Yaratilgan sanasi: Tue, 7 Oct 2023 13: 41: 22 +0500 Page 1-savol



Yüklə 70,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü70,19 Kb.
#140161
  1   2   3   4   5   6   7
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan RRIHHQ qo‘mitasi xodimlari o‘rtasidagi Zakovat turniri



Yaratilgan sanasi: Tue, 17 Oct 2023 13:41:22 +0500
Page 1
1-savol:
U ilk bor Aristotelning “Politika” asarida keltirib o‘tilgan. XVII asrda Ost-indiya kompaniyasining Amerika va
Yevropa o‘rtasidagi aloqalar haqida gapirilganda ham U eslanadi. Savol: Uni grekcha bir so‘zda toping.
Javob:Monopoliya.
Izoh: Siyosatga oid bo‘lgan Aristotelning kitobida monopoliya termini ilk bor ishlatilgan. Ost-indiya esa XVI-
XVII asrda zira, paxta, indigo rangi, tuz tashish bo‘yicha dunyodagi monopolist bo‘lgan va bunga
keyinchalik chek qo‘yilgan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Monopoly
2-savol:
Uni bir muallif shunday ta’riflaydi: “U – qurilishi tugallanmagan, har xil rangdagi g‘ishtlardan qilingan
mudofaa qal’asiga o‘xshaydi. Avvaliga 7 qator qilib terilgan-u, keyinchalik devor pastlik qilib, pastdan 2
qator yana devor qo‘shilgandek”. Savol: Maktab davringizni yodga olib javob bering, ushbu ta’rif nima
haqida?
Javob:Mendeleyevning kimyoviy elementlar jadvali (davriy sistema).
3-savol:
Afgʻonistonda varrak uchirish juda mashhur oʻyin boʻlgan. Musobaqalarda baʼzi qatnashuvchilar varrak ipini
tuyilgan shisha va yelim qorishmasi ichidan o‘tkazib olishishi mumkin bo‘lgan. Savol: Ular nega bunday
qilishgan?
Javob:Boshqa varraklar ipini kesib yuborish
Izoh: Shisha asosida tayyorlanuvchi qorishma juda kesuvchan boʻladi va bu usul qonuniy hisoblangan.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Kite
4-savol:
Komsomol haqiqati gazetasining 1990-yilgi sonlaridan birida shunday maʼlumot uchraydi: Uning qiymati
Turkmanistonda 17978, Ozarbayjonda 7981, Tojikistonda 7017, Qozogʻistonda 4256, Qirgʻizistonda 4206,
Oʻzbekistonda esa 6397 rublni tashkil etgan ekan. Savol: Roʻyxatdagi umumiylikni topgan boʻlsangiz, U ni
2 ta soʻzda yozing.
Javob:Qalin puli.
Izoh: Roʻyxatda musulmon va qadriyatlari bir biriga yaqin davlatlar keltirilgan. Xuddi bugungi kundagi kabi
Turkmanistonda oʻsha davrda ham qalin puli eng yuqori qiymatni tashkil qilgan ekan.



Yüklə 70,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə