`risidagi fan.
3. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, yashashi uchun mablag` topishi va undan foydalanishi to`g`risidagi fan.
4. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyatning iste`mol va ishlab chiqarish borasida o`z vazifasini qanday uddalayotgani haqidagi fan.
5. Iqtisodiyot nazariyasi boylik to`g`risidagi fan. Shu bilan birga bu ro`yxatni bir necha marta cho`zish mumkin deb ko`rsatadi P. Samuelson
3. Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan A. O`lmasov, M. Sharifxo`jaevlar iqtisodiyot nazariyasiga quyidagicha ta`rif berishadi: «Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo`lgan aloqa-bog`lanishlarni, ularning qonun-qoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo`lishini o`rganuvchi fandir»
4. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa, jarayonlarni resurslarning cheklanganligi inson va jamiyat ehtiyojlarining cheksizligidan kelib chiqqan holda tadqiq etadi.
«Ekonomiks» mualliflari Kempbell R. Makkonnell va Stenli L. Bryu ham buni ta`kidlab, juda ko`p iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiy nazariyasi cheklangan resurslar doirasida kishilar tomonidan moddiy ne`matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste`mol jarayonida o`zlarini qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat deb ko`rsatadilar.
Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta`rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun uning tadqiqot doirasi, ob`ekti, sub`ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq.
Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo`jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o`z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob`ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo`lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo`lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo`lsa
iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo`ladi. Har kim o`z xohishiga ko`ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o`rnata olmaydi, chunki ob`ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob`ektiv reallikni o`rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub`ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir.
Tadqiqot ob`ekti esa iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ya`ni xo`jalik yuritish faoliyatidir. Tadqiqot predmeti — «iqtisodiy odam»ning, kishilar guruhi va davlatning iqtisodiy faoliyati bo`lib, boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farqli ravishda alohida u yoki bu soha, tarmoq faoliya-ti emas, balki barcha iqtisodiy faoliyatni bir butun holda tadqiq etadi. Tadqiqot maqsadi iqtisodiy voqea, jarayonlarni o`rganish asosida ularning o`zaro qay darajada bog`liqligini, bir-birini taqozo qilishi, ya`ni bu jarayonlarning qonuniyatlarini ochish, ular asosida xulosa chiqarish, nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar bajariladi. Iqtisodiy nazariyaning asosiy vazifasi:
— iqtisodiy hodisa, jarayonlarni va ularga xos bog`lanishni o`rganish (ma`lumki, iqtisodiy hodisalar dinamik tarzda iqtisodiy jarayonlar deb ataladi);
— iqtisodiy sub`ektlarni asosiy resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida iqtisodning quyidagi:
nima ishlab chiqarish kerak?
qancha ishlab chiqarish kerak?
qanday qilib ishlab chiqarish kerak?
kim uchun ishlab chiqarish kerak?
tizim o`zgarishlarga moslasha oladimi?
kabi muammolarni echish uchun nazariy asos, faoliyat uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish;
— iqtisodiy nazariyadagi alohida yo`nalishlar, oqimlarning ijobiy tomonlari, takliflarini sintez qilish;
— jahon tajribasi va milliy iqtisodiyotning ijobiy-salbiy tomonlarini o`rganish va ular asosida nazariy xulosalar chiqarish.
Umuman olganda, sanab o`tilgan va o`tilmagan yo`nalishlar, oqimlar har xil nom bilan atalishidan qat`i nazar, fanning mohiyatini o`zgartirmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani yagona, uning tad-qiqot ob`ekti ham bitta — xo`jalik yuritish faoliyatidir.
Faqat predmet ta`rifiga ko`p marta aniqlik kiritilgan. Chunki xo`jalik yuritish shart-sharoiti o`zgargan. Har bir maktab iqtisodiyot nazariyasi predmetining u yoki bu jihatiga alohida ahamiyat beradi, ajratib ko`rsatadi. Shuning uchun mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shou «hatto, hamma iqtisodchilarni bitta zanjirga bog`lagan taqdirda ham ular yagona fikrga kelishmaydi» deb, haq gapni aytgan deya e`tirof etishadi, iqtisodchilar.
Sotsial yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti uchun iqtisodiy nazariyada diqqat ko`proq tadqiqot ob`ektidan tadqiqot sub`ektiga qaratiladi.
Ko`pchilik iqtisodchilarning iqtisodiyot nazariyasini resurslarni tanlash va insonning iqtisodiy faoliyati muammolari to`g`risidagi universal fan sifatida qarashiga e`tibor beradigan bo`lsak, iqtisodiyot nazariyasi predmetini quyidagicha ta`riflash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo`lib, resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo`jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o`rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasi kishilar faoliyatini o`rganar ekan, tad-qiqot asosida xulosalar chiqariladi. Uning amaliy faoliyati shundaki, chiqarilgan xulosalar oldindan ko`rish imkoniyatini beradi.
K. M. Keyns «Iqtisodiy nazariya bevosita xo`jalik yuritish siyosatida qo`llaniladigan tayyor tavsiyalar yig`indisi emas. U ta`limotdan ham ko`ra ko`proq usul, intellektual instrument, fikrlash texnikasi bo`lib, uni egallagan kishiga to`g`ri xulosa chiqarishga yordam beradi», degan. To`g`ri xulosa chiqarish — bu kelajakdagi faoliyat yo`nalishini to`g`ri belgilash degani. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy faoliyat natijasida kelib chiqqan muammolarni nazariy jihatdan izohlab javob topishga qaratilgan bo`lib, kelajakda qanday o`zgarishlar bo`lishi mumkinligini oldindan prognoz qiladi, yo`nalishlarini ko`rsatadi. Iqtisodiy siyosat — bu davlatning ishlab chiqarish, taqsimot, iste`mol sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Odatda, iqtisodiy siyosat umumiy bo`lib, u qator yo`nalishlar asosida olib boriladi. Masalan, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati, moliya siyosati, sotsial siyosat va hokazo. U jamiyatning barcha sotsial guruhlari manfaatini hisobga olib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan bo`ladi. Qanday iqtisodiy siyosat yuritish eng avvalo, jamiyat qanday g`oya, mafkurani tanlaganiga bog`liq. «Chunki mafkura — jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi, ... toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o`z taraqqiyot yo`lini, ertangi kun ufqlarini o`zining milliy g`oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.»
5 Iqtisodiy siyosat iqtisodiy muammolarning echimini topish va uni amalda qo`llash bilan shug`ullanadi. Bunda iqtisodiyot nazariya-si chiqargan xulosalarga tayaniladi (1- chizma). Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatli bo`lishi uchun hal qilinayotgan muammolarni har tomonlama (huquqiy, siyosiy, madaniy, sotsial va hokazo) hisobga olish kerak.
Yuritilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy tizimning o`zgarishiga, takomillashuviga olib kelishi mumkin. U o`z navbatida iqtisodiyot nazariyasini boyitadi, kelgusi rivojlanishida o`z aksini topadi.
Iqtisodiy siyosat olib borishiga qarab, davlat:
a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ob`ektiv, mantiqiy tarzda to`g`ri ifodalasa, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin;
b) aksincha, qo`llayotgan chora-tadbirlari yarim-yorti bo`lib, nazariy jihatdan berilgan xulosalar, tavsiyalar izchillik bilan amalga oshirilmasa, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlari sekinlashishi mumkin;
v) siyosat iqtisodiy taraqqiyotga ziddiyatli ta`sir ko`rsatishi, ya`ni uning bir yo`nalishdagi harakatini tezlashtirib, ikkinchisini sekinlashtirishi mumkin.
Bu erda yana shuni ta`kidlash kerakki, ayrim paytlarda nazariy jihatdan chiqarilgan xulosalar to`g`ri bo`lib, uni qo`llashdan ijobiy natijalar kutish, lekin amalda ana shu kutilgan natija bo`lmasligi mumkin. Sababi — uni amalda qo`llash jamiyatdagi turli tabaqalar manfaatiga borib taqaladiki, buning natijasida iqtisodiy sub`ekt o`zini qanday tutishini avvaldan aniqlash qiyin.
Nazariya iqtisodiyotni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-demografik omillar ta`sirini ham inobatga olib o`rganadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir qismi, shuning uchun ijtimoiy hayotning iqtisodiyotdan boshqa jabhalari albatta unga ta`sir qilmay qolmaydi. Iqtisodiy jihat (aspekt) ni yagona hal qiluvchi deb qarash noto`g`ri. Iqtisodiyot birlamchi bo`la turib, o`z navbatida boshqa turdagi munosabatlar ta`sirida bo`ladi.
Ayniqsa, siyosiy vaziyat, o`zgarishlar iqtisodiyotga katta ta`sir etadi. Masalan, eng oddiy misol, siyosiy vaziyat o`zgarishi bilan fond birjalarida qimmatbaho qog`ozlar kursi, tovar birjalarida tovarlar narxi o`zgaradi: oshadi yoki pasayadi. Buning natijasida kapital oqimi o`zgaradi va ishlab chiqarishga ta`sir qiladi.
1-chizma
Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar, qonun-qoidalar va siyosat bilan bog`liqligi
4. Iqtisodiy siyosat Iqtisodiy siyosat iqtisodiy faoliyat yoki uning oqibatlarini nazorat qiladi, ularga ta`sir o`tkazadi (turli chora-tadbirlar, dastaklar, vositalar orqali)
3. Nazariya Iqtisodiy jarayonlarni o`rganish asosida, chiqarilgan umumiy xulosalar asosida iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari ishlab chiqiladi, ya`ni nazariy jihatdan asoslab beriladi.
2. Xususiy va umumiy xulosa Yig`ilgan ma`lumotlarni o`rganib chiqib, ular asosida xulosalar chiqariladi. Xususiy xulosalar umumlashtirilib umumiy xulosalar chiqariladi.
1. Dalillar Iqtisodiyot nazariyasi aniq muammoga yoki iqtisodiyotning u yoki bu aspektiga tegishli dalillar, ma`lumotlar to`playdi.
Nazariya siyosatning iqtisodiyotga qayta ta`sirini ham o`rganadi. Siyosat iqtisodga qarab shakllanadi. Shu ma`noda iqtisod siyosatga nisbatan birlamchi. Ammo, to`g`ri tanlangani yoki yo`qligiga qarab ijobiy yoki salbiy ta`sir qilishi mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyot rivojlanishining qonun-qoidalarini o`rganar ekan, shu ma`noda u siyosatning ilmiy asosi bo`ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy borliqni bilish uchun ilmiy qo`llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi dalillar asosida chiqargan xulosalarining naqadar to`g`riligi va uning hayotga tatbiq etilishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qudratli turtki bo`lib xizmat qilishi yoki aksincha, to`siq bo`lishi ham mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasidan xabari yo`q kishining jamiyat miqyosidagi qator savollarga: «egizak taqchillik» — byudjet taqchilligi bilan tashqi savdo balansi taqchilligining sabablari nimada, u qanday oqibatlarga olib keladi? Nima sababdan fond birjalarida aktsiyalar kursining dramatik tarzda pasayib ketishi yuz beradi? Nima sababdan inflyatsiyaning oldini olish kerak?
Ishsizlikni qanday qilib qisqartirish mumkin? Fermerlarni, umuman qishloq xo`jaligini subsidiyalash kerakmi? Bu savollarga javob topish qiyin. Siyosiy arboblar bu fanni chuqur bilmay turib, davlatni boshqarishlari mushkul.
Iqtisodiyot nazariyasi har bir inson uchun amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mavjud axborotlardan xo`jalik yuritishda (oiladan boshlab yirik korporatsiyalar miqyosigacha) zarur xulosalar chiqarish, ular asosida o`z faoliyatini tashkil etish uchun ham iqtisodiyot nazariyasini bilish zarur.
Lekin shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiyotdagi muammolar individual nuqtai nazardan emas, balki ijtimoiy, jamiyat nuqtai nazaridan o`rganiladi. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste`molga alohida shaxs fikri, qarashi tarzida emas, balki jamiyat miqyosida qaraladi.
Iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillarga tayanib, xulosa chiqarib va uni iqtisodiy siyosat yuritishga asos bo`lishi tufayli iqtisodiyot nazariyasi pozitiv nazariyadan keskin tarzda normativ iqtisodiyot nazariyasiga o`tadi.
Pozitiv iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillar yordamida tad-qiqot olib boradi. Ular asosida kishilarning iqtisodiy faoliyat jarayonida o`zlarini qanday tutishlarini ilmiy asoslashga harakat qiladi.
Normativ iqtisodiyot nazariyasi esa iqtisodiy jarayonlarni baholashga, iqtisodiyotda qanday tadbirlar belgilash kerakligini yoki qanday iqtisodiy siyosat yuritish kerakligini ko`rsatadi.
Masalan, mamlakatda mehnatga yaroqli aholi 10 mln. kishi bo`lib, ishsizlar 600 mingdan 800 mingga ko`paydi, deylik. Pozitiv iqtisodiyot mamlakatda ishsizlik 6% dan 8% ga o`sdi, deb ko`rsatadi. Normativ iqtisodiyot esa ishsizlik 6% dan 8% ga o`sishining sababi nimada ekanligi, u qanday oqibatga olib kelishini, ishsizlikni qisqartirish zarurligi va unga qanday erishish mumkinligini ko`rsatadi.
Qisqacha aytganda, pozitiv iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotning real holatini o`rgansa, normativ iqtisodiyot nazariyasi sub`ektiv tarzda qanday bo`lishi kerakligi haqidagi fikrni ifodalaydi.
Pozitiv iqtisodiyot nazariyasida fikrlar qarama-qarshiligi yo`q, iqtisodiy jarayonlarni talqin qilishda uncha katta farq yo`q. Lekin iqtisodiy siyosatni asoslashda, jamiyatning qanday bo`lishi kerakligi haqidagi qarashlari, tavsiyalar bir-biridan katta farq qiladi. Masalan, daromadni qay tarzda taqsimlanayotgani haqida iqtisodchilar hamfikr, qanday taqsimlanishi haqidagi tavsiyalari esa bir-biridan katta farq qiladi.
Iqtisodiy siyosat esa iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslanishi kerak. Ko`pchilik tomonidan tan olingan iqtisodiy printsiplardan biri ma`lum chegarada xarajatlar va ish bilan bandlik o`rtasida bog`lanish. Xarajatlarning umumiy hajmi ortganda ish bilan band-lik o`sadi. Aksincha, umumiy xarajatlar hajmi qisqarsa, ishsizlik ko`payadi. Mana shu bog`lanish hukumatning iqtisodiy siyosat yuritishida bebaho xizmat qilishi, yordam berishi mumkin. Agarda statistik ma`lumotlar umumiy xarajatlar hajmining pasayishini ko`rsatsa, demak, kelajakda ishsizlikning ko`payishi kutiladi. Mana shu kutilayotgan natijadan hukumat xulosa chiqarib, umumiy xarajatlarni ko`paytirish va kutilayotgan ishsizlikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Demak, samarali boshqarish uchun statistik ma`lumotlardan to`g`ri xulosa chiqarish va ularning o`zgarishi qanday natijaga olib kelishi mumkinligini oldindan ko`ra bilish kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi mana shunga o`rgatadi, hamda hushyorlik, aql-idrok bilan iqtisodiy siyosat yurgizishga asos bo`lib xizmat qiladi.
Agarda jamiyatning bosh maqsadi aholi farovonligini ta`minlash, turmush darajasini yuksaltirish bo`lsa, unga erishish uchun qator iqtisodiy muammolarni hal etish, maqsadlarni amalga oshirish kerak.
Qamiyat tomonidan amalga oshirilishi zarur, ko`pchilik tomonidan keng e`tirof etilgan quyidagi iqtisodiy maqsadlar mavjud.
1. Iqtisodiy o`sish. Iloji boricha ko`proq va yaxshi sifatliroq tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatishning barqaror o`sishini ta`minlash.
2. To`la bandlik. Mehnatga layoqatli har bir ishlashni xohlagan kishi ish bilan ta`minlanishi kerak.
3. Iqtisodiy samaradorlik. Mavjud cheklangan resurslarni minimal darajada sarflab, maksimal natijaga erishish.
4. Narxlar barqarorligini ta`minlash. Narxlarning haddan tash-qari ko`tarilib (inflyatsiya) yoki tushib (deflyatsiya) ketishiga yo`l qo`ymaslik.
5. Iqtisodiy erkinlik. Boshqaruvchilar, tadbirkorlar, ishchilar, iste`molchilar o`z iqtisodiy faoliyatlarida katta erkinlikka ega bo`lishlari kerak.
6. Daromadni adolatli taqsimlash. Ba`zilar boylikka «cho`milganda» boshqalar haddan ziyod qashshoq bo`lmasligi kerak.
7. Ijtimoiy ta`minot. Mehnatga layoqatsiz kasallarni, qarilarni va boshqalarning
qaramog`ida bo`lganlarni hayot kechirishini ta`minlash.
8. Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlarning oqilona balansiga ega bo`lish.
Bu maqsadlarning hammasini bir vaqtning o`zida amalga oshirib bo`lmaydi.
Birinchidan, ularni umumiy tarzda izohlash mumkin, lekin aniq mezonlarini belgilashga kelganda fikrlar har xil. Birini aniq o`lchash (1—4, 8) mumkin bo`lsa, boshqasini (5—7) aniq o`lchab bo`lmaydi. Bularning hammasini turlicha yondashish natijasida turlicha talqin qilish mumkin.
Ikkinchidan, bir maqsadning amalga oshirilishi ikkinchisiga bog`liq bo`lishi mumkin. Masalan, to`la bandlikni ta`minlash, kam daromadga ega bo`lish iqtisodiy ta`minlanganlikka ham ta`sir qiladi.
Uchinchidan, ba`zi maqsadlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Masalan, to`la bandlik (2) bilan inflyatsiya (4) yoki iqtisodiy o`sish (1) bilan daromadlarni adolatli taqsimlash (6).
Agarda to`la bandlik ma`lum darajada inflyatsiyani yoki barqaror narxlar ishsizlikni keltirib chiqarsa, bu holatda jamiyat ikkisidan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashi kerak. Bunda albatta, iqtisodchilar uchun keng munozara maydoni vujudga keladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, iqtisodiyot nazariyasini o`rganayotganda boshlovchi iqtisodchi duch kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar mavjud. Bular ayrim faktlarni noto`g`ri tasavvur etish (aytaylik, biznesdan olingan foydaga shubha bilan qarash yoki taqchil moliyalashtirishni doimo yomon deb tushunish), noaniq iboralar ishlatish (masalan, hukumat ilgari surgan loyihalarni har bir guruh o`z manfaatidan kelib chiqib turlicha nom bilan atashi), yoki mantiqiy xulosalar chiqarishda adashish (chunki individual nuqtai nazardan chiqarilgan xulosa to`g`ri bo`lishi mumkin, lekin jamiyat miqyosida tatbiq etish to`g`ri emas). Masalan, individual dehqon qancha ko`p hosil olsa, shuncha ko`p daromad oladi. Sababi, uning bitta o`zi olgan hosili narxlarga deyarli ta`sir qilmaydi (lekin barcha dehqonlar hosilining ko`payishi narxni pasaytirib, daromadni ko`paytirmasligi mumkin), aniq sabab-oqibatli bog`lanishlarni ajratib olish qiyinchiligi, ulardan qaysi biri sabab, qaysi biri oqibat ekanligini ajratish mushkulliklaridir.
Kvant fizikasi asoschisi, Nobel mukofoti laureati Maks Plank kamtarlik bilan o`z faoliyatini iqtisodchilikdan boshlagani, lekin uni tashlagani, sababi iqtisodchilik unga haddan tashqari qiyin ko`ringanini aytgan. Buni hozirgi zamon mantiqiy matematikasi «pioneri» Bertran Rosselga aytishganida, u taajjub, men iqtisodiy nazariyani haddan tashqari sodda deb tashlab ketgandim, deydi. Har ikki fikrda ham haqiqat bor, deydi P. Samuelson, shu bilan birga xato ham. Quda ko`p marta ta`kidlanadiki, har qanday zehni o`tkir 16 yoshga etgan inson iqtisodiy qonun-qoidalarni yaxshi o`zlashtirishi mumkin. Bu ma`noda Rossel haq. Lekin inson hayotining iqtisodiy kuchlarini bilish san`atida faqat aqlga taya-nish bilan Plank his qilganidek uzoqqa borib bo`lmaydi.
Demak, dalillar, ma`lumotlar o`zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to`g`ri xulosa chiqarishni o`rganish iqtisodiyot nazariyasining asosiy maqsadi bo`lib, uni egallash oson ish emas.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining tahlil uslubi Iqtisodiy qonun- Iqtisodiy qonun deganda nimani tushunamiz, degan savolga lar va kategori- javob berish uchun av valo qonunga berilgan falsafiy lar ta`rif ni eslaymiz. «Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, umumiy, sifat va miqdor bog`lanishini ifodalovchi, barqaror takrorlanuvchi hodisadir».
Shu ta`rifdan foydalanib iqtisodiy qonunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o`rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog`lanishlari, aloqalaridir.
Iqtisodiy qonunlar ayrim kishilarning xohish-irodasidan qat`i nazar amal qiladi. Bu jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o`xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. Ular o`rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud:
1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun ham umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning xo`jalik faoliyati qonunlaridir.
2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega.
3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o`rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, silliq yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga chiqadi. Iqtisodiy qonunlar esa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o`zi murakkab, undan tashqari, har bir inson o`z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtisodiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg`ash qiyin. U ma`lum vaqt o`tgandan keyingina yuzaga chiqadi.
Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob`ektivligini e`tirof etgan bo`lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokining sub`ektiv jihatlariga ko`proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy faoliyatga kirishar ekan, o`z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo`l tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol o`ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko`-pi xo`jalik yuritish faoliyati bilan o`tar ekan, unda albatta iqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo`jalik yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste`molda qatnashuvining sababi bo`lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi.
Xo`jalik yuritishni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo`lmaydi. Erkin tanlash imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo`jalik yuritish jarayo-nida ma`lum psixologik qonunlarning amal qilishi namoyon bo`ladi.
Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli faoliyati orqali namoyon bo`ladi. Bir xil sub`ektlar xo`jalik jarayonlari ob`ektiv ketma-ketligini tushunib, shu yo`nalishda faoliyat ko`rsatsalar, aksincha, boshqa sub`ektlar o`z manfaatlaridan kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob`ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo`nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida
amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo`lib, ular birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga bo`linadi:
Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular aniq tarixiy xo`jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, «sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar.
Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo`lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo`lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog`lab turuvchi munosabatlarga xosdir. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma`nosi bilan shu guruhga kiradi.
Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat`i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg`a qarab rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va boshqalar.
Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilayotganda ma`lum mantiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir.
Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o`xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo`linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo`lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o`rniga boshqasi keladi. Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo`ladi. Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo`ladi. Qo`llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo.
Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat`i nazar yaxlitlikda olib o`rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo`lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog`liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Iqtisodiyot nazari- Iqtisodiyot nazariyasi qator iqtiso diy fanlarga yasi va boshqa iqti- metodologik (uslubiy) asos bo`lib xizmat qiladi. O`z sodiy fanlar navbatida boshqa fanlar iqtisodiy nazariyani boyitadi, uni to`g`ri xulosalar chiqarishiga yordam beradi.
Lekin iqtisodiyot nazariyasi faqat iqtisodiy fanlar bilan emas, balki boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan ham bog`liq. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga: umumiqtisodiy fanlar, ya`ni iqtisodiyotni yaxlit o`rganuvchi fanlar hamda xususiy iqtisodiy fanlar, ya`ni iqtisodiyotning u yoki bu sohasini o`rganuvchi fanlarga bo`lish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi birinchi guruhga kiradi. Nomi ham ko`rsatib turibdiki, iqtisodiyotga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun-qoidalarni o`rganadi. Nazariya shu fanning tanho o`zida ko`riladi, lekin bu u monopol mavqega ega degani emas. Boshqa fanlar ham nazariy yondoshadi, lekin xususiy iqtisodiy fanlarda nazariya hodisalarning faqat ayrim xususiy jihatlariga tegishli, ularda nazariya bosh masala emas.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy faoliyat qaerda, qanday ijtimoiy shaklda, qanday miqyosda va qanday shiddat bilan yuz berishidan qat`i nazar, unga xos bo`lgan jamiki aloqa, bog`lanishlarni, ularga xos qonun-qoidalarni o`rganadi. Uning boshqa iqtisodiy fanlardan farqi ham ana shunda.
Tarixiy marjinalizm maktabi vakili K. Minger o`z vaqtida qayd qilib o`tganidek, iqtisodiy bilim beradigan fan bitta emas, balki bir qator mustaqil xususiy iqtisodiy fanlar bo`lib, ular o`zining maxsus vazifa, predmet va mantiqiy uslublariga ega. Ular amaliy faoliyat uchun zarur bo`lgan qoidalar tizimini ishlab chiqadi, shuning uchun ham umumiy nazariya jumlasiga emas, balki xo`jalik yuritish san`atiga kiradi.
Xususiy iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim xususiy tomonlariga ega bo`lgan murakkab munosabatlarni va qonuniyatlarni o`rganadi. Masalan, moliya, kredit, pul muomalasi, buxgalteriya hi-sobi, marketing, statistika va hokazolar — iqtisodiyotning ayrim sohalaridagi faoliyatni tahlil etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi bilan bog`liq qator iqtisodiy fanlar orasida alohida e`tiborga sazovor fan bu statistika. Davlat muassasalari, tashkilotlar, tadbirkorlar, korxonalar nihoyatda katta hajmda iqtisodiy axborot beradilar. Iqtisodiyot nazariyasi bu axborotlarsiz, yig`ilgan ma`lumotlarni puxta, sinchiklab statistik tahlil qilmay turib, reallikni ifodalay olmaydi.
Quda ko`plab ehtimollar nazariyasi va statistikada qo`llaniladigan matematik uslublar aynan iqtisodiyot sohasida tobora keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasining murakkab bo`limlarida matematikaning ahamiyati katta.
Asosiy iqtisodiy qonun-qoidalarni muvaffaqiyatli o`rganishda mantiqiy fikrlash muhim o`rin tutadi. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini amaliyotga muvaffaqiyatli qo`llash uchun empirik (hayot tajribasidan olingan) ma`lumotlarni aniq baholash zarur. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar, ayniqsa xususiy iqtisodiy fanlar hisobiga nazariy jihatdan boyisa, o`z navbatida boshqa iqtisodiy fanlarga metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining Iqtisodiyot nazariyasi fanini o`rganishda ilmiy tadqiqotning turli uslublaridan uslubi foydalaniladi. Ularni umumiy yoki falsafiy, umummilliy (tarixiy, mantiqiy, matematik va hokazolar), maxsus (har bir fanning o`zini tatbiq etadigan) uslublarga bo`lish mumkin.
Umumiy uslub bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki falsafiy uslub — metafizika va dialektikadan iborat.
Metafizika, hodisa, voqealarni alohida o`zgarmas, tinch holatida o`rganadi. Iqtisodiyotni o`rganishda metafizik yondashuv tizimning biron-bir tomonini yoki xo`jalik munosabatlarining ichki tuzilishini, ularning o`zgarishini hisobga olmagan holda o`rganish talab etilganda tatbiq qilinadi.
Masalan, Amerika siyosiy iqtisod maktabining asoschisi Q. Klark o`zining, «Boylikning taqsimlanishi» kitobida texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish va jamiyat daromadlarini taqsimlashni statik (o`zgarmagan) va dinamik (progressiv o`zgarishlar ta`sirini hisobga olib) ko`rib chiqadi.
Iqtisodiyot nazariyasi hodisani dialektika asosida o`rgansa haqiqatni to`laroq aks ettiradi. Dialektika — tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta`limot bo`lib, uning asoschisi buyuk nemis faylasufi Georg Gegel (1770—1831 yillar) hisoblanadi. U dialektika tizimi nazariyasining markaziga qarama-qarshiliklarni qo`yadi. U qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunini ifodalar ekan, qarama-qarshilikni har qanday rivojlanishning «miqdori» sifatida baholaydi. Bu, albatta, ikki sifatga ham tegishli. Dialektik uslub faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi natijasida bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko`rish imkonini beradi. Biz masalan, ishlab chiqarish omillarini (statik), ishlab chiqarish imkoniyati, ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlarini (dinamik) o`rganganimizda bu uslublardan foydalanamiz.
Iqtisodiyot nazariyasini o`rganishda foydalaniladigan asosiy uslublardan yana biri ilmiy abstraktsiyalash uslubidir. Iqtisodiy faoliyatda aloqa-bog`lanishlar g`oyat ko`p bo`lganidan hodisalarning rivojlanib borishini ma`lum tizimga solib, xulosa chiqarib bo`lmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy-texnikaviy fanlarga o`xshab o`z gipotezalarini laboratoriya tajribalari orqali sinab ko`ra olmaydi. U ijtimoiy fan bo`lgani uchun iqtisodiyotdagi g`oyat ko`p qirrali, bir-biriga bog`lanib ketgan aloqa-bog`lanishlar bilan tadqiqot olib boradi.
Iqtisodiy hodisalar, jarayon o`rganilganda ularni tasodifiylari emas, balki asosiylari boshqalaridan ajratilib, ma`lum chegarada olib qaraladi. Ilmiy abstraktsiya (lotincha — abstractio — so`zidan olingan) diqqatni chetga tortish ma`nosini beradi. Ilmiy abstraktsiya yordamida ilmiy kategoriyalar ta`riflab beriladi, tadqiq etilayotgan ob`ektlarning mohiyatini ko`rsatuvchi tomonlari ifodalanadi, iqtisodiy modellar ko`riladi.
Iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda iqtisodiy kategoriyalar kabi, iqtisodiy hodisalarning eng barqaror bog`lanishlarini ko`rsatuvchi iqtisodiy qonunlar ochiladi, ta`riflab beriladi, ilmiy muomalaga kiritiladi.
Abstraktsiyalash asosida iqtisodiyotga oid asosiy, muhim, yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, taqqoslanadi, ular o`rtasidagi bog`lanish aniqlanadi. Bularning hammasi ong, tafakkur orqali bajariladi. Abstraktsiyasiz g`oyat ko`p, tartibsiz faktlar, dalillar asosida nazariy xulosa chiqarish qiyinlashadi yoki umuman xulosa chiqarib bo`lmaydi. Masalan, narx, talab va taklif o`rtasidagi bog`lanishni o`rganganimizda narxdan boshqa omillarni o`zgarmaydi deb olishimiz yoki iqtisodiy resurslarni cheklanganligi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati darajasini tahlil qilganda mavjud resurslardan faqat 2 turdagi mahsulot ishlab chiqaramiz deb faraz qilib, iqtisodiy muammoni tadqiq qi-lish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasida induktiv va deduktiv uslublardan keng foydalaniladi. Induktiv uslubda empirik bilimdan abstraktsiyaga o`tiladi. Buning uchun iqtisodiyotni aks ettiruvchi ma`lumotlar to`planadi, jamlanib baholanadi. Dalillar to`plab, xususiy xulosa chiqariladi, xususiy xulosadan umumiy xulosaga o`tiladi. Dastlabki sinab ko`rilmagan xulosa-gipoteza olg`a suriladi. Ular o`rtasidagi sabab-oqibat bog`lanishlari aniqlanadi, faktlar umumlashtirilib, abstraktsiyaga o`tib, fikr-mulohaza sinalgan nazariy xulosalar, qonun-qoidalar darajasiga ko`tariladi. So`ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o`tiladi. Deduktiv uslub qo`llanilganda nazariyadan iqtisodiy faktlar, dalillar tahliliga o`tiladi. Umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqariladi. Har ikki uslub bir-birini to`ldiradi. Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy bo`lganidan unda tarixiylik va mantiqiylik usullari ham qo`llaniladi.
Tarixiylik uslubi asosida iqtisodiy munosabatlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, qanday natijaga olib kelishi o`rganiladi. Tarixiylik uslubidan ko`proq klassik siyosiy iqtisod vakillari foydalanishgan. Tarixiy yondashuvning kamchiligi shundaki, tarixiy faktlarning ko`pligi iqtisodiyotni jiddiy tarzda nazariy o`rganishni qiyinlashtiradi. Ishlab chiqarish tizimining tipik xususiyatlarini aniqlashga erishib bo`lmaydi. Tarixiylik uslubining bu kamchiligi mantiqiylik uslubi yordamida bartaraf qilinadi. Iqtisodiy hodisalarning ichki va o`zaro aloqalari mantiqiy fikrlash orqali aniqlanadi. Bu usul bilan iqtisodiy hodisalarning mohiyati, tub belgilari aniqlanadi. Ular tarixan rivojlanib, o`zgarib turuvchi deb qaraladi. Masalan, neft qazib chiqarishning qisqarishi o`z navbatida qator salbiy oqibatlarga olib keladi — neftni qayta ishlaydigan korxonalar, neft-kimyo korxonalari to`xtaydi, yonilg`i ishlab chiqarilmagach, bu yonilg`ini ishlatadigan sohalarda ham qiyinchiliklar vujudga keladi. Demak, neft qazib chiqarishning qisqarishi nimalarga olib kelishi mumkinligi to`g`risida mantiqiy xulosa chiqarish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy tahlil uslublari, matematik, statistik uslublardan ham keng foydalaniladi. Ular hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini o`rganib, yangi sifat darajasiga ko`tarilishini aniqlashga yordam beradi. Bunda hozirgi zamon hisoblash texnikasi, jumladan, kompyuterlar keng qo`llaniladi. Ayniqsa, iqtisodiy-matematik modellashtirish muhim rol o`ynaydi. Tadqiqotning barcha uslublaridan foydalanib, iqtisodiy hodisa-jarayonlarning bog`lanishini aniqlash, iqtisodiy jarayonlarning qanday o`zgarishini taxmin qilish mumkin.
Bu uslub yordamida iqtisodiy modellashtirish amalga oshiriladi. Iqtisodiy model — bu iqtisodiy jarayon va hodisalarning bir tomondan ob`ektiv xususiyatlariga, ikkinchi tomondan, tadqiqotning sub`ektiv maqsadi, xarakteriga ko`ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruktsiyasi, obrazidir.
Modellashtirishda funktsional tahlil alohida o`rin tutadi. Funktsiyalarni o`zimiz e`tibor qilmaganimiz holda doimo uchratamiz. Funktsiyalar — bu o`zgaruvchi miqdorlar bo`lib, ularning o`zi boshqa o`zgaruvchi miqdorga bog`liq. Funktsiya — boshqa miqdorning o`zgarishiga qarab o`zgarib turadigan, o`zgaruvchan miqdor. Funktsiya-lar texnika, geometriya, fizika, kimyo va boshqa fanlarda keng qo`llaniladi. Iqtisodiyotda funktsiyalarga misol qilib talab va narxni keltirish mumkin. Talab narxga bog`liq, agar narx ko`tarilsa, boshqa ta`sir qiluvchi omillar o`zgarmagan holda talab kamayadi. Bunda narx mustaqil o`zgaruvchi, ya`ni argument bo`lsa, talab unga bog`lanishdagi o`zgaruvchi, ya`ni funktsiya, shunday qilib, talab narxning funktsiyasi, lekin talab va narx joyini o`zgartirish, ya`ni talab qancha ko`p bo`lsa, boshqa omil o`zgarsa, narx ham shuncha ko`tarilishi mumkin. Bunda narx talabning funktsiyasi bo`ladi.
Iqtisodiyotda pozitiv va normativ tahlildan foydalaniladi. Pozitiv yondashuv qanday bo`lsa, shundayligicha tahlil etsa, normativ tahlilda qanday bo`lishi kerakligi nuqtai nazaridan yondashiladi. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy eksperimentlar ham o`ziga xos o`rin tutadi. Iqtisodiy hayotda eksperimentlarni keng miqyosda o`tkazish mumkin emas, lekin ma`lum chegarada, oqillik bilan iqtisodiy jarayonlarni qanday natijaga olib kelishini o`rganish maqsadida o`tkazsa bo`ladi.
Iqtisodiy eksperiment deganda iqtisodiy hodisa, jarayonlarni o`rganish va kelajakda amaliyotda qo`llash uchun ularni nisbatan eng qulay sharoitda sun`iy ravishda qaytadan amalga oshirish, tajriba qilish tushuniladi.
Eksperimentlar odatda ko`proq mikromiqyosda o`tkaziladi. R. Ouen, P. Q. Prudon, F. Teylor, G. Ford faoliyatlari mikro- miqyosda o`tkazilgan eksperimentlarga yorqin misol bo`ladi. Hozirgi paytda u yoki bu mamlakatda, u yoki bu nazariyaga asoslanib olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni makromiqyosdagi eksperiment tarzida ham qarash mumkin. Umuman olganda, jamiyatdagi iqtisodiy muammolarga engil-elpi qarab bo`lmaydi. Ularni chuqur o`rganish, so`ngra biron xulosaga kelish kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi umuminsoniy fan bo`lib quyidagi funk-tsiyalarni bajaradi:
1. Iqtisodiy sir-asrorlarni o`rganish, bilib olish. Iqtisodiy hodisalar va ularning bog`lanishlarini har tomonlama o`rganish, ularning qonunlarini ochishga yordam beradi. Ular asosida esa milliy iqtisodiyot rivojlanadi. Buning uchun turli-tuman axborotlar, faktlar, statistik ma`lumotlar, hujjatlar, obro`li olimlar, arboblarning kitoblari, ishlari o`rganiladi.
2. Iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini oldindan aytish, prognoz qilish (yunoncha — prognosic — oldindan ko`rmoq, bajarmoq, qilmoq). Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlarni o`rganish natijasida yaqin kelajakda jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. Mikromiqyosda esa har bir xo`jalik yurituvchi sub`ekt o`z manfaatidan kelib chiqib, kelajakda qanday faoliyat yuritish masalalari bo`yicha ma`lum bir qarorga keladi.
3. Boshqa fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilish. Boshqa fanlar nazariya asoslab bergan kategoriya va qonunlarga tayangan holda o`z predmetini o`rganadi. Ayni vaqtda nazariya boshqa fanlar xulosasiga asoslanib, iqtisodiy hodisalarni umumlashtiradi.
4. Amaliy tavsiyalar berish. Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari xo`jalik yuritishning oqilona uslublari, asosiy printsiplarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Umumiqtisodiy mazmundagi tavsiya-lar iqtisodiy siyosatga tegishli bo`ladi.
Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlarning ahamiyati ancha o`sdi. Amaliy muammolarni echish, xo`jalik va iqtisodiy jarayonlarni o`rganishda matematik, statistik uslublarning keng qo`llanilishi, fanda erishilgan boshqa yutuqlarni tatbiq qilish, iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalarini hayotda qo`llash imkonini berdi.
1969 yildan boshlab Shvetsiya Fanlar Akademiyasi har yili iq-tisodiyot sohasida eng yaxshi ilmiy-amaliy ishlar, loyihalarga No-bel mukofoti topshiradi.
Iqtisodiy nazariyaning etuklik darajasi fanning naqadar rivojlanganligini bildiradi. Qamiyat rivojlanib, intellektual quvvati oshib borishi bilan iqtisodiyot nazariyasi ham rivojlanib, iqtisodiyot uchun ahamiyati ham ortib boradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aloxida fan sifatida shakllangunga qadar uzoq davrni bosib o`tdi. Iqtisodiy fikrlar, dastlab falsafiy qarashlar bilan, so`ngra diniy qarashlar orqali ifodalangan bo`lsa, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashni rivojlanishi bilan iqtisodiy bilimlarning, qarashlarning tartibga solingan tizimi sifatida XVII asrlarda paydo bo`lgan. Qamiyat taraqqiyoti bilan iqtisodiy fan sifatida ahamiyati orta borib yangi-yangi yo`nalishlar, ilmiy maktablar vujudga kelgan.
• Iqtisodiyot nazariyasi vujudga kelib, hozirgi darajaga etguncha fanning tadqiqot doirasi kengayib, evolyutsiyasi tufayli fanning predmetiga berilgan ta`rif ham o`zgara borgan.
• Hozirgi bosqichda iqtisodchilar tomonidan resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlar doimo yuksalib borishiga alohida urg`u berilishi, jamiyat a`zolari o`rtasidagi munosabatlarda ham aks etishiga alohida diqqat qaratiladi. Shu jixatdan olganda iqtisodiyot nazariyasi predmetiga ijtimoiy fan bo`lib, resurslarning cheklanganligi va extiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo`jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o`rganadi deb ta`rif berish mumkin.
• Iqtisodiyot nazariyasi o`z predmetini falsafiy metodlar metafizik va dialektik metodga asoslanib fanni o`rganishda asosiy uslub ilmiy abstraktsiya, induktiv va deduktiv metod, iqtisodiy tahlil, matematika, statistika, iqtisodiy modellashtirish va boshqalardan foydalaniladi.
• Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy xodisalarni o`rganish asosida ularni qonunlari iqtisodiy jarayonlarni rivojlanishi kelajakdagi istiqbolini ilmiy asoslab berar ekan, boshqa fanlar uchun ilmiy uslub asosiy fundament bo`lib xizmat qiladi.
• Iqtisodiyot nazariyasi sof nazariy fan emas, o` bevosita amaliy axamiyatga ega. Uni o`rganmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni tushinib etib, vaziyatga ko`ra to`g`ri qaror chiqarib bo`lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 51,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə